Hisobni boshqarish-2 Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi Hisob haqida tushuncha


Download 47.32 Kb.
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi47.32 Kb.
#1219847
1   2   3   4
Bog'liq
Hisobni boshqarish-2

3.Xarajatlar haqida tushuncha
Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatiar ko‘rsatish bilan bog’liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigart xarajatlar;
2. Davr xarajatlari;
3. Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar;
4. Favqulodda zararlar.
Shuningdek, korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko‘ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Rejalashtirilishiga qarab xarajatlarni qisqa va uzoq muddatli xarajatlarga ajratish mumkin.

4.Qo’shimcha xarajatlarni hisobga olish
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari o‘rtasida bilvosita xarajatlarni oqilona.taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mahsulotlarning texnologik turlari bo'yicha tannarxini to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi. Bu holat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini shakllantirish bo‘yicha korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda ijobiy samara beradi. Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va uni boshqarish xarajatlarini quyidagicha tasnitlash mumkin: 1) mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; 2) umumishlab chiqarish xarajatlari; 3) davr xarajatlari. 0 £zbekistonda yuqoridagi birinchi va ikkinchi bandlardagi xarajatlar taqsimot bazasiga mutanosib ravishda mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladi. Davr xarajatlari esa korxonaning moliyaviy natijalari hisobidan qoplanadi. MDH davlatlarida esa uchchala xarajatlar ham mahsulot tannarxiga kiritiladi va schotlar tizimi orqali to‘liq tannarx hosil qilinadi. Ushbu xarajatlar umumiy xususiyatga ega bo‘lishi bilan birgalikda, ularning xususiy jihatlari ham mavjud: mashina va uskunalarni ishlatish va asrash xarajatlari shartli-o‘zgaruvehan bo‘lib, islilab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‘liq. Umumishlab chiqarish va davr xarajatlari esa shartli-doimiy xarajatlar hisoblanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‘liq boimaydi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish va uni boshqarish xarajat- larini mahsulotlar tannarxiga kiritish orqali tannarx aniqlashning ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida va bodinmalar darajasida taqsimlash kabi usullari mavjud. Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida taqsimlash usulining mohiyati shundaki, bunda mazkur xarajatlar 2510 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining debetida yig‘ib boriladi hamda hisobot davri oxirida ular yagona taqsimot bazasi asosida mahsulot turlari bo‘yicha taqsimlanadi. Shuningdek, bu usulning afzalligi uning soddaligi va kam mehnattalabligida bo'lsa, asosiy kamchiligi esa, mahsulotlarning xilma-xil turlari haqiqiy tannarxini aniqlash paytida jiddiy xatolik- larga olib kelishidir. Odatda, boshqaruv hisobi tizimida hisobot davri ichida umum­ ishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuzilib, unga, asosan, smetadagi xarajatlar haqiqatda erishilgan mahsulot hajmi va haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanib, tuzatilib boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi 21- conli BHMSga binoan tasdiqlangan xarajat moddalariga boMib, hisobga olib boriladi va korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq alohida hisob obyektlari o‘rtasida taqsimlanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevral 54-sonli qarori (2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmatjlar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmatjlarni ishlab chiqarish va sotish 'xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: — mashina va uskunalarni asrash hamda ishlatish xarajatlari; — ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nornoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; — ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalami ta’miriash xarajatlari; — ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; ~ isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; — ishlab chiqarish da foydalariiladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan boshqa mulklarning ijara tolovlari;
— ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo'lgan xodim- laniing ish haqi; — ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash jarayonida xarajatlarni hisobdan chiqariladigan obyektlar tanlanib, aniq sex, mahsulot, shartnoma turiga tegishli xarajatlar tanlab olinadi va yig‘iladi. Bu sharoitda umumishlab chiqarish xarajatlarining taqsimot bazasini tanlab olish muhimdir.

Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling