Himoyaga ruxsat etildi
Ota-onalarning o‘smir yoshli farzandini tushunish testi
Download 5,97 Mb.
|
birinchi bobgacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frayburgning test savolnomasi
Ota-onalarning o‘smir yoshli farzandini tushunish testi
Ushbu maqsadlarda J. Piaje va I.S. Kon tomonidan o‘smirlik va o‘spirinlik yoshlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan test metodikasini qo‘llash mumkin. Metodikaning mazmuni va o‘rta makatablarning pedagoglari tomonidan qo‘lga kiritilgan natijalar muallifning Leningrad davlat universitetida 1986 yilda himoya qilgan nomzodlik dissertatsiyasida keltirilgan. Tavsiya etilayotgan test faqat bir savolga : «kattalar o‘smirlik va o‘spirinlik yoshi psixologiyasini biladilarmi?» degan savolga javob olishga imkon beradi. Bu o‘rinda «kattalar» iborasi keng ma’noda ishlatiladi, bu ota-onalardan tashqari, o‘qituvchilar, murabbiylar va boshqalardir. Metodikaga quyidagi yo‘riqnoma beriladi: «Sizga havola etilayotgan so‘rovnomadagi savollarga qo‘shilishingiz yoki qo‘shilmasligingiz, yohud neytral munosabat bildirishingiz mumkin.» Agar Siz berilgan fikrga qo‘shilsangiz, o‘sha jumlaning oxiriga «+» belgisini; norozi bo‘lsangiz yoki qo‘shilmasangiz - «-» belgisini; aniq javob berishga qiynalsangiz - «?» belgisini qo‘ying. Izoh: taklif etilayotgan fikr-jumlalarda «bola», «o‘smir» va «kattalar» iboralari uchraydi. «Bola» deganda, o‘rta maktabning boshlang‘ich sinflari o‘quvchilari nazarda tutiladi; «o‘smirlar» deganda - 14-15 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lganlar va «kattalar» deganda - 25-45 yoshlar oralig‘idagi odamlar nazarda tutiladi.(3-ilova q) Frayburgning test savolnomasi 1903 yili Y.Farenberg, X.Zarg, R.Rampi kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo‘llanildi. Test birinchi marta 1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa 1978 yilda chiqdi. Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashxis qilish uchun yaroqli bo‘lgan ko‘p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun muhim manbadir. Savolnoma shaxs omili to‘g‘risida har tomonlama ma’lumotlar beradi. Test tadqiq qilinuvchilarning keng ommasiga mo‘ljallangan. Ushbu metodikaning qisqartirilgan varianti ham bor. Testni yakka holda yoki guruhiy shaklda qo‘llash mumkin. Bajarish uchun vaqt savolnomaning shakliga bog‘liq bo‘lib u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo‘riqnoma, savolnoma va javoblar varaqasi zarur. FHI savolnomasi 12 o‘lchamdan iborat. Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Faqat 1-savol hech bir o‘lchamga ( shkalaga) xos emas, chunki u tekshirish xarakteriga ega. 1-XP shkalalar asosiy shkalalar hisoblanadi. 1- shkala (asabiylashganlik) shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. Yuqori baholar psixosomatik buzilishlar bilan jismoniy zaif kishilarning asabiylashganlik holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardanfoydalanib, uni quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabni, kasalmand, biror bir holatdaq chiqib ketolmaydigan, o‘z hissiyotlariga berilgan. 2-shkala (spontan tajovuzkorlik) introtensiv turdagi psixopatik holatni aniqlash va baholashga imkon beradi. Yuqori baholar g‘ayri-ixtiyoriy xulkka ega bo‘lgan kishilarga xos xususiyatlarni bildiradi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan (spontan) tajovuzkorlik — bu tajovuzkor, beixtiyor, soddadil, chiqisha olmaydigan, murosasiz deganidir. 3- shkala (ruhiy siqilganlik) - psixopatologik, ruhiy siqilganlik holatlari uchun xos bo‘lgan belgilarga tashxis qo‘yish uchun imkon beradi. Yuqori baholar mana shu belgilarning emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lishini bildiradi. Depressivlik – bu ta’bixiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish xususiyatlari yig‘indisidir. 4-shkala (jizzakilik) emotsional turg‘unlikni baholashga imkon beradi. Yuqori baholar emotsionol holatlarning noturg‘unligidan darak bsradi. Jizzakilik bu chidamsizlik, beixtiyor asabiylashgan, jiddiy tarang soddadil,injiq demakdir. 5 -shkala (dilkashlik) ijtimoiy faollikning imkoniyatlarini va bu xususiyatlarning haqiqiy ko‘rinishini ifodalaydi. Yuqori baholar ehtiyojni ta’minlashda doimiy tayyorlikni va muomala ehtiyojining borligidan dalolat beradi. Do‘stonalik - xushmuomalali, dilkashlik, uddaburonlik xususiyatlaridir. 6- shkala (og‘ir, vazminlik ruhiy zarbaga chidamlilikni anglatadi. Yuqori baholar kelajakka ishonch va faollikni; o‘ziga ishonchi odatdagi hayotiy holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganligini anglatadi. Mo‘’tadillik – bu yaxshi kayfiyat, barqarorlik, matonatlik, xotirjamlilik, o‘z kuchiga ishonch, ishonuvchanlik, faollik demakdir. 7 - shkala (reaktiv tajovuzkorlik) - ekstratensiv tipdagi psixopatik belgilarni namoyon bo‘lishini aniklaydi. Yuqori baholar ustunlikka intilishni va ijtimoiy muhitga tajovuzkorona munosabatni ifodalaydi. Reaktiv tajovuzkorlik bu tajovuzkorona o‘z karashlarini himoya qilish, o‘z fikrini himoya qilish, xudbinlik, manmanlik, obro‘ga, yuqoriga, ustunlikka intilish demakdir. 8 - shkala (uyaluvchanlik, tortinchoklik) insonning xayotiy vaziyatlarda o‘zini passiv himoya qilish xususiyatiga moyillikni aniqlaydi. Bu kuchsiz himoyalangan turda o‘tadi. Yuqori baholar shkalada xavotirlilik, ishonchsizlik tortinchoqlik xususiyatlarini mavjudligini ifodalab, bular esa o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlarga kirishishni qiyinlashtirladi. O‘zini tuta bilish - vazmin, ishonchsiz, uyatchan jonlanuvchi, tahlikaga tushuvchi. 9-shkala (oshkoralik) o‘z-o‘zini tanqid darajasini ijtimoiy muhitga munosabatini tavsiflashga imkon yaratadi. Yuqori baholar o‘z-o‘ziga tanqidning yuqori darajasidan atrofdagi kishilar bilan ishonarli oshkora birgalikda katta intilishdan darak beradi. Ushbu shkala bo‘yicha baholar sinalayotganning berilgan savolnoma bilan ishlayotganda u yoki bu darajada javoblarning samimiyligini tahlil qilishga imkon yaratadi, bu esa boshqa savolnomlarning yolg‘on shkalalariga to‘g‘ri keladi. Samimiylik xususiyati o‘z-o‘zini tanqid, oshkoralik, shaxsiy kamchiliklarni va xatolarni tan oladi. 10-shkala (ekstravertlik va introvertlik). Yuqori baholar shaxsning ekstravertlik, quyi baholar esa introvertlik xususiyatlariga mos keladi. Ekstraversiya – so‘zamollik, jamoat ishlarida faollik yoki aksi, introversiya – odamlar bilan aloqadan qochish, passivlik, emotsional beqarorlik. 11- shkalada (emotsional labillik, o‘zgaruvchanlik) yuqori baholar yetarli o‘zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgaruvchanligida ko‘rinadigan emotsional holatning noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Quyi baholar faqatgina emotsional holatning yuqori barqarorligini tavsiflamasdan, balki o‘z-o‘zini idrok qila olishni ham ko‘rsatadi. Emotsional o‘zgaruvchanlik-barqarorlikemotsional turg‘unlik yoki noturg‘unlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, serjahllik, jo‘shqinlik, ziqnalik, g‘am yoki kelajakka ishonch, xursandchilik. 12-shkala (maskulinizm-feminizm) - yuqori baholar ruxiy faoliyatning, xususan, erkaklarga xosligidan guvohlik bersa, quyi baholar ayollarga xosligidan darak beradi. Mardlik-nazokatlilik-faollik, hammadan bilimdon, fahmlash topqirlikdir. Sinov yakka holda yoki sinaluvchilar guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin. Sinalayotganlar bir-biriga halaqit bermaydigan holatda joylashtirilishi lozim. Tadqiqotchi tadqiqot maqsadini va savolnoma bilan ishlash qoidasini qisqacha bayon qiladi. Sinalayotganlarning topshiriqlarni bajarishiga ijobiy va qiziqish bilan munosabatda bo‘lishlariga erishish muhimdir. Ularning e’tibori ish paytida javoblar bo‘yicha maslahatlashishning va o‘zaro har xil muhokamaning mumkin emasligiga qaratilmog‘i darkor.Shundan keyin psixolog sinaluvchilarga diqqat bilan yuriqnomani o‘rganib chiqishni tavsiya qiladi, so‘ng savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularga javob beradi, savolnoma bilan mustaqil ishlashni taklif etadi. Natijalar tahlilini tekshiruvchilar to‘ldirgan barcha javob varaqalarini birinchi savolga qanday javob berganligini aniqlagan holda qarab chiqishdan boshlash kerak. Tekshirilayotgan kishi qo‘yilgan savollarga ochiqchasiga javob berishni istamasa, tadqiqot amalga oshmagan deb hisoblanish kerak. Birinchi savolga ijobiy javob olingan takdirda tadqiqotning natijalari ishlab chiqilgandan keyin yuqori va quyi baholar ajratiladi. Download 5,97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling