Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Download 351.74 Kb.
bet5/8
Sana02.02.2023
Hajmi351.74 Kb.
#1147676
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,

5 5-rasm. Hiqildoq muskullari, medial yuza: 1 – hiqildoq usti tog‘ay; 2 – hiqildoq usticho‘michsimon tog‘ay burmasi; 3 – shilimshiq parda; 4 – qorincha payi; 5 – cho‘michsimon tog‘ay; 6 – ponasimon tog‘ay; 7 – hiqildoq qorinchasi; 8 – ko‘ndalang cho‘michsimon muskul; 9 – halqasimon-cho‘michsimon yon muskul; 10 – halqasimon-cho‘michsimon yuqorigi muskul; 11 – halqasimon tog‘ay yoyi; 12 – kekirdak, nafas nayi, hiqildoq; 13 – shilimshiq parda; 14 – ovoz payi; 15 – qalqonsimon tog‘ay tanasi; 16 – til osti-hiqildoq usti tog‘ay muskuli.
Kengaytiruvchi muskullar. Yuqorigi
halqasimon-cho‘michsimon muskul – m.srico-aritaenoideus dorsalis halqasimon tog‘ay plastinkasining muskul tarog‘idan boshlanib, cho‘michsimon tog‘ayni kengaytiradi.
Halqasimon-qalqonsimon muskul – m.cricothyreoideus halqasimon tog‘ayning yoyidan to qalqonsimon tog‘ayning tashqi yuzasigacha boradi va qalqonsimon tog‘ayni pastga tortadi. Bu muskul hiqildoqqa kirish yo‘lini kengaytiradi.
Tilosti-hiqildoq usti muskuli – m.hyoepiglotticus kuchli taraqqiy etgan ikkita boshchasi bilan til osti suyagining tanasidan boshlanib, hiqildoq usti tog‘ayining asosida tugaydi. Bu muskul hiqildoq usti tog‘ayini ochadi.
Toraytiruvchi muskullar
Yon halqasimon-cho‘michsimon muskul – m.cricothyreoideus lateralis halqasimon tog‘ay yoyidan boshlanib, cho‘michsimon tog‘ayni pastga tortib, hiqildoq yo‘lini toraytiradi.
Tovush muskuli – m.vocalis va xaltacha muskuli – m.ventricularis bitta umumiy muskul bo‘lib qo‘shilishgan, cho‘michsimon tog‘ayning tovush o‘simtasidan boshlanib, qalqonsimon tog‘ayning tanasida tugaydi. Bu muskullarning qisqarishi natijasida tovush lablari bo‘shashadi.
Cho‘michsimon tog‘ayning ko‘ndalang muskuli – m.cricothyreoideus transverses o‘ng va chap cho‘michsimon tog‘aylarning ustida ko‘priksimon joylashgan bo‘lib, qisqarganda tovush lablari bo‘shashadi. (37-rasm)
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Otda – qalqonsimon tog‘ayning yoyi uning plastinkasiga to‘g‘ri burchak hosil qilib joylashgan; plastinkaning oldingi chetida cho‘michsimon tog‘ay bilan birlashishi uchun ikkita bo‘g‘im yuzasi bo‘ladi; yoyning ildizida qalqonsimon tog‘ayni shoxchalari bilan qo‘shilishi uchun ikkita bo‘g‘im yuzasi mavjud. Qalqonsimon tog‘ayning yon plastinkalari rombsimon tanasi tor, qalqonsimon teshik shoxchaning asosida joylashgan. Cho‘michsimon tog‘ayi uchburchak shaklda, ularning old yuqorigi burchagi elastik shoxcha tog‘ayini hosil qiladi, pastkisi tovush o‘simtasi bo‘lib hisoblanadi, orqa – yuqorigi burchagi esa halqasimon tog‘ay bilan birlashishi uchun bo‘g‘im yuzasini hosil qiladi. Hiqildoq ustki tog‘ayi bargsimon shaklda bo‘ladi. Hamma tog‘aylar bir-biri bilan paylar yordamida birlashgan. Hiqildoq muskullari qoramollarniki singari bo‘ladi. Cho‘michsimon-hiqildoq usti tog‘aylari hiqildoqning boshlanish qismini hosil qiladi.
Tovush lablari nafas olish va tovush chiqaruvchi qismlari bilan uchburchak shakldagi, tor tovush yoriqchasini hosil qiladi; hiqildoqning yon hamda o‘rta xaltachalari yaxshi taraqqiy etgan. (55-rasm).
Cho‘chqada – hiqildoq uzun; qalqonsimon tog‘ayi ham uzun bo‘lib, uning yon plastinkalari pastki tomonda bor bo‘yicha tanasiga qo‘shilib ketgan. Qalqonsimon tog‘ayning orqa shoxchasi qisqa va keng, oldingi shoxchasi bo‘lmaydi. Cho‘michsimon tog‘ayning muskul tarog‘i va tovush o‘simtasi yaxshi rivojlangan. Qalqonsimon tog‘ay yonida cho‘michsimon tog‘ayning dorso-medial burchaklari oralig‘ida kichik oraliq tog‘ayi bo‘ladi. Tovush paylari katta – oldingi hamda kichik orqangi bo‘laklarga bo‘lingan.
It va mushuklarda – qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi plastinkasi keng; yoyning pastki tomonida chuqur hamda keng kesigi mavjud. Qalqonsimon tog‘ay nisbatan qisqa, yon plastinkasida chuqur kesik va qiyshiq hoshiyasi ko‘rinib turadi. Hiqildoq usti tog‘ayi to‘rtburchak bargsimon shaklda. Hiqildoqning o‘rta xaltasi bo‘lmaydi.
Hiqildoq bo‘shlig‘i - cavum larynx yuqorida ko‘rsatilgan beshta tog‘ay plastinkaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Hiqildoq bo‘shlig‘ining ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan bo‘lib, unda tebranuvchi silindrsimon va qadoqsimon epiteliy bor. Hiqildoqqa zardobsimon bezlar joylashgan. Undagi tovush pardalarining burmasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan.
Hiqildoqning boshlanish - aditus laryngis qismini pastdan hiqildoq tog‘ayi, yon tomondan qalqonsimon tog‘ay va ustki tomondan cho‘michsimon tog‘ay hosil qiladi. Bu tog‘aylarning ichki yuzasida shilimshiq pardadan burmalar hosil bo‘ladi. Hiqildoqning har ikkala yon devoridagi shilimshiq pardalar xaltasimon burma, tovush labi, ular orasida esa hiqildoqning yon xaltachasi - ventriculus laryngis lateralis ni hosil qiladi. Bu xaltachaning old tomonida xaltachasimon burma - plica ventricularis bo‘ladi. Tovush labida elastik to‘qimadan iborat tovush payi va tovush muskuli - lig. vocale et m.vocalis bo‘ladi. Tovush lablari orasida kichik yoriqcha - rima glottidis bor, uning ustki tomoni havo o‘tkazish, pastki tomoni esa tovush hosil qilish vazifasini bajaradi.

Download 351.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling