Hisobiy balandlikni va yo‘l shaklini taxlil qilish
Tarkib massasini stansiyaning qabul qilish- jo‘natish yo‘llari uzunligi bo‘yicha tekshirish
Download 1.41 Mb.
|
Ulug\'bek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l profilni to‘g‘irlash va uning taxlili
Tarkib massasini stansiyaning qabul qilish- jo‘natish yo‘llari uzunligi bo‘yicha tekshirish
Tarkibning massasini qabul qilish- jo‘natish yo‘llarining uzunligi bo‘yicha tekshirish uchun tiarkibdgi vagonlar sonini, poyezdning uzunligini bilish kerak va bu uzunlik stansiyaning qabul qilish jo‘natish yo‘llarining uzunligi bilan solishtiriladi. Yuk poyezdi tarkibidagi vagonlar soni: Olingan vagonlar sonini butun songacha yaxlitlanadi. Vagonlarning uzunligini 4 - o‘qli vagonda - 15m, va 8 - o‘qli vagonda - 20 m deb qabul qilamiz. bu yerda 10 m - poyezdning qo‘yish noaniqligiga beriladigan zaxira uzunlik. Poyezdni qabul qilish – jo‘natish yo‘llarida qo‘yish imkoniyatini tekshirish quyidagicha bu yerda – qabul qilish - jo‘natish yo‘llarining uzunligi, m. Xulosa: Poyezdning uzunligi stansiyaning berilgan uchastkasidagi qabul qilish - jo‘natish yo‘llaridan uzun, ya’ni mazkur uchastkani to‘xtamay o‘tishi kerak. Yo‘l profilni to‘g‘irlash va uning taxlili Yo‘l profilni to‘g‘irlash asosida mexanik ishning to‘g‘irlangan va xaqiqiy profildagi tengligi yotadi. Profilni to‘g‘irlash yo‘lning bo‘ylama profilidagi ikkita yoki bir nechta qo‘shni elementlarni bitta element bilan almashtirishdan iborat bo‘lib, uning uzunligi Ss birikmadagi elementlarning yig‘indisiga teng (S1, S2, ..., Sn), ya’ni , va tiklik quyidagi formula bilan aniqlanadi bu yerda - to‘g‘rilangan uchastka elementlarining tikligi. Poyezdning uchastka bo‘yicha xarakatlanish tezligi va vaqtining hisob –kitoblari aniq bo‘lishi uchun profil elementlarining to‘g‘rilangan guruxlarini quyidagi formula bilan tekshirib ko‘rish imkoniyati bo‘lishi kerak: bu yerda - to‘g‘rilangan element uzunligi, m: - to‘g‘rilangan uchastkaning qiyaligi bilan tekshirilayotgan element qiyaligi orasidagi farqning absolyut qiymati, ‰, ya’ni . To‘g‘rilangan uchastkadagi egrilik qalbaki tiklik bilan almashtiriladi, uning tikligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda va - to‘g‘rilangan uchastka chegarasida egrilik uzunligi va tikligi, m. To‘g‘rilangan uchastkaning tikligi egrilikdagi qalbaki tiklikni hisobga olgan xolda To‘g‘rilangan guruxlarga faqatgina profilning tikligi bo‘yicha bir xil belgili va bir- biriga yaqin bo‘lgan elementlarni birlashtirish mumkin. Gorizontal elementlar (maydonchalar) to‘g‘rilangan guruxlarga tikligi musbat bo‘lgan element sifatida ham, tikligi manfiy bo‘lgan element sifatida xam kiritilishi mumkin. Alohida punktlarda joylashgan elementlar to‘g‘rilanmaydi. Elementlar guruxiga hisob-kitob tikliklarni to‘g‘irlanishi lozim bo‘lgan guruxlarga, shuningdek keskin tikliklarni kiritish kerak emas, chunki poyezdda to‘plangan kinetik energiyani xisobga olgan xolda ulardan poyezdning o‘ta olishini tekshirish ishlari bajariladi. Peregondagi turli belgili elementlar orasidagi maydonlarni xam to‘g‘rilashga kiritish kerak emas. To‘g‘rilangan profil haqiqiy profilning xarakteli xususiyatlarini yuqorilashgan va pastlashgan nuqtalariga nisbatan saqlab qolishi kerak. s=800+700+1100=2600 ; ; s=500+900+600+750+400=3150 ; ; ; ; s=500+700=1200 ; s=1200+900+600=2700 ; ;
Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling