Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ham, odamlar singari tuzukroq bir siylab yuborishni, albatta, lozim deb oylardi. Oz qolida bunday qudrat yoqligini oylab, noumidlikka tushar, bogilardi... Yuragi yomon gash bolib ketganidan keyin chiday olmasdan, kampirga aytib kordi: Olganim yaxshi mening! dedi u. Kongildagidek bir siylay olmasam mehmonlarimni! Odatda yumshoq gapiradigan kampir bu gapga achchiglandi... Bolmasa, ozingni bozorga olib chiqib sot! Kongildagidek mehmon qila olasan... dedi. Sizga odam kongildagi hasratini ham ayta olmas ekan- da, dedi Enaxon; kozlariga yosh olib, onasidan uzoqlashdi. Xuddi shu hasratini tomorqa-hovlichadagi ariq boyida otirib, kelinbibisiga aytganida, u darrov buning fikriga qoshildi: Shunday yaxshi narsalarki! Bularga qancha qilsangiz oz! Zebixonni qarang, Zebixonni! Kuzda biz borganimizda kormagan edik-a?
9 Adabiyot, III 130 Otasi olgur, sovuq sofi, javob bermagan ekan... Muncha ham ovozi chiroyli bu qizning!... Ashula aytsa, quloging mast bolib, oladi odam... Nafasi buncha issiq, muncha mazalik! Muncha tasirlik! Shuni aytaman-da. Suyuq osh qildik, oshqovoq somsa qildik, palov qildik... boldi! Bundan ortigiga mana shu kambagallik olgur yol qoymaydi... Shu yerda chuqur bir «uh» tortdi Enaxon. Songra yana sozida davom etdi: Varaqi somsalar qilsak, oq unlardan galati mantilar, chuchvaralar qilsak, boylarnikida boladigan dimlama qogurmalar qilsak... Birdan tajanglanib, ornidan turdi: «Oshqovoq somsa»! «Oshqovoq somsa»! Kambagallik qursin, ilohim! «Kambagal xudoyimning suygan bandasi», deydilar, shumi suygan bandaning holi?! Boyadan beri shu togrida oylanib, oqqan suvga xashak tashlab otirgan kelinning yuzlarida xuddi shu paytda bir yoqimli kulimsirash paydo bolgan edi. Ornidan turib, haligi shirin kulimsirashi borgan sari ochilgani va yoyilgani holda Enaxonga yaqin bordi: Xafa bolmang, aylanay! dedi. Men ilojini topdim. Boylarnikiga oxshagan galati ziyofat qilib jonatamiz mehmon- larimizni! Enaxon bu ilojning nimaligini anglayolmaganidan hayron bolib kelinbibisiga qarar, hali yuzi kulmas edi. Nechuk? dedi u va kelinbibisining kozlariga baqrayib tikilgani holda uning ikkala qolini qollari orasiga oldi. Ozimizning kuchimiz yetmasa, teng-toshlarimiz, ortoqla- rimiz bor. Ularga aytib chaqirtiramiz... Enaxonning yuzi birdaniga ochildi. Lablariga keng bir tabassum yoyildi. U kelinbibisi topgan ilojni anglagan edi: Mingboshining qiziga aytmoqchimisiz? Osha chaqirsin, deysizmi?
131 Yo u, yo bolmasa kichik xotini Sultonxon-chi? Bolarmikin? Shu yergacha ular ikkovi bir joyda toxtashib sozlashmoqda edilar. Keyin: Boldirishni menga qoyib bering. Ishingiz bolmasin. Ishqilib mehmonlarni xursand qilsam, boldimi? dedi. Shundan song ikkalasi bel ushlashib, uyga tomon yura boshladilar. Yaxshi maslahat! Jon kelinbibi, bir ish qiling! dedi Enajon kelinbibisini mahkamroq quchoqlab. Kelin birdaniga toxtab: Ularnikidan hech kimni chaqirtirdikmi? deb soradi. Enaxon ham yetgan joyidan toxtab: Yoq! deya javob berdi. Kim biladi deysiz, muni? «Mingboshining falon-falonlari bizni koziga iladimi?» deb xabar ham qilmabmiz. Endi qanday bolar ekan? Biz shu kechaga mingboshi toganing qizi bilan kichik xotinini chaqirtiraylik. Kecha chaqirtirganimizda kelmasalar, bugun chaqirtirsak, albatta, kelishadi. Siz nima deb otiribsiz! Zebixonning ovozi, ashulalari undan kattaroqlarni ham sudrab keltiradi. Siz xotirjam boling. Men ozim gizillab chiqib kelaman. Bu kecha bitta-yarimta ashula eshitib, suhbatni korishsa, ertaga, albatta, chaqirtirishadi. Ikkalasi, yuzlari yulduzday charaqlagani holda, darichadan ichkariga hatlagan vaqtlarida Zebining «qora sochim» kuyiga aytayotgan ashulasi quloqlarni shirin-shirin qitiqlamoqda edi... V Akbarali mingboshining belida kumush kamari, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bolmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda korganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qoychi, yo bolmasa, yaylov tomon bilan ish koradigan tuyachi deb oylaydilar. Chakka suyaklari turtib chiqqan, peshana boyiga tor, eniga keng va uzun-
132 uzun uch chuqur ajinga ega.. Burun ortacha, lekin qanshari past... Koz qisiqroq kelgan, parda tomirlaridan ikki-uchtasi va ham ikkala kozining bir yonida jindak joyi hamma vaqt qizil, bir kozida picha shapagliq asari ham bor... Iyak keng, jag sergosht. Juda siyrak bolgan soqol iyakning ortasigagina toplanib, echkiniki singari pastga tomon sangillab tushgan. Ozi qoraroq xotin uchrab, bir chang solsa, hech narsa qolmaydi! Moylov ham soqol singari siyrak. Usta Òoxtashning «asrdiyd» dokati ikki kunda bir qirib turganligidan lab ustidan kalta va tekis bolsa ham, umuman ozi, yarmidan kopi yiqitilgan daraxtzor singari xunuk korinadi, ikki uchida oltitadan on ikkita uzun qil, sichqonning dumiday ingichka bolib pastga chozilgan... Dokat bilan ikkala tomonga ikki marta qol tegizilsa, u sichqon dumlaridan asar qolmaydi, shu bilan moylov masxaraboz kepatasidan chiqib, odam nusxasiga kiradi. Sanatiga berilgan usta Òoxtash taassuf berilgan narsani yigishtirib qoyib, «sanatsanat uchun» degan nazardan qarab... Akbarali mingboshiga moylov togrisida haligi taklifni qilgan bolsa-da, shunday katta bir amaldor ham xalqning tanasidan qorqib, usta Òoxtashning taklifini rad qildi. Shu bilan u masxara moylovlar ayanch bir kepatada sangillagancha qolib ketdilar... Mingboshini bu baland darajalarga kotarib, uning vositasi bilan oz dimoglarini ham chog qilib turadigan shahardagi toralar, uning ikki chakkasida sangillab turgan u ingichka «ko- kil»larni «ikki osilganlar» deb piching qilardilar... Bu soddadil «sart» amaldori muningdek pichinglarga tushunmasa ham, piching qiluvchi toralarning ozlari mashhur rus adibining 1 «Yetti osilganlari»dan ham sozda, ham ishda juda yaxshi xabardor edilar...Akbarali mingboshi ozi yolgiz qolib «vijdoni» bilan qarshima-qarshi kelgan vaqtlarida, Miryoqubning ulug xizmatlarini insof bilan esga olar, unga har togrida minnatdor bolganini oz «vijdoni» oldida iqror qilardi. Chinakam, burungi mingboshiga yaxshi bir uloqchi otni bekorga olib bergani uchun ellikboshilikka 1 Leonid Andreyevning «Yetti osilganlar qissasi» nazarda tutilyapti. 133 istihqoq
1 qozonganidan keyin, rosa olti yillik umri oz qishlogi bilan mingboshining mahkamasi ortasida daftar kotarib, ot chopish, qishloqdan odam haydab chiqib, katta yolga suv septirish bilan otdi. Bu olti yilning mobaynida bir uloqchi otning emas, necha uloqchi otlarning hissasi chiqarilgan, burungi besh-tort tanob yerga yana bir necha besh-tort tanob yer qoshilgan bolsa-da, ellikboshilik, har qalay, mehnat, urinish va yugurib-yortishni talab qiladigan amallardan edi... Shu chun mingboshi bir yil kuz faslida Ostanaqul boyning katta bir qovun sayil qildirganini sira esidan chiqarolmaydi, Miryoqub bilan osha sayilda uchrashib tanishgani uchun sayilni esdan chiqarishga «vijdoni» yol qoymaydi... Bu orada kop narsalar mingboshining xotiridan faromush bolganlar... U, faqat, qovun sayildan ikki kun keyin Miryoqubning uyiga ikki arava qovun-tarvuz bilan ikki zambar uzum, ikki chorakkina qayroqi bugdoy yuborganini eslaydi. Agar xotirasi yanglishtirmasa, shundan keyin biror oy otar-otmas, bir kun erta bilan kumush kamar boglab uydan chiqqanini, undan bir kun burun, kechasi darvozasi oldida shon-shalopli bir mirshabning poyloqchi bolib chiqqanini biladi. Mingboshi bolganidan keyin oz fursatda Miryoqub turgan qishloqdan hozirgi hovlini sotib olib, u yerga kochib bordi. Boshqa gaplar allaqachon esidan chiqib ketgan... Yurtning keksa odamlari ozaro sozlasharkan, bu mamlakatda hech bir xon va xonvachchaning muncha uzoq yurt soramaganini sozlaydilar. Mallaxonlar, Xudoyorlar, Nasriddinbeklar yurt ustidan bahor bulutlari kabi kelib ketgan edilar. Akbarali mingboshi, mana, on uch yildan beri shu masnadida otiradi, davlati, obrosi, nufuzi tobora oshsa oshadiki, kamimaydi. Xudo bergan-da, xudo! deyishadi keksalar. Xudoyo «ol, qulim», desa, hech gap emas. Shundayda bazi bir yosh-yalanglar: Xudo hadeb shunaqa insofsizlarga berar ekan-da! Biz, bechoralarga ham bir narsa uzatsinchi! deb qolishadi. 1 Istihqoq biror narsaga haqli bolish; loyiqlik. 134 Buni eshitgan keksalar tayoq kotarib, yosh-yalang ustiga yugurishadi, bechora yoshlar tayoqdan ozlarini olib qocharkan, bir-birlariga qarab piching otishadi: Nimaga qochasan? Xudo senga ham berayotir, ol- maysanmi?.. Yurtning keksalari butun bu davlat, hukumat va uluglikning bir ogiz gapini silliq va yoqimli qilib gapirolmaydigan sodda va tong odamga birdaniga «nasib va rozi» bolib qolishida Miryoqub akaning katta hunari bor ekanini yaxshi bilishadi. Shu uchun Miryoqub aka kocha-koyda koringanda, unga beriladigan salom va qilinadigan tazimlar-mingboshinikidan kam bolmaydi. Faqat shu qadarisi borki, mingboshi u yoq-bu yoqqa juda kam yuradi, yursa ham mirshablarini orqasiga ergashtirib, kechasi yuradi; kunduzlari bolsa, faqat shahardagi ulugvor chaqirtirganda, zarbof choponlarini kiyib va tatti samanni yorgalatib otadi. Unga salom berish va tazim qilishdan bellarga ogirlik kelmaydi: chunki oyda bir, on kunda bir egilib qoyish hech gap emas. Ammo Miryoqub akaning yurishi kop! U, aksari, piyoda yuradi, yurganda ham negadir shoshilib yuradi. «Assalomu alaykum!», deb dona-dona qilib salom bersangiz, shoshilganidan bolsa kerak, «vass...», debgina qoyadi. Shu bilan birga, siz tomonga boynini qiyshaytirib, juda kichiklik bilan alik oladi, doim kulimsirab turgan kozlarini siz tomonga qiyagina bir tashlab olib, yorgalaganicha ketadi... Jinqarchaday hammavaqt va har qayda korinib qoladigan bu «asl mingboshi»ga salom bermoqdan bellaringiz toladi... Dokonidan har narsa topiladigan bir baqqolga «farang baqqol» deb nom qoygan keksalar har ishda qoli bolgan bu odamga «Miryoqub epaqa» laqabini berib, xato qilmaganlar. Ozlari ham bu laqabning togriligini osongina isbot qiladilar: U aralashmagan ish epaqaga kelmaydi... Mingboshining yer-suvi shu qadar kopki, hisobini ozi ham bilmaydi. Lekin xudo bu sevgili quliga davlatni ikki qollab uzatsa-da, farzand togrisida bir oz oksitib qoygan. Darhaqiqat, katta xotinidan bolgan qizi Fazilatdan boshqa uning farzandi yoq. Muncha
135 katta davlat kimga qoladi? Yetti yot begonalarga, zurriyoti yoq ayollargami?.. Mingboshi, mana shu amalga iloj axtarib bolsa kerak, bir-ikki yil ichida yosh xotin oldi. Boladan darak yoq... Shu chun, bazida, ozi yolgiz qolib, mehmonxonaga berkin- ganida va hatto oz soyasining ham eshitmoq ehtimoli qolmaganda: «Bu qiz olgur ham boshqadan bolmasin...», deb qoyadi... Miryoqub uning yoshi anchaga borib qolganda, bunday xotinparast bolib ketishiga shu farzand xususidagi noumidlik sabab bolmadimikan? deb bazi-bazida oylab qoyadi. Bir kun noyib toranikida (uyezd hokimining orinbosarinikida) ichkilik qilib otirishgan edilar, ichkilik quyilmasdan oldinroq noyibning onasi oz nevarasini olib kirib qoldi. U tilla sochli, tarvuzday dumaloq, ozi loppigina va oppoq momiqday bir bola edi. Mingboshi bolani darhol qoliga oldi va oz aqidasicha, «kofir»ning va «orus»ning bolasi ekaniga qaramay, mahkam bagriga bosib opdi... Bola mingboshining basharasidan qorqqan bolsa kerak, jon achchigida yiglay boshlagan edi... Bolani olib chiqib ketdilar. Shundan song mingboshi bir-bir ustun quyib icha berdi, icha berdi... Miryoqubning imolari, ishoratlari, uy egalariga eshittirmay qilgan tanbehlari, hatto doqlari... Hech bir tasir qilmadi. Mingboshi tamom mast bolgach, «Bolani olib kelinglar», deb soradi. Bolaning onasi bu badmast odamga oz toqlisini bermoq istamas edi. Nihoyat, mingboshi yalinib-yolvorib soramoqqa majbur boldi. Hatto kozlariga yosh oldi... Songra noyibning amri bilan bolani uygotib keltirdilar. Faqat bu vaqtda mingboshi ozidan ketib, divanga aganagan edi... Farzanddan va esdan mahrum, lekin yer-suv, pul va boshqa boylikka komilgan bu odamning butun borligi Miryoqubning qolida edi. Yerdan chiqqan hosilning qanchasi oz qoliga kirib, qanchasi Miryoqub omboriga tokilganini mingboshi ozi hech qachon bilgan emas. Kerak bolganda, mingboshi Miryoqubdan pul sorab olar, un, gurunch, gosht, yog va rozgorning boshqa keraklarini bolsa, ichkarining talabiga qarab yana Miryoqub tayyorlab berar, shu uchun jonning rohatidan boshqani bilmagan
136 mingboshi undan narisini surishtirmas edi. Miryoqubning topishi yolgiz shu mingboshi orqali bolsa, unga «epaqa» nomini qoyish togri bolarmidi? Miryoqubning qilmagan ishi yoqligidan shu nomni bergan edilar. Qishloqda ikkita baqqollik, bitta qassoblik dokoni, guzarda ikkita samovar bor. Bilgan odamlar bu besh muassasadan torti Miryoqubning kuchi bilan aylanganini sozlaydilar. Shaharda katta yolning boyiga qorgon tashqarisiga bir yangi paxta zavodi tushdi, zavodning kattakon bir paxta saroyi ham borki, paxta terim vaqtida uch tarozi bilan paxta oladi. Ana osha zavodga ham Miryoqubni sherik, deydilar. Voqean, uning ikki gildirakli sariq faytonchasi va sariq yorgasi aksar zavod oldida boglangan boladi. Shahardagi katta bankalardan birida «uchyot qomitasi»ning azosi haftada bir majlis otkazadi... Shu bilan birga, uning biror joyga chaqa soliq tolaganini, biror kasbga biror marta «qizil qogoz» (patent) olganini hech kim bilmaydi. Mingboshining boshiga ne qora kunlar kelmadi! Yaxshi advokatlar tomonidan bitilgan galati arizalar qanday tergovchilarni keltirmadi! Qanday zor toralar chaqirib soramadilar! Hokim necha martalar gazab bilan chaqirtirmadi! Unday vaqtlarda mingboshi Miryoqubning talimi bilan hamma savollarga «bilmayman», deb javob berar yoki biror ayb-isnod qilinsa, tonib tura berardi. Rasmiy soroqlar bu xilda borganda, orqadan Miryoqub gayrirasmiy yollar bilan soroq berar, bir-ikki kun shaharda qolib, qishloqqa qaytganida, mingboshining ustidan har qanday ogir tog ham aganagan bolardi. Mingboshi qaysi bir toranikiga borsa, Miryoqub, albatta, birgalashib boradi; «bu nimaga kerak?» deb soragan odam yoq. Axir Miryoqub amaldor bolmasa, loaqal mingboshiga mirza yo tilmoch bolmasa, ozi orus tilini tuzuk-quruq bilmasa... nega munaqa mingboshining ketidan elchib yurardi? Nega? Miryoqubning kop umri mingboshinikida otadi, ozining hovlisi ham shu qishloqning ozida- ku, lekin chekkaroq joyda. Kechalari uning hovlisida bir-ikki mirshabning poyloqchilik qilib chiqqanini gapiradilar, faqat muni
137 oz kozi bilan korgan kishi yoq, bolsa ham ochib gapirmaydi, yo... gapirolmaydi! ···
Bir kun Miryoqub noyib toraning uyida edi. Bu safar olib borgan hadyasi toraga nihoyat darajada yoqib ketgan bolsa kerak, tora uni uzoq olib otirib, kop narsalarni gapirib berdi. Òoraning tili charchab, Miryoqubning ogzida birinchi esnash asarlari koringan ediki, tashqaridan bir odam kirib keldi. Ikki tomon yoqasiga tilladan bolga surati ornatilgan, novcha boyli, mosh-birinch soqolli, xushmoylov va bir kozi jindak gilaydan kelgan bu kular yuzli odam maruf injenerlardan edi. Noyib tora bilan betakalluf korishdi, Miryoqub bilan korishib otirmasdan, toppa-togri stolning togrisiga otirdi va yumshoq kursini bir qoli bilan qattiqqina qimirlatib korgandan keyin avval bilagidagi tilla soatga qaradi, songra «da-a» deb chozib qoyib, kursiga ozini tashladi. Shundan keyin noyib tora Miryoqub tomonga ishorat qilib va yangi mehmonga tomon burilib: Bizning Miryoqub bilan tanishmisiz, azizim? Noyob odamlardan! degach, u odam otirgan ornida sekingina bosh silkib qoydi. Miryoqub gururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham noqtalab oldi. Muni noib tora yaxshi payqadi shekilli, Miryoqubga xuddi mehribon otaning sevimli bolasiga qaray- digan qarashi bilan iliq va muloyim kulib qaradi. Miryoqub ham erka ogildek muqobala 1 qildi. Shu bilan bu suhbatning Miryoqub aralashgan korinishlariga parda tortildi-da, ikkala bilimdon sozga tushdi. Injener bulbul singari sayray ketdi, sayray ketdi! Miryoqub advokat xalqining mahmadonaligini bilardi, bu odamning advokat emas, injener bolganini ham ajrata olardi. Shu uchun boshda ularning tobora qizishayotgan suhbatlariga u 1 Muqobala qarshi kelish. 138 ham qiziqib qaradi. Keyincha tora ham, mehmondan yuqdimi nima, tillarini burro qilib sozlashga, mehmonning kop davolarini aksi davolar bilan sindirmoqqa tushib ketgach, bizning Miryoqub sekingina qol uzatib, stolning bir chetida turgan katta bir kitobni oldi. Kitob surat bilan liq tola edi, hech sharpa qilmasdan, uni bitta-bitta varaqlay boshladi. Òora Miryoqubni unutdi, goyo u bu yerda yoq kabi... Injenerning ogzidan bazi-bazida sartlarga ogir keladigan sozlar chiqib ketganidagina, tora boyagi qarash bilan Miryoqubga qarab qoyar, lekin unday fursatlarda uning ikki kozi kitobda bolsa ham ikki qulogi, avrashga tushgan ilonday, dikkayganini tora bilmas edi. Uzoq chozilgan bu suhbatda Miryoqubning qulogi bir marta juda galati dikkaydi, hatto uning qop-qora chiroyli kozlarida allaqanday sehrli olovlar yondi. Uning boshi ham kitobdan kotarilib, yuzlaridan yengil bir qizillik yoyilib otdi. Osha joyda sartlarni kamsitadigan gap otmaganligidan bolsa kerak, tora ham uzr soragan qarash bilan Miryoqubga qaramadi. Ikkala suhbatdosh osha joyda Miryoqubning quloqlarini dikkaytirgan sozlarni unga va u mansub bolgan xalqqa aloqasiz bir narsa deb qaradilar shekilli, xuddi Miryoqub shu yerda bolmaganday, oz oralaridagina otkazib yubordilar... Injener turib chiqib ketgandan keyin Miryoqub ornidan turdi va ketishga ijozat soradi. Òora u bilan xayrlasharkan, injenerning boyagi kamsitishlari uchun yana tagin uzr soragan boldi. Miryoqub faqat kulibgina qoydi, boshqa hech narsa demadi. Òora bu kulishni Miryoqubning xursand va rozi ekaniga yoydi va kongli orniga tushdi. Faqat Miryoqubning kongli bir necha kungacha orniga tushgani yoq. Bir injenerning (u, axir, noyib tora singari katta amaldor emas!), nihoyati bir injenerning bir-ikki marta sartlarni kamsitishi Miryoqubni shuncha bezovta qildimi? Yoq, unaqa kamsitishlar har qadamda bor! Hammasiga bezovta bola bersa, Miryoqub bechora tort kunda sil bolib qolmaydimi? Yoq, yoq! Kamsitishlar
139 osha onning ozidayoq unutilgan, otgan yilgi qordek erib yoq bolgan, bahordagi yomgir kabi asari ham qolmagan... Injener osha suhbatda yangi hali sir bolgan bir xabarni aytib edi: shu shahardan boshlab falon-falon joylarga poyezd yoli tushar ekan. Bir shirkat planlarini Peterburgdagi katta mahkamalarga topshirgan, ular tasdiq qilishga vada berganlar. Allaqaysi bir bankka pul bermoqchi bolgan, tekshirish uchun yaqin orada injenerlar chiqar ekan. Imorat bino ishlariga osha injenerni chaqirganlar. Miryoqub poyezdning qayerlardan otishini bilib olgan edi. Osha suhbatda uning qulogi bir dikkaydi, juda ajoyib dikkaydi, lekin! Ana oshanda poyezdning otish joylarini miyasiga joylashtirgan edi. Oradan bir hafta otar-otmas, bezovtalik harakatga va ishga aylandi. Bir oyga yetar-yetmas osha kelajak poyezd yoli boylaridan Miryoqub juda kop bir necha yuz desatin yer sotib oldi. Yerlarning hammasi deyarlik suvsiz, noobod, tashlandiq yerlar edi. Shuncha kop yerga qancha oz pul ketdi. Koplar bu shoshilish savdoni bilmadilar; bilganlar Miryoqubni «jinni bolibdi», dedilar. Shirkat poyezd yoli solishga ijozat olib, tayyorgarliklarga kirishgandan keyingina, Miryoqub qilgan ishini noyib toraga aytdi.
Sen xuddi bir amerikalikka oxshaysan, Miryoqub! dedi tora. Lekin konglingga ogir olma, chakki shu sartiya ichida tugilib qolgansan! Miryoqub kongliga ogir olish tugul, bu gapga sevindi balki, yuzlariga yana osha yengil qizillik yugurdi. Yangi yolning allaqaysi bir joyida koz ilgamas bir chol bor edi. Chol, qup-quruq chol... Suv pastda, chuqurda. Atrofdagi dehqonlardan bazilari u yerni ekin yeriga aylantirish uchun turli davrlarda yakka-yakka urinib korgan, lekin hamma qilgan mehnatlari bekor ketib, u yerdan xafsalalari pir bolgandi. Hali ham u cholda unumsiz qolgan odam mehnatining asarlari, togrisi,
140 xarobalar korinadi: ariqlar, ekin, pollari, marzalar, bir necha tup qurigan tut daraxtchalari... Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling