Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Download 351.74 Kb.
bet3/8
Sana02.02.2023
Hajmi351.74 Kb.
#1147676
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,

Hiqildoq larynx tog‘ayli toq kovak organ bo‘lib, u organizmda nafas olish va chiqarish havosini o‘tkazish, tovush chiqarish kabi vazifalarni bajaradi. Hiqildoqning skeletini 5 ta: halqasimon, qalqonsimon, 2 ta cho‘michsimon hamda hiqildoq usti tog‘aylari hosil qilgan. Yuqoridagi hamma tog‘aylar bir-biri bilan paylar yordamida birlashgan, halqasimon va cho‘michsimon tog‘aylar o‘rtasida esa bo‘g‘im hamda bo‘g‘im kapsulasi mavjud.

Burun tog‘aylari


54-rasm. A-qoramol Б - В- otlar tog‘ayi 1-burun lab yaltirog‘i 2-burunni kengaytiruvchi muskul 3-burunning yopn to‘gayi 4-qanotsimon tog‘ay plastinkasi 5-uning o‘simtasi 6qanotsimon burma tog‘ayi 7-,,S,, shakilli tog‘ay 8-burun suyagining uchi 9-oziq suyagi 10yuqorigi jag‘ suyagi, 11-tog‘ay to‘siq 12-burunning soxta teshigi 13-burunning ochib ko‘rsatilgani 14-burun kanali teshigi.
Halqasimon tog‘aycartilago cricoidea yoy – arcus va yuqori tomonda yotuvchi plastinka – lamina dan iborat. Tog‘ay plastinkasi yoy tomonga yo‘nalgan bo‘lib, uning o‘rta qismida muskul o‘simtasi – processus muscularis mavjud.
Qalqonsimon tog‘ay – cartilago thyreoidea hiqildoqning pastki hamda yon devorlarini hosil qiladi. Bu tog‘ayda pastki tomondan uning uzun tanasi – sorpus thyreoideus ga birlashgan to‘rtburchak yon plastinka – laminae thyreoidea, tanasining orqa tomonida biroz ko‘tarilgan joyi – prominentia laryngea, tanasining uchlarida esa uncha katta bo‘lmagan kesigi – incisura thyreoidea oralis et aboralis lar bo‘ladi. Qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi qismida oldingi va keyingi shoxchalar – cornua craniale et caudale mavjud. Oldingi shoxcha pay orqali til osti suyagining katta shoxiga, keyingi shoxcha esa cho‘michsimon tog‘ayga birlashadi. Tog‘ayning oldingi shoxchasi hamda plastinkasi oralig‘ida qalqonsimon kesigi – incisura thyreoidea joylashadi. Bu kesikning orqa qismi pay bilan to‘lib turadi, unda hiqildoqning oldingi nervi o‘tishi uchun teshik – foramen thyreoideum bo‘ladi.

Download 351.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling