Himoyaga tavsiya etildi
Download 346.32 Kb.
|
ATAKULOV BOBUR Moliya Kurs IShi TAYYOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Investitsion loyihalar va ular samaradorligini baholash yo‘llari. REJA: Kirish.
- 2.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash amaliyoti va xususiyatlari.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI “MOLIYA” KAFEDRASI Atakulov Boburning Moliya fanidan tayyorlagan KURS ISHI“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI” Ilmiy rahbar: _____________ “Moliya” kafedrasi ________ __________________ mudiri ________ ________________ “____” ____________ 2023 yil “____” ____________ 2023 yil Mavzu: Investitsion loyihalar va ular samaradorligini baholash yo‘llari. REJA: Kirish. Asosiy qism. 1.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullarining mohiyati ва nazariy asoslari. 2.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash amaliyoti va xususiyatlari. 3.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashni takomillashtirish yo’nalishlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi, eng avvalo, investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, samaradorlikni baholashning turli usullari asosida puxta tahlil qilinishi va chuqur baholanishiga bog’liqligi bilan xususiyatlanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlash maqsadida investitsiyalarning, shu jumladan xorijiy investitsiyalarning beqiyos o’rin tutishini alohida ta’kidlagan holda shuni aytish mumkinki, investitsiyalarga qilingan e’tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investitsion faoliyatning rivojlantirilishiga olib keldi. Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi eng muhim omil ekanligini e’tirof etgan holda, milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmining yildan-yilga ortib borayotganlini alohida aytib o’tish mumkin. Mamlakatimizda investitsiya jarayonlarini rivojlantirish kapital mablag’larni, bu mablag’lari iqtisodiyotning strategik jihatdan muhim bo’lgan sohalarga yo’naltirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish orqali milliy investitsiya bozorlarining shakllanishiga yordamlashadi hamda tovar va xizmat ko’rsatish bozorlari rivojlanishining boshqa omillariga ham ta’sir ko’rsatadi. Bu o’rinda investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini obyektiv baholash, baholashning jahonda keng tarqalgan usullaridan amaliyotda foydalanishni ta’minlash hamda investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini va kompleks ekspertiza qilishni takomillashtirish hozirgi investitsiya jarayonlarini yanada rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaror emasligi, inflyatsiya darajasi, axborot ta’minoti bazasining mavjud emasligi, amaliyotda ma’muriy aralashuv holatlarining hali ham to’liq barham topib ulgurmaganligi, valyuta riskining mavjudligi va boshqalar tijorat banklarida investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashga salbiy ta’sir etuvchi umumiy sabablardir. Shunday ekan, investitsiya jarayonlarini rivojlantirish, ularni moliyaviy ta’minlashda banklarning o’rni va rolini kuchaytirish hamda investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning xorij tajribalarini o’rganish, shuningdek, amaliyotga keng tadbiq etish va bu borada duch kelinadigan muammolarni hal etish mazkur kurs ishning dolzarbligini ochib beradi. Download 346.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling