Himoyaga tavsiya etildi
Investitsiyalarniig rentabelligi usuli
Download 346.32 Kb.
|
ATAKULOV BOBUR Moliya Kurs IShi TAYYOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashni takomillashtirish yo’nalishlari.
Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (PI) - diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda I0 – boshlang’ich investitsiyalar, SG’-t davrda olingan pul tushumlari. Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so’m hisobida qanday hollarda o’sishini aniqlash imkonini beradi. Agar investitsiya sarflari turli davrlarda (uzoq amalga oshirilsa, (RI)ni aniqlash formulasi quyidagicha bo’ladi: bu yerda, It – t yildagi investitsiyalar. Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslama baholash shuni ko’rsatadiki, sof joriy qiymati o’sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o’sadi va aksincha. Agar rentabellik ko’rsatkichi «1»ga teng yoki undan kichik bo’lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo’shimcha foyda keltirmaydi. NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1ga teng bo’ladi. Oddiy bo’lib ko’rinishiga qaramasdan, loyihalarning rentabelligini aniqlash muammosi muayyan qiyinchiliklar bilan bog’liqdir. Bu hol, ayniqsa, investitsiyalar turli xil valyuta, turli xil vaqtda,ya’ni bir qancha yillar oralig’ida amalga oshirilganda uni aniqlash muammosi paydo bo’ladi. 3.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashni takomillashtirish yo’nalishlari. Yuqorida olib borilgan tahlil ishlari loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini aniqlashga yetarlicha ma’lumotlar bera oldi,desak mubolag’a bo’lmaydi. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashni takomillashtirish o’z navbatida, rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi ilg’or tajribalarini mamlakatimizda qo’llash imkoniyatlarini tadqiq etishga asoslanadi. Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash, asosan diskontlashtirish usullari asosida olib borilmoqda. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashni takomillashtirishda ayrim zamonaviy xorijiy iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish va chuqur tahlil qilish ularni takomillashtirishda yaxshi asos bo’la oladi. Ulardagi usullarning barcha ijobiy tomonlarini milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qo’llash, mazkur sohani takomillashtirishga xizmat qiladi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash asosida intensiv rivojlanishni yo’lga qo’yishda investitsiyalarning, ayniqsa xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni beqiyos ekanligini ta’kidlagan holda, chet el tajribalarini, xususan kapital mablag’lar qo’yishning eng optimal variantini ishlab chiqish va asoslab berish, shuningdek, investitsiya loyihalarinig samaradorligini baholashning xorij tajribalarini va amaliyotini o’rganish orqali iqtisodiyotimiza tadbiq etish foydadan holi emas, deb aytish mumkin. Xususan, ba’zi bir davlatlarda loyihalar samaradorligini baholash uch bosqichda amalga oshiriladi: loyihaning ijtimoiy ahamiyati ekspert baholash amalga oshiriladi; loyihaning samaradorlik ko’rsatkichlari tahlil etiladi; loyihadagi ishtirokchilar tarkibi va uning moliyaviy amalga oshirilishi hamda loyiha ishtirokchilarining har birining samarasi aniqlanadi. Shu o’rinda loyihalarni samradorligini baholashga doir quyidagi fikrlarni aytib o’tish lozim, deb o’ylaymiz. Investitsiya loyihalarini baholashning YuNIDO uslubiyoti barcha mamlakatlar uchun umumiy tarzda ishlab chiqilgan bo’lib, unda har bir mamlakatning o’ziga xos alohida xususiyatlari e’tiborga olinmagan. Shunday ekan, banklarda ushbu uslubiyotdan foydalanayotgan mamlakatning milliy, ijtimoiy- iqtisodiy, etnik, geografik xususiyatlariga, tarixiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining turmush tarzi, mamlakatning iqtisodiy va intellektual salohiyatiga, ijtimoiy ahvoliga, rivojlanish strategiyasi va investitsiya siyosatiga, tashqi aloqalar va milliy bozorning o’ziga xos tomonlariga qat’iy e’tibor berish juda muhim masala hisoblanadi. Respublikamizdagi tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos holda rivojlanib, nafaqat bank hodimlari, balki investitsiya faoliyatining barcha ishtirokchilari ham investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish va baholash hamda loyiha i ha risklarini boshqarish chora-tadbirlari haqida aniq bilim, malaka va ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim. Buning uchun banklarda loyihalarni moliyalashtirish, ekspertiza qilish va baholash ishlari bilan shugullanuvchi mutaxassislarni qayta o’qitish va malakasini oshirish zarur. Investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi barcha tijorat banklarida bizningcha, quyidagi dolzarb va muammoli mavzularda q seminarlari tashkil etish zarur: Respublikamizdagi tijorat banklarining loyiha bo’yicha mutaxassislari investitsiya loyihalaridagi mavjud yoki kutilishi mumkin bo’lgan risk va noaniqliklarni aniqlash, tahlil qilish va baholashga doir muammolarni o’rganish va ularning yechimiga oid chora-tadbirlar haqidagi bilimlarini oshirishlari lozim. Bu boradagi qiyinchiliklarga duch kelishlarining sababi, investitsiya loyihalariga ta’sir etuvchi risk turlarini boshqarish bank xodimlari va mutaxassislardan matematik hisob-kitoblar, ehtimollar nazariyasi, statistik usullar va kompyuter texnologiyalariga oid bilim, malaka va tajribalarni talab etadi; Bundan tashqari jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bir paytda inflyatsiyaning ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga ta’sirini inobatga olib, banklarda loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy baholash albatta inflyatsiyani ta’sirini hisobga olgan holda amalga oshirilishi to’g’risida ma’luumotlarga ega bo’lishlari lozim; Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini qo’llash va ayrim banklarda ko’pincha, diskont stavkani taxminan qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tenglashtirib hisoblaydilar, bu esa diskont stavkaning mazmunan noto’g’ri bo’lishiga va natijada, diskontlash usullarining noto’g’ri talqin qilinishiga olib keladi. Shuning uchun diskontlashtirish usullaridan foydalanishda diskont stavkasini shakllantirish va unga ta’sir etuvchi omillar hamda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati (WACC)ning mazmuni, mohiyati , uni hisoblash tartibini tushuntirish zarur, deb o’ylaymiz. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullarini qo’llash va pul oqimlarini to’g’ri hisob-kitob qilinishiga katta e’tibor berish lozim, chunki ayrim tijorat banklarida ko’pincha NPV ni hisoblashda sof pul oqimining o’rniga, kumulyativ pul oqimlaridan foydalaniladi yoki sof pul oqimlarini hisoblashda loyiha daromadlaridan xarajatlarni ayirish chog’ida ham kredit uchun to’lanadigan foiz summalari, ham asosiy qarz summasi ayriladi, vaxolanki, asosiy qarz summasi investitsiya xarajatlari tarkibida yotadi. Bu esa, investitsiya xarajatlarining ikki marta ayirilib, ikki marta diskontlanishiga olib keladi. Natijada loyiha to’g’risida noto’g’ri xulosalarga olib keladi. Shuning uchun loyihaning sof pul oqimlarining mazmuni, mohiyati va uni hisoblash tartibi tog’risida aniq va tushunarli ma’lumotlar berish zarur. Investitsiya loyihalarini tadqiq etish uchun YuNIDO tashkiloti tomonidan tizimli dastur sifatida ishlab chiqilgan Comfar va Prospin dasturlari bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Bu tizimli dastur asosida loyiha bo’yicha sotish xajmi, ishlab chiqarish xarajatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, kredit uchun foizlar, amortizatsiya xarajatlari, pul oqimlari va boshqalar to’g’risida jadvalli ma’lumotlar olishga keng imkoniyatlar beradi. Amaliyotda investitsiya loyihasining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun, asosan, TEO – INVEST axborot texnologiyalari dasturidan foydalanilmoqda. TEO – INVEST – bu loyihalarni moliyalashtirish va ularni samaradorligini tahlil qilish uchun kompleks dasturiy ta’minot bo’lib hisoblanadi. Mazkur dasturiy ta’minot orqali investitsiya loyihalari moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi hamda ularning iqtisodiy samaradorligi an’anaviy va diskontlashga asoslangan usullar asosida baholanadi. Demak, respublikamizda ham investitsiya loyihalarini baholashda jahon amaliyotida qo’llanilayotgan kompyuter dasturlaridan keng foydalanilsa, maqsadga muvofiq lar edi. Amaliyotda investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashni takomillashtishda loyiha tanlovini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, loyiha tanlovini quyidagicha ifodalaymiz (1- rasm). Фон ок булиши керак Чикарсангиз коп кора булиб коладику Download 346.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling