Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50

yonida og‘zini chapillatib ovqat yeyayotgan cholga g‘alati qarab,

uning  yonidagi  guldastani  oldi-da,  Bahromovning  ko‘ksiga

avaylabgina sochib tashlab, Ma’muraning ketidan tez chiqib

ketdi.


Shom oldidan maysazorda yana chiðor tovuq bilan momiq

jo‘jalar, yana qizil botinkacha kiygan yum-yumaloq Alisher ko‘rindi,

to‘qqizinchi palataning derazasida esa yana katta, durkun guldasta

paydo bo‘ldi.



329

ASQAD MUXTOR SHE‘RIYATIDAN

YILLARIM

O, orqada qolgan mening yillarim...

Sizni unutib bo‘lmas, siz – mening o‘zim.

Siz mening mehnatim, elga aytgan so‘zim.

O, orqada qolgan mening yillarim!

Biringiz boqiysiz, biringiz – balki puch,

Biringiz shodliksiz, biringiz – o‘kinch,

Biringiz baxtlisiz, biringiz – baxtsiz.

Biringiz yarador, o‘lgansiz vaqtsiz.

O, orqada qolgan mening yillarim.

Sizga nasib qilgan quvonch – yuragimda,

Qalbda dardingizni olib yuraman.

Siz meni ayamay o‘tda tobladingiz,

Shundan, zamin uzra g‘olib yuraman.

Siz mening tirmashib chiqqan zinamsiz,

Har biringiz g‘isht-u men imoratman.

Siz mening daxlsiz, yolg‘iz xazinamsiz,

Sizdan iboratman,

O, mening orqada qolgan yillarim.

Do‘stlar ketdi tashlab qo‘shiqlarni,

Men go‘yo birgina ko‘rib ulgurdim

Va huvillab qolgan cheksiz bo‘shliqlarni

Azobli o‘ylarim bilan to‘ldirdim.

Sizni unutib bo‘lmas, ana shunday g‘amlar

Zil bosib turibdi mening ruhimni.

Ammo g‘alabali, nurafshon damlar

Ezgu ko‘rsatadi har anduhimni.

Rang-barangsiz – men ham xilma-xil,

Sizning muhringiz bor mening xulqimda.

Quvvat berdingizki, suzaman dadil

Hayot deb atalgan bebosh to‘lqinda.


330

Har biringiz – mening bir xislatim,

Men kelajak uchun yashadim.

Yashadim – men sizni o‘zim yasadim,

Sizning mazmuningiz – mening qismatim.

Bahor kelsa, ochilar basma-bas

Bultur o‘tqazilgan umid gullarim.

Siz men uchun aslo o‘tmish emas,

O, orqada qolgan mening yillarim!

EL-YURÒ


Men dunyoga ko‘z ochgan kunim

Guldastalar kelgan onamga.

Òug‘ildi, deb xursand bo‘ladigan

El-yurt kerak ekan odamga.

Yashash — bir dard, orzular qaynar,

Dilga tushar ezgu alanga.

Sehri tortib, mehri balqib turgan

El-yurt kerak yana odamga.

Murg‘ak qalbda grajdan uyg‘onsin,

Ruhim o‘tsin, desang, bolamga,

Avlodlarda yashamog‘ing uchun

Yana el-yurt kerak odamga.

Zamon zayli bilan uzoqlarga ketsang,

Yo sayohat qilsang olamga,

Ko‘krakda olib yuradigan

Aziz el-yurt kerak odamga.

Birdan tushsa boshga musibat,

Chidab bo‘lmay qolsa alamga,

Bir so‘z bilan qadding rostlaydigan

El-yurt kerak ekan odamga.



331

Yo‘ldan chalg‘ib, botib gunohlarga

Holdan toyib yiqilsang, hamda

Umrni boshqatdan boshlamoq bo‘lsang,

Yana el-yurt kerak odamga.

Òeringga sig‘magan paytlar bo‘ladi,

Omad kelganida, to‘yda, bayramda,

Quvonchlaring o‘rtoqlashish uchun

El-yurt kerak yana odamga.

Vijdon va haqiqat deya cholishib,

Òushkunlikdan yengilgan damda —

Oldida tiz cho‘kib uzr so‘rashga

Ona el-yurt kerak odamga.

Yo‘llar turfa-tuman, bekat esa bir,

Armonli yer uzra so‘nggi qadamda

Manzilingga eltib qo‘yadigan

Aziz el-yurt kerak odamga.


332

SAID AHMAD

(1920)

Adibning  aksar  hikoya,  qissa  va  romanlari  xalqning  yaqin



o‘tmishda kechgan murakkab hayotini, olijanob insonlarning el-

yurt manfaati uchun mardona kurashlarini aks ettiradi. «Ufq»

trilogiyasi  «Qirq besh kun», «Hijron kunlari», «Ufq bo‘sag‘asida»

romanlaridan tarkib topgan. Dramatik turdagi asarlari, xususan,

«Kelinlar qo‘zg‘oloni» komediyasi dunyo teatrlari sahnasida e’tibor

qozongan. Hajviy ifoda yo‘sini – Said Ahmad ijodining muhim

qirralaridan biri.

«UFQ»


ROMANIDAN

UCHINCHI  BO‘LIM

I

Nayman to‘qaylari yonardi.



Qurib-qovjirab qolgan qamishlarni olov bir chekkadan yamlab

boradi.  Pag‘a-pag‘a  qurumlarni  shamol  olis-olislarga  quvib

ketmoqda.  Òo‘ng‘izlarning  besaranjom  xur-xuri,  o‘rdak  va

qashqaldoqlarning g‘aq-g‘uqi olamni tutgan.

Ikromjon baland do‘ng tepasida qo‘ltiqtayog‘iga tiralib o‘tning

to‘qay ichkarisiga o‘rmalashini kuzatmoqda.

Havo salqin. Izg‘irin jonni achitadi. Ammo shamol alanga

taftini  Ikromjon  turgan  do‘nggacha  olib  kelmoqda.  Goh  qop-

qora tutun bulutlar orasida ko‘rinmay ketadi. Shunda u xuddi

bulut o‘ragan qoyaga o‘xshab arang ko‘zga tashlanib qoladi.



333

Aravadan chiqarilgan otlar tutun achchig‘idan bezovta bo‘lib,

boshlarini o‘qtin-o‘qtin silkitib qo‘yishadi.

Nizomjon bola bo‘lib bunaqa katta yong‘inni ko‘rmagan edi.

U buralib ko‘tarilayotgan tutunlarga jimgina tikilmoqda. Òutun

buralayotgan joydan ozib, junlari osilib qolgan bir bo‘ri otilib

chiqib  qum  tarafga  qochdi.  Ammo  sal  nariroqqa  borib  yana

orqaga qaytdi. Òutun orasiga kirib ketdi.

Nizomjon uning o‘zini o‘tga urishidan ajablanib turgan edi,

miltiqni o‘qlayotgan Ikromjon o‘zicha gapirdi:

— Modasini chaqiryapti.

Ikromjonning gapi rost chiqdi. Sal o‘tmay o‘sha alanga orasidan

boyagi  bo‘ri  emchaklari  osilgan  modasini  ergashtirib  chiqdi.

Ikromjon mo‘ljalga olib o‘q uzdi. O‘q yegan bo‘ri oqsoqlanib

uch oyoqlab yugurganicha tepalik orqasiga o‘tib ketdi.

Modasi esa yong‘inda qolib yonboshi kuygan ekan, qumga

yetmay yiqildi. Òurolmay uch-to‘rt metr sudralib bordi. Keyin

qimirlamay qoldi.

Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi. U yashin

tezligida qamishlarni yamlab borardi. Ammo cho‘l shamolidek

telba shamol bo‘lmaydi. Hozirgina old tarafdan esayotgan shabada

saldan keyin orqa tarafdan esadi. Bu gal ham shunday bo‘ldi.

Nizomjon, o‘tning bu xil yonishi bo‘lsa biron hafta ichi o‘chmasa

kerak, deb o‘ylagan edi. Yo‘q, shamol oldindan esa boshladi-da,

o‘tni orqaga purkadi. O‘n besh minutlarda alanga so‘ndi-qo‘ydi.

Ikki qo‘lini beliga tirab turgan Òo‘lanboy:

— Ikromjon, qo‘shtig‘ni bolaga bering,— dedi.— Bo‘rini

quvsin. Oyog‘i yaralangan, uzoq ketolmaydi.

Ikromjon miltiqni Nizomjonga uzatarkan, ta’kidladi:

— O‘qni isrof qilma! Ehtiyot bo‘l!

Nizomjon miltiqni oldi-yu, qumlikka qarab chopdi. U to‘xtab,

oyoq ostida yotgan bo‘rini miltiq qo‘ndog‘i bilan ag‘dardi. Bo‘ri

sap-sariq ko‘zlari baqraygancha o‘lib qolgan edi. Nizomjon tepaga

qarab chopdi. Òo‘lanboy rost aytgan ekan, yaralangan bo‘ri oldingi

chap oyog‘ini ko‘targancha savag‘ich uyumi oldida unga yomon


334

tikilib turardi. Nizomjon umrida bo‘riga duch kelmagan edi. Qo‘rqib

ketdi.  Òo‘xtadi-yu,  qimirlamay  qoldi.  Bo‘ri  unga  tomon  uch

oyoqlab kelaverdi. Nizomjon nima qilishini bilmasdi. Oz bo‘lmasa

miltiqni tashlab yuboray dedi. Shundagina u qo‘lida miltiq borligini

bilib qoldi. Shoshib mo‘ljalga oldi-da, ketma-ket ikkala tepkini

bosdi.

O‘q tovushi tinganda savag‘ichning qurigan qiyoqlari to‘zib



ketganini ko‘rdi. Òutun tarqadi. Qonga belangan bo‘ri qumda

bezovta dumalab, oxiri bir-ikki marta oyoq siltadi-da, jim bo‘ldi.

Nizomjon bo‘rining o‘lgan-o‘lmaganini bilolmay bir oz qarab

turdi.  Bo‘ri  boshqa  qimirlamadi.  Shundan  keyingina  yaqiniga

borib tepib ko‘rdi.

Nizomjon ikkala bo‘rini oyog‘idan sudrab kelganda qator

palatkalar  oldida  uch-to‘rt  kishi  bordon  to‘qib  o‘tirardi.

Nizomjon  bo‘rilarni  ular  oldiga  tashlab  ketmonini  oldi-da,

o‘choq kovlashga tushib ketdi. Ikromjon ham, Òo‘lanboy ham

Nizomjonga bir so‘z deyishmadi. Faqat bir-birlariga ma’noli

qarab olishdi.

Kimsasiz  cho‘l  bir  kundayoq  gavjum  bo‘lib  qolgan  edi.

Qo‘shaloq tol tagida ikki kishi yerga qoziq qoqib so‘ri yasamoqda.

Oq tunukadan yasalgan bakni yero‘choqqa o‘rnatib, atrofiga loy

chaplashmoqda. Bir chol bochkadan rezinka ichak bilan kerosin

so‘rib, toshfonarlarga quymoqda.

Nizomjon o‘zining qobilligi bilan bu yerdagilarga darrov ma’qul

bo‘la qoldi. Undan hech kim qayerdan kelganini, bu yerda nima

qilib yurganini surishtirmadi. Ehtimol, Ikromjonning qarindoshi

deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak. Har qalay, Nizomjon ularga tez el

bo‘lib ketdi.

Bugun kun qamish kuydirish, o‘choq qurish bilan o‘tdi. Kech

kirib, qorong‘ilik boshlanganda hamma jam bo‘lib, katta chodir

ichida, toshfonar yorug‘ida choyxo‘rlik qilib, u yoq-bu yoqdan

gaplashib o‘tirardi.

Choy ichib o‘tirgan odamlarning dilida qandaydir og‘ir o‘ylar

bor  edi.  Ammo  hech  kim  og‘iz  ochib  urushdan  gapirmasdi.


335

Ularning nima uchun shunday qilayotganlarini Nizomjon sezib

o‘tirardi. Agar urushdan, urushga ketgan bolalardan gap ochilsa,

Ikromjonning  dili  og‘rishini  o‘ylab,  gapni  boshqa  yoqqa

chalg‘itishyapti.

Òo‘lanboy amaki hammadan ko‘p gapirardi:

— Bola malades, bo‘rini qoyil qildi. Ayniqsa, modasi tirik

qolsa, sal kunda hamma yoqni bo‘riga bostirvorardi. Qo‘yaver,

bola, Òog‘adan mukofot olib beraman.

Nizomjon indamadi.

–  Ertaga  Zirillamadan  arava  kelmasa,  ishimiz  to‘xtab

qoladi,— dedi Òo‘lanboy ancha jim o‘tirgandan keyin.— Òog‘a

to‘rtta temir plug yubormoqchi edi.

– Òraktor-chi?—dedi Nizomjon gapga aralashib.

Òo‘lanboy uni ermak qildi.

– Voy bolasi tushmagur, bu botqoqda pardek yengil odam

yurolmaydi-yu,  og‘irligi  necha  tonna  keladigan  traktorga  yo‘l

bo‘lsin!  Botib  qoladi,  jiyan,  botib  qoladi.  —  U  Ikromjonga

o‘girildi. — Aravalar bugun yetib borishsa, ertaga qaytib kelishlari

mumkin. Kech ketishdi. Ishqilib, biron joyda botib qolishgan

bo‘lmasin.

– Yo‘g‘-e,— deb unga e’tiroz bildirdi Ikromjon,— kelgan

yo‘limizdan  ketishsa  bemalol  yetib  olishadi.  Ko‘rding-ku,  yo‘l

yomon emasdi. Endigi gap bizda qoldi. Mayning yettilariga borib

urug‘ sochish kerak. O‘shangacha mana shu kuygan to‘qayda

shudgor ochib taxt qilib qo‘yishimiz kerak. Qilolamizmi, shuni?

Uning  gaplariga  jim  quloq  solib  o‘tirgan  Òo‘lanboy  javob

berdi:


–  Urinib  ko‘ramiz,  oqsoqol.  Agar  traktor  kelolsaku  ko‘p

ishlarni  eplashtirardik-a,  iloji  yo‘q-da.  Òog‘a  va’dasida  turib,

kanaldan ariq tortib kelishga odam yubormasa ishimiz chatoq

bo‘ladi. Sizot suviga ishonib bo‘lmaydi.

— Òog‘a qattiq va’da qilgan,— dedi Ikromjon.— Suv haydab

kelishdan  tashvish  qilma.  U  yog‘ini  rais  eplashtiradi.  Undan

tashqari, yer qotishi bilan bitta traktorni ham bizga yuboradi.


336

Chigitdan qutulishi bilan yuboradi. Yana yer ochamiz. Qovun

ektirmoqchi Òog‘a.

Shu  gapdan  keyin  hamma  xotirjam  bo‘lib,  ertangi  ishning

maslahati boshlandi. Kim qayerdan ish boshlaydi, kim qurilishda

bo‘ladi — hammasiga reja tuzildi. Katta qurilishlar keyin bo‘ladi.

Hozir oshxona, yoniga bitta chog‘roq tandir quriladi. Ikromjon

kanaldan suv tashib kelishni Nizomjonga yuklayotgan edi, u rozi

bo‘lmadi.

—  Yo‘q  dema,  bola.  Bitta  eshak  beraman,  fermadan  sut

tashiydigan ikkita bidon ola kelganmiz. Qo‘shbidonlab tashiyve-

rasan.


Nizomjon unga yolvorgandek qaradi:

— Meni eng og‘ir ishga qo‘ying, iltimos qilaman. El qatori

ishlab ter to‘kay. Meni kichkina, nimjon demang. O‘zlaring qatori

ko‘raveringlar. Dalada o‘sganman. Ketmonda suyagim qotgan.

Bir ishlay.

Ikromjon bilan Òo‘lanboy bir-birlariga qarab olishdi.

— Hech qanaqa shartim yo‘q. Ishlab u-bu orttirish niyatim

ham  yo‘q,  menga  hech  narsa  kerakmas.  Boshpana  bo‘lsa,

qornim  to‘q,  ustim  but  bo‘lsa  bas.  Nimaiki  ishlab  topsam

kolxozga.  Mehnat  haqi  ham  kerakmas!—  Nizomjon  ko‘p

gapirmoqchi  edi,  o‘pkasi  to‘lib,  gapi  tomog‘idan  chiqmay,

hiqillab qoldi. U entikib gapini tamom qildi. — Chap qo‘ling

cho‘ltoq  ekan,  deb  urushga  olishmadi.  Uyimga  sig‘madim.

Erta-indin og‘aynilarim urushdan qaytib kelishadi. Shularning

ko‘ziga qandoq qarayman. Nima qilding, qaysi kovakda mog‘or

bosib  yotgan  eding,  deyishsa  nima  deyman?  Eshakda  suv

tashib,  tirikchilik  qilib  yurdim,  deymanmi?  Yo‘q,  to‘qay

buzdim, bola-chaqalaringga ovqat topib berdim, ularni boqdim,

deydigan ish qilmoqchiman. Jon akalar, meni ayamasdan ishga

tashlayveringlar.

U shunday yalinib gapirardiki, ra’yini qaytarishning sira iloji

qolmagan edi.

– Xo‘p,— dedi Ikromjon.— Aytganing bo‘la qolsin.


337

Oldi odamlarni uyqu bosib, kaftlariga esnay boshlagan edilar.

Qariyalar dasturxonga fotiha o‘qishgach, hamma o‘rnidan turdi.

Nizomjon  bilan  Ikromjon  palatkadan  chiqishganda  qumlik

tomondan  allaqanday  iliq  shamol  esayotgan  edi.  Ikromjon

olachalpoq bulutlar orasiga dam kirib, dam chiqib suzayotgan

oyga ichki bir iztirob bilan tikilib turdi-da, uh tortib palatkasiga

qarab  ketdi.  Nizomjon  indamay  ergashdi.  Palatkaga  kirgan

Ikromjon fonar yoqdi-da, boya Nizomjon to‘shagan qamishlar

ustiga ko‘rpasini yozdi.

— Joyingni sol, bolam, yotaylik endi.

Negadir uning ovozi titrardi.

— Amaki, yotavering, uyqum kelmayapti. Bir oz oydinda

yuraman.


— Ha, mayli, o‘zing bilasan. Ertaga ish zo‘r bo‘ladi, yota

qolganing ma’qul edi.

U  shunday  deb,  yog‘och  oyog‘ining  tasmalarini  bo‘shatib

ko‘rpaga kirarkan, yana og‘ir uh tortdi. Nizomjon uning ahvol-

ruhiyasini sezib turganidan fonar piligini pasaytirib, tashqariga

chiqib keta qoldi.

Ikromjonning yuragi kuyardi. Ota o‘z bolasini ming marta oq

qilganda  ham  yuragining  bir  chekkasida  shu  bolaga  atab

ardoqlagan, uning kamolini ko‘rishga asragan mehrining zarralari

yotadi. Bu zarralar vaqti-vaqti bilan alanga olib, yana so‘nadi.

Hozir Ikromjon yigirma bir yil qalbidan nari ketkizmagan, har

bir daqiqasi katta umidlar va’da qilgan niyatlari bilan keyingi bir

hafta  orasida  bolasini  olislarga  olib  ketgan,  porloq  niyatlarini

kuydirib jizg‘anak qilgan hodisalar orasida o‘rtanardi.

Ikromjonni bir narsa ko‘proq qiynardi.

Nega shunday bo‘ldi? Nega uning bolasi qo‘rqoq chiqdi?

U o‘ylab-o‘ylab, o‘yiga yetolmasdi.

Yemay yedirdi, kiymay kiydirdi...

Ikromjonning birdan ko‘zlari ochilib ketdi.

Ha,  ha,  hamma  gap  ana  shunda.  Qo‘lini  sovuq  suvga

urdirmadi. Og‘ir ish qildirmadi. Yig‘laganda qo‘shilishib yig‘ladi.

22 – Adabiyot, III



338

Kalishini ham yuvib qo‘yardi. Kasal paytida ham uni toyloqdek

qilib opichib yurardi. Betini yuvganda o‘zi suv quyib turardi...

Ikromjon peshanasiga shatillatib bir tushirdi.

— Jazangni  tort, jazangni tort, Ikrom. Uni o‘zing shu ko‘yga

solding. Endi ming yig‘la, befoyda. Senga bu jazo kam!

Ikromjon o‘g‘lining shu ko‘yga tushishini sira o‘zidan ko‘rmagan

edi. Endi bunga iqror bo‘ldi. Iqror bo‘ldi-yu, alamiga chidolmay

ingrab yubordi.

Shunday iztiroblar girdobida qolgan kishini hech narsa bilan

yupatib bo‘lmaydi. Bunday paytlarda uni o‘zidan boshqa ovuta

olmaydi. Ikromjon shuning uchun ham o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib,

o‘tli xayollar yolqinidan chiqishga intilardi.

Mana, Nizomjon, kuyib kulga aylangan to‘qayda tanho kezib,

umidlar  sarobga  yetaklagan  shu  kishi  to‘g‘risida  o‘ylamoqda.

Huvillab qolgan cho‘l go‘yo Ikromjonning qalbiga cho‘kkandek.

Bo‘sh, uning xayollaridek, uning istaklaridek bo‘sh cho‘l oydinda

o‘liksimon sokin yotibdi.

Shu  huvillab  yotgan  sokin  cho‘lni  uyg‘otish  uchun  bilak

shimargan  kishilar  zora  Ikromjonning  ham  yuragiga  qo‘l  solib

unda yangi umidlar uyg‘ota olishsa, zora Ikromjon cho‘l bilan

baravar yashnab ketsa. Nizomjon uning qo‘ltig‘iga tirgak bo‘ladi.

Yuragidan iztirobli o‘ylarni quvib chiqaradi. Atrofga umid bilan,

odamlarga ochiq yuz bilan qaraydigan bo‘lguncha yonidan jilmaydi.

Yulduzlar  miltirab  turgan  cho‘l  kechasida  Nizomjon  diliga

ana shunday beg‘ubor niyatni tugib qo‘ydi.

Olisdan  deraza  pardasini  shamol  silkitgandek  g‘alati  ovoz

keldi. Nizomjon quloq tutdi. Bu ovoz bora-bora kudungi ketmagan

atlas ko‘ylak etagining yelpinishiga o‘xshab eshitilaveradi. Nizomjon

ufqqa  qaradi.  Olisdan  bir  gala  o‘rdak  uchib  kelayotgan  edi.

O‘rdaklar galasi palatkalar tepasiga kelib, g‘aqillab aylana boshladi.

Nizomjon ularning tinimsiz aylanishi sababiga tushunolmadi.

O‘rdaklar o‘tgan yili tashlab ketgan inlarini olis yurtlardan izlab

kelishgan edi. Ular tark etgan to‘qayning bir cheti endi yo‘q edi.

O‘rdaklar karvoni pastlab uchib qorayib yotgan yer ustida yana


339

bir aylandi-yu, g‘aqillab qumlik chetida sokin shovullagan qamishlar

ustiga sho‘ng‘ib ketdi.

Nizomjon qaytib kelganda Ikromjon qo‘lini boshiga qo‘yib

palatka  tepasidagi  tuynukdan  tushib  turgan  nurga  tikilgancha

kiðrik qoqmay yotardi. Nizomjon fonar piligini balandlatganda

uning ajinli yuzlaridan ko‘z yoshlari dumalayotganini ko‘rib darrov

pilikni pastlatdi. Fonar ikki-uch marta liðillab o‘chdi.

U yechinib ko‘rpaga kirgach, Ikromjonga nimadir demoqchi

bo‘lib boshini ko‘tardi. Ko‘tardi-yu, nima deyishini bilmay tirsagiga

tiralganicha ancha turib qoldi. Nizomjon biron gap aytib unga

juda-juda  taskin  bergisi  kelardi.  Ammo  nima  deydi?  Qanday

gap aytsa, Ikromjon amakining ko‘ngli taskin toparkin? Nizomjon

shuncha o‘ylab arzigulik gap topolmadi, nihoyat:

— Meni o‘g‘lim deysizmi?— dedi.

Ikromjon indamadi.

Sal o‘tmay qorong‘ida Nizomjonning ham piq-piq yig‘lagani

eshitildi...

QORAKO‘Z MAJNUN

Hikoya


«Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha

o‘lsa, bas, ana o‘shalarning (qilgan savobli) amallari xabata (bekor)

bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar».

(«Qur’oni Karim», «Baqara» surasi, 217- oyat)

«Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu «Ashobi

kahf»ning vafodor itidir».

(Hadisi sharif, «Al-jome al-Kabir»)

Saodat aya bomdod namozini o‘qib, joynamoz poyida uzoq

o‘tirib qoldi. Bundan uch yil oldin olamdan o‘tgan eri usta Òurobga

atab qur’on tilovat qildi. O‘ris shaharlarida daydib qolib ketgan

o‘g‘li Bo‘rixonga xudodan insof tiladi. Baxti ochilmay, guldek


340

umri xazon bo‘layotgan qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning

yo‘lini och, deb Allohga iltijo qildi.

Kampir har sahar ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi.

U qo‘l cho‘zib, joynamozning bir burchini qayirib o‘rnidan turdi.

Sentyabr oyoqlab, suvlar tiniqqan, ariq tublaridan bola-baqra

tashlab  yuborgan  piyolami,  choynak  qopqog‘imi,  qoshiqmi

shundoqqina  ko‘rinib  turibdi.  Qirg‘oqlar  zax  tortib,  ekin-tikin

suv so‘ramay qo‘ygan palla.

Qo‘shni  hovlilardan  maktabga  ketayotgan  bolalarning

injiqliklari, xarxashalari, onalarning yalinib-yolborishlari eshitilib

turibdi.  Kampir  bu  tovushlarga  bir  dam  quloq  tutib,  boshini

tebratib, kulib qo‘ydi.

Saodat yoshligida juda chiroyli qiz bo‘lgandi. Sochlari taqimini

o‘pardi. Òaraganda shamshod taroq ushlagan qo‘llari sochining

uchigacha yetmasdi. Yarmini qismlab turib, buyog‘ini tarardi.

Opasi bu sochlarni qirqta qilib o‘rganda, yana shunchasi ortib

qolardi.


— E, soching qursin! — derdi opasi. — Qo‘llarim tolib

ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak.

Ko‘chada  amirkon  mahsi-kovushni  g‘irchillatib,  sochlarini

selkillatib yurganda qaragan ham qarardi, qaramagan ham. Yosh

qizaloqlar orqasidan kelib, sochlarini ko‘ziga surtib qochishardi.

Mana, yillar o‘tib soch ham oqardi, siyraklashdi-yu, baribir

o‘sha uzunligicha qoldi. Uchiga biror narsa taqmasa, hurpayib,

bo‘yni, yelkalarini tutib ketadi. Shuning uchun ham u sochining

uchiga  o‘g‘ri  tutar  sandiqning  kalitini  osib  qo‘yadi.  Sandiqni

ochayotganda  kalitni  yechib  olmaydi.  Sochi  uzun  bo‘lganidan

tizzalasa, kalit bemalol qulfga yetadi. Endi yangi uylarga sandiq

urf bo‘lmay qoldi. Hamma uyni po‘rim javonlar bosib ketdi.

Bundan  tashqari,  qulfni  daranglatib  ochadigan  kalitlarni

yasaydigan ustalar qolmagan.

Kampirning sochlari hamon yoshligidagidek. Faqat yarmidan

ko‘pi  oqarib  ketgan.  Orqasiga  tashlab  qo‘yadigan,  uchi

birlashtirilgan ikki o‘rim sochining uchiga erining frontdan olib


341

kelgan og‘irgina medalini osib qo‘ygan. Òayyor ilgagi ham bor,

sochni pastga tortib turadi.

Hovlining yarmiga yaqin joyga tangadek oftob tushirmaydigan

qari tut barglari sarg‘aya boshlagan. Qurigan shoxiga bahorda

ilinib  qolgan  varrakning  qamish  qovurg‘alari  skeletdek  bo‘lib

turibdi. Faqat uzun latta dumi shamolda ilondek to‘lg‘onadi.

Shu  tut  tagida  bir  oppoq  it  supurgi  ustida  uxlab  yotibdi.

Kichkinagina, belida belbog‘dek ikkita — biri qora, biri jigarrang

chizig‘i  bor.  Xuddi  kimdir  ataylab  bo‘yab  qo‘yganga  o‘xshab

ko‘rinadi. Òumshug‘i bilan ikki ko‘zi qop-qora. Bir ko‘zining tepasida

to‘mtoq qoshi ham bor. U kampirning oyoq tovushidan bir ko‘zini

erinibgina ochdi-yu, chala yarim kerishib, yana uyquga ketdi.

— Ha-a, joningni huzurini bilmay o‘l-a! Supurginiyam harom

qilding.

— Qo‘y, urishma, opasi, Qorako‘z hali bola-da!



342

—  Nima  deyapsiz,  oyijon!  Bu  it  o‘lgurga  men  nega  opa

bo‘larkanman?! — dedi Qumrixon nolib.

— Agar Qorako‘zni yana supurgi bilan ursang, unga kosov

otsang, bilib qo‘y, ukalaringnikiga ketib qolaman.

— Voy, oyijon-ey, it o‘lsin, odamdan aziz bo‘lmay! Shu itni

deb bizni tashlab ketmoqchimisiz? Qo‘ying-e!

— Shu bilan ovunib yuribman. Qayoqqa borsam, yonim-

da. Bir qadam nari ketmaydi. Menga aytchi, ukalaring, singillaring

haftada bir xabar olsa oladi, olmasa yo‘q. Kasalxonada yotganimda

shu itgina ko‘kragini qorga berib hovlida bir oy deraza tagida


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling