“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Q.Yo’ldoshev. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: “O’qituvchi”, 1996, 137- b
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
14
Q.Yo’ldoshev. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: “O’qituvchi”, 1996, 137- b. 17 badiiy matnni emotsional idrok etish samarasi asarning hayotiy mazmuniga o‘quvchilarning bevosita emotsional javoblaridangina iborat emas. O‘quvchilarni asarning intonatsion qurilmasida muhrlangan muallif tuyg‘ulari va badiiy asarga xos bo‘lgan asosiy intonatsiya ta’sirlantiradi. Busiz estetik kechinmalar paydo bo‘lmaydi, busiz asar ustidagi tahlil ishlarini samarali tashkil etish mumkin emas. Intonatsiya asarda ifodalangan g‘oyaviy mazmun, tag ma’no bilan bog‘liq. Emotsional idrok, intonatsiya ifodalilikni belgilovchi asosiy omildir. O‘quvchilar asarni o‘qir ekanlar, uning qaysi bir sahifalarini umuman tashlab ketishlari, nimalarnidir tushunmasliklari mumkin, lekin asar intonatsiyasini, bunda tug‘iladigan ichki eshituv tasavvurlarini idrok etish, mayli u hali aniq bo‘lmasin, u haqdagi ilk taassurotlarga yaxlitlik tavsifini baxsh etadi, tahlil paytida uni tushunishni chuqurlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Adabiy ta’limda epik asarlarni o‘rganishdagi yana bir muhim jihat o‘quvchilarning yosh xususiyati bilan bog‘liq. Agar tahlil uchun tanlanayotgan asarda o‘quvchilarning fiziologik xususiyatlari, o‘zlashtirish qobiliyatlari e’tiborga olinmasa, adabiy ta’lim o‘z maqsadini amalga oshirolmaydi. Buni bugungi mutaxassislarimiz chuqur anglagan holda, dastur va darsliklar yaratishda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi oson kechadigan, tahlilda muvaffaqiyat qozona oladigan, ma’naviy fazilatlarini shakllantirishga turtki beradigan adabiy asarlarni tanlashayotganligini alohida e’tirof etmoq joiz. Bunday ijobiy holatlar maktab adabiy ta’limida ham, akademik litsey ta’lim bosqichida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan, quyi sinflarda, asosan, xalq ertaklari, adabiy ertaklar, mumtoz adabiyotga tegishli kichik hikoyatlar, hikoya va ba’zan asosiy qahramonlari yosh bolalar bo‘lgan qissalar (O‘.Hoshimov “Dunyoning ishlari”, Ch.Aytmatov “Oq kema” kabi) berilsa, yuqori sinflarga borib bu janriy ko‘lamdorlik ham hajman, ham mazmunan oshib boradi. Endi yuqori sinflarda o‘quvchilar katta hajmdagi asarlar badiiyati bilan tanishadilar. Ertaklar, hikoyatlar o‘rnini yirik qissa va romanlar egallaydi. Akademik litseylar uchun ham ayni xususiyat davom ettiriladi. Jumladan, bu bosqichda epik turning ilk yozma namunalari (Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy” asari)ni, mumtoz adabiyotga tegishli epik asarlarni (A.Navoiyning “Hamsa” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling