Himoyaga ruxsat etildi


III BOB. XULQ-ATVORDAGI SALBIY XUSUSIYATLAR PSIXODIAGNOSTIKASINING EMPIRIK TADBIQI


Download 5.97 Mb.
bet14/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

III BOB. XULQ-ATVORDAGI SALBIY XUSUSIYATLAR PSIXODIAGNOSTIKASINING EMPIRIK TADBIQI
3.1. Oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitni aniqlashga qaratilgan fikrlar tahlili.
Mazkur so‘rovnoma Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchilarining o‘zlari tarbiya topayotgan oilardagi ijtimoiy – ma’naviy muhitga bo‘lgan munosabati va bu muhitning ular tarbiyasiga ta’sirini aniqlash hamda shu asosda tegishli ma’naviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida o‘tkazildi.
Mazkur ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma 6 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning har biriga respondentlarimiz tomonidan berilgan javoblar quyidagi rasmlarda oʻz ifodasini topadi. Respondentlarning asosiy qismini 16-17 yosh oraligʻidagi o‘smirlar tashkil etdi.
So‘rovnomada 100 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, 54 nafar yigitlar, 46 nafar qizlar ishtirok etdi.
So‘rovnomaga kiritilgan savolni birinchisi “Oilada Sizni kim yaxshi tushunadi?” tarzida qo‘yilgan bo‘lib, bu savol oiladagi voyaga yetayotgan farzandni (uning fikricha) kim yaxshi tushunishini aniqlashga qaratilgan edi.
1-rasm.

1-rasm. “Oilada sizni kim ko‘p tushunadi?” savoliga berilgan javoblar
Ushbu savolga jami respondentlardan 27 nafari (27 %) “otam”, 42 nafari (42 %) “onam”, 16 nafari (16 %) “har ikkalasi ham tushunadi”, 7 nafari (8 %) “ikkalasi ham tushunmaydi” hamda 8 nafari (8 %) esa “e’tibor bermaganman” deb javob berganlar.
Shuni e’tiborga olish joizki, so‘rovnomada qatnashgan yigitlardan 20 nafari (37%) savolga “onam” deb javob bergan. Bu “otam” deb berilgan javoblar (16 nafar (29% ) dan ko‘pdir.
Onalar farzandlari bilan muloqot qiluvchi asosiy shaxs bo‘lishi tabiiy, lekin otalarning o‘g‘il bolalar bilan (ayniqsa balog‘atga yetish davrida) ko‘proq muloqotda bo‘lishlari, ularning ruhiyati, dunyoqarashi va ongida kechayotgan turli o‘zgarishlardan bohabar bo‘lib turishlari muhimligini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
O‘quvchilar tomonidan oilada ularning ota va ona birdek yaxshi tushunishlari javoblarda qayd etilgan bo‘lsa-da, lekin oila muhitida farzandga otasiga nisbatan onasi tomonidan tushunish, e’tibor berish yuqori ekanligi tasdiqlandi (5 foizga ko‘p). Bu psixologik jihatdan oiladagi turli vaziyatlarda onasi bilan o‘z muammolarini baham ko‘rish, onasini tushunishini his etish ichki yo‘riqnomasi (ustanovkasi) har bir odamda bolalik paytidan moyillik mavjudligi va keyinchalik shakllanganligini ham bildiradi. O‘quvchilar tomonidan savolnomada shuningdek, “har ikkalasi ham tushunadi” javobini 16% foizda namoyon bo‘lishi o‘z navbatida ijobiy ko‘rsatkich deb o‘ylamaymiz. Chunki farzandning otasi va onasi bilan bir xil darajada tushunish va qo‘llab-quvvatlanishni his etish har qanday farzandga dalda ekanligini kattalar anglashi kerak. Agar bolada bir xil darajada ota va onasi bilan o‘zaro tushunish amalga oshsa, bu o‘z navbatida oilada hamjihatlikni ham belgisidir.
Hayotda farzandi bilan hamjihatlikda tushunadigan ota-onalar bo‘lishi bilan birga o‘z zurryodiga tushunmaslik, e’tiboridan yiroq bo‘lish kabi munosabatlarga loyiq ota-onalar ham mavjud. Oz bo‘lsa-da (0,8 % va 0,9 %) larda shunday ota-onalarning borligi bizni o‘ylantiradi. Bolaning ta’lim maskanida tadqiqot o‘tkazilgan yosh ko‘rsatkichi ayni o‘smirlik davridan ilk o‘spirinlik davrigacha ekanligini inobatga olsak, bolani o‘z oilasi davrasida yuzaga keladigan muammolarini oydinlashtirib olish ehtiyojini qondirilmasligiga olib kelishi mumkin. Oqibatda keyinchalik xulq og‘ishi, turli yot g‘oyalarga berilishi, boshqalar ta’siriga tushish, ota-onasidan uzoqlashish, o‘zboshimchalik, daydilik kabi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari yuzaga keladi.
Ishtirokchilardan 7 nafari (7 %) “ikkalasi ham tushunmaydi”, shuningdek, 8 nafari (8 %) esa “e’tibor bermaganman” deb javob berganligi esa, mazkur o‘quvchilar istiqomat qilayotgan oilalarda esa turli sabablarga ko‘ra ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi hamjihatligi yetarli emasligini ko‘rsatadi.
So‘rovnomaga kiritilgan ikkinchi savol orqali farzand o‘zini tarbiya ob’ekti sifatida kim tomonidan ko‘proq ta’sir etilishini aniqladik. Buning uchun “Oilada Sizni kim ko‘proq tarbiyalashga harakat qiladi?” savolini berdik.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling