Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50

nazarida  esa  chor  hukumati  yomon  bo‘lsa  ham,  Rossiyaning

fabrika-zavodlari yaxshi edi; bir necha yil shu fikrda yurib, bir

martaba Òurkistonga kelib ketganidan so‘ng, yigitning gapi ma’qul,

o‘shanday talablar haqli ekaniga ishondi va shu fikrning butun

musulmon  sharqiga  tarqalishini  xohlab  qoldi;  so‘nggi  yillarda

«Vaqt», «Òarjimon» va boshqa birmuncha gazetalarning nima

deyayotganini anglab, Òurkistondagi milliy harakatni shu g‘oya

bayrog‘i ostiga burish uchun xizmat kamarini bog‘ladi. Bu davrdagi

Òurkistonning yosh ziyolilari esa shunday tajribali ustod qo‘lidan

chiqqan shogirdlarga muhtoj edi...

XIII


Bir kuni Saidiy o‘qishdan qaytib, hujrasining eshigini ochganida

oyog‘i ostiga bir konvert tushdi. Konvert uzunchoq, yupqagina

bo‘lib, ustida bir idoraning shtampi bosilgan edi. Pochchasi bilan

birga ekanida Moliya shu’basining bildirishini, tergov idoralarining

chaqiruv  qog‘ozlarini  ko‘ra-ko‘ra  yurak  oldirib  qolgan  Saidiy

qo‘rqib ketdi. Xira tushgan shtampni sinchiklab o‘qishga sabri

chidamay,  konvertni  yirtdi.  Uning  ichidagi  ikki  buklangan

qog‘ozning yuqorisida Saidiyni yoniga yo‘latmagan o‘sha jurnalning

shtampi bo‘lib, ostiga «o‘rtoq Saidiy!» deb yozilgan edi. Saidiy

bu xatni hayot-mamotdan darak beradigan telegrammaday ko‘zdan

kechirdi:

«O‘rtoq  Saidiy!  Idora  xizmatchilarimizning  ehtiyotsizligi

orqasida bo‘lsa kerak, qoladigan materiallar orasiga tushib ketgan

«Vodiy» sarlavhali she’ringiz, «Qalandar» sarlavhali hikoyangizni



230

kechikib bo‘lsa ham navbatga qo‘ydik. Shu ikki asaringiz yuzasidan

idoraga bir kirib chiqishingiz so‘raladi. O‘rtoqlik salomi bilan:

Kenja»


Saidiyning  vujudini  titroq  bosdi,  bu  titroq  qo‘rquvdanmi,

kutilmagan sevinchdanmi ekanini o‘zi ham bilmas edi. U xatni

ikki-uch qayta o‘qigandan so‘ng, o‘zini andak bosib olib, atrofiga

qaradi, nazarida, butun ashyolar tusi o‘zgargan, kulib turganday

ko‘rinar  edi.  Saidiy  xatarli  dovonga  yopishib  oxiri  eson-omon

uning  ustiga  chiqqanday  uf  tortdi-da:  «Olam  yaxshi.  Hayot

go‘zal. Natijasiz mehnat bo‘lmaydi», dedi.

U eshikni yopib pechkaga suyandi, so‘ngra, paltosini yechib

karavotga irg‘itdi-da, karavot yoniga bordi, uning ostidan jurnallarni

oldi va tiz cho‘kib hammasini varaqlay boshladi; jurnallarning

muqovasidagi litograf

1

 bo‘yoqlarining hidi, nechukdir, dimog‘iga



xush kelar, uni ataylab hidlar edi.

Saidiy  shu  kuni  kechgacha  hujrada  ivirsib  ovqatga  ham

bormadi; kechasi hujrani yaxshilab yig‘ishtirdi, kitoblarni qaytadan

terdi, xatni oppoq qog‘oz yoyilgan stolning bir chetiga qo‘yib,

she’r va hikoyalarini ko‘chirib qo‘ygan daftarini uzoq varaqlab

o‘tirdi; biron narsa yozishga uringan edi, sira boshlay olmadi;

biron narsa o‘qishni esa sira xohlamas edi.

Saidiy ertalab vahimaga tushdi: xatda garchi she’r bilan hikoya

bosish uchun navbatga qo‘yilgani ochiq aytilsa-da, yozuvchilik

ishi nazariga bir tilsim bo‘lib ko‘ringani uchun bunga to‘la ishonib

yetmas edi. U Kenjaning kim va qanday odam ekanini bilmaydi.

Kim biladi, balki u jo‘rttaga shunday xat yozgandir: borsa yo

urishib berar, yo «shoir bo‘lmagan bir sen qolgan eding, yaqinda

ariza  va  qarorlar  ham  she’r  bilan  yoziladigan  bo‘ladi!»  deb

ko‘pchilik ichida o‘sal qilar. Bormay qo‘ya qolsa-chi?

Saidiy har holda borishga qaror berdi, ammo yuragi orqasiga

urib, nonushta ham qilolmadi, non og‘zida aylanadi, xuddi bir

narsa tomog‘idan bo‘g‘ib turganday, yutolmaydi.

1

 Litograf – bosmaxonada harf teradigan uskuna.



231

Saidiy  jurnal  idorasiga  yetguncha  o‘zini-o‘zi  ogohlantirib

bordi:  «Hoy  bola,  asli,  qachon  bo‘lsa-da,  ro‘yobga  chiqish

umidida  mashqingni  qilib  yuraversang  bo‘lar  edi.  Endi-ku,

borishga borayotirsan, so‘lib qaytishni bir martaba bo‘yningga

olib qo‘y!» Butun qiyinchilik qovog‘ini solib turganday ko‘ringan

boshqarma  binosi  bo‘sag‘asidan  o‘tishda  bo‘ldi,  yo‘lakka

kirganidan so‘ng o‘zini dadil tutdi, hatto ikki tomondagi qator

ketgan  eshiklarning  biridan  chiqqan  ulug‘sifat  bir  odamdan

Kenjaning  qaysi  uyda  ekanini  tortinmay  so‘radi,  o‘shanday

dadillik bilan eshikni ochib kirdi. Kiraverishda o‘ng tomonga

qo‘yilgan abjaqqina stol yonida bir yigit o‘tirar edi. Uyning

to‘ridagi,  ko‘rinishda  kattaroq  odamning  o‘rni  ko‘ringan  stol

ustida dasta-dasta qog‘oz yotar, ammo egasi yo‘q edi. Haligi

yigit  boshini  ko‘tarib,  Saidiyga  bir  qaradi-da,  yana  o‘z  ishi

bilan mashg‘ul bo‘ldi. Saidiy uni tanidi. U bir vaqt borgani

yozuvchilar majlisida kaltaklangan, beobro‘ qilingan yigit edi.

Saidiy to‘g‘ri sersavlat stol yoniga borib kutdi. Ozginadan so‘ng

pakana, yumaloq, bo‘yni kalta, yuzi shishinqiragan, zahil bir

yigit  kirib,  Saidiyning  aftiga  ham  qaramay,  stolga  o‘tirdi  va

qog‘ozlarni titkilay ketdi. Saidiy ancha kutdi. Bu odam boshini

ko‘tarib qaramagandan so‘ng, sekin:

—  O‘rtoq Kenja siz bo‘lasizmi? — deb so‘radi.

Shunda ham bu odam Saidiyning yuziga qaramay javob berdi:

— Ana u kishi!

Saidiy burilib ketdi, Kenjaning oldiga bordi. Kenja ishlab

turgan  ishini  bir  chetga  surib,  Saidiyga  qaradi  va  so‘rashgani

qo‘l uzatdi.

—  Siz Rahimjon Saidiymi? Yaxshi, qani o‘tiring!

Saidiy o‘tirdi. Kenja stolning tortmasidan Saidiyning qo‘lyoz-

malarini oldi.

—  Bu  sizning  birinchi  asarlaringizmi  yo  ilgari  ham  yozib

yurar edingizmi?

— Shu... Uncha-muncha mashq qilib yuraman. Bir-ikkitasini

yuborgan edim.


232

— Har ikkala asaringiz ham bosishga yaraydi, ammo ikkovida

ham, xususan she’rda, mening bilishimcha, birmuncha kamchiliklar

bor.  Men  bularni  aytay,  istasangiz  hozir,  shu  yerning  o‘zida,

yo‘qsa keyinchalik bafurja muhokama qilib ko‘ring. Agar to‘g‘ri

bo‘lsa, o‘zimiz va boshqa o‘rtoqlarning yordami bilan tuzatarmiz.

Olamda kishini yayratadigan narsalarning hisobi yo‘q, ammo

bularning  hammasi  zaharli  so‘z,  olovli  qamchi  kutgan  kishing

tomonidan  bo‘lgan  iltifotga  yetarmikin?  Kenja  «mumtoz

shoirlar»dan emasligini Saidiy bilsa ham, har holda, undan zaharli

so‘z, olovli qamchi kutgan edi.

— Yozgan narsalarim maslahat berishga arzirlik bo‘lsa, yana

siz ko‘mak va’da qilsangiz suyunaman...

Saidiy  uning  she’r  haqida  bergan  maslahatlarini  ma’qulladi,

ammo  ichida  o‘ylar  edi:  «Bu  yumshoqlik,  shirin  so‘zlik  bilan

odamning  adabini  beradigan  xilidan  ko‘rinadi.  Hozirgina  ikkala

asarni ham yaroqli degan edi. Muloyimlik bilan she’rni chiqitga

chiqardi. Endi hikoyani ham sekin qo‘limga qaytarib beradi-ku!»

— Hikoyangiz yaxshi, ammo notamom, — dedi Kenja.

«Ana, — dedi  Saidiy ichida, — aytmadimmi». U nimadir

demoqchi edi, Kenja davom etdi:

— O‘zbek qizining yomon turmushini ustalik bilan ko‘rsatgan

bo‘lsangiz ham, shu bilan kifoyalanmaslik kerak edi. Biz, bo‘lajak

adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish

yo‘llarini ham ko‘rsatishimiz lozim. Shuning uchun men hikoyan-

gizga  bir  bob  qo‘shdim.  O‘qib  beraman,  rozi  bo‘lsangiz  —

shunday, yo‘qsa, aslicha bosilar.

Bu bob hikoyagagina emas, Saidiyning o‘ziga ham jon kirgizdi.

— Bilasizmi, Kenja aka, — dedi Saidiy, — shu hikoya

bosilib chiqsa qancha xursand bo‘lishimni ko‘z oldingizga keltira

olasizmi?  Hozir men undan necha hissa ortiq sevindim. Hikoya

bosilib chiqqanda men faqat uning bosilganiga quvonar edim,

xolos. Shu hikoyani tuzatish uchun qancha vaqt, sabr va mehnatni

ayamaganingiz menga boshqa bir shodlikdan darak beradi: demak,

yozaversam bo‘ladi, demak, maslahat va ko‘mak berishga arziyman,


233

demak, odamlar  asarimni ko‘rib «orzuga ayb yo‘q», yo bo‘lmasa

«notavon ko‘ngil», deb kulmaydi.

Kenja kuldi.

— Demak, shu bobga rozisiz?

— Do‘stona ko‘magingiz uchun tashakkur bildirishdan boshqa

so‘zim yo‘q.

Kenja qo‘lyozmalarni stol tortmasiga soldi. Saidiy o‘rnidan

turmoqchi bo‘lganda, Kenja to‘xtatdi.

— She’ringizda chiroyli satrlar bor, boshqa she’r yozganingizda

shularni ishlating. Mavzu tanlashda bu kun maydonda bo‘lgan

hamma asarlarga ham ergashavermang. Bir yosh shoira o‘tmishdagi

xoqonlarni  sog‘inib  she’r  yozibdi.  Holbuki  xon-xoqonlar

zamonasida unga o‘xshagan o‘nlab ayollar bitta erkakning cho‘risi

edi. Nimasini sog‘inadi o‘sha hayotning? Kulgi! Men bilaman,

bu ayol xon-xoqonlarni sog‘ingani yo‘q, ba’zi bir katta shoirlarga

ta’sib qilib shunday she’r yozgan...

Saidiy hozir mast kishiday — uning ko‘ziga qiyin ish oson,

filday narsa hasharotday ko‘rinar edi. Agar bu xushfe’l, xushmuo-

mala, oqko‘ngil odamga odamlarcha muomala qiladigan kishi yer

islohoti mavzui yaxshi, der ekan, nima uchun shu mavzuda besh-

olti  hikoya  yozish  mumkin  bo‘lmasin?  Kamchiligi  bo‘lsa  o‘zi

do‘stlarcha kengash va yordam berar ekan. Saidiy shu mavzuda

bir hikoya yozishga va’da berdi va ketgani o‘rnidan qo‘zg‘alayotib,

minnatdorchilik bildirdi.

— Qimmatli vaqtingizni berganingiz va ko‘rsatgan do‘stona

yordamingiz  uchun  rahmat.  Men  ilgariroq  bilmaganman,  agar

bilsam ilgarigi she’rlarimni pochta orqali yubormasdan o‘zim olib

kelar edim.

— Ilgari ham she’rlar yuborganmidingiz?

—  Yo‘q,  gap  ularning  bosilmaganida  emas.  O‘zim  olib

kelganimda  kamchiliklari ko‘rsatilar va bu ko‘rsatmalarning keyingi

ishlarim uchun katta yordami tegar edi.

— Ilgari ham she’r yuborganmidingiz? Bizga kelmagan, —

dedi Kenja va narigi stolda o‘tirgan badqovoq yigitga qaradi.


234

— Yoqubjon, Rahimjon Saidiyning she’rlari sizga tushganmi?

Yoqubjon negadir zardobga to‘lib o‘tirgan ekan, do‘ng‘illab

javob berdi:

— Bilmayman, ko‘rganim yo‘q!

— Shundaydir, o‘rtoq Saidiy, yuborgan bo‘lsangiz ham bizga

kelmagan bo‘lishi mumkin, bunday hodisa bo‘lib turadi.

— Jurnalda javob ham chiqqan... Ko‘p javob beril-di... —

dedi Saidiy tortinib.

— Qani, qachon, qaysi sonlarda? — dedi Kenja va chiqqan

jurnallarni olib Saidiyning oldiga qo‘ydi.

Saidiy  jurnallarga  qo‘l  tekkizmay  «o‘tgan  ishga  salavot»

demoqchi bo‘ldi. Kenjaning o‘zi qarab chiqdi. Bir necha son

jurnalda  muttasil  va  ba’zi  bir  sonlarda  ikki  joyda  Saidiyning

ismini «bosilmaydi» so‘zi bilan bezalganini ko‘rib avval hayron

qoldi, so‘ngra bir oqardi, bir qizardi.

— Yoqubjon, shu narsalarni men ham ko‘rganmikanman?

Yoqubjon o‘zini ishga haddan tashqari berilib ketgan va uning

gapini eshitmaganga soldi.

— A, Yoqubjon?

Saidiy o‘ng‘aysizlanar va Kenjaning aftini ko‘rib, biron mojaro

boshlanishidan qo‘rqar edi.

Kenja savolini yana bir takrorlagandan keyin Yoqubjon, yuzida

asabiy tabassum bilan javob berdi:

—  Sizning  ko‘rgan-ko‘rmaganligingizni  men  qayoqdan

bilaman?  Kecha  qaysi  pivoxonada  uchib  qolganingizni  ham

mendan so‘raysizmi?

Kenjaning rangi oqardi.

— Yoqubjon, men sizdan nasiyaga mol so‘rayotganim yo‘q,

idorada, ish ustida, ish yuzasidan gapirayotirman?

Kenja  butun  jurnallarni  qo‘ltiqlab  Saidiyni  yetakladi,  uni

muharrirning oldiga olib kirdi va voqeani boshdan-oyoq bayon

qildi. Muharrir juda og‘ir odam ekan, jurnallarni ko‘rib chiqdi-

da, bosh qashlab dedi:

— Xo‘sh, kim ko‘rgan ekan bu narsalarni?


235

— Hamma gap shunda-da! Aftidan, hech kim ko‘rmasdanoq,

«bosilmaydi» javobi berilavergan. Jurnalda yoshlarga tarbiya va

kengashni reklama qilamiz, holbuki bir yosh yozuvchi yigirmalab

asar  yuborib bir og‘iz maslahat ololmaydi.

Muharrirning jahli chiqdi.

— Nega shunga qaramaysiz, axir? U asarlarni ko‘rmagan

bo‘lsangiz, mana bu javoblarga diqqat qilmaysizmi? Nima bu,

ketma-ket  yigirmalab  «bosilmaydi».  O‘rtoq  Saidiy,  bitta  ham

yozma javob olganingiz yo‘qmi?

Saidiy «yo‘q» degani tortindi. Kenja javob berdi:

— Eng oxirgi asarlarini ham men korzinkadan topdim. Bitta

ham yozma javob olgan emas. Men «bosilmaydi»larga diqqat

qilmabman.

— Qani, Yoqubjonni chaqiring! Kenja chiqib Yoqubjonni

olib kirdi.

— Xo‘sh, Yoqubjon, — dedi muharrir, — bu «bosilmaydi»ni

ko‘paytirib yuboribsizmi? Yosh qalamlaringizga yozma maslahat

yuborishni esingizdan chiqarganingiz yo‘qmi?

Yoqubjon xiyla shoshib qoldi:

— Borib turadi. Ba’zilari qaytadi. Berilgan adres noto‘g‘ri

bo‘ladi.


— Mana bu kishining o‘zi kelibdi, agar ko‘rsatgan adresi

chatoq bo‘lib, xat qaytgan bo‘lsa, hozir o‘ziga bering.

Yoqubjon chinakam gangidi.

— Qaytgan xatlarni saqlamaymiz.

— E, qaytgan xatni saqlamasangiz uning yuborilgani va qaytganini

qanday bilamiz? Mana hozir bu kishi bizga da’vogar. Ayb bizda

emasligini qanday isbot qilamiz? Bu yaramaydi. Yoshlarga tarbiya va

kengash uchun oyiga ming so‘mlab jamoat pulini sarf qilamiz. Berilgan

maslahatlar havoga uchaversa, sarf  qilingan pul isrof hisoblanadi-ya!

Yoqubjon o‘rnidan turmoqchi edi, undan ilgari Kenja chiqib

Ilhomni  olib  kirdi.  Saidiy  Ilhomni  tanidi,  uni  ikki  marta

Salimxonning uyida ko‘rgan edi. Muharrirning avzoyini ko‘rib

Ilhomning ham rangi o‘chdi.


236

—  Xo‘sh,  o‘rtoq  Ilhom,  —  dedi  muharrir,—  yosh

qalamlaringizning ahvolidan xabardormisiz, yo maslahat berish

ishini ham to‘xtatib qo‘ydilaringmi? Yuborilgan maslahatlardan

kopiya qolmas ekan. Ish rasvo-ku! Xo‘sh, gapni qisqa qilaylik-

da, ertadan keyin soat o‘n birga shu ishga aloqador kishilaringizni

to‘plang. Erta-indin chiqadigan sonda ham bir talay «bosilmaydi»

bordir-a,  Yoqubjon?—  Bosmaxonaga  borib,  olib  tashlang.

Minba’d  jurnalda  javob  berishni  tark  qiling.  Kallamiz  toza

shishgan ekan!

Yoqubjon chiqib ketdi. Uning ketidan Ilhom ham chiqdi.

— Jinoyat!—dedi muharrir.

Kenja  qo‘zg‘olgandan  keyin  Saidiy  ham  o‘rnidan  turdi.

Shunday ko‘ngilsizlikka sabab bo‘lgani uchun Saidiy ko‘p xijolat

tortar edi. Kenja bilan xayrlashganida afv so‘radi...

 XXII


... Saidiy birinchi xayrixohlikni Ilhomga qildi.

Bir kuni universitet binosining ikkinchi qavatidan Munisxon

bilan tushib kelayotganida zinaning oxirida bir bola «Rahimjon

aka» deb, so‘rashgani qo‘l uzatdi.  Saidiy uni tanidi. U yoshligidagi

hammaktabi — Òesha edi. Saidiyning ko‘z oldiga darhol uning

ro‘zada saharlik ustida uxlab qolishi keldi va maktab mudiri turk

ofitserining «hodi, qalq, bir urib bolta yoparim» degani qulog‘iga

eshitilib ketdi.

— Baxayr? — dedi Saidiy.

— Rabfakda o‘qib turibmiz... — dedi Òesha, universitet

studenti oldida o‘zini past olib.

Munisxon zinadan tushib, eshik oldida Saidiyni kutib turar

edi. Saidiyning bu bola bilan gapirishadigan gapi zotan yo‘q,

bori ham tugadi-da, uyga taklif qilishdan boshqa gap topolmadi.

Òesha  Saidiyning  imzosini  matbuotda  ko‘rsa  ham,  o‘zini  sira

uchratolmaganini aytganidan keyin, Saidiy adresini berdi.

Oradan ikki kun o‘tgandan keyin kechqurun Òesha Saidiyning

hujrasiga  keldi.  Saidiy  ham  uni  yaxshi  qarshi  oldi.  Muloyim,



237

kamtar bu yigit Saidiyga shuncha yoqdiki, u bilan yarim kechagacha

gaplashib o‘tirdi.

Shundan keyin Òesha tez-tez kelib turadigan bo‘ldi. U har

safar Saidiydan ko‘p ma’lumotlar umidvor bo‘lib kelar va noumid

ketmas edi. U ketgandan keyin Saidiy o‘zicha: «Bilimga chanqagan

yigit», deb qo‘yar edi. Òesha bir kuni yozmoqchi bo‘lgan bir

maqolasi to‘g‘risida maslahat so‘rab keldi. Òesha, odatda, Saidiy

bilan  bahslashish  kuchidan  kelmaganini  har  bir  so‘zi,  har  bir

harakati bilan bildirib turar edi, ammo bu safar bahs ochildi.

Òesha  Saidiyning  hamma  so‘zini  ma’qullar,  ammo  muddaoga

kelganda boshini chayqar edi. Nihoyat, Saidiyning achchig‘i keldi:

— Xo‘p, nima demoqchisiz?..

— Nima demoqchi bo‘lar edim. Ilhom domlaning bu fikrlari

noto‘g‘ri! Endi mana shu maqolani gazetaga beraman.

— Xayr, bera qoling, balki bosilar...

Shu bilan Òesha uning hujrasiga ikkinchi qadam qo‘ymadi.

Saidiy bu xabarni Salimxonga yetkazdi.

Orada  uch  kun  o‘tar-o‘tmas,  Ilhom  turar  joyining  uzoqligini

bahona qilib, rabfak direksiyasiga ariza berdi va muallimlikdan bo‘shab

oldi. Shu bilan Saidiy Ilhomga xayrixohlik ko‘rsatgan bo‘ldi.

Shundan keyin Ilhom Saidiyga ilgarigidan ham yaqinroq bo‘ldi.

— Bir hikoya, — dedi Ilhom bahor kechalarining birida,

shahar bog‘ida pivo ichib o‘tirib, — eridan uchta go‘dak bilan

qolgan xotin. Qish, uyidagi butun ro‘zg‘orini sotganda bir qadoq

nonga yetmaydi. Kechqurun. Qattiq shamol. Ochdan o‘lmaslik

uchun xotin bolalarini yetaklab ko‘chaga chiqadi. Odamlarning

sovuqligi  qishning  sovuqligidan  ham  ortiqroq  bo‘ladi.  Xotin

yiqiladi, bolalari  uning ko‘kragida. Xotin jon beradi. Qor ko‘madi.

Istasangiz bolalarni ham o‘ldiring, istasangiz ularni biron farzandsiz

olib ketsin.

— Sun’iy chiqadi, — dedi Saidiy, — turmushda bo‘lmay-

digan narsa...

— Yo‘q... Ustalik bilan berilganda bu manzaraning qanday

ta’sirli chiqishini aytaman. Juda badiiy chiqadi...


238

Saidiy  unamagansimon  qoldi.  Oradan  bir  hafta  o‘tgandan

keyin Ilhom unga shu hikoyaning planini berdi. Bunda hikoya

uch bobga ajratilgan: bola bilan qolgan bevaning turmushi, qish

sovuqligi va odamlarning sovuqligi, ijtimoiy ta’minot idorasi.

— Oxirgi bobning ahamiyati yo‘q, — dedi Ilhom, — siyosiy

yoqdan kerak, xolos. Avvalgi ikki bobni ishlashda bor kuchingizni

ko‘rsatasiz. Bu badiiy lavha. Atoqli tanqidchi Abbosxon ham

mavzuni ma’qulladi:

—  Basharti  tanqid  qilinsa  yana  yaxshi,  tanilasiz,  tanqid

darajasida asar yaratish oson ish emas. So‘kilsangiz ham mayli,

o‘quvchingiz ko‘payadi.

Saidiy hikoyani bir haftada tamom qilib, Ilhomga ko‘rgani

bergan edi, ikki kundan so‘ng uni Abbosxonning qo‘lida tahrir

qilingan holda ko‘rdi. Hikoyaning yarmini deyarli tashkil qiladigan

oxirgi  bobi  batamom  o‘chirilgan  va  undan  faqat  shu  jumlalar

qolgan: «Bolalar ijtimoiy ta’minot idorasini topishdi va yagona

soyabonlari ekanini bilishdi».

Abbosxon buni jurnalning navbatdagi sonida bostirishni va’da

qilgan edi, biroq jurnal uch son chiqdi hamki, hikoya bosilmadi.

Shu hikoya tufaylidan Kenja bilan Abbosxon orasida ko‘p janjallar

bo‘libdi. Buni Saidiy keyinchalik Munisxondan eshitib, Kenjaga

bo‘lgan adovati yana ortdi.


239

MAQSUD  SHAYXZODA

(1908 – 1967)

Umumturkona  so‘zlarning  serma’no  tovlanishi,  mohirona

topilgan qofiyalarning qo‘llanilishi, badiiy vositalarning ta’sirchanligi

singari  uslubiy  fazilatlari  maftunkor  tafakkurli  Shayxzoda  lirik

qahramonini o‘quvchiga yanada hammaslak va hamfikr qiladi.

Qalamiga mansub «Mirzo Ulug‘bek» dramatik fojiasi shu  janr

va  mavzudagi  nodir  asarlardan.  Hassos  shoir  lirikadagi  ijodi

bilangina emas, tarjimachilik, olimlik, muallimlik faoliyatining yorqin

siymolaridan sanaladi.

ÒOSHKENÒNOMA

(Lirik poemadan parchalar)

BAG‘ISHLOV

Shaharlar boqiydir, umr – o‘tkinchi,

Daryolar sobitdir, suvlar – ko‘chkinchi.

Har kim o‘z shahrida qo‘ygan esdalik:

Yo bino qurishda katta ustalik,

Yo shirin latifa yoki ixtiro,

Yo daraxt, yo farzand, ko‘prik, yo misra,

Yo qo‘shiq, yo dori, maktab, sog‘chilik,

Xulosa: dunyoda biron yaxshilik...

Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab

Qilarkan ta’rifin, sen bir oz to‘xtab:

«Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding,

«Ko‘rganda aytamiz!» deb imo qilding.



240

Va aytding – darvoqe, ko‘rgandan keyin:

«Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!»

Qomatga munosib bo‘lsin deb libos,

Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos

Dostonga quyilsin degandim u choq,

Kechikib yozganim kechirgin, o‘rtoq!

Bu yerda turganlar yoki ko‘rganlar,

Yoki ko‘rayin deb istab turganlar,

Yoki Òoshkentimning shaklin so‘rganlar,

Naqshini dilida olib yurganlar...

Sizga bu taronam – kuyim armug‘on,

Nasr – og‘ir qadam, nazm – chopog‘on.

III


Eh-hey, mening shahrimning ko‘hna qissasin,

Qissasinki, ming yillar qa’riga cho‘mgan,

Yer qatlarida qotgan sir-hodisasin.

Hodisaki, vaqt uni tuproqqa ko‘mgan,—

Kimlar ayta oladi? Bormi guvohlar?

Axir, ming yil yashamas qushlar, giyohlar!

Òushdi ne-ne zahmatlar bu yer, bu elga.

Balki toshlar aytardi, kirsaydi tilga!

................................................................

Sarg‘aygan qo‘lyozmalar, jimjima xatlar,

Mulla bobolarimiz chizgan sanadlar...

Varaqladim birma-bir o‘tmishni eslab,

Asrlar qadamida bir ma’no izlab.

Bir avlodning umri-ku bag‘oyat qisqa,

Ammo talay avlodlar mangu xalq demak.

Xalq kurashi o‘lmaslik uchun vasiqa,

Dadillikka umidlar berardi ko‘mak.

Uzilmasin zamonning rishtasi deya,

Asrlarning orasi qolmasin deb bo‘sh,

Yemasin deb tarixning varag‘in kuya,



241

Qullikka erk tilagi kerib turdi to‘sh...

Ha, bilim qolar ekan, yozuv qolarkan,

Yozuvdagi azaliy orzu qolarkan,

Yomonlik o‘lar ekan, pastlik o‘larkan,

Istibdodning qal’asi bir kun qularkan!..

Oh, kitoblar, kitoblar, mangu ishchilar,

Beg‘araz xayrixohlar va kengashchilar!

Mehnatning ta’rifini yozgan kitoblar,

Mardlar nomin harfma-harf tizgan kitoblar;

Yillarim oqib ketdi sahifalarda,

Siz goho kuldirdingiz latifalarda.

Goho mudhish janglarni tasvir qildingiz,

Qirg‘inlarni naql etib, ta’sir qildingiz.

Goh ustalar hunarin bayon etdingiz,

Olimlarning kashfini ayon etdingiz.

Lekin sizlar shohidi bo‘lgan zamona

Ming yildan nari o‘tmay turar hamona

Nari yoqning kechalar va kunduzlarin

Xalq esida qidirib topdik izlarin.

Qolgan-qutgan naqllar, afsonalar bor,

Nom-nishonsiz kuychilar qo‘ygan yodgor:


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling