“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv tahlili
Filologik tahlil adabiy asarning badiiy mantig‘i va estetik o‘ziga xosligini
anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin bo‘lib, kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir.Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘zda tutilishi kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi. Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan jihatlari qaysilar, badiiy joziba, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini ko‘rsata bilishdir” 6 . Ayni xususiyatlar o‘z navbatida ilmiy tahlilning yozma shaklga asoslanishini ko‘rsatadi. Badiiy tahlilning yozma shaklini filologik tahlillar tayin etadi. “Filologik tahlil har qanday adabiy hodisaga mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlil adabiy asarning badiiyligini ta’minlagan jihatlar nimadan iborat ekanini ko‘rsatishga qaratilgan ilmiy-estetik faoliyatdir. U, asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shug‘ullanayotgan mutaxassis vaqt 6 Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. –T.: “Kamalak”, 2016. 37-b 10 jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham bir qadar erkin bo‘lib, o‘zi belgilab olgan bosh maqsadga qarab intiladi 7 . “O‘quv tahlili o‘quvchi yoki talabalarda asar mohiyatini anglashga xizmat qiladigan miqdordagi badiiy bilim va ko‘nikmalar shakllantirish orqali ularni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan jamoa shaklidagi estetik- Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling