Himoyaga ruxsat etildi
Diagnostik metodlarni qo‘llaydigan mutaxassis malakasining darajasi
Download 5.97 Mb.
|
birinchi bobgacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rеaktiv (vaziyatli) va shaxsiy xavotirlik darajalarini” o‘rganuvchi (Ch.D.Spilbеrgеr va Yu.I.Xanin) so‘rovnomasi.
- RX q (1-2) + 35
- SHX q (1-2) + 35
Diagnostik metodlarni qo‘llaydigan mutaxassis malakasining darajasi
Diagnostik metodlarni malakali tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilishi talabi, ularni noto‘g’ri ishlatilishidan mijozni himoyalashdagi birinchi qadam hisoblanadi. Albatta, zarur malaka diagnostik metodlar yo‘riqnomasidan kelib chiqqan holda o‘zgarib boradi. Masalan, individual intellekt testlari shaxsiy so‘rovnoma va testlardan o‘quv va professional faoliyatdagi muvaffaqiyatni testlash jarayoniga nisbatan maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Yaxshi malakaga ega bo‘lgan psixolog (tashxischi) shunday metodikalarni tanlay bilishi kerakki, bu shaxsiy maqsad uchun o‘tkazilayotgan diagnostik jarayonga ham, tekshirilayotgan konkret kishi uchun ham mos tushsin. Shuningdek, u tanlangan metodikalarga aloqador ilmiy adabiyotlarni o‘rgangan hamda texnik ko‘rsatkichlar hisoblangan norma, validlik va ishonchlilik xarakteristikalarini yaxshi o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak. Ma’lumki, qo‘lga kiritilgan tashxis natijalari, uni o‘tkazishdagi turli vaziyatlarga nisbatan og’uvchanlik xususiyatini namoyish etadi. Shuning uchun psixodiagnost xulosalarni tekshiriluvchiga aloqador qator qo‘shimcha ma’lumotlar asosidagina diagnostik baholashdan so‘ng bayon etadi. Eng muhimi, olingan natijalari asosidagi noto‘g’ri tahlillar kelib chiqmasligi uchun u psixologik bilimlardan yetarlicha xabardor bo‘lishi kerak. Agar psixologik diagnostik soha boshqa mutaxassislari bo‘lmagan kishilar tomonidan olib borilsa, imkon boricha jarayonga malakali psixologning ham ishtiroki kerak. Chunki u tadqiqotni samarali olib borishdagi zarur sharoitlarni yaratib bera oladi va olingan natijalarni to‘g’ri tahlil qilishda ko‘maklashadi. Kimni malakali psixolog (tashxischi) sifatida hisoblash mumkin? Ma’lumki, tadqiqot sohalar qo‘llashning xilma-xilligi va ularga asoslanadigan maxsus tayyorgarlik oqibatida birorta ham psixolog barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy malakaga ega bo‘la olmaydi. Jumladan, amaliy psixologiya asoslarini yaratadigan psixologlar, ayrim sohalardagi professional standartlar talabiga javob bermaydigan usullarni qo‘llamaslik va kompetentlik doirasidan chetga chiqmaslikni muhim shart sifatida e’tirof etadilar.27 G’arbda ilmiy yoki davlat korxonalarida ish olib boruvchi mutaxassis bilan mustaqil faoliyat yurituvchi amaliy psixolog o‘rtasida o‘zaro farq mavjud sanalgan. Chunki, mustaqil amaliy psixolog malakali hamkasblar fikrlari va xulosalariga tashkilotda faoliyat yurituvchi mutaxassisga nisbatan juda kam hollarda qo‘yshilishadilar. Vaholanki, tashkilot mutaxassislari Amerika psixologik uyushmasi nizomiga asosan, professional malaka borasida yuqori darajadagi talablarga javob berishi kerak. Shu bois ham, kishilarni sifatli psixologik tadqiq qilish jarayonida professional me’yorlarning ko‘lamini oshirish maqsadida malakali psixologlarga litsenziyalar va guvohnomalar taqdim etiladi. Diagnostik metodlarni qo‘llash. Diagnostik metodlarni qo‘llash huquqi ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarga beriladi. Hozirda esa, bu huquqdan boshqa soha vakillari ham foydalanmoqda. Amerikalik psixologlar fikriga ko‘ra, metodikalarga ega bo‘lish uchun mutaxassis (psixolog) yoki uning to‘g’ri qo‘llanilishi uchun ma’suliyatni o‘ziga olgan kishilargina imzolari bo‘lgan taqdirda foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. G’arbiy Yevropa psixolog (tashxischi)larining axloq qoidalarida diagnostik metodlarni tarqatilishini cheklash taklif etilgan. Bu cheklanishlar mohiyatan ikki xil mazmunga ega: metodikalar mohiyatini oshkor etmaslik; metodikalardan noo‘rin foydalanishning oldini olish. Shuningdek, boshqa qo‘shimcha professional ma’suliyat cheklashlar mualliflar tomonidan yaratilayotgan yangi metodikalarning sotilishi bilan bog’liq. Chunki, ularni kishilarda qo‘llash uchun taqdim etishda yetarli darajadagi obyektiv asoslar bo‘lishi kerak. Shu bois, diagnostik metodlarni yaratuvchi (muallif)lar zimmasidagi ma’suliyatga uzluksiz ravishda metodikalarning eskirib qolishini oldish olish, tekshirish va standartlashtirish jarayonlarini amalga oshirish kiradi. Amerikada metodikalar va ularning asosiy qismlarini gazeta, jurnal hamda risolalarda keng miqyosda yoritish yoki o‘z-o‘zini baholash uchun nashr qilish man etiladi. Mashhur mutaxassis A.Anastazi, bunday vaziyatlar nafaqat metodikalarning samarasizligini, balki, kishi psixikasiga salbiy ta’sir qilishdek katta xatolarga olib kelishini alohida ta’kidlab o‘tadi28. Yana bir G’arbda keng tarqalgan, ammo professional talablarga javob bermaydigan faoliyat turi sirtqi xat orqali testlashtirishdir. Ma’lumki, yuborilgan test blanklari orqali mijozning qobiliyatlar yoki shaxs xususiyatlarini aniqlashga oid testlarni bajarish jarayonini to‘g’ri amalga oshirilgan, deb baholab bo‘lmaydi. Chunki testlashtirishni nazoratsiz amalga oshirish va qo‘shimcha psixologik ma’lumotlarni inobatga olmaslik ijobiy natijaga qaraganda ko‘proq salbiy oqibatlarni yuzaga keltirib chiqarish mumkin. Oilada farzand xulq-atvoridagi salbiy holatlar psixodiagnostikasini amalga oshirishda ,avvalambor, mavjud metodikalar bazasi o‘rganib chiqildi. Ana shunday metodikalardan ba’zilarini o‘rganib chiqdik. Demak, ular bilan tanishamiz. “Rеaktiv (vaziyatli) va shaxsiy xavotirlik darajalarini” o‘rganuvchi (Ch.D.Spilbеrgеr va Yu.I.Xanin) so‘rovnomasi. Quyidagi so‘rovnoma ayni holatda xavotirlanish darajasining reaktiv (holat sifatida) va shaxslik xavotirlanish (insonning barqaror tavsifi sifatida) darajasini o‘z-o‘zini baholash orqali aniqlashga qaratilgan mukammal testlardan biri hisoblanadi. Savolnoma Ch.D.Spilberger (AQSH) tomonidan ishlab chiqilgan va Yu.L.Xanin tomonidan moslashtirilgan. Shaxslilik xavotirlanish vaziyat-holatlarning aksariyat qismini tahdid soluvchi sifatida qabul qiladi, bunday vaziyatlarda xavotir holati bilan munosabat bildiradi. Reaktiv xavotirlanish bezovtalik, asabiylashish, taranglashish bilan namoyon bo‘ladi. Juda yuqori reaktiv xavotirlanish diqqatning buzilishi, ba’zida nozik koordinatsiyaning buzilishi bilan tavsiflanadi. Juda yuqori shaxslilik xavotirlanish asabiy nizolar, emotsional va kuchli asabiylashish natijasidan kelib chiqadigan psixologik o‘zgarishlar va psixosomatik kasalliklarni keltirib chiqaradi. O‘z-o‘zini baholash shkalasi 2 qismdan iborat, vaziyatli (reaktiv RX 1-20 gacha bo‘lgan savollar) va shaxslilik (SHX 21-40 gacha bo‘lgan savollar) xavotirlanishni aniqlashga qartilgan. 1) PX 3,4,6,7,9,12,13,14,17,18 javoblar yig‘indisini 2) PX 1,2,5,8,10,11,15,16,19,20 javoblar yig‘indisidan ayiramiz va natijaga 35 sonini qo‘shamiz. Ushbu yul orqali (1-20 gacha bo‘lgan savollardan) reaktiv havotirlanish aniqlandi. Natijalar quyidagi formula orqali izohlandi: RX q (1-2) + 35 Shaxsiy havotirlanishni aniqlash quyidagicha: 1)SHX 22,23,24,25,28,29,31,32,34,35,37,38,40 javoblar yig‘indisini 2)SHX 21,26,27,30,33,36,39 javoblar yig‘indisidan ayiramiz va natijaga 35 sonini qo‘shamiz. Natijalar quyidagi formula orqali izohlandi: SHX q (1-2) + 35 Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, agar shaxs to‘plagan ballar umumiy yig‘indisi 30 ball bo‘lsa, bunda Reaktiv va shaxsiy xavotirlik darajasi pastligidan dalolat beradi. Agar umumiy yig‘indi 31-45 ballgacha bo‘lsa bu holda xavotirlanish darajasi o‘rtachaligini ko‘rsatadi. Agar ballarning umumiy yig‘indisi 46 balldan yuqori bo‘lsa, Reaktiv va shaxsiy xavotirlik darajasi yuqori ekanligini anglatadi.(1-ilova q) Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling