Himoyaga ruxsat etildi


Oiladagi salbiy psixologik muhit va farzand tarbiyasiga salbiyta’sir etuvchi boshqa omillar


Download 5.97 Mb.
bet7/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

1.2. Oiladagi salbiy psixologik muhit va farzand tarbiyasiga salbiyta’sir etuvchi boshqa omillar.
O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF -5325-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda ushbu Farmonning ijrosi yuzasidan qabul qilingan Qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda oilaviy munosabatlarga doir ayrim salbiy ko‘rsatkichlar mavjud. Jumladan, ayrim hollarda, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarning keskinligi tufayli oiladagi ma’naviy muhitning nosog‘lom bo‘lishi notinch, nosog‘lom oilalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Mana shunday notinch va nosog‘lom oilalarda o‘sayotgan farzandlar ongida “oila” tushunchasi haqida turli-tuman tasavvurlar paydo bo‘lmoqda. Oilani faqat ona boshqarayotgan bo‘lsa, bu oilada o‘sayotgan qizlar shaddod, o‘g‘il bolalar qo‘rqoq, qo‘lidan hech ish kelmaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lmasligini hayot ko‘rsatmoqda.
Xotin-qizlar bilan ishlovchi mutaxassislardan bugun oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir etayotgan, xattoki ajrimlarga sabab bo‘layotgan muammolardan asosiylarini sanab bering, deb so‘ralganda, ularning aksarisi, ko‘p hollarda yigit kishining oilaviy hayotga tayyor emasligi, na bozor qilishni, na bir mix qoqishni bilmaydigan, gultuvakda o‘sgan xonaki guldek o‘zini tutishi, mustaqil fikri mavjud emasligi ham asosiy muammolardan biriga aylanib ulgurganini ta’kidlashdi.
Oila to‘g‘risida so‘z ketgan zahoti uning bosh funksiyasi sifatida farzand ko‘rish, nasl qoldirish, avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni, bog‘liqlikni ta’minlovchi farzandlar yetishtirish – reproduksiya tilga olinadi. Ayollarning vazifasi uchta: reproduktiv, produktiv va ijtimoiy vazifalardir. Erkaklar birinchi navbatda produktiv va ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishadi. Reproduktiv vazifa – bola tug‘ish va uy-xo‘jaligini yuritish – ish kuchini tiklash va saqlab turish uchun zarur». Bu o‘rinda reproduktiv funksiya ayollar bilan bog‘liq vazifa sifatida tilga olinayotgani bejiz emas. Sharqda oila va farzand ko‘rish, bola tarbiyasi eng avvalo ayol bilan bog‘liq deb tushuniladi. To‘g‘ri, aslida farzand ko‘rishda har ikki jinsning ishtiroki, faolligi zarur, ammo Sharq an’anasiga muvofiq ushbu funksiya ayolga taalluqli deb qaraladi. Reproduktiv vazifani shuning uchun qayd etyapmizki, aynan ushbu funksiya ayolni oilaga, oiladagi bajariladigan vazifalarga bog Reproduktiv funksiyasini bajarishiga ko‘ra ayol va erkak o‘rtasida farqlar, o‘ziga xosliklar mavjud bo‘lsa-da, ular ma’naviy-ruhiy jihatdan o‘zaro bog‘liqdirlar. Aynan ushbu bog‘liqlik oilani ma’naviy-madaniy va ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish institutiga aylantiradi. Oilaning ma’naviy-madaniy va ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish instituti ekanligi avvalo ayol va erkak, xotin va er o‘rtasidagi ma’naviy-ruhiy uyg‘unlik, yaxlitlik, butunlikda namoyon bo‘ladi. Er-xotin o‘rtasidagi ma’naviy-ruhiy uyg‘unlik, axloqiy qarashlardagi yaxlitlik oila ma’naviy muhitini yaratadi.
O‘tkazilgan so‘rovlar natijasi bo‘yicha ma’naviy-madaniy qiziqishlar er-xotin, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi degan javoblar aksariyatni tashkil etdi.
Dinda er-xotin munosabatlarini ma’naviy-axloqiy asosda mustahkamlashga da’vat bor. Oiladagi diniy urf-odatlar faqat din uchun emas, balki, eng avvalo insonning erkin va ezgu amallarga muvofiq yashashi uchun muhimdir. Islom dini negizidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, qarashlarning qimmati ham shundadir.
«Ey, farzand! – deb yozadi Imom G‘azzoliy. – Ota-onaga yaxshilik qilish, ularning xizmatlarida bo‘lish namoz, ro‘za, haj va jihoddan ham savobliroqdir… Alloh ota-onaning farzand uchun qilgan yaxshi duolarini ham, badduolarini ham rad etmaydi. Farzand uchun ikki dunyo saodati, ota-onaning ikki labi orasidadir»13. Ya’ni inson o‘zining farzandlik burchini bajarib, ota-onasining duosini, minnatdorchiligini va rahmatini olishi lozim. Bunday ma’naviy jihatlar o‘zidan o‘zi shakllanmaydi, ota-onaning yuksak ma’naviyati farzandlarda taqlid uyg‘otadi, ularni o‘z ota-onasidan ibrat olib yashashga o‘rgatadi.
Oiladagi ma’naviy-madaniy qiziqishga kitob, mutolaa ham ta’sir etadi. Shu bois ko‘pchilik kitob mutolaasini oiladagi ma’naviy-madaniy qiziqishlarga ta’sir etuvchi omillardan biri deb hisoblaydilar. Bu hol shaxsni mustaqil izlanishga o‘rgatadi, mutolaa orqali o‘z fikrini rivojlantirishga undaydi. Biroq yakka izlanish, mutolaa nafaqat shaxsga, balki bilvosita oiladagi ma’naviy muhitga ham ta’sir qiladi. Kitobga, ilmga mehr-muhabbat kishining dunyoqarashi bilan bir qatorda aqlu idroki, murakkab hayotiy masalalarni hal qilish ko‘nikmasini ham rivojlantiradi. Kitob mutolaasi axborot olish orqali irodaga ta’sir qiladi, kishini hayotiy ideal tanlashga o‘rgatadi.
Muloqot oilaviy munosabatlarning asosini tashkil etadi. Hech qanday ijtimoiy muhitda muloqotning qimmati, qadri oila hayotidagidek o‘zini to‘la namoyon qilmaydi. Muloqot – ma’naviy-madaniy boylik. Lekin u muhitga, sharoitga, boshqa kishining ruhiy holati, kayfiyati va ehtiyojlariga qarab o‘zgarib turadi. Hamma bilan bir tartibda, bir usulda muloqot qiladigan kishi uchramaydi.
Oilada ota ona ya’ni er va xotin yoki bobo va buvining dasturxon atrofidagi pand nasihati, o‘gitlari asosan oilaviy qadriyatlarni asrab qolishda, zamonaviy namunali oilalar modelini yaratishda ham muhim omilllardan biri hisoblanadi. Binobarin, qush uyasida ko‘rganini qiladi. Yoki o‘g‘il bola mard, jasur, g‘ururli bo‘lib voyaga yetishini istagan otalar tarbiyada qattiqqo‘l, onalar farzandlarning odobi axloqi borasida chuqurroq mulohaza qilib ish tutmoqlari lozim. Tarbiyaning hayot mamotligi, saodat yoxud razolatligi ham shundadir. Ayni shu muammolar yechimiga yo‘l izlaganimiz bois Buxoro viloyati Shofirkon tumanida “Yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlash “Oriyat” markazi” ish boshladi. Ushbu markaz o‘quv dasturidan oilaviy hayot etikasi, oilada sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati, oila budjetini tuzish va yuritish, oilaviy tadbirkorlik asoslari, oilaviy hayotda asqotadigan hunarlarga o‘rgatish va boshqa shunga o‘xshash masalalar o‘rin olgan. Chunki chinakam yigit, erta indin ota bo‘ladigan kishi oilaning tayanchi, ahli ayoli, onasi, qizlarining suyanchi, o‘g‘illarining ibrat namunasi bo‘lishi uchun nimalarga tayyor bo‘lishi kerakligini oila qurgunga qadar o‘rganishi shart. Oila boshlig‘i bo‘lib turib bitta mix ura olmasa, yoki turmushi farovonligini ta’minlash uchun istiqbol rejalar tuza olmasa u oilada tinchlik bo‘lishi amri mahol. Qaysiki oilada mehnatni ijod darajasiga ko‘tarsa, mehr oqibat ustuvor bo‘lsa, katta katta o‘rnida, kichik o‘z o‘rnini bilsa, ayol bu ayol, erkak esa erkak sifatida mavqeini saqlasa, albatta u yerda ijtimoiy ma’naviy muhit sog‘lom bo‘lishi tabiiy.
Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo‘ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, hech bir inson o‘zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o‘z hayoti davomida konfliktlar bilan to‘qnash keladi.14
Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt bilan to‘g’ri munosabat o‘rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. Psixologik jihatdan konfliktlarni o‘rganish faqat nazariy emas, balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda yuzaga keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali choralarni qo‘llashga yordam beradi.
Oila insonlarni birlashtirib turuvchi eng kichik ijtimoiy birlik bo‘lib, uning tinchligi, ravnaqi va barqarorligi jamiyat tinchligi va barqarorligi hisoblanadi. Shu bois, J.Santayana “Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir”, deydi. Oila – ma’naviyat o‘chog’i. Aynan oilada insonning ma’naviy qadriyatlari 11 shakllantiriladi. Insonning har tomonlama unib-o‘sishi uchun sharoit yaratiladi. Biroq, aynan oila tarkibida, insonlarning juda yaqin aloqalari va ma’lum munosabatlarga kirishishi natijasida turli inqirozlar, ziddiyatlar, nizolar kelib chiqadi. O‘zbek oilasining tarixiy rivojlangan o‘z milliy an’analari mavjud. Ular oiladagi tomonlar majburiyatlari, mas’uliyati va huquqlarini belgilab beradi. Ham ayol kishi uchun, ham erkak kishi uchun ma’lum talablar qo‘yiladi. Ayol kishi ko‘proq uyda, bolalar tarbiyasi va uy yumushlari bilan shug’ullanishi lozimligi, erkak kishining esa – oila a’zolarining moddiy ta’minotini amalga oshirishi lozimligi aytiladi. O‘zbek oilasi o‘z rivoji bosqichlarida islom dini qadriyatlarini ham o‘ziga singdira olgan. Shu bilan birga oila instituti har vaqt o‘z davrining ijtimoiy, iqtisodiy talablariga hamoxang tarzda o‘sish va takomil jarayonida bo‘ladi. Agar avvallari oila instituti o‘zining kichik bir dunyosi ichida tashqi ta’sirlardan bir qadar erkin yashagan bo‘lsa, hozirda har bir oila va uning a’zolariga globalizasiya sharoitida juda kata axborot oqimlari o‘z ta’sirini o‘tkazadi.bu ham ma’lum darajada oilaviy konfliktlarni eltirib chiqaradi.
Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o‘zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishiga bevosita bog’liqdir. Oila a’zolarining o‘zaro muomalalarini tadqiq qilgan venger sosiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhiti (vaziyat, sharoit, holat) omillarini to‘rt guruhga ajratadi15:
1) ota-onalarning jamoatchilik faoliyati (ularning mafkuraviy qarashlari vaishga nisbatan munosabatlari);
2) oila ichidagi munosabatlari (ota va ona munosabati, otaonalarning buva va buviga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning munosabatlari);
3) ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati (ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o‘quvchilarga dars tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati);
4) oilada o‘quvchining faoliyati (o‘quvchining kundalik tartibi, xo‘jalik ishlaridagi muayyan majburiyati) va boshqalar. M.Komloshi yiqqan materiallarini tahlil qilib, oila muhiti (vaziyati, sharoiti, holatini_uch toifaga: ijobiy, o‘zgaruvchan va salbiy toifalarga ajratadi. Psixolog olim V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‘rganib, baxtli bolalik-bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning hamda otaonalarning bolalariga g’amxo‘rligining samarasidir, degan xulosaga keladi. Muallif oilalarni yo‘nalishiga qarab, uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib beradi: ijtimoiy-ilg’or yo‘nalishdagi oila, ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oila, past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oila.
Halqimizda “qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan maqol bor, tabiiyki har bir bola o‘z ota-onasidan o‘rnak oladi.Oiladagi doimiy konfliktlar, ota-onaning kelishmovchiliklari bolaning ruhiyatiga birinchi navbatda, tarbiyasiga, dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bizning halqimiz azal-azaldan bunga e’tibor qaratishgan xususan, Mahmud Qoshg’ariy bu to‘g’risida o‘sha davrdayoq fikr bildirganlar “Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhiti g’oyat muhim rol o‘ynaydi. Inson axloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo‘yiladi. Shuning uchun ham mashhur allomalar oila tarbiyasiga katta e’tibor berishgan hamda shu masalaga bag’ishlab qator qimmatli asarlar yozishgan. Dono xalqimiz «Bola — boshidan, nihol — yoshidan» degan naqlni bejiz aytmagan. Modomiki shunday ekan, yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshlikdan, oiladan boshlash kerak. Bi-nobarin, oiladagi tarbiya jarayonida har bir daqiqa va fursatni qo‘ldan boy berish orqali ota-onalar keyinchalik ko‘pgina qiyinchiliklarga duch keladilar.
Ma’lumki, oiladagi nizolar bolalar va o‘smirlarni oiladan bezdiradi. Ota-onaga va oilaning boshqa azolariga nisbatan ishonch hissining yo‘qolishiga olib keladi. O‘zaro ishonchning yo‘qolishi esa ota-onaning tarbiyaviy ta’sirchanlik darajasini tushirib yuboradi. Ota-onaning tarbiyaviy ta’sir darajasi pasayishi o‘z navbatida o‘smirda o‘zi xoxlagan hatti-harakatlarni amalga oshirishga yo‘l ochib beradi. Natijada tarbiyaviy ta’sirsiz, nazoratsiz qolgan o‘smirda asta-sekinlik bilan xulq-atvor o‘zgarishi kelib chiqadi.
Oilaviy munosabatlardagi nosog‘lomlik bolalar va o‘smirlarning shaxs sifatida shakllanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ular xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Demak aytish mumkinki, tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning kelib chiqishida oiladagi nosog‘lom muhit asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Oilada tez-tez bo‘lib to‘radigan janjallar, ota-onalarning kelishmovchiliklari, o‘smirlarning jismoniy jazolanishi tabiiy ravishda ular xulqida o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bunday muhitda tarbiyalangan bolalar va o‘smirlar xulqida qo‘zg‘aluvchanlik, asabiylik, o‘zini tuta olmaslik, badjahllik, boridan qanoatlanmaslik, dushmanlik, qo‘rquv, ishonchning yo‘qolishi, yolg‘izlikni xush ko‘ruvchanlik, beg‘amlik kabi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Bu sifatlarning har biri bola psixik va shaxs xususiyatlarining hamda irodaviy sifatlarining shakllanishiga va aqliy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Alkogol va giyohvand moddalar psixotoksik xususiyatga ko‘ra, narkotik ta’sir ko‘rsatuvchi va sarxush qiluvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar hisoblanadi. U inson bosh miyasiga narkotik ta’sir ko‘rsatib, butun organizm va nerv sistemalari faoliyatini hamda shaxsning o‘z-o‘zini anglash darajasini susaytiradi.16 Sarxushlik holati kishida andishasizlik, odobsizlik, qo‘pollik va yengil-yelpi fikr yurituvchanlikni keltirib chiqaradi hamda tafakkur, diqqat, xotira jarayonlarini susaytirib, instenktiv xulq-atvor sifatlarining yorqin ifodalanishiga olib keladi. Inson sarxushlikda o‘z xatti - harakatlarini idora qila olmay qolish natijasida muammoli vaziyatlarda tafakkur xususiyatlarining susayishi tufayli to‘g‘ri qaror qabul qilishda qiynaladi, oqibatda nizoli vaziyatlarda g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etiladi.
Oilada ota-onalarning alkogolizmga berilishi, bola ko‘z o‘ngida ichish, chekish va nojo‘ya qiliqlarni qilishi bolaga ko‘rgazmali ta’sir ko‘rsatadi. «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» deganidek, o‘smir oilasida ota-onasidan ko‘rgan qiliqlariga taqlid qila boshlaydi. Avvaliga chekishni, ichishni o‘rganib oladi, so‘ngra kuchliroq ta’sir etuvchi moddalarga o‘tadi. Qarabsizki, oilasi va ota-onasida kuzatilgan holatlar bolada ham takrorlana boshlaydi.
Ma’lumki, ota-onalarning bolalarga nisbatan bo‘lgan munosabati ikki asosiy xususiyat ya’ni, ota-onalik muhabbati va ijtimoiy burch nuqtai nazaridan belgilanadi. Insonparvar jamiyatda bu xususiyatlar bir-biriga zid kelmaydi. Chunki, kishini sevish unga baxt tilashdir, baxtiyorlik esa jamiyatga ko‘proq foyda keltirish demakdir. Ammo har qanday hissiyot singari ota-onalik muhabbati turli daraja, ya’ni eng yaqinlik faktini bevosita aks ettirishdan toki yengil va axloqiy e’tiqodga muvofiq tarzdagi chuqur mehribonlikkacha bo‘ladi. Bunda kishining axloqiy e’tiqodi qanchalik yuksak bo‘lsa, uning ota-onalik muhabbati shunchalik uzoqni ko‘radigan va talabchan bo‘ladi.
Kuzatish va tadqiqotlarimizga qaraganda, bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishida moddiy yetishmovchilik ko‘pincha sabab sifatida emas balki, xulq og‘ishining kelib chiqishi uchun qiziqish va shart-sharoit tarzida xizmat qilganligi namoyon bo‘ladi. Demak aytish mumkinki, bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishida iqtisodiy yetishmovchilik omili asosiy sabab sifatida namoyon bo‘lmasdan, balki u faqatgina xulq og‘ishining kelib chiqishi uchun muayyan shart-sharoit sifatida xizmat qiladi xolos.17
Bugungi o‘smirlarning istak-ehtiyojlari oldingi o‘smirlarga qaraganda ancha o‘sgan. Ular yaxshi kiyinishini, dam olishini, turli joylarni ko‘rishini, magnitolo yoki videotexnikalarga, uyali telefonga ega bo‘lishni xoxlaydilar. Oilada esa bularga ega bo‘lishga imkoniyat mavjud emas. Natijada ushbu ehtiyojlarni qondirish yo‘lida bolada g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni bajarish istagi paydo bo‘ladi. Bunday istaklar bolani o‘z - o‘zidan g‘ayriqonuniy harakatlarni bajarishiga majbur qiladi.
Voyaga yetmaganlardagi yosh davri xususiyatiga ko‘ra fikr doirasining torligi, dunyoqarash sayozligi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan sust rivojlanganlik holati ham voyaga yetmaganlarning xulq-atvorda nuqsonlarning kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, ma’naviy olami tor, dunyoqarashi va aqliy taraqqiyoti o‘ziga yarasha o‘smir bunday paytda o‘z ehtiyojlarini qondirishning g‘ayriqonuniy tomonlarini izlaydi va o‘g‘irlik, yo‘lto‘sarlik, bosqinchilik jinoyatlariga qo‘l o‘radi. Ko‘pincha bunday holatlarda bolalar va o‘smirlar qonuniy yo‘l bilan pul topishni, mehnat qilib boylikka erishishni o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Natijada bunday o‘smirlarda g‘ayriqonuniy xulq-atvorning kelib chiqishiga zamin yaratiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, bolalarda tarbiyaning buzilishi va xulq og‘ishining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganish voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklarning oldini olishda muhim hisoblanadi. Bunday muhim ijtimoiy masalani hal etish insoniyat va keng jamoatchilik uchun bir qator ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishni taqoza qiladi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishning muhim sharti sifatida jamiyat va ijtimoiy turmushda yuzaga kelayotgan muammolarni, shu jumladan bolalar va o‘smirlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish talab etiladi.
Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda rostgo‘ylik, adolatlilik bo‘lmasa oila tarbiyasi ta’sirchan va maqsadga muvofiq tarzda kechmaydi. Shuning uchun ham ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabat har doim ota-onalik muhabbati va ijtimoiy burch nuqtai nazari asosida amalga oshirilsa, ota-onalik muhabbati kuchayib, bolalarni yuksak axloq, ijtimoiy burch ruhida tarbiyalash imkoniyatini kengaytiradi. Oilada o‘smir va o‘spirinlik yoshi davrida ular bilan to‘g‘ri va adolatli munosabatda bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bola ulg‘aygan sari kattalar buyrug‘ini yoqtirmaydigan bo‘lib boradi. Natijada bolada buyruqqa ko‘pincha qarshilik ko‘rsatish, hatto oqilona talablarni bajarishdan bosh tortish holatlari ham kuzatiladi. Bunday paytda ota-onalarning bolaga muomala tarzini o‘zgartirishlari maqsadga muvofiqdir.
Oilada bolalarga tarbiyaviy ta’sir etish sifatini oshirish uchun ota-ona va oilaning katta a’zolari tomonidan bolaga qo‘yiladigan talablar va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda so‘z bilan ish birligi bo‘lishi yaxshi natija beradi.
Ta’kidlaganimizdek, oilaviy tarbiya inson ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi. Oila birlamchi hayotiy ko‘nikmalarni, Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat kabi yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishda, turmushga, ijtimoiy faoliyatga nisbatan psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashda katta imkoniyatlarga egadir.
Oilada farzandlarni tarbiyalashda, ularni kamol toptirishda mavjud muammolar, nuqsonlar bolalarning xulq-atvoriga, shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’naviy-axloqiy jihatdan sust rivojlanganlik va shaxsdagi o‘ziga xos xususiyatlar (o‘zgaruvchan xarakterlilik, qo‘zg‘aluvchanlik, beqarorlik, hissiyotga beriluvchanlik, tobelik, jur’atsizlik va boshqalar) esa bolalar va o‘smirlarda deviant xulqning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shaxsning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi esa ijtimoiy turmushda vujudga kelgan turli xil nizoli vaziyatlardan chiqib ketishiga yordam beradi. Voyaga yetmaganlarda deviant axloq, xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi yana bir omil ota-onalarda farzandlar tarbiyasiga doir bilimlarning yetarli emasligidir. Bolalarga profilaktik ta’sir ko‘rsatishda o‘smirning shaxs sifatidagi shakllanishi jarayonini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, xarakter xislatlari va psixologiyasini hisobga olgan holda ish tutish yaxshi natija berishini unutmaslik lozim. Farzand tarbiyasida ularning yoshga oid va psixologik xususiyatlarini bilish hamda hisobga olish o‘ta muhimdir. Shuningdek, ularda o‘ziga ishonch, o‘z xulqini yaxshilash motivlarini quyidagicha shakllantirish zarur:
 bolalarni o‘z xulq-atvorini o‘zi baholashga o‘rgatish;
 farzandiga bo‘lgan ishonch;
 oilada oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish;
 tarbiya berishning optimal strategiyasini aniqlash;
 bolalarga mustaqil faoliyat (o‘qish, o‘yin, mehnat, xobbi va qiziqishlari)ni tanlash uchun imkoniyat berish;
 “Oila markaz”lari, mahalla fuqarolar yig‘ini va shifokorlar bilan maslahatlashish.
Biz tarixiy davrda, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Milliy g‘oyada mujassam bo‘lgan buyuk maqsadlarni ro‘yobga chiqarish avvalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a’zosi bo‘lmish har qaysi insonning ma’naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq ekanini unutmasligimiz zarur. Chunki aynan xalq ma’naviyati, millat mentaliteti uning bugungi hayotini hamda kelajak taqdirini belgilovchi muhim omildir.
Asrlar davomida milliy tafakkurimizda qaror topgan insonparvarlik, milliy g‘urur, komil inson, or-nomus, hayo kabi ahloqiy tuyg‘ular, tolerantlik, ijtimoiy hamkorlik tamoyillarining mazmun-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning markaziga qo‘yish, yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega, yuksak ma’naviyatli qilib kamol toptirishdan iborat.


Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling