Himoyaga ruxsat etildi


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi


Download 5.97 Mb.
bet5/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilgan ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, yettita paragraf, , xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati hamda ilovadan iborat.

I BOB. OILADA O‘SMIR XULQ-ATVORIDAGI O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCH HISSINI SHAKILLANISHIDA OTA-ONA TA’SIRINING NAZARIY PSIXALOGIK TADQIQOTI.
1.1. Oilada o‘smir xulq-atvoridagi o‘ziga bo‘lgan ishonch hissida ota-ona ta’sirining nazariy psixalogik tadqiqoti.
Jamiyat taraqqiyoti unda yashayotgan oilalar mustahkamligi bilan belgilanadi. Qaysi bir davlatda oilalar barqaror bo‘lsa, shu davlatning ravnaq topishi ham oson kechadi. Oila jamiyatning asosiy tayanchi, mamlakat va millat taraqqiyotini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Chunki jamiyat, mamlakat va millat taraqqiyotida bo‘ladigan munosabatlar dastlab oilada tarkib topadi. Shu sababli oilani mustahkamlash va uning farovonligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ustivor vazifalar qatorida turadi.
Oilaviy muhiti yaxshi bo‘lgan xonadon sohiblari ish joylarida ham xotirjam,,o’ziga ishonchi baland,butun borlig‘ini ishga berib, jon dilidan mehnat qiladi va shu bilan Vatanimizning gullab-yashnashi uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Oilasi, xonadoni notinch, farzandi nogiron yoki kasal bo‘lsa, ishida ham, do‘stlar davrasida ham halovati bo‘lmaydi. Agar oilada tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, saranjom-sarishtalik bo‘lsa, shu xonadonda qut-baraka, sog‘lom farzand shakllanadi, jamiyat ham gullab yashnaydi. Modomiki shunday ekan, oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish lozim. Oiladagi ijtimoiy-ruhiy muhit avvalo, ota-onaning xulq-atvori, xatti-xarakati, muomala madaniyati va shu kabi ijobiy va salbiy fazilatlar bolaga bevosita ta’sir qiladi.Yaxshi psixologik tarbiyani shakllantirishda oila muhiti katta ahamiyatga ega. Bu muhitda bolada o‘ziga bo’lgan ishonch iroda, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi.Insonning axloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada ota-ona orqali qo‘yiladi. Shuning uchun mutafakkir allomalar oila tarbiyasiga katta e’tibor berib kelganlar. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. o‘gitlariga ko‘ra, “Hech bir ota o‘z farzandiga yaxshi tarbiya berish va odob o‘rgatishdan ortiq hadya qilolmaydi”. Yana bir hadisda esa, “Farzandlaringizni hurmatlanglar va ularning odobini go‘zal qilinglar”2, - deganlar. Albatta, bunda har bir ota-ona ahloqiy fazilatlarni avvalo o‘zlarida mujassam etishlari bilan farzandlariga va boshqalarga namuna bo‘lmoqlari kerak. Aks holda farzandlaridan, yosh avloddan kutayotgan xayrli ishlarining teskarisi bo‘lishi mumkin.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tadbiri manzil” asarining katta bir bobini oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlagani bejiz emas. Ibn Sino oila boshlig‘i oldiga katta talablar qo‘ydi, farzandlarni bir biriga nisbatan mehribon,o’ziga ishonchi yuqori qilib tarbiyalash haqida fikr yuritadi. Oiladagi yomon tarbiya faqat shu oilaning o‘zigagina salbiy ta’sir ko‘rsatib qolmasdan, boshqa oilalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkinligini, to‘g‘ri tarbiya oila baxtining muhim asosi ekanligini uqtiradi. U yana ta’kidlaydiki, sharoiti qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bola tarbiyasi ota-onalarning asosiy vazifasidir, ota - ona davlat boshlig‘imi yoki jamiyatning oddiy a’zosimi, baribir bola tarbiyasi masalasida ularga bir hil talab qo‘yiladi.3
Farzand tarbiyasi izchillikni talab etadi. Tarbiyada paysalga solish, “keyin”, “vaqtim yo‘q” , “bu arzimas masala” deb qarash yaramaydi. Bu hol keyinchalik katta qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Tarbiyada hamma narsa muhim.
Oilada kattalar, ayniqsa ota-onalar orasidagi munosabatlarning tartibga solinganligi darajasidan farzandlar tarbiyasi sifati kelib chiqadi. Oila manfaatlari bilan oila a’zolarining har biriga taaluqli manfaatlar monandligi izchillik bilan bosqichma-bosqich tarbiyalanib borilgan sharoitda sog‘lom ijtimoiy muhit maydonga keladi. Bunday oilada yashayotganlarning o‘ziga xos individual intilishlari inobatga olingani xolda, xayotdagi xususiylikka bo‘lgan xurmat hissi ham amalda xukm suradi. Ana shu erkin emin holat oilaviy ahillikka asos bo‘lib, umumiy qiziqish, umumiy nuqtai nazar,umumiyi ntilish, umumiy munosabat kabi oila manfaatiga xos xarakatni xulqni vujudga keltiradi. Aynan shunday muhit oila a’zolarining har biriga xos avvalo o’ziga bo’lgan ishonch, shaxsiy g‘urur , shaxsiy or-nomus singari sifatlarni tarbiyalab borish bilan birga, oila g‘ururi, oila or-nomusi kabi ijtimoiy omillarni shakllantiradi. Oriyatli farzand o‘z shaxsiga dog‘ tushuradigan xarakatlarni qilmaslikka urinibdiki, u hech qachon va hech qayerda oila sha’niga isnod keltiradigan ishlarni qilmaydi.
Biz bilamizki, bolalarda taqlid qilish qobiliyati kuchlidir. Kattalardan kichiklarga tabiiy tarzda “yuqadigan” xatti-xarakat va fe’lu atvorga xos hislatlarni “uzatish” va “o‘zlashtirish” murakkab ijtimoiy jarayondir. Ba’zi ota-onalar farzandlarini aynan o‘zlariga o‘xshashliklarini istab, o‘z yoshliklari qolipini bolalarga ro‘kach qiladilar. Bunday o‘rinsiz aralashuvlar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oilada yaqin ajdod-avlodlarga , ota-onaga xurmat hissini ko‘rib o‘sgan farzandlar ham ota-bobolarga izzat-ehtirom bilan qarashga o‘rganadilar. Bunday yoshlar yaqinlariga mehr-muxabbatli bo‘lishga odatlanib, insonlarni e’zozlash ko‘nikmasiga ega bo‘lib boradilar.
Oilada mehr-muxabbat munosabatlari oqilona va odilona tartibga solingan bo‘lsa, mehribonlik maqsadli me’yorlashgan bo‘ladi. Aslida mehr qarichlab o‘lchanmaydi va tarozuda tortilmaydi. Ammo ortiqcha va o‘rinsiz mehribonlik bolani taltaytiradi, natijada esa, uni o‘ziga bino qo‘yadigan, o‘zini o‘ta sevadigan qilib qo‘yadi. Bu esa xudbinlikka tashlangan birinchi qadamdir. Yana bir holat, oila kattalari orasidagi tushunmovchilik ham, kelishmovchilik ham bolalar fe’lu-atvorida noto‘g‘ri va noo‘rin qiliqlarning kelib chiqishiga olib keladi. Farzandlarimiz faqat go‘dakligidanoq har tomonlama mehribonlikka muxtoj va unga tabiiy tarzda haqlidir. Biroq , bola asta-sekin aqlini tanib, o‘sib-ulg‘ayib, balog‘atga yetib borgan sari, ijtimoiylashuv o‘lchovlari bilan hisoblashishga majburdirlar. “Qiynalib qolmasin”, “hali yosh” qabilidagi yondoshuv va yonbosishlar bolada mustaqil munosabat kabi fe’lu odatni susaytiradi.
Demak, bundan shunday xulosa chiqadiki, oilada kattalarning, ayniqsa ota- onalarning xatti-xarakati va munosabatlari bolalar ruhiyati uchun katta psixologik omil hisoblanadi. Chunki ular bilib-bilmay , ongli va ongsiz ravishda kattalarga taqlid qiladi, ularning xarakatini o‘zlari uchun mezon deb biladi. Bunday hol ularning mustaqil fikri shakllanguncha davom etadi. Ularning mustaqil fikri va dunyoqarashi shakllangach esa, ular hamma narsaga, hatto kattalarning xatti-xarakatiga ham tanqidiy nuqtai nazardan qaray boshlaydi.
Bolani ota-onadan qo‘rqishga, kattalarni ko‘rganda zir titrashga emas, balki ularga ishonishga o‘rgatish lozim. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda ham, farzand tarbiyasida mehribonlik yaxo‘i fazilatlarni shakllantirsa, talabchanlik, ba’zan asosli qattiqqo‘llik bilan birga qo‘shib olib borilsa, shaxs fazilatlarining shakllanishida yetarli samara beradi.
Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum turdagi o‘smirlardagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qarama-qarshi ruhda harakatlanib, tajavuzkorona buzg‘unchilik namoyon qilishadi. O‘smirlar xulqidagi salbiy holatlarning oldini olish unga qarshi kurashish maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linishi ma’lum bo‘ldi4:
1. O‘smirning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususiyatlari, shuningdek, o‘zaro muloqotga kirishishi;
2. O‘smirning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni qabul qila olishi;
3. O‘smirning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuktai-nazari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xususiyatlari.
Shu uch guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chiqqan holda, salbiy xulqli o‘smirlarning ba’zi bir o‘ziga xosliklarini aniqlash mumkin.
Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul qilingan o‘zaro muomala me’yorlari va xulq-atvor mezonlarini o‘zlashtirish.
Xulqida salbiy holatlar mavjud o‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat me’yorlarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi.
Ijtimoiy xayolot o‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga baho bera olish.
Ijtimoiy holat deviant xulqli o‘smirlarda juda zaif rivojlangan yoxud umuman bo‘lmaydi.
Ijtimoiy faollik - deviant xulqli o‘smirlar o‘z tengdoshlari tomonidan bo‘ladigan maqtovlardan manfaatdor bo‘lsalargina o‘zaro yordam ko‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar.
Oiladagi nosog‘lom ijtimoiy muhit oilaning asosiy funksiyasi – yetuk shaxsni tarbiyalashga yuzaki qarash yoki umuman bu vazifani bajarmasligiga olib keladi. Natijada, oiladagi ziddiyat va muammolar, ularni bartaraf etishdagi noto‘g‘ri (noijtimoiy ham bo‘lishi mumkin) harakat voyaga yetmaganlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda uning xulqi, xatti-harakatida salbiy og‘ishlar paydo bo‘ladi.
Bunday oilalar kriminal (jinoyatga moyil yoki sodir etgan), ziddiyatli, pedagogik passiv yoki antipedagogik bo‘ladi. Maktab oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitdan xabarsiz bo‘lsa, ota-onaning xatosini davom ettirib, hatto muammoni yanada chuqurlashtiradi va voyaga yetmaganning deviantligini yanada kuchaytiradi.
Shuning uchun ham maktabdan bezish (“maktab dezadaptatsiyasi”) deviant xatti-harakatning agressiv va ijtimoiy passiv ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik xatoliklar, ayniqsa o‘qishning ilk bosqichlarida, shaxs rivojlanishida xarakterining salbiy og‘ishiga olib keluvchi ijtimoiy- psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolar kichik maktab yoshidayoq bartaraf etilmasa, o‘smirlik yoshidagi voyaga yetmaganlar ma’naviy, axloqiy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishining salbiy yo‘nalish olishiga asos bo‘ladi.5 Ya’ni, o‘smir xatti-harakatidagi agressivlik, tajavvuzkorlik, psixoaktiv moddalarni iste’mol qilishga moyillik va vertual dunyoda( kompyuter va internetga tobeilik) “najot” izlash, o‘qishdan bo‘yin tovlash, uydan qochib ketish kabi harakatlarining ildizini oiladan, maktabdan va maktabdan tashqaridagi muhit hamda shaxslararo munosabatlar mazmunidan izlash kerak.
Shunday qilib, biz agar biz yomon ta’sirlarning oldini olsak, har bolaga (xoh o‘zimizniki, xoh o‘zgalarniki bo‘lsin) nisbatan e’tiborli bo‘lsakkina har tomonlama yetuk, yurti, oilasi ravnaqiga hissa qo‘shishga tayyor, mehnatsevar va ijtimoiy faol farzandlarni tarbiyalay olamiz. Bolalar taqdiri kattalar qo‘lida, bu qo‘llar mehrli, aqlli, haqchil bo‘lsagina bolalarimiz barkamol bo‘lib o‘sadi.
Psixolog V.P.Levkovich tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, shaxslararo munosabatlar yomon bo‘lgan oiladagi bolalarda dushmanlik, ishonchsizlik, befarqlik va boshqa salbiy sifatlar shakllangan va bu bolaning ichki dunyosiga ham zarar yetkazgan bo‘ladi. Ota-onalarning farzandlariga mehr-muhabbatli bo‘lishlari va buni to‘g‘ri ifodalab berishlari oiladagi psixologik muhitning har tomonlama sog‘lom, ma’naviy mustahkam bo‘lishiga erishishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Oiladagi axloq, odob tarbiyasi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. “Ota-ona farzandlariga berayotgan tarbiya inson shaxsi shakllanishining birinchi poydevoridir. Bu poydevor inson ma’naviy olami degan jarayonning hammasi emas, balki boshlanishi. Bu poydevor aql, idrok, ma’suliyat bilan barpo etilgan bo‘lsa uning ustiga go‘zal, mustahkam bino qrish mumkin. Bu binoning chiroyi, naqshlari inson xayotining barcha davrlarida shakllanib, sayqal topib boradi”.
“Ma’naviy nosog‘lom oiladagi g‘ayritabiiy munosabatlar, nizolar, janjallar, turli kelishmovchiliklar oilada oila a’zolarining o‘rtasidagi bir-biriga nisbatan qo‘pollikning mavjudligi oiladagi jinoiy zo‘ravonlikning sodir etilishidagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Ushbu holatlar ko‘pincha tashqaridan axil ko‘ringan oilalarga ham xosdir va ularni o‘z vaqtida tushunish va kuchsizlantirish choralarini amalga oshirish lozim.6”. Psixolog V.P.Levkovich tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, shaxslararo munosabatlar yomon bo‘lgan oiladagi bolalarda dushmanlik, ishonchsizlik, befarqlik va boshqa salbiy sifatlar shakllangan va bu bolaning ichki dunyosiga ham zarar yetkazgan bo‘ladi. Ota-onalarning farzandlariga mehr-muhabbatli bo‘lishlari va buni to‘g‘ri ifodalab berishlari oiladagi psixologik muhitning har tomonlama sog‘lom, ma’naviy mustahkam bo‘lishiga erishishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Oiladagi axloq, odob tarbiyasi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. “Ota-ona farzandlariga berayotgan tarbiya inson shaxsi shakllanishining birinchi poydevoridir.
Demak oila muhitini uch toifaga: ijobiy, o‘zgaruvchan va salbiy toifalarga ajratish imkoniyati tug’ildi. Bu esa, oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‘rganishda “baxtli bolalik - bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning hamda ota-onalarning bolalariga g’amxo‘rligining samarasidir”, degan xulosaga kelindi. Shu asosda oilada farzand tarbiyasiga yondashishning oilalarni yo‘nalishiga qarab, uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib berish mumkin.
1. Ijtimoiy ilg’or yo‘nalishdagi oilaga xos bo‘lgan oilalar bizdagi oilalarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq prinsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, shuningdek har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazarda tutiladi. Ijtimoiy ilg’or yo‘nalishdagi oilalarning yetgan a'zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg’or madaniyatga nisbatan, qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsaga o‘z farzandlarida ham havas uyg’otadilar. Oilada goho namoyon bo‘ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallarni har xil ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog’lanmaydi.
2. Ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oilada barqaror yo‘nalish bo‘lmaydi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g’oyaning boshqa g’oya bilan o‘zaro niqoblangan kurashi bosqichida bo‘ladi, u yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bunday holatning ko‘zga tashlanishi eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurashni anglatmaydi. Er-xotinning yoki boshqa voyaga yetgan oila a'zolarining murosasiz pozitsiyalari ko‘pincha ularning fe'1- atvor xususiyatlaridagi tafovut negizi bilan bog’liq bo‘lib, mutlaqo eskilik sarqiti mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada so‘z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi. Faqat burch hissigina, muayyan majburiyatni bajarishgina oila a'zolarni o‘zaro birlashtirib turadi. Mana bunday oilalarda erxotinning bolalarga ta'sir o‘tkazish uchun kurashi, raqobati yaqqol namoyon bo‘ladi.
3. Past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalarda ko‘pincha ishchanlik udumi va ideallari hokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa yagona narsaga bo‘ysundirilgan, ya'ni mol-dunyo to‘plashga, moddiy-maishiy jihatdan ustunlikka erishishiga qaratilgan boladi. Voyaga yetgan oila a'zolarining, ota-onalarining korxona, muassasada, tashkilotda mehnat qilishi ana shu ko‘zlangan maqsadga yetish vositasi sifatida, har qanday mehnat esa, ish haqi miqdori bilan o‘lchanadi. Oila boshlig’ining zo‘ravonligi, zolimligi, unga ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishlik, sajda qilishlik, zaif va nimjon oila a'zolari farovonligini poymol qilishga intilishi va hokazolar ustun bo‘ladi. Meshchanlik ideali va diniy e'tiqod doirasidan tashqari chiqish hollari (kitob o‘qish ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi.
Shu boisdan past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalardan xudbin, qo‘rqoq, jamiyat uchun kam nafi tegadigan o‘g’il-qizlar yetishib chiqishi mumkin. Jumladan, har bir oila a'zolarining yashayotgan mikromuhitda tutgan o‘rni va erishgan obro‘li, oilalarda er-xotin munosabatlari, ota-onalarning farzandlarga nisbatan muomalalari, turli yoshdagi farzandlarning o‘zaro muloqoti, ularning ota-onalarga munosabatlari, oila a'zolarining begona kishilar bilan muloqotga kirishishi xususiyatlari, ular o‘rtasida o‘zaro yordam va birdamlilik xususiyatlari, uy-ro‘zg’or yumushlari taqsimoti, xordiq chiqarish, oila a'zolarida muloqot ko‘lamining kengayishi kabi shaxslararo munosabatlarning rang-barang jihatlarini oilada bola ongiga singdirish maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axloqiyma'naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma'naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta'minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to‘g’ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta'minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik7:
- farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta'minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga ega boladi;
- oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta'lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta'minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi;
- farzandlar tarbiyasida oilaviy an'analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi.
-oilaviy hayotda urf - odat, an'ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va o‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;
- oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchiliklarini psixologik - pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;
- oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;
- oilada ma'naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma'nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.
Sog’lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil hisoblanadi. Har bir ota-ona o‘z farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug’ullanishi, buning uchun esa ta'lim-tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning pedagogikpsixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir.
Bugungi kunda agressiv bolalar sonining ortib borayotganligi psixologiyada dolzarb muammo sanalmoqda. Bolalarda agressiv xatti-harakatlarning paydo bo‘lishi murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Agressiv xatti-harakatlar oila, tengdoshlar guruhi, ommaviy axborot vositalari ta’sirida paydo bo‘ladi. Bola agressiv xatti-harakat turlarini quyidagi uch asosiy manbadan «oziqlanib to‘playdi»8:

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling