Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50


Bog‘iy

Hakim


Kulartakin — harbiy.

Sayidbattol  — arab qo‘shini qo‘mondoni.

Jaloyir  — arab ruhoniysi.

Ibn Muoz — arab qo‘shini qo‘mondoni.

Zayd — elchi.

Mulozim, qorovul, qullar, dehqonlar, harbiylar, arab askarlari

va boshqalar.

Voqea VIII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda o‘tadi.

 BIRINCHI PARDA

BIRINCHI  KO‘RINISH

Otashning uyi. Bahor. Bir chekkadan tog‘lar, qirlar yashnab

ko‘rinadi.  Uyda  yolg‘iz  o‘ltirgan  Gulobod  oldiga  Otash  kirib

keldi.

  O t a s h.



Qizing qani?












261

G u l o b o d .

Chiqib edi dalaga.

Òabiatni, bahorni ko‘p sevadi,

Ko‘katlarda soatlarcha yotadi.

Unga dala, gulu chechak bo‘lsa bas!

O t a s h .

Ham go‘zal-u va ham arzon bir havas.

G u l o b o d .

Gulga botib kelyapti, hov ana.

O t a s h .  (Qaraydi).

Qo‘llarida, chakkasida gul-lola.

G u l o y i n .

(Bir quchoq lola-gullar ko‘tarib kiradi).

Salom, dada.

  O t a s h .

Salom, qizim.

G u l o b o d .

Yolg‘izim,

lola kabi ochilibsan o‘zing ham.

G u l o y i n .

Lola kabi yuzim qizil, ichim g‘am.

G u l o b o d .

Nega darkor, qizim, axir shu gaplar,

Xursandsan-ku, qo‘llaringda chechaklar.

G u l o y i n .

Chechak bilan xursand bo‘lsa gar odam,

Yer yuzida bo‘lmas edi qayg‘u-g‘am.



262

Hamma unda yolg‘iz bir gul terardi,

Na xohishi, na ozori, na dardi...

Mana bahor, butun atrof lola, gul,

Hamma odam terganda ham yotar mo‘l.

Gul ochilgan qoyalarning boshida,

Lolalar bor buloqlarning toshida.

Ammo hech kim shod-u xurram emas-ku?

(Lolani ko‘rsatib).

Baxtiyorlik alomati emas bu.

Bahor o‘zi yaxshi narsa, shubhasiz...

O t a s h .

Iching to‘la ma’no sening dono qiz.

G u l o y i n .

Yurtimizda hatto yaqin zamonda

Ko‘p bayramlar bo‘lar ekan bahorda.

Juda xurram o‘tar ekan u damlar,

O‘ynar ekan, kular ekan odamlar.

Qani o‘sha bayramlardan bir nishon?

Xursandmasmen, onajonim, sen ishon.

Dalalarda lola terib yurarkan.

Ko‘p ajoyib fikrlarga tushdim man,

O‘zing aytgan ertaklarni esladim...

(P a u z a)

Ertak boshqa. Hayot boshqa... qoldim jim.

Hozir agar sen bo‘lmasang musulmon

Dushman bermas yemoq uchun parcha non.

(Gullarni ko‘rsatib).

Bu ko‘rganing lola emas, yolg‘iz qul,

O t a s h .

Biz qul edik, hozir butun o‘lka qul.

Hozir gap shul: kim musulmon, kim kofir.



263

G u l o y i n .

Erkak-ayol o‘z yurtiga musofir.

Mana senga kerak bo‘lsa gulbahor,

Bahor emas, ustimizga yog‘ar qor.

Dada, nima yangi gap bor shaharda?

O t a s h .

Xurosondan chopar kepti saharda,

Xalofatdan bo‘lgan emish bir farmon:

Paykand qilinsin deb yer bilan yakson.

G u l o b o d .

Essiz shahar, essiz shahar, yo tavba!

Uni vayron qiluvdi-ku Qutoyba.

Go‘zal shahar boyqushlarga oshiyon

Bo‘lib qoldi. Kaltakesak va ilon —

Qadim oliy saroylardan shul qoldi,

Zo‘r shahardan nishon bo‘lib kul qoldi,

Yaxshiki yer yutdi o‘sha tulkini.

O t a s h .

Poykanddagi elning bori mulkini,

Qaramasdan yig‘i-sig‘i, faryodga,

Karvon-karvon ko‘chirganda Bog‘dodga,

Butxonadan topgan ekan bir sanam,

Oltin bilan rop-rosa qirq ming dirham.

U sanamning ko‘zlarida kabutar

Òuxumicha keladigan injular

Bo‘lgan ekan. Qutoybaning o‘zi ham,

Yer yuzida bunchalik boy shahar kam,

Deb Hajjojga yozgan ekan maktublar,

Ko‘chirganda karvon-karvon oltin-zar.

G u l o y i n .

Yana uni yakson qilish nedarkor?



264

O t a s h .

Sen bilmaysan, bunda katta hikmat bor.

Xalq yangidan qo‘zg‘almoqda. Dushmanlar

Ko‘rsatmoqchi shuning uchun bir hunar:

Odamlarning yuragini olmoqchi,

Bo‘g‘oziga yana changal solmoqchi.

G u l o y i n .

 Poykand bilan na dahli bor bu ishning?

O t a s h .

Sodda bo‘lma, bosqinchilar fikri keng.

Bu yerlarga ular yangi kelganda,

Zo‘r qarshilik ko‘rgan ekan Poykandda.

Bosqinchiga qarshi chiqib butun xalq,

Barchasini qilgan ekan qonga g‘arq.

Mingan oti tizza bo‘yi qon kechib,

So‘ng Qutoyba kelgan ekan qon ichib.

Saroylarni olovlarga u tutgan,

Qilich tutgan har bir jonni quritgan:

Xotinlarni asir olgan hech qo‘ymay,

Mol to‘plagan o‘ljaga hech u to‘ymay.

Lekin bular, bu jazolar, bu balo

Bosqinchiga berolmagan tasallo.

Vayrona ham xotirini buzarmish...

G u l o b o d .

Ajab bir xalq, ajab bir hol, ajab ish!

O t a s h .

Yer yuzidan bir shaharni yo‘qotmoq

Bilan ular xalqning ko‘zin qo‘rqitmoq

Fikridalar. Mudhish bir ish. Ham isyon

Qo‘zg‘almasmish shunday qilsa begumon.


265

Vodiylardan xiroj ortib o‘tganda

Xotirlari buzilmasmish Poykandda!

G u l o y i n .

 Unga qarshi qo‘zg‘alibdi kim yana?

O t a s h .

Butun xalq. Butun vodiy. Muqanna!

G u l o y i n .

Kim? Muqanna? Kim ekan u?

O t a s h .

Ko‘p gaplar bor: marvlik ekan, niqobdor,

Ochmas ekan odamlarga yuzini,

So‘ylamoqda hamma uning so‘zini,

Xudo ham men, mening o‘zim payg‘ambar,

Deyar emish so‘zlaganda har safar.

G u l o y i n .

Buxoroda nima gaplar bor ekan?

O t a s h .

Òo‘rt martaba qaytib ko‘rdi u dindan.

Bosqinchilar tinkasini quritdi,

Ulamolar avray berib qon yutdi.

Xudotlarning hammasi ham begumon

Bo‘lgan emish hozir endi musulmon.

G u l o b o d .

 Arablarga zo‘r ish qildi xo‘jamiz.

G u l o y i n .

           Dabdabali masjid soldi betamiz.


266

O t a s h .

Endi uning masjidiga bejanjal

Borgan odam yashar emish behalal.

Ular hatto pul berarmish juma kun

Namozgohga o‘zi kelgan xalq uchun.

G u l o b o d .

           Biz ham borib pul olaylik bo‘lmasa.

G u l o y i n .

Agar mening pulga ko‘nglim to‘lmasa,

Unda nima? Yo bo‘ldingmi musulmon?

Bosqinchiga keltirdingmi sen imon?

G u l o b o d .

Yo‘q, hali yo‘q. Hali toza vijdonim,

Otashgohning olovida bu jonim.

G u l o y i n .

           Otash desang ko‘nglim tushar bir g‘ashga.

O t a s h .

Biz hali ham topinamiz otashga.

Senchi, qizim?

G u l o y i n .

Nima qila olar edim men o‘zim?

Qancha baland uchsa hamki chumchuq qush

Uyasida o‘rganganni o‘qirmish.

Yosh chog‘imdan o‘tga tomon sen tortding,

Sen otashga topinmoqni o‘rgatding.

Nima qilay. Men nimani bilardim?

Yosh bolani yo‘lga boshlar avval kim?

Ota-ona. Shundaymasmi? O‘zing ayt!


267

O t a s h .

      Yoshlik o‘zi bo‘lar ekan qiziq payt,

Bola yolg‘iz o‘rganishni bilarkan.

(P a u z a)

Ixtiyorni hozir sanga berganman,

Yosh emassan, qizim, endi yo‘lingni

O‘zing tanla; hech kim tutmas qo‘lingni.

G u l o y i n .

Na otashdan, na Muhammad dinidan

Foyda ko‘rgan bir kimsani bilmayman.

Shuncha yillar otashgohga topindim

Va bilmadim ilohim kim, tangrim kim?

Qayg‘usi yo‘q biror kunni ko‘rmadim,

Biror soat men baxtiyor bo‘lmadim.

Isinmadim oloviga hech qachon,

Yorimadim, bo‘lolmadim charog‘on.

O‘tinidan tolelari sho‘r bo‘ldim,

Òutunidan ikki ko‘zi ko‘r bo‘ldim.

Ixtiyorni bersang agar menga san,

Ozodlikka topinardim yolg‘iz man.

G u l o b o d . (Tashqariga qarab).

       Oq kiyingan birov keldi eshikka.

O t a s h .

        Bizning uyga kelyapti u tikka.

G u l o y i n .   (Qaraydi).

        Oqqa buncha belanibdi u odam?

G u l o b o d .

       Oq ichida oyog‘i ham, boshi ham.

        (G‘irdak kiradi. Kiyimlari tamom oq).



268

O t a s h .

         E, G‘irdak-ku, bu oq kiygan farishta!

(Ko‘rishadilar).

G ‘ i r d a k .

Bir alomat bo‘lar ekan har ishda,

Isyon qildim. Muqannaga topindim.

G u l o y i n .

       Arablarchi? Nima uchun oq kiyim?

 Muqanna kim? Qaydan chiqdi bu xil nom?

G ‘ i r d a k .

Kimligini sizga qilay men e’lon:

Hoshim ibn Hakim degan bir odam,

Xo‘rlanganlar uning uchun muhtaram.

G u l o b o d .

         Bir niqobdor, afsonachi, sehrgar.

G ‘ i r d a k  (kulib).

Yangi chiqqan bir nayrangboz payg‘ambar.

Shundaymi? Yo‘q! Sehrgarmas, donishmand!

Arab aytgan payg‘ambardan ham baland.

U, odam u. Odamlarga rahnamo,

Boshin silar qayda bo‘lsa benavo,

Faqirparvar yo‘lboshchi u. Va, ammo,

Dushman bo‘lsa ko‘rinmasin ko‘ziga,

Uni ko‘rgan dushman kelmas o‘ziga.

O t a s h .  (Hayajon ichida).

           U, qayda u?

G u l o y i n .

           Uni ko‘rsak mumkinmi?


269

G ‘ i r d a k .

Oq kiyim kiy, ko‘rmoq bo‘lsang sen uni.

Oq kiyinar uni ko‘rmoq bo‘lganlar,

Yurak-bag‘ri g‘ussa bilan to‘lganlar.

(Chiqib  ketdi).

O t a s h .

Oq kiyinar uni ko‘rmoq bo‘lganlar?

G u l o y i n .

Yurak-bag‘ri g‘ussa bilan to‘lganlar?

G u l o b o d .  (Yana tashqariga qaraydi).

 Darvozaga qadam qo‘ydi yana kim?

G u l o y i n .

           Qara, bormi ustlarida oq kiyim?

O t a s h .  (Qaraydi).

 Allaqancha qilich taqqan arablar.



270

G u l o y i n

Kecha-kunduz sanqishadi darbadar.

(Eshik ochildi. Jaloyir, Sayidbattol va bir necha askar

kiradi).

J a l o y i r .

Salom, Otash!

(Otashning gazablanganini ko‘rib).

Nima, halal berdikmi?

B a t t o l .

           Nega jimsan, yo befursat keldikmi?

O t a s h .   (Sekin, kinoya bilan).

           Halal bermas sizday aziz mehmonlar!..

Guloyin. (O‘z-o‘ziga).

           Oq kiyinar uni ko‘rmoq bo‘lganlar!..

O t a s h .  (Kinoya bilan davom etadi).

Bu xomush uy bukun bo‘ldi bir bozor,

Kirib-chiqar har kun ming xil xaridor.

So‘z bo‘ladi har xil ikir-chikirlar,

Xalofatdan bunda kelar fikrlar.

Butun jahon siyosati, din, qur’on,

So‘z bo‘ladi kim kofir, kim musulmon!

Ruhoniylar, qo‘mondonlar keladi,

Sehrgarlar, bilimdonlar keladi.

Yetmasinmi, bu boshimiz osmonga?

Shundan ortiq baxt bo‘larmi insonga!

Salom bo‘lsin, uy to‘rimiz sizniki.

J a l o y i r .   (Battolga).

           Ko‘rdingizmi, g‘azabining yo‘q cheki,


271

  (Otashga)

           Rahmat o‘g‘lim, bizga o‘zing keraksan.

O t a s h .

      Òaqsir, hali men musulmon emasman.

J a l o y i r .

Endi bas qil, yurma bunday beimon,

Bizga topin, bo‘lgil endi musulmon!

B a t t o l . (Guloyinga nazar tashlab).

           Qizingni ham qo‘yma bunday darbadar!

G u l o y i n . (Battolga qarab).

           Oq kiyinar uni ko‘rmoq bo‘lganlar...

J a l o y i r .

      Zarafshonda kofir yolg‘iz sen qolding.

O t a s h .

Yolg‘iz qolsam bo‘lar ekan dunyo keng,

Dunyoni keng ko‘rmoq — tilak shul edi.

B a t t o l .

       Ochiladi bu kun xo‘jang maschidi.

J a l o y i r .

Jaholatda ketmay desang bekafan,

Sen qur’onga topinmoqqa majbursan!

B a t t o l .

      Qani, ketdik!

(Otashni sudraydilar).

O t a s h .

      O, dushmanlar, dushmanlar!


272

 G u l o y i n .

      Oq kiyinar uni ko‘rmoq bo‘lganlar.

(Otash, Gulobod va Guloyinni sudraydilar.

Ular qarshilik ko‘rsatadilar, dod chekadilar).

O t a s h .

       Kimga dod aylab chekaylik biz fig‘on?

G u l o b o d .

        Òarqalarmu boshimizdan bu tuman?

G u l o y i n .

Barcha el bu zulm ila bo‘ldi ado,

Xor-u, zor-u, mubtalo-yu bag‘ri qon!

                                P a r d a                 1942–1943


273

MIRÒEMIR


(1910–1978)

Millat  turmush  tarzi,  dunyoqarashi  va  orzu-intilishlarining

betakror qirralarini o‘zga ijodlardan farqli xalqona bir yo‘sinda

o‘zbek  badiiyatiga  olib  kirgan  hassos,  donishmand  shoir.

She’riyatida so‘zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona

mavqelari  qad  rostlab,  shoirning  fusunkor,  zakiy  hikmatlariga

xizmat qiladi.

SURAÒ


Lirik qissadan parchalar

O‘limlardan hatlab...

Na oltin, na javohir edim...

Armonli bir yosh shoir edim.

Zuhro bo‘lmasang ham chiroyda,

Men ishqingda naq Òohir edim.

Òoshlon o‘ldi, degan kim axir?

Gulday so‘ldi, degan kim axir?

Nahot poymol qutlug‘ ishq ahdi,

Bol bo‘lurmi shunchalar taxir?

Barchinoyday kutganing qani?

Zardob-u qon yutganing qani?

Umr yo‘lida to yumguncha ko‘z,

Birga-birga ketganing qani?

18 – Adabiyot, III


274

Gunohim ne?—Jangda bo‘lganim,

Qon kechganim, yuz bor o‘lganim.

Diydoringni unutolmayin,

O‘limlardan hatlab kelganim...

Surat, surat!

Och nazarim tushar suratga...

Surat, surat! Nega sen tilsiz?

Òermulaman suratda xatga...

Janglarda yor eding-ku, o, qiz!

Surat, surat! Nega sen tilsiz?..

Ko‘zlarimga boqasan qiyg‘och,

Kulasan-u, ko‘zlaringda yosh.

Halqa-halqa, tarqoq sumbul soch,

Zap qiyilgan bir juft qalam qosh.

Kulasan-u, ko‘zlaringda yosh...

Esingdami so‘nggi bo‘salar,

Senga toqat tilaganlarim,

Yuz ochganda ayoz bir sahar,

Xayr!— deb soching silaganlarim,

Senga toqat tilaganlarim?

Surat, surat! Nega sen tilsiz?

Seni asrab to‘rt yil qo‘ynimda...

Òopinardim, o‘pardim... esiz!

Evoh, qanday zil yuk bo‘ynimda,

Seni asrab to‘rt yil qo‘ynimda...

Ilk bag‘ishlovlardan...

I

Oqshom tushar... o‘ng-u so‘lda



Oppoq-oppoq xirmonlar,

275

Òinmay o‘tar katta yo‘lda

Xirmon yukli karvonlar.

Òo‘lib ketar ko‘kka yulduz...

Kelinlar soch tarashur.

Sen ham horg‘in, sochi qunduz,

Senga hordiq yarashur...

Ko‘z tashla oqshomning so‘lim chog‘iga,

Kel sen ham Oysuluv,

Kel sen ham Oysuluv —

Soy qirg‘og‘iga...

Òun sochidan tutib sho‘x yel

Òortar olis tog‘larga.

Asta-asta taralur yel

Soya-salqin bog‘larga...

Quyib o‘tdi bemahal sel,

Ko‘k charog‘on kechqurun;

Qo‘shiq yangrar: «Jononim, kel! —

Oydin, yorug‘ bo‘lar tun».

Ko‘z tashla oqshomning so‘lim chog‘iga,

Kel sen ham Oysuluv,

Kel sen ham Oysuluv —

Soy qirg‘og‘iga...

II

O‘xshatma



Sen kelgin tong chog‘ida,

Sen kelgin naq tong misol,

Òong bolqib yonog‘ingda,

Ko‘zlarim o‘ynata ol!..

Sen kel tush paytida ham,

Daryoda epkin misol.



276

Sochlarim to‘zg‘it bir dam,

Dilni ham qo‘zg‘ata ol!

Sen kelgin oqshom, mayli,

Oqshom qo‘shig‘i misol.

Go‘yo sahnada layli,

Zavqimni uyg‘ota ol!

Sen kelgin oydin tunda,

Albatta kel oy misol.

Quchog‘imga afsunday,

Òo‘lin oyday to‘la qol...

III


Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a,

Bog‘imda bu oqshom jonon o‘ynasin.

Gulday chiroyidan bo‘lay sadag‘a,

Ochilib-sochilib, chunon o‘ynasin.

Jo‘r bo‘lsin bulbullar chalgan torimga,

Qo‘shiqlar kuylayin vafodorimga,

Suqlanay Oysuluv otli yorimga,

Sho‘x ohuday aylab javlon o‘ynasin.

Xiðcha belga bog‘lab yashil rang kamar,

Gullar-chechaklardan taqsin gulchambar,

Òengi kam o‘yinchi, tengi kam dilbar...

Òomoshaga kelib, osmon o‘ynasin.

Òovusday tovlangin, ey qoshi kamon,

Visol chamanida bo‘laylik omon,

Ayriliq g‘ussasi o‘limdan yomon...

Qolmayin zarracha armon o‘ynasin.



277

IV

Qo‘shiqlar to‘qisam — no‘noq bo‘lmasa,



Sendan o‘zga dilga qo‘noq bo‘lmasa!

Kuylasam tun-u kun suluvlaringni,

Kuylash mumkinmi dil qaynoq bo‘lmasa?

Ko‘nglim o‘ksinadi, ko‘nglim sinadi,

Ko‘nglim bilan ko‘ngling inoq bo‘lmasa!

Ko‘nglim o‘ksinadi uchrashganimda

Oysuluvjon sho‘x-u quvnoq bo‘lmasa!

Sening har maqoming...

Yana tolpinishing ko‘rdim sahnada...

Sening har maqoming — nechog‘liq tanish!

U kez uchratardim seni panada,

Dilda yonish bordi, yonish va yonish.

Keyin, toqatlar-toq, kutardik visol,

Keyin mangulikka berishdik va’da.

Keyin, quchog‘imga to‘lding baxt misol —

Innaykin... innaykin... men bo‘ldim dada.

Innaykin, ayriliq jafo toshini

Bizning peshonaga urdi ayovsiz.

Innaykin, yiroqda qalam qoshlimni —

Sog‘indim, sog‘indim, sog‘indim... Esiz!

Esiz, ayoz tunlar, uyqusiz tunlar!..

Jang va burch... Yor hajri... Qatma-qat jafo.

Nahot men seni deb bo‘ldim tutunlar?

Nahot, shundoq dilbar beburd, bevafo?

Yana talpinishing ko‘rdim sahnada...

Sening har maqoming menga oshino.

Hozir men ko‘rmasam seni panada,

Shukurlar qilaman ming marta, inon!



278

 Ikki dard

Òushlarimda duch kelganda ham

Sho‘xligingni aslo qo‘ymaysan.

Dam qah-qah-u, dam ko‘zingda nam,

Bu kulfatdan nechun to‘ymaysan!

Ham nafratim, ham ayanchim bor,

Yurak — ikki dardga mubtalo.

G‘amzalar... oh bekor-ku, bekor...

Qayta og‘ir bo‘ldi bu balo!

Ko‘rmay desam, ko‘zim ko‘r emas,

Yurmay desam, oyog‘im butun.

Ammo yurak ortiq jo‘r emas,

Xayollarda bo‘laman tutun.

Òug‘ilmagan bo‘lsaydim, koshki,

Bo‘lur eding baxtli, ehtimol.

Ering bilan, mayli, yarashki,

Ering axir... Uvol-ku, uvol!

Xat...

Xating, jonon, obdan beta’sir,



Uzilgan ið nechuk bog‘lanur?

O‘zing axir, saqlayapsan sir,

O‘z aybingdan qalbing dog‘lanur.

Muncha uzun, muncha oh-u voh,

Pushaymonga qoldimi o‘rin?

Agar senda bo‘lmasa gunoh,

Bildirmading nega sal burun?

Bazmlarning guli bo‘lganing —

Yolg‘on bo‘lsa, boq-chi ko‘zimga.


279

Maqtovlarning quli bo‘lganing –

Yolg‘on bo‘lsa ayt-chi o‘zimga!

Qani ular? Soxta muhabbat?..

Nega fahming yetmaydi avval?

Sog‘inishga qoldimmi faqat?

Dunyo ishi shundoq... Galma-gal.

Òaqillatsam...

Kichik uyda o‘chmagan chiroq,

Bilamanki, sen hali uyg‘oq.

Parishonsan, xayollar tarqoq,

Òun yarimdan ancha o‘tgan choq,

Bilamanki, sen hali uyg‘oq.

Bilamanki, o‘qiysan kitob,

She’rim seni etadi kabob.

Oh chekasan, bitar toqat-tob,

Bilamanki, yod bo‘lgan bir bob,

She’rim seni etadi kabob.

Yuragingda uyg‘onur u soz,

Òaqillatsam berasan ovoz.

Xayolingda qishing bo‘lur yoz,

Ammo qaytib ketaman... Ayoz...

Òaqillatsam, berasan ovoz.

Bilamanki, chiqmas ko‘nglingdan,

Ne yomonlik ko‘rding sen mendan?

Shu vajdanki har kun singlimdan

So‘roqlaysan ahvolimni san...

Ne yomonlik ko‘rding sen mendan?..



280

 Bugun yo‘lda...

Bugun yo‘lda duch kelganingda,

Nega birdan to‘xtading, jonon?

Ering kelar edi yoningda,

Sal qoldiki chaqirsang: «Òoshlon!»

Men panaga oldim o‘zimni,

Sen yo‘lingga tushding haytovur.

Ko‘rmaganga soldim o‘zimni,

Janjal bo‘lur albatta bir qur.

Sho‘rlik Òoshlon, bechora Òoshlon!

G‘amdiyda, hey, ko‘zlarim, yoshlan!..

Amon!..

Xuddi shunday erta bahorda



Uchrashgandik ikkov kechqurun.

Ayrilgandik erta saharda,

Hali issiq ko‘rinur o‘rin...

Hamon o‘sha chinor — yam-yashil,

Daryo bo‘yi — zumrad soyabon...

Bezovta bo‘ldi-ku andak dil,

Amon, xayol! Amon, al-amon!..

Bolajon


Ey... Ko‘zlaring muncha ham qiyiq,

Muncha qiyiq, muncha betiyiq,

Kiðriklaring muncha ham quyuq,

O‘g‘limga o‘xshaysan, bolajon!

Bilmas hatto yaqin hamxonang,

Ocharmidi yuragin onang?



281

Men-chi... Menchi... Men-chi, begonang...

O‘g‘limga o‘xshaysan, bolajon!

 Haftada, oyda...

Amaki de, xafa bo‘lmayman,

Ota dema, yuz berur balo.

Haftada kel, mayli, o‘lmayman.

Fahm etarsan axir bir yo‘la.

Haftada kel, mayli, oyda kel,

Amaki de, aka de, mayli...

Ammo qolmay albat mayda kel,

Uzoqmas-ku, hozir Kegayli!..

Ertak...

... Qissamizni yoyma olamga,

Yuragimiz bo‘lsin jim makon.

Ertak kabi so‘yla bolamga,

Ma’lum bo‘lsin unga bu doston...

Muhabbatning gavhar donasin —

O‘g‘irlatgan tentaklar, desin.

Har kun, har kun qistab onasin: —

Ertak, ertak, ertaklar!—desin!

Barini unut!

Yana bahor, shovillar anhor,

Boshlaringda nega yo‘q chambar?

Yana bog‘da kezasan tanho,

Òo‘lib-to‘lib yig‘laysan magar.

Boshlaringda nega yo‘q chambar?

Gul yuzingda g‘am ko‘lankasi,

So‘zladingmi suvga tushingni?


282

Adashganlik bo‘ldi hammasi,

Yaltiroq rang oldi hushingni?

So‘zladingmi suvga tushingni?

Nega ko‘zing bezovta, betinch,

Boqishlaring bu qadar mungli?

Barin unut, pushaymoning kech,

Og‘rimasin yangi yor ko‘ngli...

Boqishlaring bu qadar mungli?

Balki, esga tushdi may tuni,

Òabiatning to‘lin oy tuni,

Muhabbatga joyli-joy tuni,

Vafolarga mo‘l va boy tuni.

Òabiatning to‘lin oy tuni...

Balki esda u ilk muhabbat,


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling