Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
tarbiya kormish, Mirzo Hamdamboyning yolguz ogli, 18 yoshdadur.
93 M a r y a m x o n i m eski maktablarda oqimish esa ham, Mahmudxonga muhabbat qoymoq munosabati ila romon, gazeta, jurnol kabi maorif tasirotindin qalbi uygonmish. Mahmudxonning haqiqiy oshiqidur. Ozi husnli, 17 yoshda bolub, bir faqirgina kosibning qizi. E s h o n uzun ton va katta sallali. S o r a Maryamxonning onasi, 35 yoshlarda. Z a y n a b Maryamxonim bilan Mahmudxon orasinda xat yurituvchi kampir, 60 yoshda. M a v s u m Mahmudxonning xizmatchisi. BIRINCHI PARDA Mahmudxon hujrasi ovrupocha ziynatlangan bir hujra bolub, bir tarafda ishkof, ichida kitoblar, xaritalar, ramkada kartinalar. Bir tarafda temir karavot, bir tarafda bir dona stol, uch-tort dona taburetka, bir devoriy soat. M a h m u d x o n (yolgiz kirub sallasini olub qoyub, tonini yechub, chontagidan bir maktubni olub, tonini qoziqqa ilub, kursiga otirub, xatni opub ochub). Bugun nima xabar? Nima sozlar yozilub maktub kelgan ekan. Endi oqub turgan holda eshikdan Abdiqodirboy kirub kelur A b d i q o d i r b o y . Assalomu alaykum! M a h m u d x o n (xatni qoyniga solub, yugurub turub). Assalom alaykum, boy pochcha, kelsunlar, qani marhamat (joy korsatub), qani otursunlar, manam hozir janobingizni kutub turuvdim (boy kursiga otirur, fotiha oqur). A b d i q o d i r b o y . Xayr, ziyoda davlat, ollohu akbar. M a h m u d x o n (turub). Xush korduk. A b d i q o d i r b o y . Xush, salomat. Yangi xabarlar yoqmi, afandim?
M a h m u d x o n . Xushxabarlar mana endi janobingizdan boladi-da, boy pochcha. 94 A b d i q o d i r b o y . Endi biz kelturgan xabar, u qadar xush bolmasa hamki, amonat bir javob-da, har nima bolganda ham, bizdan bir aytub otmoq-da! Ayb qilmaysiz. M a h m u d x o n . Yoq, taqsir, nimaga ayb qilar edim. Qani eshitaylik. A b d i q o d i r b o y . Endi, kecha men bu yerdan chiqub, togri kontor 1 ga boruvdim, boy afandi ozlari yolguz ekonlar, olturuvdim, choy buyurdilar, agdan-bagdan sozlashub, gapdi muddaoga olub keldim-da, qolimdan kelgan qadar sozlarni aytub, agar bu ishlar vuquga kelmasa, Mahmudxon achchiq ustida biror taraflarga ketub qolish ehtimoli ham bor. Endi birtagina farzandingizi xursand qilaman desangiz osha Maryamxonni olub berasiz-da, xotirjam qilasiz, bolmasa, oxirida biror dilsiyohlik boladurgan darajalarga ham ehtimoli bor deb, xulosa, nima bilan targib bolsa qilub otdim. Ammo boy afandi, ozingiz fellarini bilasiz, hech bir xohish qilmadilar. M a h m u d x o n (bir oz ozgaribroq). Axiyri nima dedilar? A b d i q o d i r b o y . Endi boy afandini gaplari shuki, men el-xalq ichida xob yaxshi obro, shuhrat topgon kishi, bir Hoqandgagina emas, mana Buxoro, Samarqand, bir tarafi Qashqar degandek, hamma joyga ovozamiz ketgan. Endi birtagina ogil bolsa, mana ozini toy qilganimga on-on besh yil bolub qoldi. Mana bu ikkinchi toyi, axir, bir durustroq, ozimizdan yuqori bolmasa hamki, barobarroq joydan uylantiraylikki, ham orzumiz ushalsun, ham atrofdan kelgan yor-dostlarga maqul bolsin-da. Endi man shunday obro bilan borub bir bechora kosibdi qizini olub beraman! Xalq mani nima deydi. Axir uning katakdek kohna hovlisi bor, toy qayerda boladi? Xosh, kelgan yor-dostlar borub qayerda oltiradi? Sharmanda bolamiz-ku! Endi oglimizni xursand qilaylik xolos deb shuncha mardumdan tanaga qolub, xayfsan eshitub otirsak tuzukmi? Mana axir oqiyman dedi, xabaringiz bor, olti yildan baqqa qancha pullar 1 Kontor idora. 95 sarf qildum, endi mulla bolub, qilub bergan foydasimi bu? (Qoli bilan ishora qilub). Aslo, aslo bu sozni ikkinchi aytmang, man sizdan xafa bolaman. Mana, sizdek yaxshi dostlarimdan chiqqan soz shumi? Ayb gap, dedilar. M a h m u d x o n . Axir oz-ozini bir baloga giriftor qiladi, demadingizmi? A b d i q o d i r b o y . Aytdim, hech gap qolmay hammasini aytdim. Onasi ham unamaydi, qarindosh-uruglari ham unamaydi. Bu bir xom xayol gap, har kimga maqbul bolmaydigan gap. U ozi shundoqadur-ov. Men undan yuz barobar ortuq qiz topub beraman, dedilar. Hokazo, ikki soat sozlashub, endi bir oz muloyim qilgan vaqtda hazrati eshonni Qosimjon degan xalfalari kelub qoldi. Xayr, u ham zorainki manga qoshilsa, deb tagin oltiruvdim, xalifani ozi ham sorab qoldi, boy afandi ozlari gapirub qoldilar. Xalfa gap tamom bolgandan keyin: «Endi, boy afandi, janobingizdiki maqul, sizga hech munosibmas va ham bunisi borki, u qiz hazrati eshonga nazr bolgan, endi hazrati eshon murid ovidan qaytsalar, ehtimol, shu oy ichida toy ham bolsa», deb yubordi. Boy afandi: «Mana xolos, agar man sizni sozingizga kirsam, toza sharmanda bolur ekanmiz», deb bazi gaplardi gapirub, meni xijolat qildilar. Endi ozingizdan otar gap yoq, hazrati eshonga bolgandan keyin gap tamom. M a h m u d x o n (hayron bolub). Hazrati eshonning xotunlari bor edi-ku?! A b d i q o d i r b o y . Bor, birta emas, oltita, hozir oltiariqlik oyim oldilar, beshta bor. M a h m u d x o n . Oltita ekan, muni nima qiladilar, endi? A b d i q o d i r b o y . Ey boybachchaxon, siz yosh-da hali, tekin nazr bolgandan keyin, kim olmaydi deysiz! Avval shunday hazrati eshonlardan ish ketgan-da! Bolmasa, bir oyoqlari gor ogziga borub qolgan bu kishiga kim qoydi yana muncha yosh xotundi! Zamona sob bolgan-da! Mahmudxon ornidan turar. 96 A b d i q o d i r b o y . Qayoqqa borasiz? M a h m u d x o n . Gap bila bolub qoldik, choy qoyay. A b d i q o d i r b o y . Yoq, afandim, choyga fursatim yoq. Boshqa yana kelarman (turar). M a h m u d x o n (nochorroq). Axir, choy ichub borar edin- giz-da! (Uzatur). A b d i q o d i r b o y . Axir, choy ichmagan joyimizmi, xayr (chiqar). M a h m u d x o n (uzatub). Xayr bolmasa (ketar). Ortada bir oz oylanub qolur-da, kursini stol yoniga olub, sahnaga qaratub qoyub otirar. Oh urub, yana turub yurub, kelub otirar.
M a h m u d x o n (qolin tizzasiga urub). Oh, jaholat! Maorifsiz davlat! (Xatni olub, ochub qarab turub borub, zvonok berub, yana kelub otirur. Eshikdan mulozim kelur, Mahmudxon anga qarab). Birorta erkak odam kelsa, meni yoq degin (xob, deb ketar. Mahmudxon hamon tizzasiga urub). Ey, johil otalar, johila onalar, man orzu-havasni nima qilay? Orzu-havas ozimning istaganimdan boshqa nimarsa emas. Bir oz sukut qilub turar. Bu orada Maryamxonim kelub, eshikni qiya qilib qarab turar. Mahmudxon xabarsiz. Man orzu-havasni nima qilay, suyganim bolmagandan keyin manga ming orzu bir qora chaqa, balki manga zahar, olim, aza (birozgina toxtab). Man boy qizini nima qilay. Ho, ozimni endigina jaholatdan qutqazgan vaqtda yana bir johilaga, rodapoga umrdosh bolamanmi? Manga hayot kerak, hayot uchun eng konglim istamish maqsad kerak, u maqsad esa (bosh qimirlatub) Maryamxonimdan boshqa emas, boshqa emas. Maslakda, fikrda, ilmda eng birinchi hayotdosh bolub turgan Maryamxonimdek haqiqiy bir konglum jononasi turganda, manga dunyoning har bir orzusini, har biri pari kabi boylar qizini havas qilmoq harom,
97 harom. Oh, oning manga shirin-shirin yozmish maktublari (yugurub turub stol galadonidan bir dona maktubni kelturub ochub). Mana- mana buni yozmish maktublariga qara, birinchisi bu (birinchi maktubni oqir): «Ardoqli millatim, gunchai muhabbatim, suyukli afandim Mahmudxon! Ban sizga naqadar muhabbatni davosindan yozmaga uzun, haddin fuzun sozlarim bolsa ham, vaqtingiz musoida olmasin uchun sozni qisqortub maqsadgagina qalam yurutdim. Afandim, durust, man faqira eski maktabdagina tahsil etdim, lekin har bir millat va insoniyat, hayot masalalarin borin sizning marhamatingiz va manaviy bir yordamingizgina orqali tonidim... Gazeta kabi hayoti milliya ochqichlarida sizning harakatingiz orqali banim qolima tushdi. Demak, bu endigi maktubim avvalgi maktublardan emas, balki chin konglum, sof qalbim sahifasi deb bilursiz, vassalom. Ikkinchi muddao, afandim, emdi tezdan ijtihod etingizki, ikkovimiz elimizni, zulmatda qolmish bu millatni, siz quyoshi bolganda, man mohtobi bolub, qorongu vatanni yorutaylik. Sizda, erlarimizning holindan, ban mazluma oilalarimizning holindan gazetalarga yozushub, bir-birlarimizi ogohlanturaylik. Garchi siz tijoratda bolsangiz-da, chin maqsudingiz bolgan qizlar maktabi ochaylik, ban manaviy, siz moddiy xizmatda boling, qadrsiz hamshiralarimizning kasod olmish bozorlarini ilm nuqudi bila kotarishaylik, chin yashaylik, kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga borub, erlari sizga, qizlari bizni qabrimiz uzasina oq, qizil gullar sochub, quron oqub, ruhlarimiz olqishlarlik darajada bir xizmatlarni maydonga qoyaylik. Afandim, man garchi zohirda bir kosib qizi, ammo sizing yordamingiz bila millat qizi olub manan marifat va milliy xizmat bilaginaman. Zohiri faqirlig iltifotiga olunmakinda islomiyat, insoniyat, milliyat uzasindan harakatda olmogingiz burchdur. Yoq esa qiyomatgacha qabringiz millat va kelajakdagi millat avlodi tarafindan muhaqqar, qiyomat kuni esa janobi haq va rasul afandimiz qoshinda uyotli va sarnigun olmogingizni xotiringizga yodgor qoldiradi. Demak, orzu- havas olsa-olsun, milliyat, insoniyat olmasun. Xayr, xayrixohi milliy 7 Adabiyot, III 98 gamdoshingiz Maryamxon zikriya». (Mahmudxon tizzasiga qolin urub). Oh, mana, mana bu maktub qanday laziz hayot beradi. Man qaysi vijdonim bila mundin yuzimni ogirayin, moshaollo. Bu maktubni har biri manga ming boy qizidan suyuklumasmi?.. Òurkistonda asrlardan beri endigina yetishgon millat joriyasi qanday ruhlar bermoqda! Oh, man bu malun foniy davlatga magrur bolub manaviy davlatdan nechuk qolay? (Mahmudxon birinchi maktubni qoyniga solub, ikkinchi maktubni ochub korub, chochub turub). Oh, man taxir qilubman-ku. Maryamxonim kutmoqchi ekan, man toxtab qolubman-ku (xatlarni qoyniga oshigub solub, orqasiga qaramoq barobar, Maryamxonim eshikni ochub, boqub turar. Mahmudxon yugurub borub salom ila qolin opub). Buyuring, xonim afandim (olub kelub, kursiga otqazur- da, ozi). Xonim, man chiqub, eshikni kishi qoyub poylatub kelay.
M a r y a m x o n i m (Mahmudxon qolindan ushlab opub). Afandim, man kelganimga uzoq vaqt boldi, tez qaytaman. Mahmudxon. Xob jonim, mabodo bir kishi xabarsiz kelmasun (chiqub ketar). M a r y a m x o n i m (yolguz, kitoblarni va boshqa joylarni korsatub). Oh, shirin hayot, chin yoldosh bunday har bir jihatdan komil, fozil inson bolsa. Afsus faqira, bechoraman (yurub turar). Mahmudxon kelur. M a h m u d x o n (kursiga taklif qilub). Nechuk, xonim afandi, taklifsizgina tashrif etdingiz? M a r y a m x o n i m (otirub). Hech taklifga ehtiyojsiz! Muhabbatmi, boshqami, yaqinlardan beri qorqinchli bir tush koraman. Xavflanub bir fursat qildimda, korgum keldi. Aziyat kormasangiz, hech gap yoq. M a h m u d x o n (turub). Bosh ustina, xonim afandi. Na aziyat, marhamat emasmi?! Òushni, baningcha, etibori yoq, lekin... (Sukut). Maryamxonim (qorqubroq). Afandim, sukut etdingiz?! 99 M a h m u d x o n (romolchasin olub, kozyoshin ortub). Xonim afandi, oh, ikkimizga bir uqubat borga-da oxshaydi. M a r y a m x o n i m (chochib, Mahmudxon qolini tutub, oshiqub). Nima, nima? Uqubat?! M a h m u d x o n (qolini tutub). Qani til, oni sizga aytmakka, jonim! M a r y a m x o n i m (hamon yolinub). Men eshitub turgan sozlarimdangina emas, dedim-ku, korgan tushlarimdan-da xavflangan edim. Ayting, nima xabar ekan. Nima soz? M a h m u d x o n . Endi ozim ham aytmoqqa majburman, lekin konglim bolmaydi. M a r y a m x o n i m (yiglamsirab). Yoq, ayting? M a h m u d x o n . Man kecha bir kishini otamga yuborgan edim. Ul kishi sozicha, otam qabul qilmagan emish. Mayli endi ul qabul qilmasa, qiyinlik bir tarafda ekan, iloji oson edi. Endi sizning tarafda bir mushkul borki, har bir narsadan u masala ogir. M a r y a m x o n i m . Xayr, afandim, nima ekan? M a h m u d x o n . Sizni ota-onangiz hazrati eshonga nazr qilmish ekanlar (Maryam chochur). Ehtimol shu oylar orasinda toy olur emish (Maryam yana chochub tushar, manglayin tutar). Endi man esa, bu togrida kop ogir oyga qoldim (toxtar, har ikkilari yiglab toxtar). M a r y a m x o n i m (bir ozdan keyin). Afandim, siz-siz dunyoda bir kun turmogimdan manga olim yaxshimasmi? Man (yiglab) hech bir vaqt qabul qilmasman! Qolimdan kelgan qadar ozimni ul zolim qolidan qutqaza olurman. Jonim, gap sizda. Siz-da oz vadangizda qaror etsangiz, albatta, man jon boricha harakatda bolurman (yiglar). M a h m u d x o n . Jonim, man sizdan-da, ortiq darajada, dunyoda sizsiz tura olmam. Bugun sizdan ajralmoq malum bolur ekan, bu kunning ozidagina oz-ozimi halok etarman. Jonim, menga sizsiz hayot zahar. Mandan amin bolingizki, bugundan boshlab man harakatda bolurman. Siz-da, albatta, u tarafdan mone bolub tursangiz kifoya.
100 M a r y a m x o n i m (Mahmudxon qolindan tutub, yaqinroq kelub). Juda olmas esa, bir boshqa mamlakatga qochmoq mumkin emasmi?
M a h m u d x o n . Albatta mumkin, jonim, ish bolmagach noiloj qilamiz. (Bu orada Mavsum ovoz berub «Xojayin keldilar», deb qoyar). M a h m u d x o n (sachrab turub). Endi (Maryam turar) aybga buyurmaysiz, xabarsiz kelganingiz vaqtsiz boldi. M a r y a m x o n i m (Mahmudxon qolin tutub, koksina qoyub). Yana mani faqir deb tashlamangiz, jonim. Man ozimcha faqir bolmadim. M a h m u d x o n . Oh, jonim! Manga ot yoqmangiz. Man u vijdonsizdan emas (qolin olub opar). M a r y a m x o n i m (paranjisini yopinub). Mani unutmang! Afandim, manga uvol qilmang (moylablarin silab yiglab). M a h m u d x o n . Jonim, hech unutmasman! Siz xotirjam... (peshanasin silar). M a r y a m x o n i m (eshik ostina borub). Jonim, man har doim umidda turaman (kamzul oldidan tutub). Afandim, avvalgi marhamat, vadadagina boling, dunyoga aldanmang... M a h m u d x o n (qolini opub). Jonim, siz unutsangiz ham, billohki, man hargiz unutmasman. Oh, jonim. Birgalashub chiqar Parda tushar ÒORÒINCHI PARDA Qabristonning bir burchi bolub, yolguz Maryamxonning qabridangina iboratdir 1 .
qabridangina iboratdir parda (qabriston manzarasi)da mumkin olursa sahna (oynaladigan joy) qobogindagi elektr (chirog)lar ham ochirilub, bori sahnaning ikki yoki bir yonidan oddiy chirogni yashirin tutub turmoqlari otinilur. Demak, sahna naqadar qorongiroq bolub tursa, u qadar bir his berajakki, ehtiromlik artistlarimiz nazdida ochiq bir soz bolsa kerak! H.H.
101 Parda ochilur, bir tarafdan Mahmudxon kirar, boshida kok salla, qolida palto, bir qolida gulu rayhonlar, telbaroq bir holda. M a h m u d x o n (lahadga qarab, tazim qilub). Assalomu alaykum, yo ruhi Maryam. (Gullarni korsatub). Mana, bu siz mozoringiz tuhfasi uchun, jonim! (Òonni bir tarafga qoyub, gulni boglarin eshub). Mozoringizga sochmoq uchun keltirdim- a, jonim Maryamxon. (Qabri ustina sochub). He, hoy, suyukli Maryam! (Bir oz toxtab, kulub yuborub). Qanday yarashdi, jonim Maryam. (Orqaroq qol qovushtirub turub, yana oldinroq kelub, yiglamsirab). Jonim Maryam, zoliming keldi. Shirin dunyodan yosh olmogingga eng birinchi sababchi vafosizing keldi. Korgali chiqmaysanmi? Man sogindim, san soginmadingmi? (Bir oz turub, yana kulub tizzasiga urub). Chiqmadi-ya! Chiqmaydi, araz. (Chochub qochub). Yo olloh, yo rabbiy. (Bir dam toxtab, xayollanub, yana ozin tuzatub, lahad yaqiniga borub). Maryamxon, boshingiz qaysi tarafda? (Har tarafga qarab). Man bir oz quchogimga olay, juda sogindim, toqatim yoq boldi, chiq endi, arazlama! Xafa qilma, jonim. (Chochub, osmonga qarab, hansirab, tomoqlarin ushlab). Yo Olloh! Yo rab... (Yuzini silab, qollarina qarab, bir dam turub, ohista lahadga qarab). Maryamxon, muhabbatdoshim Maryam! (Borub yiglab qabridan aylanub). Jonim Maryam, man keldim, man (ozini korsatub), man suyuklimasmidim, jonim! Nima boldi? Maryamxon, sanga arzim bor-a! (Òuproqdan olub kozina surtub, iskab, osmonga qarab). Oh, suyukli Maryam, sanigina boying keladi-ya! Oh, bay, bay-ey! Mana (yana iskab) endi shahodat isi keldi! Shahodat! (Osmonga qarab qah-qaha urub kulub). Shahodat isi (toxtab turub yana tuproqni tashlab bir tarafga qochub, chochub yaqosidan ushlab lahadga qarab, obdirab). Hoy, hoy, hoy, bay, bay, bay! Man zorlab, man adabsiz axloqsizman, vijdonsiz, insofsiz, hurmat qilmay, muqaddas tuproqlaringni bosdim-a. (Qolin koksina qoyub). Òavba qildim, xato qildim, ayb qilma, man gustohingga, jonim. (Òoxtab turub, chochub,
102 tomoq tugmalarini tortqulab oshigub, osmonga tomon). Yo Olloh! Yo rabbiy! Manga nima boldi? (Yonlariga qarab, ozin tuzotub). Majnun boldimmi? Yo rab? (Yana toxtab qolub, bir ozdan song bir tarafga qarab bir tikilub turub, qolin uzotub yugurub). Ha, Maryamxon, mana man, toxta, ozgina arzim bor, manga qara! (Òoxtab qolur, bir ozdan song chochub, oziga yopishub) Lohavla valoquvvato, moshaollo (Yuzin silab). Manga nima boldi? (Yoniga qarab qoyub). Ozim uydan bemahal chiqdim, kechasi keldim-da! (Òoxtab turub). Hushimni joyiga olub kelay. (U taraf, bu tarafini tuzatub). Man uyqusiradim, jonim, man tush korub, turub chochub turdim-da yugurdim. (Lahadga yaqinroq kelub otirub). Man endi bir oz quron oqiyin, jonim Maryamxon, senga quron oqiyin. (Bir oz labini qimirlatub, fotiha qilur holda bir dona kapalak qoli uzasidan uchar, kotarilur. Mahmudxon shoshilub ushlamoqqa harakat qilub, ul taraf, bul tarafga qarar, ul yuqori uchub ketar, qarab qolur. Bir ozdan song chochub, ortaroq kelub, qolin silkub, jahl bila). Nimaga, nima uchun toxtamadi? (Ozin korsatub). Man zolim uchun. Maryamni ruhi-da u. Man xiyonat qildim, oshal uchun ruhi iltifot qilmadi. Olloh! (Maryam qabrina qarab, yiglab yolborub) Jonim Maryam, suyukli Maryam! Sanga zulm qiluvchi bir manmi? (Qolin sanab). Yoq, mani johil otam, sani johil ota-onang, maning johila onam. Sabab bolgan tort kishi-ya! Man har narsa deding, qabul qildim. Ozingni ota-onalaring sabab boldi-ku! Manda u qadar kop gunoh yoq-ku! (Yana sachrab toxtab). Mandangina san, san xafa bolma! Johil otalar (qichqurub), johillar! (Yana chochub, qochub, ozini tuzatub turub bir ozdan song, kulumsirabroq lahadga qarab boshin, qolin qimirlatub). Yoq, yoq, jonim, afv qil, afv qil, haqiqatda bu ishlar jaholatdan, jaholatdan, gaflatdan, ilmsizlikdan. (Chochub yana sarosima bolub, toxtab turub, lahadga qarab). Jonim Maryam, mandanmi xafalanur ruhing! Yoq, ota-onalardanmu? Yoq! (Qichqirub). Jaholat bu! Jaholat! Ozing fikrli eding, ozing olima eding, zamon holindan, xalqning
103 marifatsiz, ilmsizligindan ozing yaxshi xabardor eding-ku! Jonim Maryam, endi kimdan zorlanmoq lozim? Hech kimdan! (Boz qichqirub). Hamma kasofat, vahshat kasofati, vahshat, jaholat. (Yana sarosimalanur, bir oz toxtab turub, oz-ozicha robaroga qarab jahl ila qol siltub). Bu qanday jaholat zamon, qanday vahshat zamon! Insoniyatni, vijdonni, adolatni, mehr-shafqatni (yana qichqirub), jondan ortuq farzandni aqchaga sotadurgan zamon, sotadurgan! Maryam, Maryamxonim! Man dunyoda yashamam, yasha- mam! (Yiglab boshini qabrni ustina qoyar). Maryam man sani yoningda yotaman, tiriklik manga harom. (Boshidan sallasi tushar, turar, sochlari yozilub yuzin chulgar, sallaga qarab). Oh-o, Oho- o (olub) man muni kiyub yuraman? Yoq! (Òon ustiga tashlab, yana lahadga qarab). Maryam, man yashamam, sansiz dunyoda bir kun turmam degan edim. Man inson, vadaga vafo qilaman. (Yana chochub sarosimalanub, chontagidan topponchani olub, ortaga kelub, robaroga qarab topponchani korsatub). Kecha oqshom Maryamxon muhabbat qurboni edi, biz bugun insoniyat, millat qurboni! (Boshin qimirlatub). Bay-bay, qanday lazzatli olim bu! Rohat, rohat! (Achchiglanub). Mundog jaholat, mundog ilmsizlik, vahshatlik (kokrak tugmalarin ochub yuborub) orasida yashamoqdan olim lazzat, lazzat! (Lahadga qarab, yalinub yiglab). Maryamxonim, Maryamxonim, mana man hozir yoningga kiraman, amin bol, qiyomat kun ikkimiz qol tutushub, janobi haq va rasul qoshinda bu shariat xoinlariga barobar davo qilishamiz. Jonim Maryam! (Òopponchani oqlab, shoshilub, kokragiga tirab). Man sansiz yashamam, oz suyukligim bolmagach, dunyo harom! Maryam! Mana, hozir! (Qichqirub). Oh jaholat! Dod gaflat! Faryod, zaharli hayot! Otar, yiqilur. Bir tarafdan fonus ila Mahmudxon onasi, Mavsum kelub, dod deb ozini tashlar. Parda tushar |
ma'muriyatiga murojaat qiling