Hisob siyosаti vа moliyaviy hisobot [Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan]


Download 327.84 Kb.
bet13/28
Sana21.06.2023
Hajmi327.84 Kb.
#1638462
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
BHMS Kitobi

boshlangʼich qiymat — nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish boʼyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablagʼlari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa toʼlovlarning joriy qiymati), shu jumladan toʼlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yigʼimlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bogʼliq boʼlgan boshqa xarajatlar qiymati;

  • tugatish qiymati — nomoddiy aktivning chiqib ketishi boʼyicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chogʼida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi.

  • joriy qiymat — maʼlum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari boʼyicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar oʼrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʼlgan summa;

  • qoldiq (balans) qiymat — nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlangʼich (qayta tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi oʼrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;

  • faol bozor — oldi-sotdi obʼektlari bir turda (bir xil) boʼlgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin boʼlgan, shuningdek narxlar haqidagi maʼlumotlar oshkor (hammabop) boʼlgan bozor;

  • mutlaq huquq — bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin boʼlgan mulkiy huquq.

    4. Nomoddiy aktivlarni taʼrifi aktivdan xoʼjalik faoliyatida foydalanilishni va u moddiy qiymatga ega boʼlmasligini talab qiladi. Аgarda moddiy mohiyatga ega boʼlmagan (pul mablagʼlari koʼrinishida boʼlmagan) aktivlar yuridik huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan oʼzaro munosabatda boʼlishi mumkin boʼlgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar taʼrifiga javob beradi.
    5. Аktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning oʼzida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

    • moddiy-ashyoviy tuzilishga (shaklga) ega boʼlmasligi;

    • aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʼrsatishda yoxud korxonaning maʼmuriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, yaʼni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan boʼlsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun Oʼzbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli;

    • korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni moʼljallamaydi;

    • ishonchlilik, yaʼni korxonada aktiv va unga boʼlgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining) mavjudligi;

    • identifikatsiya qilish imkoniyati.

    6. Nomoddiy aktiv identifikatsiya qilinadigan boʼlib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:

    • ajraladigan boʼlsa, yaʼni uni korxonadan ajratib boʼlsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bogʼliq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin boʼlsa.

    Аgar EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan oʼrnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega boʼlgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Аgar EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli boʼlsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;

    • ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan boʼlishidan qatʼi nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo boʼladi.

    7. Korxona nomoddiy aktiv bilan bogʼliq kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimoli faqatgina quyidagi hollarda mavjud boʼladi:

    • aktivning korxonaning kelgusidagi iqtisodiy nafini (daromadini) koʼpaytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish maqsadi isbotlanganda;

    • korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy nafni olishi uchun yetarlicha resurslar mavjud boʼlganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin boʼlganda.

    8. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi boʼlib inventar obʼekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obʼekti boʼlib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan jami huquqlar hisoblanadi. Bir inventar obʼekti boshqasidan ajratilishining (identifikatsiya qilinishining) asosiy belgisi boʼlib, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʼrsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning maʼmuriy va boshqa funktsiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi.
    Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida boʼlgan nomoddiy aktivlar obʼekti har bir korxona tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi.
    9. Nomoddiy aktivlarga mazkur BHMSning 6-bandida keltirilgan shartlarning barchasiga javob beruvchi quyidagi obʼektlar kiritilishi mumkin:

    • patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga boʼlgan mutlaq huquqi;

    • muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalariga boʼlgan mutlaq huquqi;

    • muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga boʼlgan mutlaq huquqi;

    • huquq egasining tovar belgisi va xizmat koʼrsatish belgisiga boʼlgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;

    • huquq egasining selektsiya yutuqlariga boʼlgan mutlaq huquqi;

    • gudvill (Goodwill)

    • tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yaʼni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit toʼgʼrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;

    • yer uchastkasidan foydalanish huquqi;

    • boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).

    10. Nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular oʼzlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish mumkin emas.

    Download 327.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling