Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi
Download 351.74 Kb.
|
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 7-rasm . O‘pkalar, diafragma yuzasi
Plevra – pleura asosan, parietal hamda oraliq varaqlarga bo‘linadi. Plevraning parietal varag‘i – pleura parietalis ko‘krak qafasi devorining ichkarisidan chiqadi va har xil nomlar bilan, ya’ni qovurg‘a devorida qovurg‘a plevrasi – pleura costalis; diafragmada – diafragmal plevra – pleura diaphragmalis deb yuritiladi. Qovurg‘a plevrasi o‘pka plevrasidan shunisi bilan farq qiladiki, unda juda ko‘p miqdorda og‘riqni sezuvchi retseptorlar bo‘ladi, shuning uchun ham plevra yallig‘langanda kuchli og‘riq seziladi. Ko‘krak bo‘shlig‘ini o‘ng va chap devorlarining parietal plevrasi ko‘krak umurtqalari tanasidan to‘sh suyagiga tushib ko‘krak bo‘shlig‘ining oraliq to‘sig‘ini hosil qiladi. Plevraning bu qismi oraliq plevra – pleura mediastinalis nomi bilan yuritiladi.
5 7-rasm.O‘pkalar, diafragma yuzasi: 1 – elka-bosh arteriyasi; 2 – chap oldingi bo‘lak; 3 – yurak ko‘ylakchasi (perikard); 4 – yurakdan keyingi oraliq; 5 – chap diafragmal nerv; 6 – chap orqa bo‘lak; 7 – adashgan nervning pastki qizilo‘ngach tarmog‘i; 8 – qizilo‘ngach; 10 – adashgan nervning yuqorigi qizilo‘ngach tarmog‘i; 11 – ko‘krak aortasi; 12 – kekirdak; 13 – oldingi kovak vena; 14 – yurak oldi oraliq; 15 – o‘ng oldingi bo‘lak; 16 – yurak; 17 – orqa kovak vena tutqichi; 18 – o‘ng diafragma nervi; 19 – orqa kovak vena; 20 – qo‘shimcha bo‘lak; 21 – o‘ng orqa bo‘lak, diafragma yuzasi; 22 – plevra birlashgan liniya. Oraliq plevra bronxlar bo‘ylab o‘pkaga boradi va ularni o‘rab turadi hamda u o‘pka plevrasi – pleura pulmonalis deyiladi. Plevraning parietal va o‘pka varaqlari orasida oz miqdorda zardob plevral suyuqligi – liguor pleurale saqlovchi plevral bo‘shliq – cavum pleurale bor. Bu suyuqlikni zardob pardaning hujayralari ishlab chiqaradi va u nafas olish vaqtida o‘pka plevrasini parietal plevraga ishqalanishini kamaytiradi. O‘ng va chap tomonlarning plevral bo‘shliqlari qari hayvonlarda oraliq teshik orqali bir-biri bilan o‘zaro qo‘shilishadi. Oraliq plevra plevraning oraliq varag‘i va ko‘krakning ichki fassiyalaridan hosil bo‘lib, unda qizilo‘ngach, kekirdak, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Plevral bo‘shliqda joylashgan barcha tuzilmalar plevra membrana bilan qoplangan va u o‘rab turgan tuzilmaning nomiga mos ravishda ataladi. Plevral bo‘shliq va ikki qavat plevral membrana o‘rtasida vakuum va kam miqdorda plevral suyuqlik bo‘ladi. Plevra bo‘shlig‘i it va mushuklarda birmuncha qattiq va ikkala plevral bo‘shliqning o‘rtasida to‘liq barer hosil bo‘ladi. Agar bir tomoni shikastlansa yoki zararlansa, bo‘shliq o‘zgarishsiz qoladi, faoliyat faqat zararlangan tomonda buziladi, ikkinchi o‘pka esa normal faoliyatini davom ettiradi. Download 351.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling