Hindiston davlati


Download 24.08 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi24.08 Kb.
#1060147
  1   2
Bog'liq
HINDISTON DAVLATI


HINDISTON DAVLATI
Reja:

  1. Hindiston davlati haqida

  2. Davlat tuzumi

  3. Tabiati, aholisi, xo’jaligi

Hindiston (hindcha: भारत [Bharat], inglizcha: India), Hindiston Respublikasi (hindcha: भारत गणराज्य [Bhārat Gaṇarājya], inglizcha: Republic of India) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 413 mln. kishi (2022). Poytaxti – Yangi Dehli shahri Maʼmuriy jihatdan 28 shtat (z(a(ye) va 7 ittifoq hudud ((yegp(ogu)ga boʻlinadi.


Davlat tuzumi
Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligi –- prezident (2002-yildan A.P.J. Abdul Kalam). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata – Shtatlar kepgashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan borat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orol va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom yarim orol shimolda allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi – Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mus-sonli iqlim. Iyun – oktabrda issiq va nam, noyabr– fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70–90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000– 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolning markaziy qismida 300–500 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubiy da), may oyiniki hamma joyda 28– 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda – G, –8°, iyulda 18–23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.
Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, "Gullar vodiysi" (UttarPradesh), Sariska va boshqa
Aholisi
Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.
Kamola Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (qarang Xarappi madaniyati). Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327–325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (qarang Kushon podsholigi). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolda yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2–4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6–12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi.
Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14–15-asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (qarang Rojasthon) dan tashqari Hindiston shimolda mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shimolda Baxmoniy sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 – 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-ropalik mustamlakachilar – portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526-yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858-yilgacha mavjud boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664-yil fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756–63) natijasida Angliyaning OstIndiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi.
1803-yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833-yil Ost-Indiya kompaniyasi savdotashkiloti sifatida gugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-lonlari boʻlib oʻtdi. 1857–59 yillarda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni (qarang Hindiston xalq qoʻzgʻoloni) Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858-yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885-yil qator millii tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908-yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906-yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi davri (1914– 18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918-yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919-yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918–22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920-yil Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927-yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929–30 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930-yil HMK M.Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931-yil martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-yilgacha). 1935-yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi.
1946-yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946-yil 18–23-fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946-yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946-yil avgustda J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947-yil 15-avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950-yil 26-yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964-yil mayda J. Neru vafotidan soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965-yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966-yil Toshkent uchrashuvitsya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966-yil yanvarda L.B.Shastri vafotidan soʻng J.Neruning qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947– 77) mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga oʻtib ketdi. 1978-yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004-yildan HMK [1978-yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston - 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 26-dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992-yil 18-martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26-yanvar – Respublika kuni (1950) va 15-avgust – Mustaqillik kuni (1947).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyush-malari
Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi, HMK (1885-yil 28-dekabrda tashkil etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978-yil yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti, Janata parti (1977-yil tuzilgan)ning boʻlinishi natijasida 1980-yil aprelda tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988-yil 11-oktabrda tuzilgan; Hindiston Kommunistik partiyasi, 1925-yil 26-dekabrda asos solingan; Hindiston Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964-yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston kasaba uyushmalari kongressi, 1920-yil tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1947-yil asos solingan; Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970-yil tashkil etilgan.
Xoʻjaligi
Hindiston – agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi.
Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi maydonining 20% sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay, uning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari – sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va hokazo) yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan, sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.
Transporti
Transportida temir yoʻl transporti muhim rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan ortiq. 1984-yil Kalkutta shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.
Tashqi savdosi
Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi.
Tibbiy xizmati
Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari
Hindiston mustaqillikka erishgan naytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud majburiy talim joriy etildi. 2005-yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5–6 yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kal-kutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari.


Download 24.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling