Himoyaga tavsiya etildi


-jadval. Diskontlashtirish jarayoni


Download 346.32 Kb.
bet4/8
Sana09.03.2023
Hajmi346.32 Kb.
#1255706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ATAKULOV BOBUR Moliya Kurs IShi TAYYOR

1-jadval. Diskontlashtirish jarayoni
Diskont stavkasi kapital bozoridagi uzoq muddatli ssudalar bo’yicha tuziladigan haqiqiy foiz stavkasidan kichik bo’lishi kerak emas, deb hisoblanadi. U barcha holatlarda investitsiyalarning foydaliligini tavsiflashi va investorning o’z kapitalini boshqa joyga qo’yib olishi mumkin bo’lga foydani aks ettirishi lozim. Diskont stavkasi investorning o’zi uchun befoyda deb hisoblagan me’yordan yuqori bo’lishi lozim.
Investor uchun, odatda, qaror qabul qilishning asosiy mezoni bo’lib, nafaqat, investiyalarning foydaliligi, shuningdek o’z mablag’larining muayyan foiz stavkasida qanchalik tez qaytishi ham hisoblanadi. Shuning uchun investorlar qo’ygan mablag’ining qancha yillik foiz bilan necha yilda qaytarib olish imkoni mavjudligiga ko’proq qiziqadilar. Aks hollarda ular loyihani investitsiyalashni qat’iy rad etadilar.
Murakkab foizlardan foydalanib kelgusi qiymatni aniqlash formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
FV = PV (1+k)n ,
Bu yerda, FV – (future value) kelgusi qiymat; PV – (present value) joriy qiymat; k – investitsiyaning daromadlilik miqdori; n - davr soni.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashga qo’yilgan talablar baholashning maxsus usullarini ishlab chiqish zarurligini keltirib chiqardi. Pul oqimini diskontlash usuli qo’yilgan talablarga mos keluvchi yangi baholash usuli sifatida vujudga keldi. Diskontlash jarayoni pulning joriy va kelgusi qiymatini hisoblashga asoslanadi va bunda pul oqimini diskontlash o’zini murakkab foizlarning teskari hisoblanish jarayoni sifatida namoyon etadi. Diskont stavkasi esa kapital bozoridagi uzoq muddatli ssudalar bo’yicha to’lanadigan foiz stavkasidan kichik bo’lishi kerak emas, deb hisoblanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda kutilishi mumkin bo’lgan turli xil risklarni oldindan tahlil etish va aniqlash, ularni kamaytirish yoki bartaraf etish yuzasidan choralar ko’rilishi lozim. Shuningdek, yuz berishi mumkin bo’lgan noaniqliklarni yengillashtirish va zararlarni oldindan subyektiv tarzda aniqlash bilan zahiralarni tashkil etish, resurslar va maxsulotlar bahosini to’g’ri aniqlagan holda loyihaning hayotiyligini ta’minlash bo’yicha choralar ko’rish va kuzatib borish loyiha samaradorligini aniqlashda o’z ta’siri ko’rsatadi.

Download 346.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling