Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
sugorganini, bularning yerlariga hech bir suv oshmaganini yozganlar... Shu gapni eshitgandan song yigitlarning biri irgib ornidan turgan va mushtini tugimlagani holda: «Ozim tutib olib uraman, zangarlarni!»... deya oshqirgan... Songra Miryoqub turib, bunday degan: «Mingboshi dodho boshagan suvning siz tomonga oqishiga qarshi emas. Lekin osha ikkoviga ochakishib, pastga suv bergisi kelmaydi: «Oshalarning yeri ichadigan bolsa, hammaniki qurib ketgani yaxshi», deydi. Baribir, pastga suv berganimiz bilan sizga suv tegmaydi, hamma suvni ular ikkisi tosib oladi!» Bu soz yigitlarning yaralariga tuz-qalampir bolib tushgan; ular uchalasi bir ogizdan: «Mingboshi dodho suvni pastga otkaza bersin, ular bilan ozimiz gaplashamiz!» deganlar. Miryoqub ularning oz oldilarida mingboshining chorikorlarini chaqirib, boshalgan suvni pastga otkazmoqqa buyruq bergan. Mingboshi Miryoqubning bu arzini ertak tinglagan yosh boladay, buyuk bir zavq va nasha bilan tinglamoqda va erta- indin ikkala boyning boshiga tushadigan hangomalarni koz oldiga keltirmoqda edi. Uning fikricha, osgan bolaga eski kiyimi tor kelganday, Miryoqubga ham endi «epaqa» laqabi kamlik qilardi. Unga boshqa bir munosib laqab topish lozim kelardikim, unday laqabni endi bu qishloq odamlari topolmasdilar, buning uchun Amir Navoiy yoki Mavlono Jomiy, yo bolmasa, Shohmashrabning tirilib kelishi darkor edi. Mingboshi qumariqda chovrilgan u galati nayranglar va u nayranglarning ustasi togrisida shunday shirin oylarga ketgan, Miryoqub esa mingboshining xursandlik va kayf bilan mast bolgan yuzlariga tikilgan bir paytda ichkaridan bir tovoq tola manti chiqib, dasturxonning ortasidan joy oldi. Miryoqub bu dargohda
164 tez-tez korinib turadigan bu serqatiq, semiz va yogliq mantilarga qadrdon dostini korganday shirin bir kayf bilan tikildi, songra kozlarini tovoqdan kotarib, mingboshining yuzlariga qaragach, shu topda tovoqdagi manti bilan tovoqqa tomon egilgan yuz ortasida hech qanday farq kormadi: ikkalasi ham shu qadar yogliq edi! Mingboshi qol yuvishni unutib, «oling-oling»ga qaramasdan, besh panjasini barobar botirib, tovoqqa hujum boshlaganini korganidan keyin, Miryoqub irgib ornidan turdi-da, qol chay- qamoq uchun ariq tomonga yugurdi. Lekin mingboshi dodhoning ajdar kepatali ishtahasini bir oz toxtatmoq lozim edi; shuning uchun Miryoqub uning aqlini ogirlamoq maqsadida qichiq masaladan gap ochdi: Òoyni nima qildik, xojayin? dedi u qolini chayqab turib.
Mingboshi boshini tovoqdan kotarmay, ogzida bir manti, qolida ikkinchi manti bilan shoshilib javob qildi: Ozing bilasan! Men qaydan bilay! Miryoqub mingboshining bu javobidan shu topda uning mantidan boshqa hech bir masala bilan mashgul bololmasligini angladi. Chinakam, u qolini chayqab dasturxon boshiga kelganida, tovoq yarimlay degan edi. Shu uchun ular ikkalasi ham bir ozgina jim qolishni ep kordilar. Ayniqsa, mingboshi ogziga paxta tiqqan kabi, jiddiy sukutga tolmishdi... Òovoqning u yer-bu yerida uch-tortta qatiqsiz manti qolgach, mingboshi dodho tovoqdan boshini kotardi. Faqat ikki kozi va qolining moljali tovoqda edi. Ha, xojayin, dedi Miryoqub, boldingizmi? Boldim hisob! Qani ol sen ham! dedi mingboshi va oz oldidagi yolgiz mantiga qol uzatdi... Ungacha Miryoqub ham oz tomonidagi mantilarni bir joyga toplab olgan edi! Òovoq boshalib, ortadan kotarildi, uning orniga katta choynakda choy keldi. Shundan keyingina mingboshining gap- sozga kochmak istagani malum boldi.
165 Qani, qizdan gapir endi, betavfiq! dedi u. Otasi nima depti? Siz ilgari qizning ozidan gapirib bering. Qalay, ovozi maqul boldimi? Sorab nima qilasan? Senga butun avliyo-anbiyolarni shafe keltirib aytamanki, osha qiz menga nasib bolsa, undan keyin xotin olishni bas qilaman! Hech kimni shafe keltirmay tura turing hali. Keyingi ikkitasini olgan vaqtingizda ham, har safar: «Bas endi! Shu oxirgisi!» derdingiz. Bolmaydigan vadalarni til uchiga keltirmang, ichkarida tura tursin... Vaqti kelganda, vada bermasdan ham bittaga tayanib qolsangiz bolaveradi... Ishonmaganingni qara, benamoz! Men astoydil gapirayo- tirman. Xudo bitta, soz bitta! Hoh-ho!.. Hali shu darajaga borib qoldingizmi? Bolgan ekan! Nimasini aytasan. U kelsa, uchovidan ham kechmoqchiman. Uchoviga qayrilib qaramay, deyman... bor-yogimni oshanga beray, deyman... Sizga nima boldi, xojayin? Aqlingiz joyida-mi? Yo yoqmi?
Mingboshi kozlarida allaqanday bir iztirob bor edi. Uning ogzidan chiqqan sozlar, tildagina aytiladigan sozlarga oxsha- masdi. Miryoqub butun umrida korilmagan bu hol qarshisida shoshib qoldi. Yana bir necha marta boshini egib, «hoh-ho- hoh-ho» deya takror qildi. Oraga jimlik chokdi. Faqat Miryoqubning chuqur oyiga ketib, torta-torta choy ichgani eshitilardi. Mingboshi qolidagi choyni hech bir luzumsiz aylantirib, sovitmoq bilan ovora edi. Hoh-ho! dedi yana Miryoqub. Otasi qurgur yaqin kelmaydi-ku. A? dedi mingboshi. Choyni yerga qoyib, butun vujudi bilan Miryoqubga tikildi. Sofisi qurgur yomon taqvodor ekan, xojayin.
166 Nima depti? Ayta beraymi? Mingboshi qichqirdi: Aytmay nima qilasan! Yashirarmiding? Umrida peshanasi sajda kormagan odamga qiz beramanmi? depti... Mingboshi negadir «qah-qah» solib kuldi: Òoza avliyo ekan-ku, dedi. Benamozga qiz bermas ekanmi? A, avliyosi tushkur-ey! Undan keyin, betavfiq, buzuq yuradigan, depti... Mingboshi yana «qah-qah» soldi: Sen bilan yurib, shunday boldim, betavfiq! Epla endi ozing. Men bir ish qilib olaman qizni! Menga bermay kimga beradi? Shu choqqacha zor berib allanarsalarni oylamoqda bolgan Miryoqub yana chontagidan soatini olib qaradi: Hoh-ho, dedi, on ikkiga yaqinlashib qolibdi. Men ketdim, xojayin. Ornidan turdi. Shoshma, dedi mingboshi, u ham ornidan turgan edi. Maslahat nima boldi? Otasi bermaydi, deb keta beramanmi? Miryoqub kavishini kiyib, sallasini boshiga qondirgach, mingboshiga yaqinlashdi. Xotirjam boling, xojayin! dedi. Ovozida jiddiylik, keskinlik va oziga ishonch tolib yotardi. Otasini unatamiz, qiz sizniki boladi. Men ozim bajaraman bu ishni. Mingboshi uning orqasiga bir-ikki marta urib qoyib: Senga ishonaman, senga, yolvarsim, yolvarsim! dedi. Mingboshi, kechaning chuqur jimligida kattakon kavishini taqillatib, esnay-esnay, ichkariga kirib borarkan, Miryoqub Mirzaboboni yoniga olib, darvoza darchasidan kochaga chiqqan va qishloq itlarining topolon «vov»lari ortasida keta turib, johil sofining qaysarligini sindirish uchun turli-tuman tadbirlar axtarardi...
167 CHOLPON SHERIYATIDAN MEN SHOIRMI? «Tarjimayi holim»ga Xayolim bir uchib ketib qoladir, Men ham tizginini qoyib beraman. Zotan, qandoq qilib tutib turaman? Eng nozik qilimga tegib qoladir. Uchadir... uchadir... ming qabat kokni Bir boshdan siypalab ota beradir. Zerikmay, erinmay keta beradir, Bazan hovliqtirib jinni yurakni... Kolanka kabidir, otgan yeridan Songra qarasangiz, bir nishon qolmas. Yurgan yerlaridan oziq ham olmas, Shunda zerikaman uning sayridan... Bir zamon bir shirin joyga yetganda, Nariga otmasdan toxtab qoladir, Oshiqdek yastanib, yotib oladir... Shu choqda qiynalish boshlanar menda. Chunki xayolimning kozlari bilan Bir gozal holatni korib turaman, Lazzatga garq bolib, olib turaman. U holni borliqning sozlari bilan. Anglatish qolimdan kelmay qoladir, Shu choqda tillarim qaldirab ketib, Borligim yoqlikka gildirab ketib Demakki: «Boshqalar bilmay qoladir Shunday gozallikni! Attang agar men, Rassom bolsam edi, chizib berardim. 168 Oxshash nusxa bilan yozib berardim. Shu ojiz holimda shoirmanmi men?..» Shoirlik menda bir soyami, deyman, Har bir tushunchamni yoza olmagach, Rassomdek xayolga chiza olmagach, Haqir borligimga kop afsus yeyman... Xayolim yuksakdan tushib ketadir, Shoirlik chang bolib uchib ketadir... ···
YONGIN Talanmagan, yiqilmagan yer yoq, Godaklar nayza boshida... (Xabar)
Nega menim qulogimda tun va kun, Boyqushlarning shumli tovshi baqirar? Nega menim borligimga har oyun Va har kulgi ogu separ, ot qoyar? Konglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar, Boyqushlarga buzuq koksin ochganmi? Ota-ona, tanish-bilish, ortoqlar Yurtni tashlab, tog va toshga qochganmi? Shunday katta bir olkada yonmagan, Yiqilmagan, talanmagan uy yoqmi? Bir koz yoqmi qonli yoshi tommagan, Butun kongil umidsizmi, siniqmi? Podalarning yaylovida borilar Qonga toygach, uvlaylarmi koplashib, Yiqiqlardan olkalarni toplashib, Otmi qoyar alvastilar, parilar? 169 Tabiatning butun yomon tomoni, Shu olkaga faqat jilva qildimi? Mominlarning oq vijdoni, imoni, Sham songanday tinsizgina sondimi? Qilichlarning tillarida qizil qon, Buloqlarning suvi yanglig toshdimi? Yalang bola, yalang godakmasum jon Nayzalarning boshlaridan oshdimi? Keng yaylovga otmi ketdi, yondimi? «Madaniyat» istagiga qondimi? ···
VIJDON ERKI Ay, tutqinlar, ay ezilgan, Ay, qiynalgan, yoqsil ellar, Ay, umidsiz, ay chizilgan Dor oldiga... Oppoq dillar! Ay, bevalar, bechoralar, Ay, boglangan kishanlarga, Ay, erk uchun ovoralar, Kop yalinmang siz ularga! Borilardan omon kutmak Tentaklarning ishidir ul. Har moneni hatlab otmak Turmushda eng togri bir yol! Zulm oldida har bir narsa, Ehtimolki boyin egar. Agar zulm avjga kelsa, Kok boshida yerga tegar.
170 Hayvonlarga, insonlarga Zolim ega bolmay qolmas. Faqat erkin vijdonlarga Ega bolmoq mumkin emas! ···
QOZGALISH Ey! Sen meni haqir korgan, tuban degan afandi! Ey! Ustimda bir umrga xoja bolmoq istagan, Ey! Boynimga kishan solib, halokatga sudragan, Kozlaringni zaharlatib oynatmagil, bas endi! Kishanlaring zang bosgandir, sergak bolkim, uzilur, Tomirimda qozgalishning vahshiy qoni gupurdi. Eski fikr, ananalar endi butkul uzildi. Yo bitarmi yoki sening saltanating buzilur! Ey! Sen meni qul ornida ishlatguvchi afandi, Titra, qorqkim, bogliq quling bosh kotargan kuch endi! ···
SOMON PARCHA («Kundalik daftarim»dan) Topshirdim ozimni muhit erkiga, Muhit girdobida bir somon parcha, Bir poxol chopidek oqib boraman. Har amal, har ishni «haq» deb boraman, Vazminim qolmadi bir uzuk qilcha. Muhit kuchlik ekan, egdim boynimni, Chaqmoqdek yaltirab uchish yoq endi. Yolgon xayollarga kochish yoq endi, Oqishning yoliga soldim kuyimni.
171 Na isyon, na tolqin, na tofon, na ot! Kozimda ogir bir tilsim nuri bor. Ay, otli kechmishim, yuzingni berkit, Senda shaytonlarning haqsiz zori bor. Men endi xuddi bir somon parchasi, Lekin zor dengizning cheksiz qoynida, Jimgina boradir kirsiz qoynimda Erkin kopriklarning allaqanchasi! Kirmayman kochaning boshi berkiga, Chunki taslim boldim muhit erkiga... ···
XAZON Kuz chogi... tuproqlar gezarib qoldilar, Gezarib qoldilar kuz chogi tuproqlar. Song damda yaproqlar qizorib yondilar, Qizorib yondilar song damda yaproqlar. Qargalar boglarda qaglashib qoldilar, Bilmadim, kimlarning qismati uzulur? Yongoqqa yopishib, bir changal soldilar, Bilmadim, kimlarning umidi yoq bolur? Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelgonlar, U qopol tushingiz qorlarda yoq bolsin! Ey, menim bogimdan mevamni tergonlar, U qora boshingiz yerlarga komulsin! Bilmadim, kimlarning umidi yoq bolur, Song damda yaproqlar qizorib yondilar? Bilmadim, kimlarning qismati uzulur, Kuz chogi... tuproqlar gezarib qoldilar?
172 ···
Bir tutam sochlaring mening qolimda, Gijimlab opaymi, yo tarab-yechay, Sir deb saqlaganing mening qoynimda, Sir deb saqlayinmi yo yelga sochay. Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? Ozing-ku «ularda vafo yoq!» deding, Nimaga ularni tagin kutasan? Ochilgan qoynimda tolgangan taning Kongildan qilcha ham hid yetkazmasa, Menga yaqinlashma, ay, tirik bosa! «Sevdim» deganlaring yolgondir sening!.. ··· BAHORNI SOGINDIM... Bahorni sogindim, bahorni... Korganda yerlar, olamlar tola qorni. Qor... qor Zaharli ninalar kabi Kozlarga qarab oqar... Qaydasiz, qaydasiz Latif siynalar kabi Dalalarga singgan bahor? Tala-tuz, Ekin-tikin... Gamgin-gamgin Sola boshladi. Sargaygan yaproq, Boyanib tuproq Olaboshladi, ola boshladi...
173 Yoq... olim yoqdir! Yolgiz bir ochib, bir sonish bordir. Bir ochib, sonib... yana yonish bor. Yana bahorlar, Yana lolalar, Yana siz, ey... erkin tilaklar!.. ···
KUZ YOMGIRI Tokildi tomchilar... Yaproqning yuzlari Tomchiga optirib hollandi, Chuqurcha qollandi... Tomchini kopdirib, Betida oynatdi. Chuqurcha, U jindek kolcha, Tomchilar Koklarning sozlari Yerlarni qamchilar... 174 GAFUR GULOM (1903 1966) Falsafiy obrazlilik, umumbashariy ezguliklarning donishona va sanatkorona tarannumi shoir ijodining eng muhim fazilatlaridan sanaladi. Sharq va Garb ilgor madaniyatining chuqur bilimdoni bolgan Gafur Gulom nasriy, publitsistik, tarjima asarlari bilan ham ozbek adabiyoti tarixida oziga xos ibratli iz qoldirdi. GAFUR GULOM SHERIYATIDAN VAQÒ
(Menga soat taqdim etgan jiyanim mayor Hamidulla Husan ogliga bagishlangan) Guncha ochilguncha otgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Bazida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz sonishi uchun etgulik. Yashash soatining oltin kapkiri Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda oz qorasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon. Yarim soat ichida tugilib, osib, Yashab, umr korib, otguvchilar bor; Koz ochib yumguncha otgan dam qimmat, Bir lahza mazmuni bir butun bahor. 175 Bir onning bahosin olchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ayuhannos ovoz. Yigit termuladi qizning koziga, Kiðrik suzilishi, mayin tabassum... Qosha qarimoqqa muhr boladi Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. Yashash darbozasi ostonasidan, Zarhal kitob kabi ochilur olam. Òiriklik korkidir mehnat, muhabbat, Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram. Qatrada osmon aks etganidek, Jahonday manodor qorachigimiz. Golib asrimizga quyoshdan mashal, Zamon qorasining sonmas chogimiz. Galaba amri-la maglub nemisning Generali qol qoydi. Uch sekund faqat... Shu malun imzoda odamlar oqur Million yil fashistning umriga lanat. Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan soraydi qadrin. Fursat ganimatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chogidir umr daftarin. Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek, Diana mabadin yoqmoq shart emas, Koplarning baxtiga ozlikni jamlab, Shu ulug binoga bir gisht qoysak bas.
176 Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan otajak har lahza uchun, Qudratli qol bilan qoyaylik haykal. Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar ganimatdir, umrzoq soqiy. Quyoshki falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. ALISHER
Yuksak tog oralab okirgan sherning, Narasiga tengdir aksi sadosi. Besh yuz yil yangradi togday Vatanda, Buyuk Alisherning asriy nidosi. Ona sutidan ham aziz narsa yoq, Bagir: forsiy siyna, arabchada adr. Kokrak suti bilan boqqan oglini Ona yurt xalqlari qilmoqdadir qadr. Birinchi tamshangan sutning hurmatin Butun hayot boyi oqlay ololgan, Òevarak olamga korkin korsatib, Vatan va xalqini yoqlay ololgan. Òirik odamlarga nasiba bolgan Hayotiy farogat, jahoniy alam; Birisi ozgina erkalab otib, Birisi bir umr taqib qilsa ham. Òofon, quyunlarda yakka-yu yolgiz, Monolit, granit haykalday magrur, 177 Òemurbek davlatin songgi chogida Sarkash-u barhayot, boysunmas shuur Daraxshon yulduzlar sari okirgan, Boynida zanjiru, qalbi ozod sher, Insoniy muhabbat mehri-la vafo, Erk-u baxt timsoli ulug Alisher. Hirot tongotarin tasavvur qilib, Yigitlik umringning kamolin kordim. Qarigan choglaring qaro shomida Xuroson olkasin zavolin kordim. Zavolni bilmagan porloq ijoding Marifat mulkida bitmas xazina! Insoniy kamolot katta yolida Bir poya yuksakroq oltindan zina. Otmishdan besh yuz yil tarixchi uchun Sinchiklab qarasa kuni kechadek. Yashovchan kishiga endigi ming yil Ertaga qoliga kirgan oljadek. Besh yuz yil hurmatin saqlagan ozbek Kecha tugilding, deb qiladi faraz. Yetuk kishilarni yana ming yillar Xalq farzand ataydi, jondan, begaraz. Ozbek deb atalgan ozod ulusning Otaxon shoiri, qadrli ustod. Oshiqlar gazaling kuyga solganda, Mashuqlar dilining xonasi obod. Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan Kattadir, kichikdir, bizda kishi yoq, 12 Adabiyot, III 178 Oltin baldoqdagi nifrit koz kabi Asaring biz uchun boldi qorachug. Ulugvor xalqimiz tarixda mashhur, Guvohlik berolur bunga Gerodot. Ozbekni, tojikni qabila atab, Biror lord qilolmas otmishni unut. Sharqimiz chumoli uya emasdir, Birin-birovidan tanib bolmasa, Shorlik boybachchalar, toleingiz shor, Afsuski, tarixdan tonib bolmasa!.. Ne-ne tarixlarni boshdan otkazib, Òalay jafolarni tortgan eski Sharq Ne-ne daholarni tarbiyat qilib, Oftobday jahonni nurga qildi garq. Alisher Mushtariy yulduzi kabi Ozbek osmonida bolqigan chogi Yana bir muhtaram ogil korganday, Kattaroq ochildi olam quchogi. Elektr barchaning uyin yoritur Va tuz totimida milliy farq yoq. Marifat insonning sherik xislati, Vatani fazodir boshalarkan oq. Òirik Farhodlarni tanimak bolib, Oliy yurtimizga qilsangiz safar, Bu yerda har bitta taroshlangan tosh Yuksak umidlardan beradi xabar. Mehnatda qahramon, janglarda botir, Sevmakda vafoli, dostlikda mahkam
179 Alisher orzusi bolgan avlodmiz, Asrimiz korkimiz, asrimiz korkam. Yuksak tog oralab okirgan sherning Narasiga tengdir aksi sadosi, Besh yuz yil yangradi togday Vatanda Ulug Alisherning asriy nidosi. SEN YEÒIM EMASSAN (Ikkinchi jahon urushining ota-onasiz qolgan godaklariga) Sen yetim emassan, Òinchlan, jigarim, Quyoshday mehribon Vataning onang, Zaminday vazmin-u Mehnatkash, mushfiq, Istagan narsangni tayyorlaguvchi Xalq bor otang bor. Chochima, jigarim, Oz uyingdasan, Bu yerda na gurbat, na ofat, na gam.
Bunda bor: harorat,
muhabbat, shafqat
Va mehnat nonini koramiz baham. Sen etim emassan, Uxla, jigarim.
180 Bu yerda muzlagan Ajdar halqumli, Vahshat toplarining Qahqahasi yoq. Bu yerda odamzod shaklida yurgan lanati devlarning Manfur, yuqumli, Maraz namoyishi Topolmas huquq. Ulug jang kunidir, Jangki, beomon. Lashkar degan axir Bexatar bolmas. Otang olgan bolsa Qaygurma, qozim, Kozim usti Minnating boshimga durra, Shu soglom havoda Salomat-omon, Xorsinmay, erkinlab Ola ber nafas. Ey ulug naslimning Yuragi, joni, Kiðrigingga ilinmas Yigidan zarra. Sen yetim emassan, Uxla, jigarim. Yetimlik nimadir Bizlardan sora. Oninchi yillarning Sargardonligi; Isitma aralash 181 Qorqinch tush kabi, Xayol kozgusidan Ochmaydi sira. Men yetim otganman, Oh, u yetimlik... Voy bechora jonim, Desam arziydi. Boshimni silashga Bir mehribon qol, Bir ogiz shirin soz Nondek arzanda. Men odam edim-ku... Inson farzandi... Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling