Himoyaga ruxsat etildi


Download 5.97 Mb.
bet13/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

Sinaluvchiga yo‘riqnoma: Sizning xulqingizga, alohida qilmishlaringizga, odamlarga bo‘lgan munosabatingizga, hayotga karashlaringizga va shunga o‘xshash qandaydir xususiyatlaringizga berilgan tasdiq mos keladimi-yo‘qmi? Agar shunday moslik bor deb hisoblasangiz «ha» javobini bering, aks holda esa «yo‘q» javobini bering. Javoblarni hamma savolga berish zarur. Tadqiqotning muvaffaqiyati topshiriqning qanchalik e’tibor bilan bajarilganligiga bog‘liq. Javoblar berishda, biror kishida yaxshi taassurot qoldirishga intilmaslik kerak, chunki hech bir javob yaxshi yoki yomon deb hisoblanmaydi. Siz har bir savol ustida o‘zoq o‘ylab o‘tirmasdan ikkala javobning qaysi biri sizningcha, har holda nisbiy bo‘lsa ham haqiqatga yaqin kelishini hal qilmog‘ingiz lozim bo‘ladi. Ba’zi bir savollarning o‘ta shaxsiyligi sizni tashvishlantirmasligi kerak, chunki tadqiqot har bir savolni, javobni tahlil qilishni nazarda tutmaydi, balki u yoki bu javobning soniga tayanadi. Bundan tashqari Siz yakka psixologik tadqiqotning natijalari xuddi tibbiyotdagidek keng muhokama qilinmasligini bilishingiz kerak bo‘ladi. Testsavollari bilan tanishish uchun 5-ilovaga qarang.
Ijtimoiy-psixologik diagnostika amaliy psixologiyaning asosi hisoblanadi. Uning natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar psixologik maslahatlar berish yoki yangi texnologiyalar vositasida o‘rganilayotgan obyektlarga ta’sir ko‘rsatishga ko‘maklashadi. Shu bois, qiziqtirayotgan obyektning muhim xususiyatlarini o‘rganish maqsadida, eng avvalo, izlanish dasturini tuzib olish zarurdir. Ba’zan tadqiqot dasturi faqat fundamental tadqiqotlar o‘tkazishda kerak bo‘ladi, tadbiqiy xarakterdagi izlanishlarda bunga hojat bormikan, degan mushohada mavjud. To‘g’ri, fundamental ilmiy izlanishlarda izchil va mukammal tuzilgan dasturlarning bo‘lishi talab qiladi. Lekin ishlab chiqarishning biror sohasini takomillashtirish yoki rahbarlikning samarali yo‘llarini izlashga bag’ishlangan ishlarda ham, albatta, undan ko‘zlanayotgan maqsad, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan vazifalar, qaysi uchastkalarda va kimlarda tekshiruvlar o‘tkazish, ilmiy farazlar, natijalarni qay usulda qayta ishlashga aloqador masalalar oldindan rejalashtirilishi hamda dasturga kiritilishi kerak bo‘ladi.


Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling