Himoyaga ruxsat etildi
-rasm. 4-rasm. “Ota-onangiz janjallashib qolsa, nima qilasiz?”
Download 5.97 Mb.
|
birinchi bobgacha
4-rasm.
4-rasm. “Ota-onangiz janjallashib qolsa, nima qilasiz?” Xalqimizda “Oshsiz uy bor, janjalsiz uy yo‘q” degan naql mavjud. Darhaqiqat, oilada er-xotin o‘rtasida turli vaziyatlarda yoki ma’lum masalalarda o‘zaro tushunmovchilik, kelishmovchilik yuz berib turishi, ba’zan ular ziddiyatning yuqori pog‘onasi janjal darajasigacha yetishi ham tabiiydir. So‘rovnomada qatnashgan bolalar javoblaridan ma’lum bo‘ladiki, ularning 26 nafari (26%) “tinchlantirishga urinish” va 12 nafari (12%) esa “ulardan birining tarafini olish” barobarida bunday janjallarning bevosita qatnashchilariga aylanganlar. E’tiborni tortadigan jihati, so‘ralgan qiz bolalarning ham katta qismi, ya’ni 12 (26%) nafari “tinchlantirishga urinish” va 5 nafari (12%) esa “ulardan birining tarafini olish” orqali janjallarga aralashgan paytlari bo‘lgan. Respondentlarning 29 nafari (29%) janjal tugashini kutishi va 16 nafari (16%) esa janjal payti ko‘chaga yoki boshqa joyga chiqib ketishini bildirganlar. Quvonarli jihati so‘ralgan bolalarninng 17 nafari (17%) bunday holatlarning umuman guvohi bo‘lmaganliklarini javoblarda qayd etganlar. Javoblardan shunday xulosa qilish mumkinki, aksariyat oilalarda er-xotin, ya’ni ota-ona o‘rtasidagi turli ziddiyatlar, nizoli vaziyatlarda bolalar oldida o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini saqlash, bolalar ishtirokida bahslashmaslik, tortishmaslikdan tortib to janjallashmaslikkacha bo‘lgan madaniy saviyani yanada oshirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Sababi oila hamjihatligi darajasi unda voyaga yetayotgan bolalarning ma’naviy – ruhiy rivojlanishida o‘z izini qoldiradi. Ya’ni “qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Ma’lumki, inson ijtimoiylashuvi ta’lim va tarbiya mahsuli o‘laroq, ularning poydevori oilada qo‘yiladi. Keyinchalik bu jarayon ta’lim va bizning sharoitda mahallada davom etadi. Oilaning hamjihatligi esa bolalarning jamiyat talabi va ruhiga mos ta’lim va tarbiya olishini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Quyidada so‘rovnomada qatnashgan bolalarga berilgan savollar ayni ota-onalarning bolalarning oiladan keyingi ijtimoiylashuv makonlari ta’lim muassasalari va mahalladagi ta’lim – tarbiyasiga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga xizmat qildi. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling