Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50

o‘rnidan  qo‘zg‘olarkan,  Darveshali:  «Men...  Men...»  deb  dik

etib  turdi-da,  shamdonni  olib  o‘rtaga  qo‘ydi  va  qaychi  bilan

sham uchini avaylab kesdi.

Shoir bir taxta shaldirama

qog‘oz olib, ochiq, qalin kitob

ustiga qo‘ydi. Qalamni chi-

royli mu’jaz mis siyohdonga

botirdi-da qog‘oz ustida juda

ehtiyot  bilan,  asta  yurita

boshladi.  Bir  ozdan  keyin

Darveshali  oldinga  surildi,

ko‘zlarini  katta  ochib,  qo-

g‘ozga, akasining dam to‘x-

tab, dam yengil harakat qilgan

nozik qo‘llariga qarab turdi.

Qog‘oz g‘alati chiziqlar bilan

to‘la boshladi. Nihoyat, Na-

voiy qalamni qo‘ydi, qaddini

rostladi,  ukasiga  tabassum

bilan boqdi.

—  Mana  bu  ashkolga

1

  diqqat  eting,—dedi  u  qog‘ozni



(Darveshali tomon surib, — biz me’mori san’atda

2

) sohib vuquf



3

emasmiz. Bu sohaning ustod komili

4

, albatta, o‘z so‘zini aytar,



lekin biz o‘ylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo‘lishi kerak.

Qog‘ozdagi shakl binoning tarxi

5

 edi. Darveshali qiziqib



tamosha  qilarkan,  bu  muazzam  bino  butun  tafsiloti  bilan

1

 Ashkol – shakllar.



2

 Me’mori san’at – go‘zal binolar qurish san’ati.

3

 Vuquf – ma’lumot, bilim sohibi.



4

 Komili – mukammal biluvchi ustod.

5

 Binoning tarxi – bino proyekti, plani.



196

1

 Juzdon – papka.



shoirning  ko‘z  oldida  gavdalangandek,  Navoiy  uning  ichki

tuzilishi,  tashqi  ko‘rinishi,  naqshlari,  bo‘yoqlariga  qadar

tushuntirdi. Darveshalining har bir savoliga, go‘yo shu qabildagi

binoni biron joyda ko‘rib, maqbul topgan kabi, to‘la javob

berar edi. Keyin Darveshali bilan kitoblar yig‘ish to‘g‘risida

so‘zlashdi.  Qiymatli  kitoblarning  nusxalarini  ko‘paytirmoq

uchun Hirotdagi eng yaxshi kotiblar va muqova ustalari haqida

surishtirdi.

Hirot xo‘rozlari kechaning sukutini ikkinchi topqir buzganda,

Darveshali ko‘zlarini uqalab, o‘z xonasiga chiqdi. Shoir o‘zini

hali tetik va yengil sezar edi. Kechaning mayin sukunatiga sho‘ng‘ib

bir  nafas  xayol  surdi,  bir  parcha  toza  qog‘ozni  olib,  qalamni

ushlagan holda o‘yladi. So‘zlar fikrning oltin iðiga terilib, qofiyalar

bir-birini imlab, inoq qo‘l berisha boshladilar. Qalam qog‘ozning

silliq betida yurib ketdi:

Yillar tutubon shayx moqomotiga go‘sh,

Ne ko‘ngluma zavq yetti, ne jonima hush.

Jonimg‘a navo yetti-yu, ko‘nglumg‘a xurush,

Bir jur’a bila mug‘bachaiy bodafurush.

«Ruboiy»ni  ichida  o‘qidi,  yuzini  tabassum  qopladi.  Siyoh

qurigandan keyin qog‘ozni usti o‘yma gulli charm juzdonga

1

 tiqib,



arabcha qalin kitobni varaqlashga boshladi.

Ertasi quyosh yoyilganda eshikka chiqish bilan, jussasi kichikroq

bo‘lsa ham, semiz, yuvosh, yo‘rg‘a jiyron otni xizmatkor tutdi.

Shoir uzangiga oyoq qo‘yib, o‘zini egarga olishga ulgurmasdanoq

ot asta yurib ketdi.

Bozor  kuni  bo‘lganidan  ko‘chalarda  qatnov  zo‘r  edi.  Ot,

eshak mingan dehqonlar, qo‘ng‘iroqlarini jaranglatib solmoqlangan

qator tuyalar, kalava to‘la savatlarini boshlariga qo‘ygan kampirlar,

matolarini qo‘ltiqlagan to‘quvchilar va hokazo qurama olomon

bozor tomonga oqardi.



197

Shoir «Xiyobon» ko‘chasini o‘tib, «Bog‘ zog‘on»ning katta

darvozasiga yetishi bilan bu yerda tartib kuzatib turgan navkarlar

muhurdorga salom berib, darrov otning jilovidan ushladilar. Shoir

ularning yordamisiz otdan tushdi-da «Bog‘ zog‘on»ga kirdi. Bu

— turli qasrlar, ko‘shklar va boshqa go‘zal binolar va ajoyib

xiyobonlarga boy g‘oyat katta bog‘ edi. Daraxtlar oralab ketgan

keng, toza va quyosh nurlari bilan olachalpoq yo‘ldan borib, bir

necha tanob joyni ishg‘ol etgan katta gulzorga chiqdi. Bu yerga

go‘yo butun dunyoning gullari to‘plangan edi. Òurli-tuman rang

va  ziyo  bilan  quyoshda  yashnagan  bu  chaman  ko‘zlarni

qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. Har kungidek

to‘xtab, zavq bilan tamosho qildi. Keyin bu chamanzor qarshisidagi

koshonaga — devorlari, ustunlari, eshiklari naqqoshlar qo‘li bilan

yasalgan naqsh gulzorini tovlantirgan binoga tomon yurdi. Oltin

qubbachalar,  o‘ymakor  gullar  bilan  bezangan  eshikni  ochib,

kichikroq, lekin serhasham bir xonaga kirdi. Bu yerda uni do‘sti

Xo‘ja Afzal qarshi oldi. Bu — past bo‘yli, tiyrak ko‘zli, xush

muomila,  qariyb  o‘zi  bilan  tengdosh  kishi  edi.  Xo‘ja  Afzal

daftardorlik, hisob-kitob ishlariga juda mohir bo‘lish bilan baravar,

davlat ishlarida tadbirli, vijdonli bir mansabdor edi.

–  Ko‘zim  sizda  edi,  marhamat  qiling,  o‘rnidan  turib  joy

ko‘rsatdi Xo‘ja Afzal. – Hali devonda hech kim yo‘q. G‘olibo,

Xoqon hazratlari hanuz haram doirasidan chiqmagan bo‘lsalar

kerak.

Navoiy o‘tirib, do‘stining shaxsiy ishlari haqida so‘ragandan



keyin, avvalgi suhbatlarda bo‘lganidek, gap yana davlatga, xalqqa

doir umumiy masalalar sohasiga ko‘chdi. Navoiy adolatli davlatning

asosiy sifatlari nimalardan iborat bo‘lishi kerakligi, podshoning

xalqqa va xalqning podshoga munosabati, vazirlardan va beklardan

tortib,  to  eng  kichik  amaldorgacha  har  bir  ish  uchun  qonun

oldida mas’ul bo‘lishi, xalqning tirikchiligini yaxshilamoq uchun

lozim bo‘lgan choralar va hokazo to‘g‘risida gapirdi. Butun bu

masalalar ustida Xo‘ja Afzal shoirning fikrini quvvatladi, ham bu

yaxshi niyatlarni hayotda ko‘rmoqni orzu qildi.


198

– Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, – dedi Navoiy

shavqlanib, – o‘zga xalqlar ibrat  ola bilsinlar... Òokaygacha

insonlar vahshat sahrosida qolurlar! Inson barcha maxluqotning

tojidir. U sharafli, sof, go‘zal yashamog‘i kerak. Davlat arboblari

aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning

zangini oltinga aylantirmoq mumkin.

– G‘oyat go‘zal fikr, g‘oyat go‘zal niyat.— Òa’kidladi Xo‘ja

Afzal. — Lekin bu mamlakatda mansabdorlar toifasining xalqqa

jabr-zulm qilmog‘i bir odat va an’ana holiga kirib qolgan... Mana

bu zo‘r balo!

— Har yerda jabrning tig‘ini sindirmoq zarur.— Qat’iyat

bilan dedi Navoiy.— Zolimlar bilan murosa qilmoq jinoyatdir.

Mabodo o‘zimiz sindira olmasak, podshoga arz etmog‘imiz, uni

aqlga, insofga da’vat qilmog‘imiz kerak.

Mulozim kirib Navoiyga podsho uni yo‘qlayotganini bildirdi.

Shoir tashqari chiqib, o‘ng yoqdagi qirq marmar ustunli qasrga

tomon yurdi. Yeriga guldor chinnilar qoplangan dahlizda kafshini

qoldirib, zarhal eshikni ochib ichkari kirdi. Òo‘rda, taxtda o‘tirgan

Husayn  Boyqaroga  uch  marta  bukulib,  rasmiy  ta’zimni  bajo

qilgach, ijozat so‘rab o‘tirdi. Husayn Boyqaro belidan yuqorisi

kengayib borgan, qaboriq ko‘krakli, keng yag‘rinli, miqti gavdali

edi. Yirik, qiyiq, o‘tkir qarovchi ko‘zlari iroda va ingichka hiyla

bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va sho‘x tabiatni ham

ifodalar edi; boshida yirik gavharlar qadalgan qorako‘l qalpoq;

egnida yoqasi oltin gullar, qiymatbaho toshlar rang-barang porlagan

qizil  abrishim  to‘n.  Enlik  kamarida  oltin  qubbachalar,  yirik

gavharlar,  Badaxshonning  asl  la’li-yoqutlari  olovlanar  edi.

Darichalari go‘zal boqqa ochilgan katta, yorug‘ uyning devorlari,

shiðiri porlagan oltin, kumush bilan, san’atning mo’jizasi bo‘lgan

naqshlarning jonli gullari, yorqin va ohangdor bo‘yoqlari bilan

ko‘zlarni beixtiyor ham uzoq vaqt o‘ziga qadab qo‘yardi. Yerda

chamanday gullagan iðak gilamlar, baland shiðlardan osilgan oltin

qandillar,  tokchalardagi  asl  ajoyib  xitoy  idishlar,  ziynat  aqlni

shoshirar edi.


199

Navoiy o‘zini har vaqt uchrashgandagidek, sarbastlik bilan

tutib, podshoning kayfini so‘radi. Husayn Boyqaro ham shoir

bilan uchrashganda o‘zini qadimgi do‘stdek tutishga tirishar

edi. U ba’zi viloyatlarga, tumanlarga hokim tayin etish, Abusaid

Mirzoning o‘g‘li Sultonmahmud bilan qanday munosabatda

bo‘lish va hokazo masalalar haqida shoir bilan fikr olishdi.

Navoiy  hokimlardan  boshlab  to  mahalla  qorovuliga  qadar

yolg‘iz  davlat  manfaatini  o‘ylaydigan,  xalq  bilan  yaxshi

chiqishadigan  insofli  odamlardan  tayin  etishni  hamisha  bir

qoida  qilib  olmoq  zarurligini  uqtirdi.  Sultonmahmud  bilan

do‘stona  munosabat  bog‘lamoq  kerakligini,  agar  u  Mova-

rounnahr bilan qanoatlanmay, Xurosonni bosib olish uchun

fitna qo‘zg‘ab, tig‘ ko‘tarsa, omon bermaslik kerakligini bayon

qildi. Husayn Boyqaro bu fikrlarga sira e’tiroz qilmadi, bir

nafas sukut qilib:

—  Majididdin  Muhammadni  tanurmusiz?—  deya  birdan

so‘radi podsho.

— Òaniymen. —  Javob berdi Navoiy. — Ammo, fe’l-

atvorini bilmaymen.

— Bag‘oyat bo‘lumli inson,— dedi Husayn Boyqaro boshini

tebratib.— Mirzoiy Kichikka ixlos bilan xizmat qilmoqda. Bizga

sadoqati, himmati baland, havasim keldi. Men uni parvonachi

1

qilib olsam, degan mulohazaga keldim.



— Agar sadoqati samimiy bo‘lsa,— dedi Navoiy ikkilanib,—

xoqon  hazratlari  sinagan  bo‘lsalar,  u  taqdirda  kamina  uchun

e’tirozga o‘rin qolmaydi...

Husayn  Boyqaro  bu  xususda  qayta  so‘zlamadi.  Kimxob

to‘shakning ostiga qo‘lini tiqib, buklangan qog‘ozni oldi-da, kulib

shoirga uzatdi, Navoiy iðakday mayin qiymatbaho qog‘ozni ochib,

tabassum  bilan  podshoga  bir  qarab  qo‘ydi.  Bu  —  Husayn

Boyqaro yozgan g‘azal edi.

1

 Xonlik zamonida yirik mansablardan. Parvonachi ko‘pincha podsho qoshida



bo‘lib, farmonlarni yozib turar, ishlar haqida podshoga hisob berar edi.

200

1

 Lison – til.



2

 Nazm – tizma. Vazn ham qofiyali so‘z.

3  

Fusaxolar – so‘zga chechan odamlar. Go‘zal so‘zlovchilar.



Husayn Boyqaroning yoshlikdan she’rga havasi kuchli edi.

Bolalikda Navoiy bilan birga o‘qirkan, forsiy, turkiy shoirlarni

birga mutolaa qilishar, she’r haqida suhbatlashar, butun-butun

qasidalarni,  g‘azallarni  yodlashar  edilar.  Lekin  yoshlikda  ham

fikri, xayoli ko‘p vaqt toj va saltanat orzu-armonlari bilan band

bo‘lgani uchun bo‘lsa kerak, shoirlikka oz qunt qilar, goho-goho

bironta g‘azal yozib qo‘yar edi.

Navoiy g‘azalni dastlab ichida o‘qidi. Keyin tovush chiqarib,

chiroyli o‘qidi. Husayn Boyqaroning boshqa g‘azallari kabi, bu

ham ravon, musiqiyli oshiqona g‘azal edi.

Navoiy shu misra’larni maqtadi:

O‘tka yoqqil sarvni ul qaddi ra’no bo‘lmasa,

Yelga bergil gulni ul ruxsori zebo bo‘lmasa,

Sarv birla gul tamoshosiga maylim yo‘q turur,

Bog‘ aro ul sarvi gulruhdin tamosho bo‘lmasa!

Bu misra’larni tahlil etib, ularda shoirning o‘ziga xos ma’no,

xayol, rang borligini ko‘rsatdi va birov bilan munozara qilayot-

gandek, qizg‘inlik bilan gapirdi: «O‘z tilimiz neqadar toza rangli

va salohiyatli. Bu so‘z bilan har nechuk ruhni, ma’noni ifoda

etmoq mumkin. Men aminmenki, bizning lisonimiz

1

 fikr gavharlarini



nazm

2

 iðiga terishda fors lisonidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga



molikdir.  Bu  g‘azallarni  o‘qib,  fors  fusaxolari

3

  va  o‘zimizning



forsiðarastlarimiz ne deb og‘iz ochishga jasorat qila olurlar!»

— Bu tilni she’rning sheri mudofaa qilar ekan, yana qaysi

mard aksini isbot qilur?—dedi kulib Husayn Boyqaro,— janoblari

o‘z nodir asarlari bilan tilimizning husnini, quvvatini donishmand

xalq qoshida namoyon etdilar... Xotiringizdami, go‘daklik mavsu-

mingizda tilimizni qanday muhabbat bilan tashviq etardingiz? U

chog‘larda  o‘z  so‘zimizga  muhabbatni  menga  siz  talqin  etgan

edingiz, Bu muhabbat alhol dilimdadir.



201

Navoiy o‘zi haqida aytilgan bu haqqoniy so‘zlarni kamtarinlik

bilan, boshini quyi solib tingladi. Husayn Boyqaro o‘z g‘azalini

jamiki  shoirlarga  tatabbu  uchun  berib,  ulardan  bunga  javob

yozishlarini so‘ramoqchi ekanligini so‘zladi.

— Faraz qilaylik,—dedi Navoiy kulib,— g‘azalni yuz shoir

tatabbu etib, qalam sursalar, yuz g‘azal vujudga keladi. Bir tup

gul yuz g‘uncha ochadi!

Eshik  Og‘g‘a

1

  kirib,  arkoni  davlatning  hozir  bo‘lganini



bildirgach,  Husayn  Boyqaro  kirishga  ijozat  berdi.  Beklar,

vazirlar,  ulug‘  mansabdorlar  va  podshoning  har  vaqtki

hamsuhbatlari  muqarriblar  kimxoblarga,  xitoiy  shohilarga

belanib  kirishdi.  Har  kim  o‘z  darajasiga  ko‘ra  har  vaqt

o‘tiradigan o‘rnida qaror topdi. Beklar beki Muzaffar barlos

podshoga  yaqin,  eng  yuqori  o‘rinni  ishg‘ol  etdi.  Husayn

Boyqaro toj-taxt g‘avg‘osida tog‘, cho‘l oshib, o‘z raqiblari

bilan  kurashib  yurgan  pallalarda  unga  ko‘rsatgan  xizmatlari

uchun  bu  bekning  g‘ururiga  chek  yo‘q  edi.  O‘zini  go‘yo

podshohga  sherik  kabi  tutardi.  Umuman  davlatning  ustuni

hisoblangan bu odamlarning aksari, qanday bo‘lmasin, biron

qiziq  sifati,  fe’li-huyi,  yo  ishi  bilan  dong  chiqargan  edi.

Muhammad burunduq barlos — qadim beklar naslidan. G‘oyat

bilimli, sardor, ulug‘vor odam. Lekin ovga, qushga shuncha

o‘ch ediki, mabodo qushlaridan biri o‘lib qolsa, raso  motam

tutar, bu o‘lgandan ko‘ra,  falon o‘g‘lim o‘lsa bo‘lmasmidi,

derdi. Zulnun Arg‘un telbaroq, lekin ajoyib qilichboz, bahodir,

yovqur bek edi. Har vaqt ikki qo‘l bilan shatranj o‘ynardi.

Islim  barlos  —  sodda,  dilovar,  ov  va  qush  ilmining  piri.

O‘zining maxsus yoyini kuch bilan otib, o‘qni taxtadan o‘tkazar

edi. Ana shunday bahodirona ishlarni ko‘p bilardi. Mo‘g‘ulbek

— hamisha qimor! Badriddin — shunday chaqqon  edikim,

yetti otning ustidan qatorasi sakragan, Saydbadriddin— butun

harakati nozik, nafis edi, ajoyib raqs etardi.

1

 Eshik Og‘g‘a – saroy mansabdori.



202

1

 Qonun – maxsus musiqiy asbob.



2

 Shayxulislom – diniy ishlarni boshqaruchi yuqori mansabdor; ruhoniylar

boshlig‘i.

O‘zi  ixtiro etgan raqslari bor edi. Xo‘ja Abdulla Marvoriy —

har ilmdan bilardi. Ajoyib qonun

1

 chalardi, she’r aytardi. Xatni



chiroyli  bitardi.  She’rni  favqulodda  zavq  va  ingichkalik  bilan

tanlardi. Lekin ashaddiy fisq va fujurchi edi.

Òantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni to‘ldirgan

va ulug‘vor ta’zim vajohat bilan o‘tirgan rang-barang olomonga

faxrlanib qaradi... Keyin beklar bilan qo‘shin to‘g‘risida bir oz

suhbatlashdi. Viloyatlardan kelgan ba’zi xabarlar haqida vazirlardan

ma’lumot oldi. Nima uchundir Shayxulislomdan

2

 shariatga doir



bir masalani so‘radi. U qiroat bilan va g‘oyat solmoqlanib so‘zlar

ekan, zohiran diqqat qilayotganday ko‘rinsa ham, sabrsizlangani

bilinib  turardi.  Keyin  ov  va  qushchilik  to‘g‘risida  so‘z  ochdi.

Islim barlos birdan jonlanib ketdi. Azamat  gavdasini podsho

tomonga sal egib, qudratli qo‘llari bilan dag‘al siyrak mo‘ylabini

bir  silab  qo‘yib,  qushlarning  «ravish-raftori»  haqida  qiziq

ma’lumotlar bermoqqa boshladi. Muhammad burunduq barlos

ham gapga aralashdi. Ov to‘g‘risida ertakka o‘xshash qiziq  gaplar

asta-asta hammaning diqqatini tortdi. Podsho dam kulib, dam

jiddiy o‘y bilan quloq soldi. Nihoyat, Husayn Boyqaro katta va

davomli ovga tayyorgarlik ko‘rishni va umuman ovga doir jamiki

ishlarni Islim barlosga topshirdi-da, qo‘l ishorasi bilan o‘ltirishni

yopdi.  Butun  majlisni  o‘zining  shohona  ziyofatiga  taklif  etdi.

Hamma o‘rindan qo‘zg‘olib, ta’zim bajo keltirib turarkan, Husayn

Boyqaro asta, mag‘rur yurib boshqa xonaga o‘tib ketdi...

O‘NINCHI BOBDAN

...Navoiy ertalabki namozdan keyin ba’zi yaqinlari bilan birga

nonushta qildi.

Uning turli yumushlarini, topshiriqlarini bajaruchi mulozimlarni

qabul etib, ularga kengash berdi-da, «Bog‘ zog‘on»ga jo‘nadi.



203

Qishki «Bog‘ zog‘on» bulutlar orasidan mo‘ralagan quyoshning

sovuq nurlarida chamanzorlarining, xiyobonlarining so‘nik xazin

husni va katta hovuzlarining yupqa ko‘kimtir muz oynasi bilan

ko‘zlarni  beixtiyor  tortar  edi.  Navoiy  «chil  stunli»  qishonaga

kelib,  zarbof  to‘nli,  mag‘rur  «eshik  og‘o»ga  podsho  huzuriga

kirmoq istaganini bildirdi, «Eshik og‘o» bir zumda ko‘zdan g‘oyib

bo‘lib, ancha kutdirib chiqdi-da, katta to‘garak dahlizga qaragan

zarhal eshiklardan biriga ishorat qildi. Bu — devorlari guldor

to‘q  qizil  shohi  bilan  qoplangan  kichikroq,  chorburchak  xona

edi. Navoiy qat-qat zarrin to‘shaklar ustida susor po‘stin kiyib

o‘tirgan Husayn Boyqaroga rasmiy ta’zim qilib o‘tirdi. Bir necha

kundan buyon uchrashmagani uchun bu vaqt orasida qilingan

muhim mamlakat ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Husayn

Boyqaro  Iroqdagi  siyosiy  ahvollar  haqida  gapirdi.  Bu  o‘lkaga

hushyor odamlardan yuborib, ular orqali butun vaziyatdan ogoh

bo‘lib turish mumkinligini bayon qildi. Bu taklif Husayn Boyqaroga

ma’qul tushdi. Keyin u yaqinda vafot etgan Hirot qozisining

o‘rniga kishi tayinlash to‘g‘risida kengashdi. Navoiy bu mansabning

xalq ishida muhim ahamiyatini bilardi. Shuning uchun u shariatni

chuqur bilgan ham xalq orasida yaxshilik bilan nom chiqargan bir

necha olimlarning ismlarini o‘rtaga soldi.

— Bu mansab sohibi,— dedi Navoiy kulib,— oqni qora

demasin,  poraxo‘r  bo‘lmasin,  hatto  o‘z  o‘g‘lidan  gunoh  sodir

bo‘lsa uni qonun, qoidaga tamom muvofiq jazolaguchi bo‘lsin!

Husayn Boyqaro bu tavsiya etilgan kishilardan birini ham

surishtirmadi-da, «yana o‘ylab ko‘rurmiz» dedi.

Navoiy  vazirlar  to‘g‘risida  so‘z  ochdi.  Kirishdan  maqsadi

ham  zotan  shu  edi.  Davlat  ishlarini  tartibga  solmoq  uchun

ishbilarmand vazirlarga ehtiyoj bor edi. Mavjud ikki vazir —

Xo‘ja  Ato  ham  Abduxoliq  —  devondagi  ishlarni  boshqarib

ulgurmas edilar.

Navoiy Xo‘ja Afzalni bu mansabga loyiq bilar, ko‘pdan buyon

podshoga uni tavsiya qilar edi. Bu gal Xo‘ja Afzal masalasini

qat’iy bir yog‘liq qilmoqchi bo‘ldi.


204

1

 Munshilar – kotiblar.



2

 Behisht oso – jannatga o‘xshash.

3

 Saromadi – oldingisi.



— Nizomulmulk Havofiy bu oliy mansabga bag‘oyat muvofiq

emasmi?  —  sinovchi  ko‘zlari  bilan  Navoiyga  tikildi  Husayn

Boyqaro.

—  Bu  mansabga  hech  kim  Xo‘ja  Afzal  qadar  munosib

tushmas!

— U taqdirda har ikkisini ham vazirlik unvoni bilan sarafroz

qilurmiz,  —  qat’iy  qilib  dedi  podsho.  —  Nizomulmulkning

ulug‘ fazilatlari menga yaxshi ayondir.

Navoiy  uchun  e’tirozga  yo‘l  qolmagan  edi.  Shu  vaqtda

parvonachi Majdiddin qog‘oz, qalam, dovot ko‘targan uch-to‘rt

munshilar

1

  bilan  kirdi.  Bular  Boyqaroning  turli  ishlari  haqida



buyruqlarini yoki maktublarini yozib olishlari kerak edi. Navoiy

ruxsat so‘rab tashqari chiqdi.

Majdiddin o‘z munshilari bilan ikki soat qadar podsho huzurida

ishladi. Yorliqlar, maktublar qalamga olingandan keyin munshilarga

ijozat berildi. Majdiddin vafodor it ko‘zlari bilan qarab podshoga

murojaat etdi:

—  Oftobi  olam,  shahar  qozisi  mansabi  uchun  muborak

ko‘zingiz qaysi baxtiyorga tushdi?

— Hanuz hech kishiga.

— Bu faqir qulingiz xoqon hazratlarining behisht oso

2

 poy-


taxtlarining  sharafiga  munosib  bir  donishmandni  taklif  etmoq

istaydi.


— Kim ekan?— qiziqib so‘radi Husayn Boyqaro.

— Xuroson olimlarining saromadi

3

 mavlono Shahobiddin,—



javob berdi parvonachi.

Husayn Boyqaro taajjublanib, qoshlarini ma’nodor chimirdi.

—  Xurosonning  ulug‘  olimlarini  yaxshi  bilurmen,  ammo

Shahobiddin degan zot xotirimda yo‘q.

— Balki xotir shariflaridan chiqqandir,—dedi Majdiddin,—

so‘ngra mavlono Shahobiddin g‘oyat kamtarin va xokisordir.



205

Husayn  Boyqaro  orqasidagi  darichadan  boqqa  bir  qarab,

ko‘zlarini yumib sukut qildi.

Majdiddin o‘z do‘stini maqtab ketdi. Olimlar orasida johilligi

bilan  tanilgan  mavlono  Shahobiddinni  «zamonaning  Aflotuni»

deb ta’rifladi. Bir vaqtlar Abu Said Mirzo davrida o‘n ming

dinorlik vaqf mulkini yeb qo‘yib sharmanda bo‘lgan eski qallobni

«insof, adolat, vijdonning timsoli mujassami» deb ko‘rsatdi. Agar

podsho,  uning  so‘zlaridan  zarra  qadar  gumonsirasa,  bu  odam

to‘g‘risida Amir Mo‘g‘ulning va Muzaffar barlos Muhammad

Burunduq  barloslarning  ra’yini  bilish  mumkinligini  alohida

ta’kidladi.  Husayn  Boyqaro  ko‘zlarini  ochdi.  Mavlono

Shahobiddinning nasabi haqida so‘radi. Uning bobolari o‘rtasida

dongdor  a’yonlar  ko‘p  o‘tganidan  Majdiddin  bu  to‘g‘rida  lof

urishni zarur bilmadi. Husayn Boyqaro juda qiziqdi. Agar barloslar

ham muvofiq topsalar, uni qozi tayin etmoqni va’da berdi-da,

parvonachini birga olib, hamsuhbatlari bilan bo‘ladigan har kungi

chog‘ir bazmiga oshiqdi.

Alisher Navoiy devonxonaga keldi. Bir-biriga yopishgan qator

keng xonalarda devonboshilar va turli darajadagi amaldorlar o‘zaro

gap sotib vazifalarini xush’yoqmaslik bilan bajarardilar. Har xonada

beshlab, o‘nlab munshilar, navisandalar sovuqdan qo‘llarini puflab-

puflab, engashib, yozuv yozardilar. Har biri ma’lum vazifani olib

boruchi devonbeklarining ko‘pining o‘rni bo‘sh turardi. Navoiy

qovog‘ini  soldi:  «Albatta  sharobxo‘rlik  bilan  mashg‘ullar,

betovfiqlar!» – qarg‘adi ichida. U har bir arkoni davlat

1

 har kun


devonda

2

 hozir bo‘lib, fuqaro ishi bilan shug‘ullanishi va bukun



bitadigan  ishni  ertaga  qoldirmasligini  podshoga  qancha  daf’a

tushuntirdi! «Òaftish yo‘q, tergov yo‘q, shuning uchun mas’uliyat

ham yo‘q!»—dedi ichida.

Dastlab tuman va kentlarga doir ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ariza va shikoyatlarni tegishli mahkamalar va ularning boshliqlariga

1

 Arkoni davlat – davlat arboblari.



2

 Devon – bosh idora, hukumat majlisi.




Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling