“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. I.A.Karimovning IX sessiyasida sozlagan
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
1
Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. I.A.Karimovning IX sessiyasida sozlagan nutqi.1997-yil, 29-avgust. T:, Sharq, 1997-y,5-b 4 oldidagi o`z burchi va ma`suliyatini chuqur anglaydigan kishilar sifatida voyaga yetkazish maqsadini ko`zlaydi.” 2 Bu vazifalarni amalga oshirishda, ta`lim jarayonida o`quvchilar o`zlashtirishi uchun belgilab qo`yilgan o`quv fanlarining o`rni alohida e`tabor talab qiladi. Jumladan adabiyot fani bu bosqicda yetakchi fanlardan hisoblanadi. Bugungi kunda fan-texnika kundan-kunga rivojlanib borayotgan bir davrda, ta`lim jarayonida adabiyot fanini o`qitishga oddiy jarayon sifatida qarash o`zini oqlamaydi. Shu borada professor B.To`xliyevning adabiyot fanini o`qitish haqida bildirgan fikr-mulohazalari e`tiborlidir. B.To`xliyev shunday yozadi: “Adabiyot o`qitish, boshqa fanlarni o`qitishdan anchayin keskin farq qiladi. Shunga ko`ra, uni fan sifatida qaraydigan bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o`qitishni sa`nat turi sifatida baholab, adabiyot o`qituvchisining ishini ham san`atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar ham kam emas. Demak, ular adabiyot o`qitishni ham san`at bilan tenglashtirishadi. Amaliyotchilik nuqtai-nazaridan qaraydiganlar esa, adabiyot o`qitish metodikasini darslarni o`tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning yaxshi va samarali bo`lishiga yordam bera oladigan soha deb qarashadi.” 3 Klassik va bugungi adabiy jarayonda yaratilgan asarlar, ta`limiy-tarbiyaviy, ma`naviy-axloqiy jihatdan qanchalik mukammal bo`lmasin, u zerikarli va eskirgan ya`ni yaroqsiz metodlar yordamida o`qitilsa, ko`zlangan maqsadga rishib bo`lmaydi. Bu esa adabiyot o`qitishni san`at, adabiyot o`qituvchisini san`atkor darajasiga chiqarish, zamon bilan hamnafas tarzda adabiyot o`qitishning yangi usul va metodlarini kashf qilish, har tomonlama yetuk, milliy ma`naviy jihatdan mukammal, komil insonni tarbiyalashda yangichaizlanishlarni talab qiladi. Maktabda adabiyot o`qitishning bosh maqsadi- deyiladi umumta`lim maktablarining “O`zbek adabiyoti” dasturida “Sog`lom e`tiqodli, umuminsoniy qadriyatlarni anglaydigan, axloqan barkamol, o`z xatti-harakatlari bilan ma`naviy ma`sul bo`la oladigan yetuk 2 Niyozmetova.R. O`zbek tili darslarida yangi o`zbek adabiyotini o`qitish masalalari, T:, A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010-y,4-b 3 To`xliyev.B. Adabiyot o`qitish metodikasi. T:, A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010-y, 3-b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling