“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


B. To‘xliev .Adabiyot o’qitish metodikasi. A.Navoiy nomidagi O’zMK. nashriyoti, T.:2010, 69- b


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

11
B.
To‘xliev
.Adabiyot o’qitish metodikasi. A.Navoiy nomidagi O’zMK. nashriyoti, T.:2010, 69- b. 
12
M.Mirqosimova. O’quvchilarda adabiy tahlil malaasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. -T.: “Fan”, 
2006, 57- b. 


15 
 
odamlarga, el-yurtga, ezgu maqsad va tilaklarga sog‘lom munosabatini tarkib 
toptirishga yo‘nalsagina samarali yakunlanadi”
13

Epik turga mansub asarlar tahlilida hajm masalasi birlamchi o‘rin tutadi. 
Chunki bu turdagi asarlar janriy talabiga qarab ularning hajm salmog‘i ham ortib 
boradi. Masalan, qissa hajman hikoyadan katta bo‘lsa, roman hajmi qissadan bir 
necha barobar ortiq. Epopeyalar esa yanayam hajmdor, demak, voqealar ko‘lami 
ham kengayib boraveradi. Shu bois adabiy ta’limda bunday asarlar tahlili o‘ziga xos 
murakkab jarayon sanaladi. Bu o‘z navbatida tahlilning birinchi bosqichi bo‘lgan 
asarni o‘qish-o‘zlashtirish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Epik asarlarning hajm 
salmog‘i o‘quv tahlilida vaqt degan qat’iy me’yor bilan har doim ham murosa qila 
olmasligini e’tiborda tutish muhim. Chunki, hikoya yoki hikoyatni bir dars 
davomida o‘qib chiqishga vaqt yetishi mumkin, ammo qissa yoki romanlarda 
bunday imkoniyat yo‘qqa chiqadi. Yirik hajmdagi asarlarni o‘qib-o‘zlashtirish 
uchun “yirik vaqt” ham talab qilinishini unutmaslik lozim. Shu boisdan o‘qituvchi 
adabiyot dasturida tahlil qilinishi, jiddiy o‘rganilishi ko‘zda tutilgan yirik asarlarni 
o‘qib, ularning mazmuni bilan tanishishni “o‘quvchilarga o‘quv yili boshidayoq” 
vazifa sifatida topshirib qo‘yishi shart. Bunda qaysi asarni qaysi vaqtgacha o‘qib 
bo‘lish lozimligi ham uqtiriladi. Yoki o‘quvchilar asarlarni o‘qib, uni 
o‘rganishgacha bo‘lgan vaqtga qadar unutib qo‘ymasligi, tahlil jarayonida 
chalkashib ketmasligi uchun har oy avvalida shu oyda o‘rganiladigan asarni to‘la 
o‘qib chiqishni vazifa qilib berishi mumkin. Ana shunda dars jarayonida to‘g‘ridan 
to‘g‘ri tahlilning ikkinchi bosqichiga o‘tib, bevosita badiiy matn ustida ishlash 
mumkin bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar o‘rganilayotgan asar matni bilan, uning syujeti 
va kompozitsiyasi bilan bir qadar tanish. Ya’ni tahlilning birinchi bosqichi amalga 
oshirilgan – adabiy asar o‘qib-o‘zlashtirilgan. Shuni e’tiborga olgan holda “katta 
hajmli epik asarlarni tahlil qilishda vaqtdan samarali foydalanish uchun adabiyot 
o‘qituvchisi badiiy asardagi muhim jihatlarni, pedagogik maqsadga ko‘proq xizmat 
qilishi mumkin bo‘lgan qirralarni estetik tahlil uchun unchalar ham ahamiyatli 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling