Himoyaga ruxsat etildi


Download 5.97 Mb.
bet4/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

Tadqiqotning obyekti. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 65-maktab o‘quvchilaridan 40 nafari tadqiqot obyekti sifatida tanlab olindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Oiladagi mavjud psixalogik muhitni aniqlash maqsadida fikrlar tahlili olib borilib, xususan, oilada o’smir xulq-atvorining o’ziga ishonch holatlarini yuzaga kelishida tarbiya jarayonida ota-onaning o’rni qanchalik muhim ekanligi, oilada muloqotning qanchalik muhim deb hisoblashlari ochib berildi;
Oiladagi mavjud muhitning farzandga ham ijobiy ham salbiy ta’sir o’tkazishi tadqiqot natijalari asosida ochib berildi;
Oiladagi hamjihatlik muhiti undagi intelektual-madaniy jihatning yuqori bo’lishiga,o’smirning o’ziga ishonchiga ta’sir o’tkazishi hamda oilalarda qanchalik nizoli holatlatlar, jaxl, agressiyaning ochiq ko’rsatilishi, o’smir farzanddagi o’ziga ishonmaslik oilaviy qadriyatlarga hurmatsiz munosabatda bo’lish kabi holatlarga olib kelishi isbotlab berildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Oʼtkazilgan tadqiqot natijasida oilada o’smir xulq-atvoridagi o’ziga ishonch hissiga ta’sir qiluvchi salbiy holatlarni oldini olishning va shu bilan bir qatorda buning taʼlim jarayonida oʼziga xos xarakterga egaligi, tadqiqot uchun foydalanilgan metodikalarning universalligi va ,,kompleks” xarakterli ekanligi, oʼsmirlarning kasbiy faoliyat va ijtimoiy munosabatlarda oʼz oʼrnini belgilay olishi hamda shaxslararo munosabat sifatini oshirishning ijtimoiy – psixologik tamoyillarini ishlab chiqishda foydalanish imkonini beradi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati o’smir xulq-atvoridagi o’ziga ishonch holatlari bu holatlarni psixodiagnostikasini amalga oshirish muammosiga doir nazariy yondashuvlar, konseptsiyalar, qarashlar va metodik tavsiyalar bilan bogʼliq jihati ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan psixolog, shu bilan birga oliy oʼquv yurti taʼlim muassasalarida oʼquv qoʼllanma, darsliklar tayyorlashda hamda amaliyotchi psixologlar uchun oilada farzand xulq-atvoridagi oziga ishonch holatlarni psixodiagnostika qilish borasida foydalanish mumkin.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling