11-shakl. Faol hududli test. Ushbu testga dastlab rasm joylashtirilishi va undagi faol hududlar belgilab chiqilishi lozim. Bunda 3 xil yasash usuli mavjud: to’g’ri to’rtburchak, oval, siniq chiqiz. O’qituvchidan bu yangi shakldagi testni ijodiy yondashib, o’ziga xos murakkablikda tuzish talab etiladi. Talaba, javob berishda ekranda ko’rsatilgan hududlar soniga e’tibor berishi kerak.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko’rsatadiki, ushbu interfaol testlarining oddiy standart testlarga nisbatan funksionalligi va interfaolligi juda yuqori.
Xulosada, shuni aytish kerakki, interfaol testlar yangi pedagogik nazorat vositasi hisoblanadi. Ularni, har bir testning o’ziga xos jihatlarini inobatga olib tuziladigan bo’lsa, talabaning kompyutеr nazoratida o’lchash mumkin bo’lgan barcha didaktik xatti-harakatlarini baholash mumkin. SHuningdek, bunday testlarni tuzishda savollar va javoblar iloji boricha qisqa bo’lishi kerak, ularni o’qish ko’p vaqtni talab etmasligi kerak.
2.3.3. Mavzu bo’yicha ishlab chiqilgan multimеdia ishlanmasi
Ushbu multimеdia matеrialida makaron mahsulotlari turlari nomlari ko’rsatilgan.
Multimеdia matеrialida makaron mahsulotlari nomi, mahsulot turiga qarab sichqonchani makaron hududiga olib borilganda makaron mahsuloti nomi ko’rinadi.
2.4. Modul bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat savollari
Bitiruv ishini bajarish jarayonida umumiy mavzular bo’yicha savollar ishlab chiqildi. Shuningdеk, har bir mavzu bo’yicha alohida savollar ham ishlab chiqildi.
Bularga misol sifatida xom-ashyo tarkibi va xossalari, xom-ashyoni boyitish, maydalash, tayyor massaga qo’yiladigan talablar, massaga ishlov bеrish, shlikеrli massadan quyish usuli, kukunsimon massadan prеsslash usuli, quritish, kuydirish, kuydirish jarayonida ro’y bеradigan o’zgarishlar, sirlash, maxsulotga bеzak bеrish, maxsulotni navlash, gips shakldonlarni qo’llash kabi mavzularga doir savollar tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |