Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
yotgan. Senlar qoni-qoshnining qistovi bilan bir-ikki xabar oldilaring, xolos. Oyijon, qoying endi... dedi Qumri norozi bolib. Itning bir qulogida, boynida, oyoqlarida qon qotib qolgan edi.
Ahmoq! dedi kampir. Qayoqlarda sanqib yurgan- ding?! Yana marjabozlikka bordingmi? Majnun bolmay ketkur! Ahvolingni qara, xotin talashib rosa taziringni yebsan-ku! E olmagin-a, shilinmagan joying qolmapti... Endi ozingdan kor. Majnun, yaralaringga dori surtaman. Illo, dod demaysan! Qumrixon itning boynidan bosib turdi, kampir yaralariga yod surta boshladi. It gingshiydi, ingillaydi. Qumrixonning qollarini tishlamoqchi boladi. Ana, boldi. Endi ovqatingni beramiz. Bir oydan beri ogli surunkasiga kampirning tushiga kiradi. Na yotishida, na turishida halovat bor. Oglini oylagani-oylagan. Yoshi saksonga yaqinlashib, kuch-quvvatdan qola boshlagan, bolamni kormay olib ketamanmi, deb kuyib-yonadi. Ogli Borixon oltmish yettinchi yili armiyaga ketgan. Harbiy xizmati tugadi hamki uyga qaytmadi. Osha yoqlarda uylanib, bola-chaqali bolib, qolib ketdi. Bazi-bazida undan «Ya zdorov» degan ikki enlikkina xat kelardi. Yaqin on besh yildirki, adresni unutib qoyganmi, ishqilib, shu orischagina xat ham kelmay qoygan.
343 Kampir qoni-qoshnilarnikiga ham chiqmaydi. Uyda otira- verib qon bolib ketadi. Bazan kiyim-boshlarini apil-tapil tugib ogillari yo qizlaridan birinikiga otlanib qoladi. Baribir borgan joyida ham halovat topmaydi. Qizi Qumrixonni oylab qaytib keladi. Qumrixonning baxti chopmadi. Ikki bor turmush qildi, farzand kormadi, qaytib keldi. Biron joyda ishlab ovunay desa, hayhotdek hovliga, munkillab qolgan onasiga kim qaraydi. Aka-ukalari, singillari: «Opa, qoy, ishlama, tirikchiliging bizning boynimizda, onamga qara», deb qoyishmadi. Kampirning ogillari, biznikida turing, oyi, deb xudoning zorini qilishsa ham, otang chiqqan uyni tashlab ketolmayman, men ham shu uydan chiqazilaman, deb konmadi. Kampir juda dono xotin edi. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim toladi, albatta, ular quruq kelishmaydi, shu bahona Qumrining ham kuni otadi, deya qadrdon uyidan jilmasdi. Onalar shunaqa baxti chopmagan bolasi bilan birga boladi. Otgan yili otli-shudli, har ish qolidan keladigan nevarasi Anvarjon, togamni topib kelaman, deb chiqib ketdi. Shu ketgancha yigirma kun deganda daragini topib keldi. Bu gapdan xabar topgan qoshni xotinlar kampirni qutlagani kirdilar. Buvijon, tashvishlanmang, togamning ishlari «besh». Rozgori but, tirikchilikdan kami yoq. Uchta bolasi bor. Ozi ozbekchani esidan chiqarib yuboribdi. Men bilan orischa gaplashdi. Bitta sogin echkisi, tortta qanor qopdek chochqasi, ontacha chochqachalari bor ekan. Qish zabtiga olganda shu mollarini ham uyiga opkirib olisharkan. Bochka-bochka samogon- aroq yasab, qishi bilan ichisharkan. Qishloqdagilar togamni «Borixon» demay, «dyadya Borya» deb chaqirishar ekan. Bu gaplarni eshitib, kampir yer yorilmadi-yu, kirib ketmadi. Bolasi tushmagur-ey, qoshni xotinlarning oldida shu gaplarni aytib otiribdi-ya! Birovga sozini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim otirib qoldi.
344 Qachongacha chilla otiraman, deb kampir bugun qizinikiga otlanib qoldi. Kampirning niyatini sezgan Qorakoz ostonaga borib otirib oldi. Yaqin bir oydan beri hech qayoqqa bormagan Qorakoz ozida yoq shod edi. Boshini bir tomonga egib irgishlar, tezroq chiqmaysizmi, degandek, har xil ovoz chiqarib gingshirdi. Kampir shoshilmasdi. Osma ekilgan bir boyra yer oldida chonqayib, osmalarning sersuv, boliq barglarini tagidan kertib uzardi. Oxiri kafti osmaga tolgach, rayhonning gul otmagan shoxlaridan sindirib olib, osmaga qoshib dastromoliga oradi. U qiz nevaralariga, kelin-u qizlariga albatta osma olib borardi. Nihoyat, kampir tugunni qoltiqlab chiqdi. Qorakoz otirgan joyidan bir sapchib kocha tomon otildi. Kampir uning ketidan borarkan, hoy, muncha shoshasan, sekinroq, deb javrardi. Qorakoz uning gapiga tushungandek, kocha ortasida toxtab orqasiga qaraydi. Kampir yetib kelguncha yayrab qulogini qashlaydi. Bir qulogini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik qiladi. Orqa oyogida turib bir-ikki aylanadi. Kampir yetib kelishi bilan yana oynoqlab yugurib ketadi. Yolda uchragan mushuklarni tiraqaylatib quvib, nim qizil tilini osiltirgancha hansirab qaytib keladi. Daraxtlardagi musichalarga irgishlab akkillaydi. Ariqdan shapillatib suv ichadi. Bazan yol chetiga chiqib, paxsa devor tagini hol qilib qaytadi. Velosiðed minib otgan bolalarga ergashib uzoqlarga ketib qoladi. Kampir uning qiliqlariga andarmon bolib yol yurganini sezmaydi. Qorakoz donlab yurgan tovuqlarni qaqaglatib, tort tarafga tozgitib yuboradi. Yolda uchragan itlar bilan iskashib, quvlashmachoq oynaydi. Kocha betidagi uy ostonasida tinmay akillayotgan kalamushdek kuchukni tuproqqa qorishtirib bulgaladi. Ariq boyidan qoporib tashlangan tongak soyasida yotgan boribosar itga ham zorlik qilmoqchi bolgandi, tazirini edi. Boribosar uning gardanidan tishlab, uloqtirib tashladi. Yol ortasiga borib tushdi, tuproqqa qorishdi. Kampir boshini sarak-sarak qildi.
345 Hoy, jinni, senga kim qoyibdi otang tengi it bilan olishishni! Qorakoz unga qaray olmadi. Yolning bu yogiga mayus alpozda, yugurmay, ohista ketdi. Baribir Qorakoz it-da, itligini qiladi. Bir qora itning dumini hidlab, ochiq turgan eshikdan kirib ketdi. Bir ozdan keyin uning vangillagani eshitildi. Eshikdan chiqayotganda ichkaridan otilgan eski tufli qoq beliga tushdi. Katta yolga chiqishdi. Bu yolning ong yogi Chirchiqqa, chap yogi Òoshkentga olib boradi. Oldinlab ketgan Qorakoz, qayoqqa yuraylik, degandek, kampirga qaradi. Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan hazar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. Yotib qolmaymiz. Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan oynab turasan. Qorakoz bu gaplarga tushunadi. Har gal kocha boshiga kelganda, albatta, kampir shu gaplarni takrorlaydi. Olisdan baland imoratlarning qorasi korindi. Qorakozning sabri chidamadi. Ildamlab ketdi. Kampir unga yetolmay halloslab qoldi. Qorakoz yugurib emas, gildirab ketayotganga oxshaydi. Bir zumda korinmay ketdi. Uchinchi qavatning boloxonasida oynayotgan bolalar Qora- kozni korib, buvim kelyapti, deb qiyqirishdi. Òapir-tupur qilib zinaning ikki poyasini bitta qilib, pastga yugurib tushishdi. Bittasi Qorakozga konfet, bittasi sergosht suyak berdi. Birpasda hovli bolalarga tolib ketdi. Qorakozning boshini, orqasini silashdi. U erkalanib turib berdi. Boloxonada Dilbarxon korindi. Onangiz kelyapti, degan xushxabar olib kelgan Qorakozga mehr bilan boqdi. Unga qand tashladi. Nihoyat, hansirab kampir yetib keldi. Bolalarga qurt, yongoq, turshak ulashdi. Qorakoz ham umidvor bolib qoliga qaradi. Senga yoq, bevafo! Meni yolga tashlab ketgansan. Orqangdan halloslab yugurib, tilim ogzimga sigmay qoldi. Qorakoz gunohkorona bosh egib turdi. Kampir konfet tashladi. Qorakoz ilib oldi-yu quvonchdan hovlini shamoldek aylanib chiqdi. Kampir qizi bilan kechgacha ezilib gaplashdi. Oglini
346 eslab koz yosh ham qilib oldi. Qumrining betoleligidan, men bir balo bolib ketsam, u shorlik nima boladi, deb afsus-nadomatlar qildi. Gap orasida Qorakoz esiga tushib, ovqat-povqat berding- mi, deb sorab qoyardi. Kampir asr namozini oqib, ketishga shoshildi. Endi ketay, shom namozini uyginamda oqirman. Ovqat qilyapman, oyijon, yeb keting. Bir kechagina yotib ketsangiz nima boladi. Uyingizni bori yeb ketarmidi! Kampir tugunni qoltiqlab pastga tushdi. Hovlida bolalar bilan yayrayotgan Qorakozning ketgisi kelmaydi. Bolalar tuflab uloqtirgan kaltakni otlar orasidan topib keladi. Kampir yolga tushdi. Qorakoz erkalanib, irgishlab goh undan ozib, goh orqada qolib qulogini qashlaydi. Uyda Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yotgan guborlarini tarqatadigan, koksidan togdek bosib yotgan armon- larni ushatadigan olamshumul bir yangilik kutib turardi. U uyiga yaqinlashganda eshigi oldida u yoqdan-bu yoqqa shoshib yurayotgan odamlarni korib, yuragi hapqirib ketdi. Qadamini tezlatdi. Eshik oldida turganlar unga, qulluq bolsin, sevinib qoldingizmi, qariganingizda dilingizga yoruglik tushgani muborak bolsin, deyishardi. Kampir hajga ketayotganlarga pensiyadan yiqqan pullarini «hoji badal» uchun berib yuborgan edi. Haj qabul boldi, degan xushxabar kelgan bolsa kerak, ozingga shukr, Allohim, deb ostona hatladi. Shoxiga katta lampochka osilgan tut tagidagi supada yoshi oltmishlardan oshgan bir notanish odam otirardi. Uning kozlari... bundan ottiz ikki yil oldingi Borixonning kozlari edi. Kampir, voy bolam, deb unga talpindi. Supaga yugurib bordimi, uchib bordimi, bilmaydi. Bagrida oglini kordi. Undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi. Kampir buni sezmasdi. Goyibining hozir bolganidan mast-alast edi. Karaxt edi, baxtiyor edi. Oglining boshlariga, yelkalariga koz yoshlari tokilardi.
347 Ogli uning bagridan chiqishga urinar, ammo kampirning qoq suyak, chayir qollari uni boshatmasdi. Nu zachem, zachem plachesh, mama, vot i priyexal, xvatit, xvatit, derdi ogli. Ona bu gaplarni eshitmasdi. Eshitganda ham baribir tushun- masdi. Kampir hushini yigib, bolasini bagridan boshatdi. Serrayib turgan Qumriga: Nega baqrayib turibsan, Rahmon qassobni chaqir, bolam- ning oyogi tagiga ogildagi qoyni soysin! Qoshnisinikida telefon bor, aka-ukalaringga, singillaringga, akam keldi, deb xabar qil! dedi. Qorakoz kampirning oyogi tagiga otirib olgan. Bu notanish odamga gashlik qilib tinmay irillardi. Qayoqlarda yurganding? dedi kampir ogliga. Ogli onasi nima deyayotganini tushunmay yelka qisdi. Òushun- madingmi? Sen boshqa odam bolib ketibsan. Kampir uning yuzlariga qarab ezilib ketdi. Qarib, adoyi tamom bopti. Basharasiga ham osha tomonlarning nuqsi urib, ozbekligi qolmabdi. Ellik bir yoshda yetmish yashar chol bolib qoya qopti.
Rahmon qassob allaqayoqqa ketib qolgan ekan, topib kelishdi. Kocha tomonda qosh mashinaning gurillagani, ogil-qizlarining ovozlari eshitildi. Abdumalik qoy yetaklab kirdi. Qizlari, kuyovlari karton qutilarda, xaltalarda meva-cheva, olma-uzum kotarib kirishdi. Bir zumda hovli gavjum bolib qoldi. Borixon ukalarini ham, singillarini ham tanimadi. Ular ham buni tanishmadi. Borixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. Òogri, nima deyishni bilardi. Ammo til bilmasa nima qilsin? Oylab- oylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yiglashni ham bilmay hayron turib qolishdi.
348 Qassob ogildan kattakon, boquvdagi qoyni sudrab chiqdi. Borixonning oyogi tagiga yotqizib, ukam, qani bir fotiha bering, dedi. E, darvoqe, ozbekcha bilmasligingizni esimdan chiqaribman, qani, omin denglar, kampir enamizning umrlari uzun bolsin, goyiblari hozir bolgani rost chiqsin, omin! Qassob shunday deb qoyning bogziga pichoq tortdi. Íó çà÷åì, çà÷åì? dedi Borixon. âåäü áàðàíà æàëêî, âñå ðàâíî ÿ ñòîëüêî ìÿñî íå ñúåì! Ó íàñ áàðàíèíó íå åäÿò.
Òo yarim kechagacha kampirning hovlisi toyxonaga aylanib ketdi. Òarqash paytida Abdumalik akasini mehmonga taklif qildi. Hovli jimib qoldi. Qumri ona-bolaga supaga joy solib berdi. Kampir bolasiga tikilib mijja qoqmadi. Borixon toygunicha ichgan edi. Ogzidan gup-gup aroq hidi kelib turibdi. Kampir romolining uchi bilan burnini berkitgancha otiribdi. Rostdan ham shu odam mening bolammi, deb oylardi kampir. Qarib ketibdi, sochlari tokilib, boshining yarmi yalangochlanib qopti. Kop ichadigan odamlardagina boladigan zaxil bir befayzlik zohir edi uning yuzlarida. Kozlarining tagi salqigan, tishlari tamakidan jigarrang tusga kirgan. U otasi otgan uyda, tuqqan onasiga, jigarlariga begona bolib beparvo yotibdi. Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bagrida olib yotgan edi. Borixon domboqqina bola bolgandi. Uni yomon kozdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u kozmunchoqlar taqib qoyardi. Sultonimga atab unga kokil qoygandi. Olti yoshga tolganda uni er-xotin Òurkistonga olib borib hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kesdirishgan, qoy soyib xudoyi qilishgan edi. Borixon u yonboshidan bu yonboshiga agdarildi. Shunda... shunda uning ustidagi oq choyshab sirgalib yelkalari, koksi ochilib qoldi. Kampir badanidan chayon ormalagandek seskandi. Ozini orqaga tashladi.
349 Borixonning boynidagi zanjir uchida but yaltiradi. Kampirning kozlari tindi. Bir dam uni shuur tark qildi. Òelbadek sapchib ornidan turdiy-u ayvon tomonga chekindi... Borixon armiya xizmatini otagandan keyin ham uyga qaytmadi. Ormon ichkarisidagi qishloq butxonasi qongiroq- chisining erdan qolgan qiziga oshiq-u beqaror bolib qoldi. Qalligining otasi, boshqa dindagi odamga qizimni bermayman, deb turib oldi. Qiz Borixonni xristian diniga kirishga undadi. Ishq-muhabbatdan kozini parda bosgan Borixon hech ikkilanmay rozi boldi. Uni cherkovda choqintirishdi. Keyin cherkov oqsoqoli kelin bilan kuyovga toj kiydirib, nikoh oqidi. Ana shundan keyin Borixon xotini, qaynonasi bilan har kuni cherkovga borib choqinadigan boldi. Qaynotasi olgandan song uning orniga cherkov qongiroqchisi qilib qoyishdi. Nimaiki ish bolsa, barini u bajaradigan boldi. Piligi soxta bolgan shamlarning uchini qaychilaydi, yonib tamom bolganlarini almashtiradi. 1970- yilning kech kuzida bir musulmon bolasi dindan chiqdi... Oh, otaginasi tirik bolganda shu supa ustida bolta bilan chopib tashlardi-ya! Kampir ayvon tomon tisarilib borar ekan, ana shunday oylardi. U ayvonga yetolmay hushidan ketib yiqildi. Qorakoz uning atrofida yurib aylanardi. Qumri yotgan uyning eshigini timdalab, uni uygotmoqchi boldi. Qumri uyqusini buzgan itni qargay-qargay hovliga chiqdi. Qorakoz uning etagidan tortib, kampir yotgan joyga sudradi. Qumri onasining behush yotganini korib qorqib ketdi. Qarib, mushtdekkina bolib qolgan onasini dast kotarib ayvonga olib chiqdi. Boshi ostiga yostiq qoyib, suv ichirdi. Yelkalarini uqaladi. Kampir kozini ochdi. Hali tong yorishmay turib, Abdumalik mashinada kelib akasini olib ketdi. Unga Òoshkentning mustaqillikdan keyingi manzarasini korsatmoqchi, Chorsu bozoridan uning bolalariga sovga-salomlar olib bermoqchi edi. Borixon uchun Ozbekistonda mustaqillik boldimi, bolmadimi, baribir edi. U ozga yurtning fuqarosi, ozga
350 etiqodning sigindisi edi. Òugilgan yurtga muhabbat tuygusi uni tark qilganiga kop yillar bolgan. Ona tili qadim-qadim zamonlardayoq unutilib ketgan Shumer tili qatori tumanlar orasida qolib ketgandi. Ertalab kampir hech narsa bolmagandek ornidan turdi. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari kopayib ketibdi. Qumri onasining nega bunaqa bolayotganini bilib turardi. Boya akasi tong yorishmay hovli etagidagi yongoq tagida devorga qarab choqinayotganini korib hayron-u lol qolgandi. Ayollar umuman titimsak xalq boladi. Akasi Abdumalik bilan hovlidan chiqib ketgach, ichkari uyda turgan chemodanini titkiladi. Shunda sariq baxmalga oralgan bir narsaga kozi tushdi. Ushlab kordi. Qutichaga solingan narsa topponcha emasmikan, deb baxmal tugunni yechib qaradi. U xristianlarning muqaddas kitobi Injil edi. Uni ushlagan qollari kuyayotgandek shoshib yana baxmalga orab qoydi. Kampir bomdod namozini oqiyotib, har sajdaga bosh qoy- ganida joynamozga koz yoshlari tomardi. U joynamoz burchagini qayirib, eriga atab quron tilovat qildi. Baxti chopmagan Qumriga bagishlab shu farishtaginaning yolini och, deb Allohga iltijolar qildi. Goyibdan hozir bolgan oglining nomini tilga ham olmadi. Saodat aya shu bolasiga tolgoq tutayotganda oftob charaqlab turardi-yu, yomgir sharros quyayotgan edi. Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: «Bori bolalayapti», degandi. Shuning uchun ham ogliga u Borixon deb ism qoygandi. Oradan ellik bir yil otib, bu bolani men emas, bori tuqqan ekan, degan xayolga bordi. Oyi, kiyinasizmi? Abdumalikning mashinasi hozir kelib qoladi. Oglingiz tayinlab ketgan. Ozing boraver, men shu yerda qolaman, dedi kampir. Axir, akam, kechqurun poyezdga chiqadi. Xayrlash- maysizmi?
351 Ozi kelgan, ozi ketaveradi. Mashina kelsa, chemodanini tashlab qoy. Bu uyga endi qaytib kelmasin, dedi kampir qatiy qilib. Oyijon-ey, juda qahringiz qattiq-da! Bugun ketadi, qaytib koramizmi-yoqmi, bolam-botam, deb kuzatib qoya qolsangiz nima qiladi-ya! dedi zorlanib Qumri. Bu bolani men emas, bori tuqqan... Bir marta dadam qani, deb soramadi-ya! Qandoq ota edi-ya rahmatli. Kochadan mashina ovozi keldi. Qorakoz oqdek otilib chiqib ketdi. Bir ozdan keyin kampirning nevarasi Abdunabining atrofida gir aylanib kirib keldi. Iya, hali ham kiyinmay otiribsizmi? Uyimiz qarindosh- uruglarga tolib ketdi. Dadamning ortoqlari ham kelishgan. Qani, bola qolinglar! Men bormayman, dedi kampir. Qumri boradi. Chemodan olgurni ola ketinglar. Iya, qiziq boldi-ku! Amakim bugun ketadilar-ku! Kampir indamay uyga kirib ketdi, keyin derazadan boshini chiqarib: Sen boraver, bolam. Men bilan otirib qon bolib ketding. Jigarlaring bilan birpas yozilib kelasan, dedi Qumriga. Mashina ketdi. Kampir hayhotdek hovlida bir ozi qoldi. Uning koksiga allaqaydan kelib tushgan bir parcha muz kechadan beri erimay, vujud-vujudini qaqshatardi. U uyga kirib tugun kotarib chiqdi. Undan Borixonning godakligida, bolaligida kiygan kiyimlarini olib qaradi. Ilgari kampir bazi-bazida bu kiyimlarni hidlab yiglardi. Endi koksidagi muz uni yiglashga qoymadi. U hovli ortasiga xazon toplab gugurt chaqdi. Gurillab yonayotgan gulxanga Borixonning kiyimlarini birma-bir tashlay boshladi. Gulxanda Borixonning bolaligi yonardi. Qorakoz gulxan atrofida aylanar, goh alanga taftiga chidolmay nari ketardi. Bir boxcha kiyim zum otmay yonib kulga aylandi. Shamol kuyindilarni hovlining tort tarafiga uchirib ketdi.
352 Qumrining kongli bir nimani sezdimi, kocha boshiga yetmay mashinadan tushib qoldi. Uyga kelganda, onasi kaftini iyagiga tirab, qimirlamay otiribdi. Qorakoz uning xayollariga sherik bolgandek, u ham old oyoqlariga dahanini qoygancha kozlarini yumib, qimirlamay yotibdi. Qumri u yoq-bu yoqqa qaradi. Hovlidan kuygan latta hidi kelyapti. Qoshnilardan birortasi eski-tuskilarni yondiryapti shekilli, deb oyladi. Hovlining supradek joyi qorayib qolganini korib hayron boldi. Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar koylagiga qadaladigan on-on beshta qovjiragan tugma sochilib yotibdi. Qumri nima bolganini bildi. Ichidan zil ketdi. Oyi, dedi u, nima ovqat qilib beray? Ertalab ham hech narsa tatimadingiz. Bunaqada toliqib qolasiz-ku. Kampir boshini sarak-sarak qildi. Ishtaham yoq, bolam. Ichim tola muz. Òanamga asta tarqalyapti. Qumri qorqib ketdi. Kop kuyinmang endi, bolar ish boldi. Xudoning irodasi bu. E, qizim-a, bola tugmagansan-da, bilmaysan! Kampir qiziga hech qachon «tugmagansan» deb aytmagan. Aytsa, tana qilayotgandek bolardi. Qizining shundoq ham dardi ichida. Bu gapni begona aytsa chidash mumkindir. Ammo oz onang aytsa, yuragingni kimga ochasan? Qumri onasining gapini malol olmadi. Farzand dogi yomon boladi, bolam. Axir akam tirik-ku, shukr qilmaysizmi? Kampir uning gapini chort kesdi: U yoq endi! Kampir sozini oxiriga yetkaza olmay yonboshiga bexush yiqildi. Qorakoz bezovtalanib sapchib turib ketdi. Qumri onasini kotarib, korpacha ustiga yotqizdi. Eshik taqilladi. Qorakoz darvoza tomon yugurdi. Qumri onasi bilan ovora edi.
353 Hovliga mahalla machitining imom-xatibi bilan mutavallisi kirdi. Kampirning ahvolini korib, bir-biriga qarab olishdi. Qizim, dedi mutavalli, bemavrid kelib qopmiz. Onaxondan suyunchi olmoqchi edik. Ular ayvon oldiga kelishdi. Songgi nafasini olayotgan kampirga: Onajon, kecha muborak haj safaridan qaytdik. Sizning hajingiz qabul boldi, deyishdi. Imom-xatib Saodat ayaning «Hoji badal» bolgani togrisidagi hujjatni uzatdi. Kampir qolini kotara olmadi. Kozini arang ochib, ozingga shukur, Allohim, deya oldi, xolos. U qiziga bir nima demoqchi Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling