Himoyaga tavsiya etildi
-rasm. Investitsiya loyihalari tanlovini samarali tashkil etish bosqichlari
Download 346.32 Kb.
|
ATAKULOV BOBUR Moliya Kurs IShi TAYYOR
1-rasm. Investitsiya loyihalari tanlovini samarali tashkil etish bosqichlari.Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalash bo’yicha qaror qabul qilish tanlov asosida tashkil qilinadi, chunki uning qator muqobil yo’nalishlar mavjud bo’ladi. Muqobil loyihalarni baholashda va tanlovini tashkil qilishda eng yuqori darajada sof diskotlangan daromadni ta’minlaydigan loyiha tanlab olinadi.Raqobat muhiti ta’sirchanligida har bir iqtisodiyot subyekti korxona rivojlanishining aniq belgilangan strategiyasi asosida investitsiya loyihalarni tanlaydi,zarur bo’lgan investitsiyalar xajmini aniqlaydi va moliyalashtirish manbalari imkoniyatlarini baholaydi.Bular o’zaro bog’liqlikda olib borilishi shart. Iqtisodiyot subyektlarining ishlab chiqarishga investitsiyalashlaridan maqsad, hoxlagan miqdordagi moliyaviy natijani qo’lga kiritish emas, balki qarzga olingan, jalb etilgan resurslar qiymatidan kelib chiqib, ularni qoplash va qo’shicha ravishda foydaga erishishdir. Investitsiya natijalari, birinchidan, jamiyat nuqtai-nazaridan samarali bo’lishi, ikkinchidan, investorning mablag’larini qoplashi, uchinchidan, investorning olishi mumkin bo’lgan daromadlarini yo’qotilishiga sabab bo’luvchi risklarni qoplashi talab etiladi. Xulosa Kurs ishni yozish natijasida quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi: Mamlakatda samarali investitsiya loyihalarini o’zlashtirish orqali milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va rivojlantirish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlsb qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi, milliy iqtisodiyotdagi ko’pgina ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda ham muhim omil bo’lib hisoblanadi. Investitsiya bo’yicha qarorlar qabul qilish loyihani amalga oshirishning asosini tashkil etadi va u bir qancha mezonlarga asoslanadi. Investitsiyalash to’g’risidagi qaror loyihaning maqsadga muvofiqligini tavsiflovchi tahliliy ma’lumotlarga asoslanib qabul qilinadi. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashda chet el mamlakatlarining tajribasi, shu bilan birga YuNIDO tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyot asosida shakllantirilgan zamonaviy baholash usullaridan foydalaniladi va bu usullarni shartli ravishda ikki guruxga bo’lish mumkin: oddiy usullar va diskontlashga asoslangan usullar. Diskontlashga asoslangan usullar quyidagilar hisoblanadi: -Sof joriy qiymatni aniqlash usuli (NPV); -Foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (IRR); -Investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (PI); -Diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (DPP) bo’lib , bu usullarning barchasida investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning o’rtasidagi farq – sof pul oqimi aniqlanib,diskotlashtirish yo’li bilan hisoblanadi. Sof joriy qiymat muayyan vaqt oralig’i bo’yicha investitsiya loyihalari xarajatlari va loyihadan keladigan daromadlarning farqlanishi bilan izohlanadi. Sof joriy qiymatni hisoblash firmaning investitsion qarorlar qabul qilish jarayonining asosi hisoblanadi. Foydaning ichki me’yori usuli sof joriy qiymat usuli kabi pul mablag’larini diskontlash tamoyilidan foydalanishga asoslangan. U loyihadan kutiladigan daromadlarning sof joriy qiymati uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan investitsiyalarning joriy qiymatiga teng bo’lganligi diskontlash stavkasi to’g’risida ma’lumot beradi va aynan mana shu qiymatdagi diskont stavkasi investitsiyalardan kutilayotgan foydaning ichki me’yorini anglatadi. Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari (boyligi) sarflangan 1 so’m investitsiya xarajatlari hisobiga qancha investitsion daromadlar to’g’ri kelishini aniqlashga imkon beradi. Investitsiyalarni diskontlashtirilgan qoplash muddati ko’rsatkichi ularning sof joriy qiymatda to’liq qoplanishining aniq davrini tavsiflab beradi. Kamchiligi esa, qilingan investitsiya qoplangandan so’ng, uning samaradorligini ko’rsatib bera olmaydi va uni loyihaning foydaliligini aniqlashda qo’llab bo’lmaydi. Malakaviy ishni yozishda quyidagi takliflarni berish mumkin: Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari umuman olganda loyihaning mutloq samarali ekanligini izohlab bermaydi, chunki bu usullar yordamida faqatgina loyihaning foyda keltirish yoki keltirmasligini aniqlash mumkin. Shuning uchun loyihaning samaradorligini baholashda investitsion risklarni hamda inflyatsiyani hisobga olish tavsiya etiladi. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini qo’llash va amaliyotda ko’pincha, diskont stavkani taxminan qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tenglashtirib hisoblaydilar, bu esa diskont stavkaning mazmunan to’g’ri bo’lishiga va natijada, diskontlash usullarining to’g’ri talqin qilinishiga olib keladi. Shuning uchun diskontlashtirish usullaridan foydalanishda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati (WACC) dan foydalanish zarur, deb o’ylaymiz. Bugungi kunda investitsion loyihalarning samaradorligini baholash pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Lekin pul oqimlari miqdorini aniqlashning ham o’ziga xos muommolari mavjudligi bois, pul tushumlari va chiqimlarining xususiyatlari bilib olish zarur bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilga kamchiliklarni qaytarmaslik maqsadida banklarda loyihalarni moliyalashtirish, ekspertiza qilish va baholash ishlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarni qayta o’qitish va malakasini oshirish zarur.Investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi barcha tijorat banklarida bizningcha, loyiha samaradorligini baholashga doir dolzarb va muammoli mavzularda o’quv seminarlari tashkil etish zarur. Investitsiya faoliyati ishtirokchilarining (qarzdorning) kreditga layoqatliligini baholashda xorij bank amaliyotining qarzdorni baholash mezonlarini o’rganish va respublikamiz banklari amaliyotida joriy etish yo’lga qo’yish lozim; Bir qarzdorga beriladigan kreditning xajmini kamaytirishga e’tibor berish orqali kredit riskini pasaytirishga erishish lozim; Yetarli ta’minotni jalb qilish masalalariga e’tibor berish bankka berilgan summaning qaytishini va foiz olinishini kafolatlaydi. Bunda shuni alohida qayd etish kerakki, bank zararlarga yo’l qo’ymaslik uchun qarzdorning kreditga layoqatliligini tahlil qilishga katta e’tibor qaratish lozim. Yuqorida keltirilgan xulosa va takliflardan amaliyotda foydalanilsa, bizningcha, investitsiya loyihalarini haqiqiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 1 UNIDO (United Nations Industrial Development Organization) – BMTning Sanoatni Rivojlantirish bo’yicha Tashkiloti Download 346.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling