63
III.BOB. Ishning amaliyotga tatbiqi
3.1. Tajriba-sinov materiallari
Men 2018-yil 12-fevralidan shu yilning 28-apreligacha bo‘lgan
davr mobaynida
filologiya fanlari nomzodi Tozagul Matyoqubova rahbarligida TDIU qoshidagi
akademik litseyda malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tadim.Pedagogik
amaliyot
davomida akademik litseyda o‘z kasbining mohir ustalari,ijodkor o‘qituvchilarning
darslarini
kuzatdim,ularning nazorati ostida bo‘ldim.Jumladan oliy toifali o‘qituvchi
G.Raxmanova, Z.Tojiyevalarning bevosita rahbarligida o‘n bir hafta men uchun kata
maktab bo‘ldi.
Pedagogik amaliyot davomida men bitiruv malakaviy ishim bo‘yicha bir
qator tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdim.Unda o‘quvchilarni
ijodiy fikrlashga
o‘rgatishga oid bir qator vazifalar 1-2- kurs o‘quvchilari bilan amalga oshirildi.
1. Dars jarayonida multimediya vositalari ishlatildi.Unda mavzuga oid video
lavhalar,materiallardan unumli foydalanildi.
2. Darslarda muammoli ta’lim
metodlaridan jumladan, muammoli vaziyatdan
foydalandim.
3. Ona tili darslarini adabiyot bilan bog‘lab o‘tishga harakat qildim.
4. Amaliyot davomida o‘zim dars o‘tayotgan
sinflarda ,,8-mart’’, ‘‘Navro‘z’’
bayramlari munosabati bilan ijodiy insho o‘tkazdim. Tajriba-sinov ishlarini ishlarini
olib
borish uchun litsey ,,Ona tili’’, ,,Adabiyot’’ darsliklari materiallarini o’tish
yuzasidan dars ishlanmalari ,tavsiyalar tayyorlandi. Nazorat guruhlarida darslar darslik
qolipi va o‘qituvchilarning ijodiy yondashuvi asosida tashkil qilindi.
Quyida yakka tartibda ishlash metodi asosida tashkil qilingan dars ishlanmalarimizdan
namunalar keltiramiz.