Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Download 351.74 Kb.
bet4/8
Sana02.02.2023
Hajmi351.74 Kb.
#1147676
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,

Cho‘michsimon tog‘aycartilogenes arytaenoideae notug‘ri uchburchak piramidalar shaklidagi juft tog‘ay bo‘lib, oldingi yuqori burchagi ilgak shaklida, yuqoriga qaytgan, elastik tog‘aydan tuzilgan va shoxchali tog‘ay – cortilago corniculata deb yuritiladi. Bu tog‘ayning pastki burchagi yaxshi rivojlangan bo‘lib, u tovush o‘simtasi – processus vocalis deb ataladi. Cho‘michsimon tog‘ayning yuqorigi orqa burchagi pay yordamida halqasimon tog‘ayga birlashadi.
Hiqildoq usti tog‘ayicartilago epiglottidis yaproqsimon shaklda bo‘lib, elastik tog‘aydan tuzilgan. U qalqonsimon tog‘ayning membranasiga hamda til osti suyagiga birlashib turadi. Hiqildoqning ichki tomoni shilliq parda bilan qoplangan. SHilliq parda hiqildoq usti va cho‘michsimon tog‘aylar oralig‘ida, cho‘michsimonhiqildoq usti burmalar – plicae aryepiglotticae hosil qiladi. Hiqildoqning yon devorlarida, cho‘michsimon tog‘ayning tovush o‘simtasi va qalqonsimon tog‘ay tanasi o‘rtasida esa tovush lablari – labia vocale ni hosil qiladi. Tovush lablari cho‘michsimon tog‘ay bilan birgalikda keng yoriqcha rima glottidis bo‘lib, uning ustki tomoni havo o‘tkazish uchun, pastki tomoni esa tovush chiqarish uchun xizmat qiladi. Tovush labining asosini elastik to‘qimadan tuzilgan tovush payi va tovush muskuli – lig.vocalex et m.vocalis tashkil etadi.
Hiqildoq bo‘shlig‘i – cavum laryngis ni tovush lablari dahlizga, tovush yoriqchasiga va hiqildoqning orqa bo‘shlig‘iga ajratib turadi.
Hiqildoq dahlizi – vestibulum laryngis tovush lablarining old tomonida tovush yoriqchasi – rima glottidis cho‘michsimon tog‘ay bilan tovush lablari oralig‘ida hiqildoqning orqa (kaudal) bo‘shlig‘i – cavum laryngis caudale tovush lablarining orqa tomonida joylashadi. Hiqildoq dahlizi hamda tovush chiqaruvchi lablarning shilliq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan, hiqildoqning orqa bo‘shlig‘i esa hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan.
Hiqildoq dahlizining pastki devorida, hiqildoq usti tog‘ayining orqasida shilliq pardasini burmasidan hiqildoqning o‘rta xaltachasi –ventriculus laryngis medialis hosil bo‘lgan. Bu xaltacha qoramolda va qo‘yda yaxshi rivojlanmagan.
Hiqildoqning yon devorlari esa hiqildoqning yon xaltachalari – ventriculus laryngis lateralis dan hosil bo‘lgan. Qoramol va qo‘yda bu xaltachalar bo‘lmaydi. Hiqildoqning boshlanish qismi – aditus laryngis hiqildoq usti va cho‘michsimon tog‘aylar oralig‘i hisoblanadi. Hiqildoq tog‘aylarining tashqi tomonida uni kengayib va torayib turishini ta’minlovchi muskullar joylashadi.

Download 351.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling