Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50

Bu yovvoyi darrandaning bo‘kirishi edi! Mirzaboboday odam

tutila-tutila:

— Darrov... otni egarlab... uyiga borib kelaymi? Yo... shaharga

chopaymi? — dedi.


152

—  Endi  esingga  keldimi,  itvachcha!..  —  deb  baqirdi

mingboshi. So‘ngra asabiy odimlar bilan ichkariga tomon yurdi.

Ichkaridan ham uning baqirgan ovozi eshitilardi. Faqat uchala

xotin uning nima uchun kayfi ketganidan bexabar edilar. O‘zaro

bir-birlariga nazar tashlashgach, ko‘z ishorati ila katta xotinga

vakolat berdilar. Xadichaxon bir-ikki qadam oldinga bosib kelib:

—  Nima  bo‘ldi  sizga?  —  deya  so‘radi.  Shu  topda  o‘zi

yengilgina qaltiramoqda edi.

Mingboshi nihoyat darajada odobsiz bir so‘z bilan baqirib

javob qildi. Ikkala yosh xotin sekin-sekin orqalariga tisarilib, o‘z

uylariga kirib ketdilar. Xadichaxon turgan joyida qotib qoldi...

— Yelkamda o‘n putdan o‘ttiz put yukim bor... — dedi

mingboshi.

Bu ham baqirishga yaqin bir ovoz bilan aytilgan edi.

Uchala xotin ham bu yukning nimaligini anglab yetolmadilar.

Xadichaxonning fikricha, mingboshiga «irim» qilgan edilar. Endi

uni  «qaytartirmoq»dan  o‘zga  iloj  yo‘q  edi.  Bu  fikr  boshqa

kundoshlarning  miyalaridan  ham  o‘tmadi  emas...  Faqat

Xadichaxonning bu fikri qat’iy bo‘lsa kerakkim, yashirishga lozim

ko‘rmadi:

—  G‘animlar  qasd  qilganga  o‘xshaydi.  Qaytarma  qildirib

bersammi? — dedi.

—  Ayollarning  bilgani  irim,  bilgani  qaytarma,  bilgani

azayimxon... Qovog‘i uchsa ham azayimxonga chopadi... — dedi

mingboshi.  Va  shu  so‘zlarni  aytarkan,  uning  bulutli  yuzlarida

jindakkina ochilish alomatlari ko‘rindi. Shu ochilishdan dadillanib

bo‘lsa kerak, Xadichaxon yana e’tiroz qildi:

— O‘zingiz, o‘z og‘zingiz bilan «yuk bosdi», demadingizmi?

Mingboshi kulib yubordi:

— «Yuk bosdi», degan bo‘lsam «qanday yuk?» deb so‘ragin-

da, bachchag‘ar! — dedi u.

Bu vaqtda uydagilar ham asta-sekin tashqariga chiqib, yaqin

o‘rtaga kelgan edilar. Mingboshi davom qildi:

— Uchalang kam yukmisan menga?


153

— Nima og‘irimiz tushdi sizga? — dedi Xadichaxon.

— Gazetni o‘qi, bilasan... Senlarning tufaylingdan yomon

nomim  yetti  iqlimga  ketdi...  Hammang  bir  qora  mo‘yimga

arzirmiding, qalay?.. Agar olmoqchi bo‘lsa, hammangni ikki qo‘llab

tutardim o‘sha gazetchi dayusga!.. Menga bitta xotin bas edi...

zurriyotlik bo‘lsa... Shuncha davlatni kimga ishonib qoldiraman?

Uchta bezurriyotgami?..

— Nimaga hammani barobar ayblaysiz? Fazilatni og‘izga

olmaysizmi?

—  Fazilating  menga  asqotarmidi?  Bir-ikki  yildan  keyin

birovlarning qo‘liga suv quyadigan bo‘ladi. Qiz farzand bo‘larmidi?

Qaysi biring ota-onangga asqotding!..

Bu  ma’qul  gaplarga  e’tiroz  qiladigan  joyi  bo‘lmasa  ham,

Xadichaxon  yana  bir  nima  demoqchi  edi,  tashqaridan

darvozaning  xarxasha  bilan  ochilgani  eshitilib,  so‘ngra  «ha»

deguncha ichkari eshik ketidan Mirzaboboning yo‘g‘on ovozi

chiqib qoldi:

— Xo‘jayin, Miryoqub akam keldilar!

Mingboshi darvoza ochilgan hamon tashqariga yugurgan edi.

U  chiqib  ketgach,  uchala  kundosh  bir  yerga  to‘planib,

kuyovlarining  avzoyini  muhokama  qildilar.  Ancha  nari-beri

gaplardan  keyin  ertaga  erta  bilan  Xadichaxonni  cho‘loq

azayimxonnikiga yuborishga qaror berildi...

Mingboshini tashqarida Miryoqub ham o‘sha sovuq xabar

bilan qarshi oldi:

— Xo‘jayin, sizni gazetta uribdilar! Mana, ko‘ring!

«Salom» yo‘q, «alik» yo‘q, ikki g‘ildirakli aravasidan tushar-

tushmas, qo‘lidagi gazetni mingboshiga uzatib, kular yuz bilan

shu so‘zlarni aytgan Miryoqub mingboshining ko‘ziga shu topda

itdan ham xunuk ko‘rinib ketgan edi.

— Òur-e, afting qursin sening!.. Gazeting boshingni yesin!..

Gazetni olib, uning yuziga irg‘itdi.

Miryoqub esa «qah-qah» solib kuldi, yerga tushgan gazetni

engashib yerdan oldi-da, qoqib, ko‘ziga surtgach, to‘rt buklab


154

cho‘ntagiga soldi, so‘ngra tezgina mingboshining qo‘ltig‘iga kirib,

apil-tapil uni so‘richaga keltirib o‘tqazdi.

— O‘tiring, xo‘jayin! — dedi o‘zi ham qarshisiga o‘tirarkan.

— Nima bu tajanglik? Nima bo‘libdi? Dunyo buzilibdimi?

O‘zi uchun Miryoqubdan boshqa chin ko‘ngildan kuyadigan

odam yo‘qligini mingboshi yaxshi bilardi. Shu uchun uning bu

kungi  harakatini  sira  anglayolmay  qoldi.  Aravasidan  tushmay

turib:  «Xo‘jayin,  sizni  gazetta  uribdilar!»  dedi,  so‘ngra  o‘sha

gazetni (o‘sha gazetning o‘zini) uzatdi... Bu nima gap? Òushimi,

o‘ngimi? Yo ishongan tog‘i ham ag‘darilmoqchimi? Yo Miryoqub

ham boshqa yoqadan bosh ko‘tarmoqchimi? Miryoqubsiz uning

kuni kun bo‘ladimi? Bu davlatlar, obro‘lar, amallar, kattaliklar...

Hammasi qamishning to‘zg‘og‘iday bir nafasda to‘zib ketadimi?

Miryoqub  burungi  Miryoqub  bo‘lsa,  to  mingboshi  o‘zi  gap

ochmaguncha,  bu  qora  xabar  to‘g‘risida  gap  ochishga  ham

botinolmasligi lozim kelardi... Albatta, ko‘ngillarida hech gapni

saqlamaydirgan  og‘zi  bo‘sh  odamlar  bo‘ladi.  Lekin  unaqa

odamlarning nomlari «Miryoqub», ayniqsa, «Miryoqub epaqa»

bo‘lmaydi. Miryoqubning tishlari, har holda, lablaridan kuchliroq-

ku!  Lablarini  tishlari  orasiga  olsa,  tili  o‘lgur,  bir  oz  ko‘milib

turardi-ku... Faqat Miryoqub hech bir ishni bilmasdan qilmaydi!

Haligidek bema’ni vahimalardan so‘ng, nihoyat, mana shu

keyingi natijaga kelganidan keyingina, mingboshi esini boshiga

to‘pladi va Miryoqubning yuziga gazetni irg‘itgani uchun o‘z-

o‘zidan koyidi. Uning tirriq ta’bi ham tezgina o‘rniga tushdi,

yuzi kuldi...

— Hazilingni qo‘y endi, — dedi u oddiy va hatto bir daraja

muloyim ovoz bilan. —  Menga bir maslahat top. Yetti iqlimga

yomon nomim ketdi...

Miryoqub juda tinchlik bilan, kulib turib, bemalol gapirardi:

— Ha, balli, mana bunday deng! Jahl bilan, g‘azab bilan,

tutoqish  bilan  bu  to‘g‘rida  hech  narsa  qilib  bo‘lmaydi.  Bu

mahkamangizdagi  qora  fuqaro  bilan  bo‘ladigan  ish  emaski,

chaqirtirib kelib, Mirzaboboga buyursangizu, yerto‘laga olib tushib,


155

qichigan yerini qashlasa! Yozgan odam o‘sha berkitilgan maktabning

domlasi... jadid! U allaqachonlar o‘z yurtiga yetib oldi, gazet

bo‘lsa,  gazetchisi  bilan  birga  Òoshkentda...  Siz-bizning  emas,

bizdan kattaroqlarning ham bo‘yi yetmaydi. Gazet yozadiganlar,

odatda, zakonchi bo‘ladi... Ular bilan yarim poshshoga o‘xshagan

ulug‘ odamlar olishmasa, uncha-muncha odamlar bekor kelmaydi.

Jadidlar hammasi mahmadona keladi...

— Jadiding nimasi? Nima degan gap o‘zi?

— Maktabini yoptirgan vaqtingizda aytib bergan edim-ku.

— Esda qolgan deysanmi?

— Jadid degani «yangi» degani bo‘lsa kerak. Yurt orasida

yangilikni rasm qilarmishlar... Yangi o‘qish, yangi maktab, yangi

urf-odat, yangi kiyim, har narsa yangi...

— Eskicha bo‘lsa, kimga zarari tegar ekan?

— Unisini bilmadim... Ishqilib, jadidlarning qasdi shu emish...

— Yangi mingboshi, yangi qozi ham, desang-chi!

— Albatta, o‘ziga mos keladigan mingboshi bo‘lsin, deydi

jadid...

— Darvoqe, Shamsiddin mingboshi bilan Òo‘raqul bo‘lus

to‘g‘risida hech narsa yozishmaydi-ku jadidlaring... Nimaga mening

to‘g‘rimda yozishadi?

— Abdusamat mingboshini osmonga ko‘tarib yozganlaridan

xabaringiz yo‘qmidi?

— Ha, aytgancha, bulturmidi?

— Ha, bulturidi. Qanday maqtab yozishdi.

— Jadidlaringga tushunolmay qoldim-ku! Men butun umrimda

to‘rtta xotin olibman. Uning ham bittasi o‘z ajali bilan o‘lgandan

keyin... Abdusamat bir o‘ntacha xotin oldi... Hali ham to‘rttasi

qo‘lida — naqd... Nega uni yozmadi jadiding?

—  Mening  jadidim  emas,  xo‘jayin!  Shunday  bo‘lsa  ham,

mening bilishimcha, jadidlar yangilikni mayl qiladigan odamni

yaxshi ko‘radilar.

— Ha, aytgancha, Abdusamat o‘z qishlog‘iga yangi tartib

maktab ochgan emasmi? Durust...


156

— Abdusamat mingboshi hovlisida muallim saqlab, o‘g‘illarini

o‘qitadi.  Jadid  maktabiga  pul  bilan  qarashadi.  Odamlarning

bolalarini yubortiradi. O‘zi jadid gazeti o‘qiydi...

—  Shuning  uchun  jadidlarning  ko‘zi  uning  o‘nta  xotinini

ham ko‘rmaydi, degin.

— Shunday, jadidlar  yangi maktabga qarashmagan boylarni:

«nodon, johil, u-bu» deb so‘kishadi. Ularning maktabiga ozgina

yordam qilgan boyni «hamiyatlik boylarimizdan falon, falon...»,

deb osmonlarga ko‘tarib yozishadi... Siz ham jadid maktabini

yoptirmasdan, og‘iz uchida, «ha-pa» deb qo‘ysangiz, sizni ham

maqtab yozishardi.

Mingboshi shu yerda Miryoqubga tomon egildi va pastroq

ovoz bilan dedi:

— Noyib to‘ra qo‘ymadi-da, qandoq qilay.

— Noyib to‘ra ham ayyor odam. O‘zi buyruq berib yoptirsa

bo‘lardi,  unday  qilmadi.  O‘zi  bir  chekkada  turib,  siz  orqali

qildirdi... Òayoq endi kelib, sizning boshingizda sindi!

— Yo‘q, shoshma, men noyib to‘raning yonlariga boraman,

«Ilojini qiling, o‘zingiz aytgansiz», deyman. Qani, yo‘q desin-chi!

—  Yo‘q  deyishdan  qo‘rqarmidi?  Yo‘q  deydi,  tonib  tura

beradi...

— Nega, axir? Nega?

— Bugun tonadigan bo‘lmasa, o‘sha vaqtda o‘zi o‘z buyrug‘i

bilan yoptirmasmidi?

— Òonganiga qo‘yamanmi?

— Nima qilardingiz? Urarmidingiz?

— Urib bo‘ladimi?

— Nima qilardingiz?

Mingboshi jim bo‘ldi. Bir qo‘lini chakkasiga olib borib, boshini

qashladi...

Ikkalasi ham bir oz jim qolgach, yana mingboshi gap boshladi:

— Bir maslahatini topmasak bo‘lmaydi. Men bu ishni shunday

qoldirib  ketolmayman...  Shamsiddin,  Òo‘raqul,  Abdusamatlar

qo‘sh karnay bilan jar solishadi... Bilasanmi?


157

— Bu gapingiz rost, xo‘jayin. Ularnikida kechadan beri

to‘y!

— O‘sha maktabdor domlani toptirib kelib, Mirzaboboga



topshirsamu, yerto‘lada bir burov solsa, deb edim. Shunda, ehtimol,

ko‘nglim bir oz o‘rniga tusharmidi...

— Boya aytdim-ku, endi uning arvohini ham topolmaysiz.

— Nima qilamiz bo‘lmasa?

Miryoqub javob bermadi. U aytmoqchi bo‘lgan so‘zini fikr

tarozisiga solib o‘lchamoqda edi. Nihoyat, mingboshi tomonidan

haligi savol yana qaytarilgandan keyin:

— Nima qilardingiz, tishni-tishga qo‘yasiz, xo‘jayin! — dedi.

Mingboshi irg‘ib o‘rnidan turdi.

— Òishimni-tishimga qo‘yadigan hezlardan bo‘lsam, ma, ol,

bu shop-shaloplarni! — dedi u baland ovoz bilan. — Menga

pasport olib ber, Makkatulloga jo‘nayin!

— O‘tiring, xo‘jayin! — dedi Miryoqub, uning ovozi ham

bir oz ko‘tarila tushgan edi. — O‘shqirish bilan, zarda bilan

bitadigan ish emas bu. O‘ylaylik, bir chora topaylik!

So‘ngra o‘rnidan turib, ayvonga bordi; u yerda choynak bilan

piyola turgan edi, sovuq choyni piyolaga to‘ldirib quygach, bir

shimirishda tamom qildi. So‘ngra orqasiga qaytarkan, odatdagidan

qattiqroq va tezroq so‘zlandi:

— Gazetni shaharda ko‘rdim. Shundan beri tadbir axtaraman.

Hech bir tadbir topolmaganim uchun nochor-noiloj kulgiga zo‘r

bergan edim. Katta ariqdan xatlayolmagan vaqtingizda kulgingiz

keladi... Bilasizmi?

— Bilaman.

— Yiqilgan polvon ham achchig‘ini kulib yengadi, — dedi

yana Miryoqub.

Mingboshi bir oz jim qolgach:

— Ishqilib, bir chora topmasang bo‘lmaydi, — dedi. Faqat

bu keyingi jumla quturgan darrandaning emas, suvga pishilgan

mushukning og‘zidan chiqmoqda edi...

O‘yga botgan Miryoqub boshini ko‘tardi:


158

— O‘zimizning gazetga kelishtirib bitta javob yozamiz. Jadid

gazetda sizni so‘kkan bo‘lsalar, o‘z gazetamizda biz maqtaymiz,

muallimni yomonlaymiz. Shu bilan tarozining biz tomon pallasi

bosib tushadi. Abdusamatlarning karnayi bolalar chaladigan qamish

nayga aylanib qoladi. Shu bas!

— Ha, mayli!

— Durustmi? — deb yana qaytarib so‘radi Miryoqub.

— Durust! — dedi mingboshi. — O‘zing yozasanmi?

— Bilib gapirasizmi, xo‘jayin? Men gazetning o‘zini tuzuk-

quruq o‘qiyolmayman-ku, unga xat yozish qayoqda! Muni o‘z

ahli, o‘z ustasi yozadi. Shaharga tushganimda, to‘g‘rilab chiqaman.

— Bo‘pti, — dedi mingboshi. — Ishqilib, o‘zing epla.

So‘ngra  o‘rnidan  turib,  Miryoqubga  yaqin  keldi  va  uning

qulog‘iga egilib:

— Pul kerak bo‘lsa, ayama lekin! — dedi. — Pul degan

narsa topilib ketadi, obro‘ topilmaydi, obro‘!

···


Oradan  ikki  hafta  o‘tgandan  keyin  Miryoqub  sart  tilida

chiqadigan hukumat gazetasining bir nusxasini keltirib, indamasdan

mingboshining quchog‘iga tashladi. U nusxada quyidagi maktub

bosilib chiqqan edi:

«Hurmatli gazet muallifi to‘raga salomdan so‘ng andog‘ arz

qilinurkim, jadid nom toifaning shaharlarda chiqarilaturg‘on gazetida

Akbarali mingboshi xususida noloyiq iboratlar bilan ta’rif qilingan

bir noma chop qilindi. Shu xususda haqiqat yuzasidan izoh qilib

ayturmizkim, Akbarali mingboshi qariyb o‘n to‘rt yildan buyon

oq  podshohimizning  azamat  davlatlariga  sadoqat  bilan  xizmat

qilib,  shuncha  zamon  mobaynida  hech  qanday  sarzanishga

mustahiq bo‘lmadilar. Shahar va uyezd hokimi to‘ralar va fuqaro

va boyonlar va ahli ilm toliblar va hokazo hech kimsa mazkur

mingboshidan jiddiy norozi bo‘lganlari yo‘qdur. Va balki hamisha

uning haqida xayri duodadirlar. Ul beodob maktabdor bo‘lsa,

hamma  fuqaroning  nazarida  past  va  haqir  ko‘rilgan  edi.  O‘zi



159

namoz o‘qimasdan va maktabda go‘dak bolalarga er mudavvardur,

ya’ni misli tarvuz yumaloqdur, deb shariatga xilof ilmlarni ta’lim

bergani vajxidan fuqaro bezovta bo‘lib, har xil qiliqlar paydo

bo‘lib, yurtning osoyishiga xalal kelganidan mazkur maktabdorning

maktabini janobi Akbarali mingboshi berkitib erdilar. Bu vajhidan

tamom fuqaro va alalxusus boyonlar, tolibi ilm mullabachchalar,

mudarrislar, imomlar, shayxlar va zokirlar, so‘filar bag‘oyat mamnun

bo‘lib,  ul  shahanshohi  jahon  oq  podshohimizning  va  ham  ul

ulug‘ martabalik yarim podshoh janoblarining haqlariga duo aylab,

shunday  odil  va  insoflik  fuqaroparvar  amaldorlarni  qo‘yganlari

uchun ularga minnatdorlik izhor qiladurlar, vallohi a’lami bissavob.

Òammat-tammat  tomon  yozguvchi  kamina  xolis  fuqarodin

mulla Rivojiddin a’lami Mulkobodiy».

Buni  o‘qitdirib  eshitgandan  keyin  mingboshi  juda  xursand

bo‘ldi. Endi to‘y bu tomonda boshlandi. Endi buning karnayi

dunyoni buzajak, narigilarniki bo‘g‘ulajak edi. Endi yetti kishvar,

yetti  iqlimda  Akbarali  mingboshining  qanday  yaxshi  amaldor

bo‘lganini bilajaklardi. Oq podshoh bo‘lsinu, yetmish ikki toifaning

tilini  biladigan  tilmochlari  bo‘lmasin!  U  tilmochlar  tomonidan

tarjima qilinib berilgandan keyin, bu maktubni oq podshoh, albatta,

o‘qitib eshitajak... balki o‘zi o‘qiyajak... balki o‘zi gazetning tiliga

tushunsa... Qo‘l ostida shuncha toifa yashaydigan bir podshoh

o‘z fuqarolarining tilini bilsa ajabmi? Mulla Rivojiddin o‘zi ajab

bir xushtahrir odam! Yozishini ko‘ring: suvday ravon! Hamma

uqadi, hamma anglaydi! Oq podshoh nega anglamasin? Shundan

keyin Peterburgdan Òoshkentga — yarim podshohga telegramma

kelsa:  «Mening  shunday  yaxshi  amaldorim  bor  ekan,  qadriga

yetib, hol-ahvolidan xabardor bo‘lib turibsanmi?» Ana, shundan

keyin, Òoshkentdan chopib keladigan katta to‘ralarni ayting! U

vaqtda shahardagi hokim va pristup to‘ralar Akbarali mingboshiga

«chas» («chest») beradigan bo‘ladi! Unda narigilar mingboshi

emas, kech kuzdagi chivindan ham battar bo‘lib qolishadi!..

Bu  safar  gazetni  bag‘riga  bosib,  shu  xil  shirin  xayollarga

botgan mingboshi irg‘ib turib, qarshisida o‘tirgan Miryoqubni


160

quchoqlash va butun davlatini unga tutib yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a

to‘xtatib qoldi. Bunday odamga qancha qilsa va qancha bersa oz.

Shunday bir xursandlik ichida suzgan mingboshiga Miryo-

qubning  yana  boshqa  arzlari  bor  edikim,  ular  ham  ahamiyat

jihatidan gazetdagi maktubdan sira qolishmasdi.

— Xo‘jayin, ko‘nglingiz o‘rniga tushdi, shekilli? — dedi u

bir turli g‘urur bilan, lekin bu so‘zlar ortiqcha «moylanish» va

xushomaddan yiroq edi.

Mingboshi boyagi kayfni to‘la aks ettirib, javob qildi:

— Nimasini aytasan!

— Bo‘lmasa, naryog‘ini eshiting.

— Naryog‘ini?

Mingboshining ko‘ngliga darhol iztirob tushib ulgurgan edi.

Shunday yaxshi bir xabardan keyinga qoldirilgan arz, albatta,

xayriyatdan gapirmaydi. Agar yaxshi gap bo‘lsa, Miryoqub uni

gazetdagi maktubdan burun aytmasmidi? «Xo‘jayinning besaran-

jom  ko‘nglini  tinchitay,  undan  keyin  yotig‘i  bilan  bu  xabarni

eshitdiray», degan bo‘lsa-chi?! Yo‘q, amali ham qursin, obro‘si

ham! Mingboshilikning shop-shalopi og‘ir bo‘lmasa ham, o‘ziga

yarasha og‘ir tashvishlari bor... Katta odam bo‘lish ham qiyin!..

Mingboshining haligi so‘ng savolida butun shu iztiroblarning

mazmuni bor edi.  «Epaqa» laqabini tashiydigan tulki u savolning

ostida yotgan behuda tashvishlarni darhol payqadi. Shu uchun

darrov:

—  Bugun  sizning  to‘yingiz!  —  deb  qo‘ydi.  Va  so‘zida



davom etdi.

Masala qumariq paynovidan suv ichadiganlarning hokimga bergan

arizalari xususida edi. Ariza berganlarning boshida kimlar turganini

o‘tgan safar noyibning mingboshiga aytgan so‘zlaridan anglab olgan

Miryoqub  Qumariqning  etaklarigacha  borib  kelib,  hamma  gapni

bilganini va tegishli tadbirlarni o‘tkazib kelganini gapirdi.    Ariza

egalarining  adabini  berish  vazifasi  uning  o‘z  bo‘yniga

yuklatilganligidan,  haligi  «o‘tkazilgan  tadbirlar»  bilan  u  o‘sha

vazifasini ham bajarib kelgan edi.


161

— Yaxshi. Ariza berganlar Yodgor echki bilan Umarali puchuq

ekan. Aniq bilibsan. Xo‘sh, endi, qani gapir-chi, ular xususiga

nima tadbir qilding?

Miryoqub kuldi:

— Nima tadbir qilding, deysizmi?

— Ha, nima tadbir qilding, deyman.

Mingboshi butun diqqatini shu nuqtaga to‘plab, Miryoqubga

tomon bir oz egila tushgan edi. Miryoqub kulishida davom etib:

— Bolalarga tayinlab keldim: pastdagi yerlarga ham uncha-

muncha suv berib turinglar, dedim.

Mingboshi yana ovozini ko‘tara tushdi:

— Shu adab berganing bo‘ldimi?

— Adab berganim bo‘lmasa, shunday qilarmidim, qalay?

— deb Miryoqub yana kuldi.

— Nechuk ya’ni?— Insof ham kerak axir, xo‘jayin! Sizning

yerlaringizni sug‘orib bo‘lgandan keyin suvni yana Qumariqqa

ochib qo‘ysa bo‘ladi. Ancha suv ortadi. Hech kim dod demaydi.

Ayb chorakor bolalarda. Sizning obro‘yingizga tayanib, beparvolik

qilganlar.

— Nimaga?

— Nimaga bo‘lardi. Ular yerlarni sug‘orib bo‘lgandan keyin

Qumariqqa yana qaytib suv ochmas ekanlar. Shuncha suv yondagi

eski ariqlarga, pastliklarga tushib, ekinsiz yerlarni ko‘llatib yotar

ekan. Pastdagilar o‘zlaricha kelib, suvni ochgani qo‘rqishar ekan.

Mirob bo‘lsa, og‘iz ocholmaydi.

— Ortiqcha suv bo‘lsa, mayli, bersin, — dedi mingboshi.

— Hech narsa demayman. Lekin haligi ikkovining adabini berish

kerak edi. Nimaga mening ustimdan ariza tashlaydi?

—  Adabini  berish  kerak  bo‘lsa,  tutib  olib  uramizmi?  Yo

ko‘pchilik oldida xo‘rlab so‘kamizmi? Yo bo‘lmasa...

Mingboshi Miryoqubning og‘zidan so‘zini uzib oldi:

— Har nima qilamiz! — deb baqirdi. So‘ngra ovozini pasaytira

tushib ilova qildi: — Men ikkalasini chaqirtirib olib, Mirzaboboga

berishdan ham toymayman!

11 – Adabiyot, III



162

— Bir marta hokimga ariza bergan odamlarni urib bo‘lmaydi.

Keyin ular hokimga yana qayta arz qilsalar, yo bo‘lmasa, hokimning

ustidan  arz  qilsalar,  yomon  bo‘ladi.    Advokatlarning  arizasini

bilasiz-ku!

Mingboshi indayolmay qoldi. Nafasi ichida edi. Faqat o‘z

fuqarolaridan ikkita boyga kuchi yetmaganiga hech chidayolmasdi.

Yo‘g‘on oyoqlaridagi zo‘r-zo‘r kavishlari bilan bezovta bo‘lib yer

depsinardi.

Miryoqub bu holni ko‘rganidan keyin uni tinchitmoqchi bo‘ldi,

mingboshiga juda tanish bo‘lgan kulimsirash bilan uning yoniga

o‘tdi va dushman eshitsa ishonadigan bir ovoz bilan:

— Ularning adabini dehqonlarning o‘zlari berishadi! — dedi.

So‘ngra mingboshining hayron bo‘lib o‘ziga tikilganini ko‘rgach,

Qumariqda ko‘rib kelgan dasisalarni so‘zlab berdi.

Uning so‘zidan anglashilardikim, Qumariqqa borgan vaqtida

u  yerga  suv  yetmay  alamzada  bo‘lib  yurgan  oz  yerli  kam-

bag‘allardan bilagi yo‘g‘on uch yigitni chaqirib, ularning yerlariga

suv tegmasliqda mingboshining hech bir aybi yo‘qligini, hamma

ayb Yodgor echki bilan Umarali puchuqda ekanini so‘zlagan.

Yigitlar  buning  sababini  so‘ragan  vaqtida  Miryoqub  ularni

Sadaqayrag‘och  degan  joyga  olib  borib,  ekinlarni  ko‘rsatgan.

Chinakam o‘sha joyda mingboshining bir shapaloqqina yeri bo‘lib,

soya joyda qolib ketganligidan, g‘o‘zalari uncha o‘smagan, ko‘p

chigitlari  chiqmay  qolgan  ekan.  U  yerning  yon-veridagi  ko‘p

yerlar  Umaraliboy  bilan  Yodgorxo‘jaga  qarar  ekan.  Ularning

yerlari mingboshining paynovidan suvni juda bemalol ichganlari

uchun  ekinning  ko‘rinishi  nisbatan  yaxshi  bo‘lgan.  Ana  o‘sha

ekinlarni yigitlarga ko‘rsatib turib: «Mana, ko‘ring endi, kimning

yeri ko‘p ichar ekan suvni!» degan. Shundayoq yigitlar mushtlarini

tugimlab, boylarning yerlari tomonga o‘qtalganlar «Hap siznimi!..»

deganlar. Shundan keyin Miryoqub yigitlarni o‘tirishga da’vat

qilib,  ularga  bir  yashirin  gap  aytmoqchi  bo‘lganini  so‘zlagan.

Ular yuraklariga talvasa tushib va lablari qaltirab, uning og‘ziga

tikilgach, sirni hech kimga aytmasliklari to‘g‘risida ulardan qattiq


163

va’da olgan; undan keyin Umaraliboy bilan Yodgorxo‘ja tomonidan

hokimga berilgan arizadan gap ochgan. Miryoqubning gapidan

yigitlar anglaganlarkim, Umaraliboy bilan Yodgorxo‘ja yaqinda

hokim to‘raga ariza berganlar va u arizada o‘z yerlarini necha

yildan  beri  suvsiz  qolayotganini,  Qumariqdagi  suvning  faqat

mingboshiga qarashli yerlar bilan boshqa ba’zi birovlarning yerlarini


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling