Himoyaga ruxsat etildi
-rasm. 2-rasm. “Oilada kim sizni ko‘proq tarbiyalashga harakat qiladi?” savoliga berilgan javoblar
Download 5.97 Mb.
|
birinchi bobgacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. “Muammolaringizni ota-onangizga aytishga qo‘rqasizmi”
2-rasm.
2-rasm. “Oilada kim sizni ko‘proq tarbiyalashga harakat qiladi?” savoliga berilgan javoblar. Ma’lumki, oila shaxs tarbiyasining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, undagi ahillik va hamjihatlik unda voyaga yetayotgan yosh avlod kamolotiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur savolga respondentlarning 28 nafari (28 %) “otam” va 37 nafari (37%) “onam” deb javob berganlar. Ulardan 15 nafari (15 %) oilada ularning tarbiyasiga ko‘proq bobo-buvisi yoki aka-opasi e’tibor qaratishini ko‘rsatganlar. So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilardan faqat 16 nafari (16 %) gina oilaning barcha a’zolari o‘z o‘rni (roli) da ularning tarbiyasiga aloqador ekanligini bildirganlar. Mazkur savolga yigitlardan 20 nafari (38 %) 1-savolda bergan javoblariga nomutanosib holda, “otam” deb javob berganlar. Bu quvonarli hol, lekin shuni ham unutmaslik kerakki, yigitlar tarbiyasi, ota tomonidan bir taraflama usullar (masalan, qattiqqo‘llik, talabchanlik, maslahat berish) bilan emas, balki bolaning hayotiy ehiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlari kabi o‘ziga xos jihatlarini ham hisobga olgan, ya’ni ularni “tushungan” holda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. So‘ralganlarning 4 % esa o‘z javoblarida oilada ularning tarbiyasi masalasiga e’tibor sezilmasligini ko‘rsatganlar. Jinslar kesimida olganda esa bu ko‘rsatgich qizlarda 4 % dan, yigitlarda 3% dan ortiqni tashkil etadi. Mazkur holat, ayniqsa qizlar tarbiyasida sezilgan “bo‘shliq”ni so‘rovnoma davomida qayd etilgan jiddiy muammolardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. 3-rasm. “Muammolaringizni ota-onangizga aytishga qo‘rqasizmi?” Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, savol ma’nosidagi “qo‘rquv” tushunchasini bolalarning o‘z muammolaridan ota-onalarini habardor qilishdagi ichki “qo‘rquvi”ni tushunish lozim. Ya’ni bola ota-onasidan nafaqat tanbeh yoki jazo olishdan, balki ular oldida hijolat bo‘lishdan, ularni bezovta qilishdan yoki tashvishga qo‘yishdan qo‘rqib ham muammolarini yashirish mumkin. Ushbu savolga qatnashchilardan 24 nafari (24%) “ha”, 26 nafari (26%) “yo‘q” deb javob berganlar. Ishtirokchilarning asosiy qismi, ya’ni 30 (30%) nafari “so‘rashsa aytaman” deb javob berganlar. So‘rovnomada qatnashgan qizlardan 11 nafari (23%) muammolarini ota-onalariga u yoki bu tarzda ayta olganliklari holda, yigitlarda bu ko‘rsatkich 13 nafar (24%) ni tashkil etadi. O‘z navbatida yigitlarning ko‘pchilik qismi, ya’ni 18 nafari (33%) muammolarini faqat ota-onalar tomonidan so‘ralgan (qiziqilgan) dagini aytishlarini bildirganlar. Bu holatni yigitlarda turli omillar (masalan, o‘rtoqlari, katta yoshdagilar ta’siri) asosida shakllanadigan tushunchalar, masalan, “yigit kishi o‘z muammosini o‘zi xal qilishi”, “yosh bola bo‘lmaslik”, “sir saqlay olish” va shu kabilar bilan bog‘lash mumkin. Bir tarafdan bu kabi tushunchalar yigitlarni mustaqil hayotga tayyorlanishida o‘z ahamiyatiga ega, lekin ularga o‘rinsiz moyillik yoki o‘ta su’istimol qilinishi bolaning o‘zi xal qilishga qodir bo‘lmagan muammolarni ham oiladan yashirishiga va yanada murakkablashuviga olib kelishi mumkin. Yuqorida tilga olingan “ichki qo‘rquv” yigitlarda unga nisbatan ota-ona tomonidan salbiy munosabat kelib chiqishi (masalan, uni qattiq ayblashlari, uning ma’lum xususiyatlariga nisbatan past baho berilishi, ishonchning yo‘qolishi va shu kabilar) bilan bog‘liq noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirishi ham ehtimoldan holi emas. Shu boisdan ham ota-onalarning, jinsidan qat’iy nazar, bolalarning kamchilik va muammolariga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari, ularni xal qilishda ko‘maklashishlari, bola bilan rivojlanishining turli bosqichlari va jarayonlariga mos do‘stona muloqot muhitini mustahkamlab borishlari oila madaniyati va ma’naviyatining ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi. So‘rovnomada qatnashganlarning 15 nafari (15%) muammolarini ota-onalari yaxshi bilishlarini bildirganliklari bir qarashda ijobiy xolat lekin, yuqoridagilarga qaraganda kam miqdorni tashkil etadi. Shuningdek, 5 nafari (5 %) o‘z muammolarini ota-onalariga aytganlari bilan foydasiz ekanligini javoblarida qayd etganlar. Javoblar tahlili ayrim oilarada ota-onalarning farzandlarining turli ob’ektiv va sub’ektiv asoslarda yuzaga kelgan muammolaridan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishlari va to‘g‘ri munosabat bildirishlari, qolaversa, oilaviy hamjihatlikda ularni ijobiy xal qilish borasida malakalari, ko‘nikmalari yoki amaliy harakatlari yetarli emasligi, ba’zi o‘rinlarda esa umuman bee’tibor ekanliklarini ko‘rsatdi. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling