5-shakl. Moslikni aniqlash testi. Bu test o’zining shakli bilan diqqatni tortadi, u qiyoslash va fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Bu testni 2-shakldagi bir nechta testlarni umumlashtirib hosil qilish mumkin. Bu testni tuzishda javoblar bitta mavzuga tegishli va ustunlardagi variantlar bir xil xususiyatga ega bo’lishi kerak. Bu testni tuzishda savol sifatida faqat "Moslikni aniqlang" degan jumlani yozish kifoya.
6-shakl. Ketma-ketlikni aniqlash testi. Bu testning savolida, albatta, qandaydir o’lchov bo’yicha o’sish yoki kamayish, yoki jarayonning amalga oshirilish ketma-ketligi tartibida joylashtirish talab etilishi lozim. Bunday testning javobi sifatida tarkibiy qismlarni yozish mantiqan noto’g’ri bo’ladi.
7-shakl. Son kiritiladigan ochiq test. Bu testni turli xil – "teng", "katta", "kichik", "oraliq", "teng emas" kabi variantlarda tuzish mumkin. Biroq, ko’p hollarda "teng" shakli qo’llaniladi. Bu testda bitta son kiritilishi haqida ogohlantirib qo’yish foydadan holi emas.
8-shakl. Gapdagi bo’sh joylarga matn kiritiladigan ochiq test. Bu test 4-shakldagi testga o’xshab ketadi. Lekin, bu testning savolini "Bo’sh joylarni to’ldiring" deb yozish kifoya. Javoblarda esa xuddi 4-shakldagidek fan atamalarini kiritishni tavsiya etamiz. O’qituvchi bunday testni shunday tuzishi kerakki, talaba gapning tuzilishidan kelib chiqib to’g’ri yo’nalish ola bilishi kerak.
9-shakl. Ochiladigan ro’yxatdan javob tanlanadigan yopiq test. Bu test shakli jihatidan 8 shaklga, yopiqligi bo’yicha esa 2-shaklga o’xshab ketadi, shu sababli ularga tegishli talablar to’liq bajarilishi shart, hususan, albatta, ro’yxat ochilishi va variantlar kiritilib, to’g’ri javob belgilab qo’yilishi lozim.
10-shakl. So’zlar banki. Bu test shakli jihatidan 8-9 testlarga o’xshab ketadi. Lekin, javoblarni bankdan tanlab, ushlab olib borib qo’yish talab etiladi. To’g’ri javoblar katakka yozib kiritiladi. Bunda katakning kengligini javob joylashadigan darajada kengaytirish lozim. Bankda noto’g’ri javoblar ham bo’lishi kerak. Lekin, ular va ularning uzunligi to’g’ri javoblarga yaqin bo’lishi kerak. CHunki, talaba javobni katak kengligiga qarab topmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |