“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

 


11 
 
ijodkor adabiy faoliyatidagi va “milliy badiiy tafakkur taraqqiyotidagi” o‘rni hamda 
ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yuzasidan umumiy xulosa qilinadi. Akademik litsey 
ta’lim tizmida tahlilning mazkur bosqichlarigato‘liq amal qilishga erishish lozim. 
Ana shunda didaktik tahlildan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar samarali amalga 
oshadi, o‘quvchilarning adabiy tahlil malakasi takomillashadi. 
Biroq, ba’zi hollarda adabiy ta’lim imkoniyatlari bunday tugal tahlillarga keng 
yo‘l berolmaydi. Ta’lim jarayonida, didaktik tahlilda badiiy asar tahlilining har 
uchala bosqichini birvarakayiga amalga oshirishning imkoniyati chegaralangan. 
Chunki, akademik litsey ta’limida ham boshqa ta’lim bosqichlari (umumiy o‘rta 
maktab, kasb-hunar kollejlari)da bo‘lgani kabi “badiiy asarning barcha qismlari 
birdaniga emas, balki mazkur bosqich uchun eng muhim hisoblangan tomonlarigina 
tahlilga tortiladi. Ikkinchidan, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va dunyoqarashi, 
umumiy adabiy tayyorgarligi nazarda tutiladi. Uchinchidan esa, vaqt 
imkoniyatlarining qat’iy chegarasi ham shuni taqozo etadi”. Demak, mazkur omillar 
adabiy ta’limda badiiy tahlilning yaxlitlik tamoyili talablarini to‘la bajarishda ham 
bir qadar qiyinchiliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Shunga ko‘ra, mazkur masalalar 
borasida biz badiiy tahlilning yaxlitlik tamoyili tasnifida batafsilroq to‘xtalamiz. 
Ammo, shu o‘rinda aytish kerakki, o‘qituvchining o‘zi badiiy tahlil bosqichlariga 
tegishli ilmiy-estetik jarayonni har doim diqqat markazida tutib, ular o‘rtasidagi 
uyg‘unlik va uzviylikni saqlab qolishga harakat qilsa, o‘rganilayotgan asarlar tahlili 
uchun ulardan qay biri ustuvor bo‘lishini qat’iy belgilab olsa va keyingilaridan 
yordamchi vosita sifatida foydalansa, albatta tahlil samaradorligini oshirishga 
erishadi. Bunda, masalan, hajman katta bo‘lgan epik yoki dramatik asarlarning 
darslikdan tashqaridagi to‘liq nashr variantini o‘quvchilarning o‘ziga o‘qib kelishni 
topshirishi mumkin. Demak, tahlilga tortiladigan badiiy asarni o‘qib-o‘rganish 
jarayonida o‘quvchi uni “yaxlit butunlik sifatida idrok etadi”, asarning asosiy 
mazmuni, uning badiiy g‘oyasi, asosiy obrazlari bilan dastlabki tanishuv amalga 
oshadi. Shu taxlit ikkinchi bosqichdagi vazifalarning ijobiy hal etilishiga zamin 
hozirlanadi. Shuningdek, tahlilning yakunlovchi boqichiga ham yetib borish, 
o‘rganilayotgan asar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosalarchiqarish imkoniyati 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling