“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


To’xliev B. Adabiyot o’qitish metodikasi. T., Alisher Navoiy nomidagi O’zMK nashriyoti. 2010 ,68-b


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

10
To’xliev B. Adabiyot o’qitish metodikasi. T., Alisher Navoiy nomidagi O’zMK nashriyoti. 2010 ,68-b. 


14 
 
o‘xshamaydigan sahnalar, alohida joy, manzara, vaziyat tasvirlari, monolog, 
dialoglar, o‘y, xayol, tush va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini 
o‘rganish, sharhlash orqali o‘zlashtiriladi”
11
. Badiiy asar matniga xos bu 
komponentlar tarkibi va tartibi o‘z navbatida uning tur va janr xususiyatlarini ham 
namoyon qiladi. Jumladan, epik turga mansub asarlar tabiatida mazmuniy 
ko‘lamdorlik, qahramonlarning voqea-hodisalar og‘ushida suzib yurishi, obraz va 
personajlar salmog‘ining og‘irligi, hayotiy sharoit va vaziyat tasvirlarining rang-
barangligi, “har qanday hissiyot voqealar qa’riga berkitilgan bo‘lishi”, insonning 
ming bir qiyofa kasb etuvchi murakkab ruhiy dunyosi hayotiy ziddiyatlar, ijtimoiy 
muammolar va munosabatlar zamirida tasvirlanishi singari jihatlar asosiy o‘rinda 
turadi. Shu bois epik asarlarni o‘rganish ham o‘ziga xos tahlil va talqinni talab qiladi.
Binobarin, akademik litseylarda epik asarlarni tahlil qilish o‘ziga xos metodik 
asoslarga ega. Bu bosqich adabiy ta’limida “badiiy asarlarning o‘ziga xos syujeti va 
kompozitsiyasini, tasvir usulini, asar qahramonlari qiyofasini o‘rganish orqali 
muallif nuqtai nazarini mushohada qilishga yo‘llash; epik asarning badiiy tafakkur 
tarzini tahlil qilish va asarga estetik baho berish me’yorlarini o‘quvchilarning 
o‘zlashtirib olishlariga erishish – asosiy ta’limiy maqsadni tashkil etadi”
12
. Ana shu 
ta’limiy maqsadni amalga oshirish jarayonida esa o‘quvchilar ma’naviy olamida 
ham bir qadar o‘sish va o‘zgarishlar yuz beradi; har bir asarning mazmuniy 
g‘oyasida o‘quvchilar ma’naviyatida muayyan fazilatlarni tarkib toptirish, ruhiy 
kamolot manzillari sari yetaklash imkoniyatlari mavjud.
Epik asarlarni o‘rganish va tahlil qilish vositasida, o‘quvchilar, xususan, 
“asardan badiiy zavq olishga, hayratlanishga o‘rganadilar. Eng muhimi, 
o‘quvchining estetik didi shakllanib boradi: go‘zallik yo dag‘allik, noziklik yo 
qo‘pollik tushunchalariga, turfa holatlarga, hatti-harakatlarga nisbatan o‘quvchi 
munosabati tarkib toptiriladi. Zero, har qanday ta’lim-tarbiya yoshlarni hayotga

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling