Himoyaga tavsiya etaman” Tarmoq markazi direktori t f. d., prоf. Mirzaqulov X. Ch


Download 1.22 Mb.
bet29/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1427709
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
Хакимова Б (битирув иши)

1-shakl. Ha/Yo’q testi. Bu testda savolni shunday tuzish kerakki, javobini aniqlash xatoligi 50% bo’lishi lozim. Bunday testda odatda javob "ha" yoki "yo’q" shaklida bo’lishi maqsadga muvofiq. Aksincha, agar, javob variatnlari boshqacha shaklda beriladigan bo’lsa, u holda juda ham sodda ko’rinishdagi yopiq testga o’xshab qoladi.
Bunday testlarni ishlab chiqishda savol to’g’ri javobga yaqin qilib berilgan hollarda foydalanuvchi savoldagi noaniqlikdan to’g’ri javob "ha", degan xulosaga keladi. Agar javob o’ta aniqlik bilan berilsa, ikkala javobning imkoniyati tenglashadi.



2-shakl. Bir nechta variantli bitta to’g’ri javobli yopiq test. Bu holatda variantlarni izlab topish zarur bo’ladi, variantlar soni (n) qancha ko’p bo’lsa, to’g’ri javobni topish ehtimolligi shuncha kamayadi. To’g’ri javob ehtimolligi (E) quyidagi E=1/n ifoda bo’yicha aniqlanadi.
Bunda, noto’g’ri javoblar to’g’ri javobga o’xshash bo’lishi kerak. Odatda, javoblar sonlar bilan ifodalanganda to’g’ri javob o’rtacha qiymatga ega bo’lgan, so’zlar bilan ifodalanganda esa, eng uzun yoki qisqa matn to’g’ri javob qilib belgilangan holatlar uchraydi. Bunday holatda testning ishonchliligi yo’qoladi. SHu sababli, noto’g’ri javoblar shoshma-shosharlik bilan sayoz tuzilmasligi kerak.



3-shakl. Bir nechta variantli, bir nechta to’g’ri javobli yopiq test. Bu holatda noto’g’ri (n) va to’g’ri (t) variantlarni izlab topish o’qituvchiga qo’shimcha vazifa yuklaydi. Bunday testni tuzishning murakkabligi – javoblarni bir-biriga ma’no jihatidan yaqin qilib tuzish qiyinligidagir. SHuningdek, o’qituvchi testda kamida 2 ta to’g’ri javobni va kamida 1 ta noto’g’ri javobni rejalashtirishi lozim. Aks holda ushbu test 2-shakldagi testning xususiy holati bo’lib qoladi. Bu testni faqat to’g’ri javobli qilib tuzish mumkin emas. Bu testni bir nechta 2-shakldagi testni umumlashtirib ham yasash mumkin.





4-shakl. Matn kiritiladigan ochiq test. Ushbu testda talaba javobni o’zi o’ylab topishi va uni ochiq maydonga orfografik jihatdan to’g’ri yozishi zarur. Bundan ko’rinib turibdiki, bu test olidingilariga qaraganda talabadan ko’proq didaktik harakatlarni talab qiladi. SHunday ekan, o’qituvchi ushbu shakldagi testni tuzishda javob sifatida bitta so’zni belgilab qo’yishi maqsadga muvofiq. Agar javob sifatida bir nechta so’zlardan iborat jumlalar belgilangan bo’lsa, javob berishda so’zlar orasidagi bo’sh o’rinlarning ko’payib ketishi xatoliklarga olib keladi. SHuningdek, yozishga juda ko’p vaqt ketib qolishi mumkin. Biz javob sifatida fan atamalarini belgilashni tavsiya etamiz. Shuningdek, asosan talabaning bilimini baholash, hamda yozishdagi xatoliklarni kamaytirish maqsadida so’zlarning turlicha yozilish variantlarini ham kiritib qo’yish to’g’ri bo’ladi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling