“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
12
ham yuzaga kelishi mumkin. Adabiy ta’limda badiiy asar tahlilini bosqichma bosqich, to‘laligicha amalga oshirishning imkoni bo‘lmasada, unda o‘quvchilarni badiiy-estetik tafakkur qonuniyatlari, ijodkorning o‘ziga xos uslubini namoyon qiluvchi tasvir ifodalari, asarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati xususidagi bir qadar ma’lumotlar bilan tanishtirish, har bir asarga alohida estetik hodisa sifatida munosabatda bo‘lish malakalarini shakllantirish va mustahkamlash, shu asosda esa o‘quvchilar ma’naviy olamini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish uchun qulay pedagogik imkoniyatlar mavjud. Bunday samarali faoliyat esa adabiyot o‘qituvchisining bilimdonligi, zukkoligi, bugungi zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalana olishi, metodik tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. Badiiy asar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’i nazar, uning mohiyatida inson shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, odamiylik sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgangan bir qator didaktik xususiyatlar, estetik tamoyillar mujassamlashgan bo‘ladi. “Badiiy asarning eng muhim xususiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg‘ularini o‘tkirlashtiradi, ma’naviy- ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi”. 9 Shunga ko‘ra, badiiy asar tahlili o‘quvchi ma’naviyatini boyituvchi, uning nafosat olamini, his-tuyg‘ularini tarbiyalovchi, ruhiy-axloqiy kamolotini ta’minlovchi mustahkam omillardan biri hisoblanadi. O‘quv tahlili tamoyillari talabini to‘la qonli bajarishda tahlilga tortilayotgan asarlarning tur va janr xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday tahlil avvalida o‘rganilayotgan badiiy matnning adabiy tur xususiyatlari, janr imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Shunga ko‘ra lirik asarlarni o‘rganishda qo‘llanilgan usullarni aynan qo‘llab, epik yoki dramatik asarlarni tahlilga tortishning iloji yo‘q. Har bir tur o‘z estetik mohiyati, badiiy qonuniyatlariga ko‘ra tahlil usullari va tamoyillariga tayangan o‘zgacha yondashuvlar, o‘ziga xos munosabatni talab qiladi. Asarning badiiy tabiatida tur xususiyatlari muhim o‘rin tutar ekan, demak, tahlilda ham ana shu o‘ziga xoslik qat’iy saqlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling