“Himoyaga tavsiya etilsin”
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA MATNI
- «ichi bo‘sh so‘zlar»
66 Dars rejasi 1.Olmosh haqida ma’lumot. 2.Olmoshning ma’noviy turlari. 3.Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari. 4. Xulosa. MA’RUZA MATNI Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar hamda gap o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi.Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan yordamchi so‘z, gap o‘rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag‘ishladi. Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi. Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o‘rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o‘rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda va bog‘lovchi o‘rnida bu olmoshi almashinib kelyapti. Guruhlarda ishlash qoidalari Sherigingizni diqqat bilan tinglang Guruh ishlarida o`zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing. Agar yordam kerak bo`lsa, albatta, murojaat qiling. Agar sizdan yordam so`rashsa, albatta, yordam bering. Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim: • Boshqalarga o‘rgatish orqali o`zimiz o`rganamiz! • Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho`kib ketamiz. 67 Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi uchun «ichi bo‘sh so‘zlar» deb ham yuritiladi. Olmoshlar qanday so‘zlarning o‘rnida almashinib kelishi va qanday ma’noni ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no turlariga bo‘linadi. Buni quyidagi jadvalda ko‘ring: Olmoshlarning ma’no turlari T/r Olmoshlarning ma’no turlari Ma’nolari va ta’rifl Misollar 1. Kishilik Olmoshlari Shaxs ma’nosini bildiruvchi otlar o‘rnida almashinib keladi va ularga ishora qiladi. Men (kamina)-biz Sen-siz U-ular(alar) 2. O zlik olmoshi Uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanib, ma’nosini ta’kidlab keladi O‘z 3. K o‘rsatish Olmoshlari Mustaqil so‘zlar yoki gaplar o`rnida kelib, ular orqali ifodalangan shaxs, predmet, belgi, harakatlarni ko‘rsatib keladi. U, bu, shu, o‘sha, mana bu, (manavi), mana shu, ushbu 4. So‘roq Olmoshlari So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan shaxs, narsa, belgi - xususiyat, harakat-holatlarni so‘rash ma’nosini bildiradi. Kim? nima? qachon? qaysi? qancha? necha? nimaga? qani? nima qildi? nima bo‘ldi? 5. Birgalik-ajratish (belgilash) olmoshlari Shaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so`zlar o‘rnida almashinib, ularning ma’nosini umumlashtirib, jamlab keladi. Jamlash: hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, yalpi Ajratish: har kim, har nima, har qancha, har qanday, har qaysi, har bir, har narsa 6. Bo‘lishsizlik olmoshlari Shaxs, narsa, belgi - xususiyat bildiruvchi mustaqil so‘zlar o`rnida kelib, uning inkorini bildiradi. Hech kim, hech nima, hech qancha, hech qanday, hech qanaqa, hech narsa, hech bir 68 7. Gumon olmoshlar Shaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so‘zlar o`rnida kelib, uning ma’nosini taxminlab, gumonlab keladi Allakim, allanarsa, allaqanday, allaqancha, kimdir, nimadir, qaysidir Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling