SEZGI TASAVVUR
IDROK
Sezgi - Sezgi bu hissiy bilshning shunday shakli bo‘lib unda obyektiv olamdagi predmet va hodisalarning tashqi belgi va xossalari to‘g‘risida ma’lumot, bilim beradi
- Insonning 5 ta sezgi a’zolari bizga predmet va hodisalarining turli tomonlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
- Sezgi hissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog`lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir.
Idrok - Idrok–bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir.
- Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. Masalan, sharsimon, yashil-qizil, yaltiroq, xushbuy, chuchuk-nordon narsalarni xis qilishlar birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi.
- sezgilar va idrok tashqi dunyoni hissiy aks ettirish shakllaridir, ularning bilish imkoniyatlari tur licha. Ularning qayd etilgan barcha tomonlari va xususiyatlari hissiy in’ikosning uchinchi shakli – tasavvurga ham tegishlidir, zero tasavvur ularga asoslanadi.
Tasavvur - Tasavvurlar sezgi va idroklar kabi yorqin va aniq emas, ammo ular ancha uzoq vaqt davom etadi va barqarordir.
- Tasavvurlar yordamida biz allaqachon bo`lib o`tgan voqealar manzarasini ongimizda tiklay olamiz. Bundan tashqari, tasavvur bizga ilgari idrok etilganlar asosida kelajak manzarasini ifodalab berishga imkon beradi.
- Hissiy bilish qanchalik muhim bo`lmasin shuni aytish kerakki, u cheklangan va tashqi dunyoning faqat tashqi, bevosita, hissiy idrok etiladigan tomonini aks ettiradi. Buning ustiga sezgi bizni yanglish yo`lga boshlashi mumkin.
Tafakkur - Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.
- Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi.
- Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |