Hisoblash modellari, algoritmlar va ularning murakkabligi Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm


Download 43.31 Kb.
bet3/15
Sana20.01.2023
Hajmi43.31 Kb.
#1103185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hisoblash modellari

Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin:
1-xossa. Diskretlilik, ya‘ni algoritmni chekli sondagi oddiy koʻrsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.
2-xossa. Tushunarlilik, ya‘ni ijrochiga tavsiya etilayotgan koʻrsatmalar uning uchun tushunarli boʻlishi shart, aks holda ijrochi
11
oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar tizimi mavjud.
3-xossa. Aniqlik, ya‘ni ijrochiga berilayotgan koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi lozim hamda faqat algoritmda koʻrsatilgan tartibda bajarilishi shart.
4-xossa. Ommaviylik, ya‘ni har bir algoritm mazmuniga koʻra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli boʻlishi lozim. Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
5-xossa. Natijaviylik, ya‘ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan soʻng albatta natija berishi lozim.
Bu xossalar mohiyatini oʻrganish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.
Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng koʻp uchraydiganlari quyidagilar ekanligini koʻrsatib oʻtish joiz:
1. Algoritmning soʻzlar orqali ifodalanishi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
3. Algoritmning jadval koʻrinishida berilishi, masalan, turli matematik jadvallar, lotereya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari jadvallari bunga misol boʻladi.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya‘ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli boʻlgan dastur shaklida beriladi.
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya‘ni algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qoʻllanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan oʻquv oʻrganish tili sifatida foydalanilmoqda. Boʻlardan E-praktikum yoki E-tili algoritm ijrochisi algoritmik tili ham mavjud.

Download 43.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling