Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
qoyaman, deydi. Anvar boshqalarning kengashiga quloq solmaganidek, opasining soziga ham iltifot qilmadi. Maxdum javob bermaguncha bu uydan ketmasligini bildirib, faqat pochchasiga yordam berib turish vadasi bilan opasini tinchitdi. Anvar ikkinchi oy maoshidan uch tilloni ozida qoldirib, uyga kiyim-kechak olish uchun izn soragan edi, maxdum: «Shu ish chakki-da, bolam. Xayr, bundan song shu no- maqulchilik bolmasin!» deb arang kondi. Nigor oyim esa Rano va oziga kiyimlik sotib oldi. Nigor oyim sholpar, Rano atlas kiydilar. Nigor oyim Anvarning pinjiga kirib olib, oz yoliga sola boshladi. Maoshning hammasini maxdumga bermaslikka, shunga oxshash kamu kostlarga ham yaratib turishga undar edi. Anvarning andishasini rad qilib: «Har qancha bersang ham dadasi ola beradi. Lekin berganingni sen bilan bizga misi ham yuqmas. Shunday bolgandan keyin, ishni oylab qilish kerak!» der edi. Chunki Nigor oyim erining Anvarga qattiq botina olmasligini sezar edi. Shunday bolsa ham Anvar yetti-sakkiz oygacha topganini maxdumga berib, duosini olib turdi. Lekin maxdum shunchalik daromad bilan ham eski tabiatini bir zarra ozgartmas, hamon eski tos, eski hammom: har kun suyuq osh, xudo yorlaqagan
118 kun ozodlikning palovi, shunda ham Anvar kech kelib sovigan oshni yer, uyda issiq non yopilmas, hamisha panjshanba kun yigilgan non suvi qochib, taraqlab kelasi panjshanbagacha kafolatni oz ustiga olar edi. Bora-bora Anvar ham bu holdan siqilib, Nigor oyimning kengashicha ish qilmoqqa majbur boldi. Oltin berib quruq duo va minnatdorchilik olishdan, duosiz yeb-ichishni alo kordi. Uyga gosht va boshqa masalliq olib berib, xohlagan taomini buyurib turdi; ozi yaxshi kiyinganidek, Nigor oyim Ranolarni ham yaxshi kiyintirdi. Nodira opasiga, jiyanlariga kiyimlar olib berdi; ikki tilloni Margilonda ogrib yotgan Mohlar oyimga sovga-salom qilib yubordi. Bu ozgarish maxdumni dovdiratib qoydi va qorqa-pisa: «Bu oy xarojatlabsizmi, bolam?» deb soragan edi, Anvar: «Kam-kostlarni tuzatib oldik» degan javobni berdi. Ikkinchi oyda, korpa-yostiqlarni tuzatib, maxdumning kozi tort bola bergach, ikki tillolik «xolis» duo ham olib qoydi. Lekin maxdum bu holdan ancha shoshgan edi. Biroq shayton yoldan ozdirdimi, deb astagfirullo oqir edi. Anvarning eskicha ochiq yuz bilan muomala qilib faqat «naqdina» vajhidangina dam bolib qolishi, topganini «bemaza» ovqatlarga, kiyim-kechak va boshqa «behuda moloyani»larga sarf qilishi maxdumni kop tanglikka solgan edi. Botam Anvar, dedi bir kun maxdum, dunyo degan kop noyob narsa; kishining bir kuni bolsa yiglab-sixtab otib keta beradi, illo, zar qadriga yetish kerak... menda bolsa ozingda turgandek gap, bolam! Bunday «muassir» nasihatlar ham Anvarga kor qilmadi. Chunki u, Nigor oyim va Ranolar bilan bu togrida qatiy bitishib qoygan edi. Shu bilan birga maxdumning oylik vazifasini ikki tillodan ham kamaytirmadi. Inson har narsaga qobil... bora-bora maxdum shunga ham qanoat qiladirgan bolib, hisob-kitobni esidan chiqardi. Biroq oy sayin ikki tilloni olganda «qolgani» togrisida bir oz yuragi achishib qoyar edi... 119 JINLAR BAZMI Mavhum hikoya Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qorquv orab olar edi-da, ichimdan: «Meni ham shunday jinlarga yoliqtirma» deb tangriga yolborib qoyar edim. Kecha xolam bizning uyga mehmon bolib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib oltirar va otgan-ketgandan sozlashar edilar. Soz aylanib kelib yana osha jinlar, parilar, devlar togrisida toxtadi. Otam bolsa, ozi korgan «jinlar bazmi»ni sozlashdan yana tiyilolmadi. Otamning bu hikoyasi, yuqorida sozlaganimcha, mening uchun ortiqcha vahimalik bolganidan, darrov ornimga kirib, korpamga burkanib yotib oldim. Otam menga bir kulib qaradi-da, «jinlar bazmi»dan soz ochdi:
120 Yangi uylangan vaqtlarim edi. Òirikchilik bilan ovora bolib, bogning poyasiga oz vaqtida qarolmadim. Bir kun payt topib bogga bordim, tok juda ham osib ketgan, bardidan hatto ikki qarichgacha osib chiqqan edi. Shuning uchun ishkomlarni shitabroq tikkaytirishga togri kelar edi. Bogga bora boshla- ganimning tortinchi kuni kechasi bir oz yomgir yogib chiqdi. Goyo yomgirni kutib turgan toklar yana ham osib ketdilar, shoralar bardi ustiga engashib, ishkom ustiga olmaganim uchun goyo mendan arazlagandek korinar edilar. Men nima bolsa ham poya ishini bukun bitirmoqchi boldim. Ertaga tokni ochmasam, ham ozim uchun, ham tok uchun jabr qilgan bolarman, deb oyladim. Istakni
1 ozroq olgan ekanman. Oxir peshin vaqtida istak tamom bolib qoldi. Istak uchun bozorga boray desam, bir ishkomgina yamoq qoldi, undan keyin bozordan qaytib chiqquncha kech ham boladi. Nima qilish kerak? Uzoq oylab turmay, tut, qayragoch va tol kabi daraxtlardan istak chalpidim. Chalpigan istaklarni yigishtirguncha ham bir choy qaynar vaqt otdi. Istaklarni belbogimga qistirib, ishkomga kirdim. Qosh qorayib, qorongi tushgan paytda arang poya ishidan qutuldim. Yuz-qollarimni yuvib, salla-choponimni kiyganimda obdon qorongi bosgan edi. Bog ishlagali kelgan qoshnilardan hech birisi qolmagan, hamma shaharga jonab ketgan, kochada chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurillashidan boshqa tovush yoq edi. Men bogdan chiqqanda xufton bolmasa ham, shunga yaqinlashib qolgan edi. Qorongida turtinib-surtinib yolga tushdim. Otam xolamga xitoban dedi: Siz bilasiz, bizning bogning tevaragi quyuq daraxtlik maydonlar bilan oralgan. Katta kochaga tezroq chiqib olish uchun men shu maydonlardan yurdim. Maydon nihoyatda qorongi 1 Istak uzum (tok) navdalarini biror manba (yogoch, temir...)ga boglash uchun ishlatiladigan (ið, hol koga, mato va boshqalar)dagi iborat boglash vositasi qovga. 121 va vahimali edi. Lekin men qorongida beparvo borar edim, yolgiz qorongida turtinib qiynalar edim. Katta kochaga chiqib olmogim uchun orada bittagina Hamdam xumdonchining chakalagi qoldi. Otam hikoyasini shu yerga keltirib taqagach, men korpamga yaxshiroq burkanib oldim. Otam sozida davom etdi: Bir-ikki qadam Hamdam xumdonchining maydoniga tomon yurdim... Yiroqdan kelgan yoruglikni sezib, tevaragimga qaradim- da, hayron bolib qoldim... Qarshimdagi maydondan otkir nur sharpasi tushar edi. Bugina emas, kishilarning chagir-chugur sozlashib, kulishlari, gijdang-gijdang bilan childirma, ora-chora dutor, tanbur, gijjak kabi sozlarning zaif, ammo yurakni qitiqlay- digan tovushlari eshitilar edi. Men tang qotib, bir necha vaqt turib qoldim. Darhaqiqat, boyqushlar uyasi bolgan bir vayronada bunday voqeaning yuz berishi kishini, albatta, hayron qilar edi. Holbuki, men ertalab ham bu maydondan otgan edim. Bu yerda biror ziyofat boladirgan bolsa, erta bilan uning bir asari korilar edi. Yosh-yalanglar kunduz kuni harakat qilganlar-da, deb fikrimdan otkazdim. Men bazm bolayotgan maydon orqali otmoqchi bolib, devor raxnasidan oshib tushdim... Oh-ho-o-o, maydon ichi konduzgidek yorug, daraxt shoxlariga chiroglar osilgan, yerlarga iðak gilamlar yozilgan. Bir chekkaga katta oq samovarlar qoyilgan, bir tarafda katta qozonlar qurilgan, jaz-biz davom etar edi. Maydonning orta yerida yuz chogli yosh-qari kishilar qurshalib oltirib, dutor, tanbur, childirma, nogoralar chalib bazm qilar edilar.
Shu choqda bir kishi oldimga yugurdi va bazmdagilarga qichqirib: Mana, Osar akam ham keldi! dedi. Bazmdagilarning hammalari ham menga qaradilar. Keling, keling, Osar aka, poyadan qutuldingiz-mi? deyishdilar. Osha onda ularga nima deb javob berganimni hozir eslayolmayman, chunki juda ham garangsigan edim.
122 Ular meni oz ixtiyorimga qoymay, sudrab, tortib torga chiqardilar. Odatda majlisga kirib oltirgandan keyin fotiha oqilar edi. Biroq ularning har turli savol va muomalalari bilan ovora bolib, fotiha oqish ham yodimdan chiqqan... Bir oz esimni yigib olgandan keyin majlisdagilarni kozdan kechirib chiqdim. Koplarini qaysi joydadir korgandek bolaman... Aniqlab qarasam, umrimda kormagan-tanishmagan yot kishilarga oxshaydilar. Faqat ularning men bilan xuddi tanishlarcha muomala qilishlari, otimni atab chaqirishlari, qilgan ishlarimni sorab, hatto boyagi istak chalpib yurganimni bilishlari, meni juda ham ajabga qoldirgan edi. Oradan kimdir, bilmadim, golib majlisning boshligi bolsa kerak:
Osar akamga dasturxon yozilsin! dedi. Òorda otirganlardan yana birisi unga qarshi chiqdi: Ilgari biz bazm qilib olaylik, songra dasturxonga hammamiz baravar qaraymiz! dedi va menga yuzini ogirib: Siz ham bazmni soginib qolgandirsiz. Ilgari bazm qilaylik, a? deb soradi. Mening qornim och bolsa ham, mehmonligim vajhidan uning fikriga qoshilishdan boshqa choram yoq edi. Sozandalar sozlarni togrilay boshladilar. Sozlardan tanbur, dutor, gijjak, rubob, chang, nay va daf kabilar menga tanish bolsalar ham, yana men kormagan va bilmagan bir qancha sozlar ham bor edi. Sozlar sozlandilar, bir xil bosiq, ogir mashq chalina boshladi. Mashq sehrli edi... Men yerga singib ketarli darajada ezilmoqqa, asirlanmoqqa ichimdan bir tolqin kelib, ozimni qayerga urarimni bilmay entika boshladim. Sozandalar hamon haligi bosiq mashqni sekin-sekin avjga chiqarib bordilar... Axir chidab turolmadim, shilq-shilq yiglay boshladim. Nega va nima uchun yiglar edim, buni ozim ham bilmayman. Uzoq yigladim. Nihoyat mashq bitdi. Bitdi, lekin meni ham ozi bilan birga bitirdi. Ikki tegirmon toshi orasida yanchilgan kishidek majruh edim. Qimir etgali majolim yoq edi. Kozimni ochdim. Majlisdagilarning
123 barchasi ham goyo bir kozdan mening holimga kulib qarab turar edilar. Men oz holimdan uyalib yerga boqdim. Sozandalar yana ikkinchi mashqni chalish uchun tayyorlanar edilar. Lekin men haligidek mashqni eshitishdan bezor bolgan edim. Yuragim gup-gup urib qoldi. Boyagidek mashqdan yana birini tinglasam, ehtimol ajalimdan burun olar, yer bilan yakson bolar edim. Ikkinchi mashq boshlandi... Mashq boshlanishi bilan butun vujudimga hayot suvi yugurdi. Ozimda allaqanday bir lazzat his qildim. Mashq goyatda zavqli edi. Bu mashqqa ne deb ism berishni bilmayman. Shu vaqt ortaga on besh-on olti yoshlik yosh bir qiz kelib kirdi. Uning sochlari jingala, yuz va kozlari dondiq, ustida yashil baxmaldan burma qilib tikilgan chiroyli delvagay 1 kiyimi
bor edi. Bir necha qadam chalishib ortada yurgan edi, oyogidagi qongiroqlari jingirlab ketdi. Qiz mashq bilan baravar oynay boshladi. Mashq davom etar, goyo nafis soz tovushining yoli oyinchi qizni gayri ixtiyoriy bir harakatga keltirardi. Dunyoga bir shodlik, bir ruh yogadi, goyoki oliklar tirilarlar, yerlar silkinarlar, tog- toshlar qularlar, yulduzlar ucharlar, daraxt shoxlari titragandek bolarlar. Axir shodliklarim yuragimga sigmadi. Oz erkim bilan emas, allaqanday bir kuch oltirgan joyimdan meni turgizib yubordi. Qizning yoniga kirib men ham oynab ketdim. Oyim bilan xolam ozlarini tutolmay kulib yubordilar. Mening bolsa, koz ongimga dadamning oynagandagi ahvoli kelib toxtagandek boldi. Dadam davom etdi: Shunday, men oynay boshladim. Nima bolsa ham, qiz bilan birdek oynamoqqa tirishaman. Qiz men bilan bir oz oynab turgandan keyin ortadan chiqib bir chetga ketdi. Lekin men oyinni toxtatmadim, toxtatish xotirimga ham kelmagan edi. 1 Delvagay elvagay, yengil. 124 Kishilar qars urib turadilar va meni masxaralagandek qiyqirib, ogiz-burunlarini qiyshaytiradilar, lekin men ularga parvo qilmay oyinni davom ettiraman... Bir vaqt allanarsaga turtinib yerga yiqildim. Ozimni onglab olib yana oyinga harakat qilgan edim, tagin mukkalab yiqildim. Bir qancha vaqtdan song onglanib ornimdan turdim va kozimni ochib tevaragimga qaradim... Orada na kishilar, na sozlar va na boshqalar hech kim, hech gap yoq!.. Qop- qorongi maydon, bir ariq ichida turibman... Men otamning bu korgan hodisasini muallim afandiga sozlagan edim, kuldi: Vahima, xayolot! dedi. Chindan ham vahimmi, vahim bolsa kishidan qanday voqe boladi? deb soragan edim, afandim: Kelasi juma bolalar ortasida bu togrida malumot beraman, sen ham shu majlisda hozir bolsang vahimning qanday voqe bolishini bilib olasan! dedi. Men albatta juma kun maktabga borib, afandimizdan vahimning kishida paydo bolishini eshitaman. Vaqtingiz bolsa, juma kuni siz ham boringiz.
125 CHOLPON
(1897 1937) XX asr tongining porloq yulduzi Cholpon sheriyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish goyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda. «KECHA VA KUNDUZ» ROMANIDAN III Enaxon yoqsul 1 bir oilaning qizi edi. Otasi muning yoshligida olib ketgan, onasi ikkovi birgina akaning boqimiga qarab qolgan edilar. Akasi Xolmat esini tanigandan beri mehnat peshida chopadi. Hali eng oyinqaroq bola vaqtlarida ham butun qishloqning podasini boqib, oilaning ehtiyojlariga biror narsa qoshib turardi. Uning podachi bolgan vaqtlarini hali ham qishloq odamlari havas bilan eslashadi. Kocha-koyda unga yoliqqanlar: Podamizni yetim qilib qoyding-da! deb boshlarini afsus bilan chayqab otishadi. Òez-tez bolib turadigan bu xil gaplar uning yuzini kuldirib, konglini kotaradi, tinmasdan ishlash uchun bilagiga darmon va quvvat beradi. Uning oz bisotida bir shapaloqqina sholiðoyasi bor; u ham marhum qaynatasidan tekkan, bor kuchini shunga sarf qiladi; hammadan burun ish boshlab, 1 Yoqsul kambagal. 126 hammadan kech tugatadi va hammadan kop urinadi. Shu bilangina olti jondan birikkan katta bir oilani naridan-beri tebratib keladi. Onasi qarib, mukchayib qolgan, bir qizi bilan bir ogli hali yosh godak, rozgorning butun ishi xotini bilan singlisining boynida. U ikkovi dala ishlarida unga yordam berishdan ham bosh tortmaydilar, ularning dalada ham foydalari kop tegadi. Xolmat ozi shuncha tirishib ishlab, katta rozgorni yolgiz boshi-la tebratgani uchun xotini ham, singlisi ham uni boshlariga kotaradilar. Har togrida uning talablariga xursandlik bilan konib, hech bir ishda konglini qoldirmaslikka tirishadilar. Mehnatdan boshqa hech narsani bilmagan bu yoqsil yigitning qanday zor talablari bolar edi deysiz? Butun havaslar, talablar va oylar har nechuk bolsa ham shu oilani tebratib otish tegrasida aylanadi... Albatta, kelin ham, qiz ham yosh narsalar; yoshlarning nozlari, injiqliklari bolmaydi emas... Ularning injiqliklarini butunlay haqsiz deyish togri bolmasa kerak. Chunki ular ham yoshlar, boshqa oz tenglari kabi, ularning ham orzu-havaslari bor, kongillari kop narsani tusaydi... Zindondagi bandini hech bir xayol surmaydi, deb kim aytadi? Gadoy podshoh bolmoq istasa, yomonmi? Bazan shu xil kuchli talablar yo kelinda, yo qizda korilib salgina yuzaga chiqa boshlasa, kopni korgan ziyrak kampir darrov payqaydi va oldini oladi. Xolmatga sal oshr keladigan bir ish bolsa, unga yetkizmasdan, ozi bir ish qilib bitiradi; joyi kelganda, muloyim gapirib, joyi kelganda, popisa qilib, qizi yoki kelinining konglida kotarilgan havas olovlariga suv sepadi, u olovlarni avj olmasdan turib sondiradi. Ularning talablari juda orinli bolsa, ozi ilojini qilib qondiradi. Ularning konglini oladi, Xolmatni ortiqcha tashvishlardan qutqazadi. Shahardan Saltilarning bir arava bolib kelishlari ham Enaxonning shu xil havaslaridan biri edi. Saltanatlar oilasi bilan Enaxonlar oilasi orasida ota-bobodan qolib kelgan bir dostlik, qadrdonlik hukm surardi. Bu ikki oila kishilari yilda bir-ikki marta bir-birlari bilan korishib turardilar. Otgan kuz, xirmonlar olingandan keyin, Enaxon bilan kelin Saltanatlarnikida bir haftacha
127 turib kelgan edilar. Shunda Enaxon oz ortogini bir-ikkita tengdoshlari bilan birga bahorda qishloqqa chaqirib ketgan, bahor kelib tabiat jonlangach, shaharga tushgan bir odamdan yana ayttirib yuborgan edi. Kampir qizining bu talabini, albatta, orinli topardi. Enaxonning yonida bola-chaqasi bilan birga bir necha kun yayrab kelgan kelin ham qizning fikriga jon-u dilidan qoshilgach, kampirga hech bir gap qaytarish orni qolmagan edi. Gaplaring juda maqul! dedi u shu togrida maslahat boshlanganda. Buning ilojini ozimiz qilishimiz kerak. Xolmat bechoraga hech bir oshri tushmasin. Iloji bolsa, unga bildirmaylik. Mehmonlar kelganda bilar. Enaxon kelinga qaradi. Kelin Enaxonning bu qarashidan: «Qani, gapiring, nima deysiz?» deganini anglagan bolsa-da, qaynana oldida birinchi bolib gap ochishni ep kormasdan, jim qoldi. Shundan keyin Enaxon bir narsa demakka majbur edi. Mayli, siz ozingiz bilasiz, oyi. Chaqirish kerakligiga «yoq» demadingiz. Mehmon deganni non qoqiga chaqirib bolmaydi. Muni ozingiz bilasiz. Kelin shu yerga kelganda, bir ogizgina soz bilan aralashib qoydi: Albatta, ayniqsa, shuncha joydan keladigan mehmonni. Xop, yaxshi bilaman! dedi kampir. U kelinining ogzidan gapini uzib olganday tez gapirardi. Kuzda ikkalang borib bir hafta turib kelding. Bechorahol bolsalar ham senlarni xop xursand qilib jonatishdi. Ikkalang ham anchagacha gapirib yurding... Rost-da! dedi Enaxon. Uning otasi ham, nihoyati bir ayron-chi, yer-suvi yoq, dastgohi yoq. Rozgor katta... Shunday bolsa ham bizga deb nimalarni qilishmadi-a? Songgi savolni kelinbibisiga bergan edi. U ham: Ha, nimasini aytasiz, deb darhol tasdiq qildi. Shu bilan hammalari jim boldilar. Kampir iloj axtarib, oyga botgan edi. U sekin-sekin ogil tomiga yotqizilgan shotining ikkinchi pogonasiga otirdi. Qiz bilan kelin yerga chonqaydilar.
128 Kampir shotining 1 yon yogochini silab oynar, Enaxon ogzidan olgan saqichni qolida ezib, «soqqa» yasar, kelinchak bolsa, bir chop bilan yerni chizgalar, uchalasi ham shu ravishcha oyga botgan edilar. Kampirning butun xayoli haligi togrida bolsa ham, ikki kozi bularda; bular esa dam bir-birlariga, dam kampirga qarar, dam yerga tikilardilar. Sukutni kampir buzdi: Kambagallik olsin, kambagallik! dedi u va chuqur bir «uh» tortdi. Hech bir ilojini topib bolmaydi... Bir oz jim qolgach, birdaniga ovozini kotarib: Shuncha yerdan bizning sok oshimizni ichgali kelisharmidi? Uch-tort kun turishadi. Durustroq bir narsa qilib qoymasak boladimi? dedi. Ular ikkovi ham uygonganday boldilar: Albatta, albatta! deyishdi ikkalasi. Xuddi shu vaqtda somonxonaning yonida Xolmat korindi. Bular unga qayrilib qaragali ulgurmasdan, uning: Oyi, bormisiz? degan ovozi eshitildi. Kampir suhbatni bolib, ornidan turarkan: Shoshmanglar, bir oz oylaylik, ertagacha biror iloji topilib qolar, dedi va yugurib Xolmatning yoniga ketdi. Kechqurun yotar paytda kampir ikkovini yoniga chaqirib, oz fikrini aytdi: Oylab-oylab qolimdan kelgani shu boldiki, olimligimga atalgan narsalardan bir ozroq ajratdim. Endi, Ena, sen ham bisotingda boridan bir-ikki narsa ajrat, kelin, siz ham bir narsa qoshing, ertalab bitta-yarimtani bozorga tushiraylik, shularni sotib, ul-bul olib chiqsin. Kampir olimligiga atalgan narsalardan ajratgandan keyin gap tamom edi. Bolibdi, oyi! dedi Enaxon. Mening bor-yogim oz qolingizda, ozingiz ajratib olarsiz. Xayr, mayli, ozim ham bir oylab koray... 1 Shoti narvon. 129 Men erta bilan sizga topshiraman, dedi kelin. Kampir turib, yotogiga ketdi, ikki yosh osha joyda otirib qolib, nima ajratish va nima berish togrisida maslahatlashdilar. Bisotdagining mazasi bolmaganligidan bu maslahat ancha uzoq chozildi. Har qalay, erta bilan kampirning qolida mojazgina bir tuguncha bor edi. Òugunchani xurjunning bir koziga solgan bola yagir otni yortdirib shaharga tomon yol soldi. Osha kun Saltanatlarga ikkinchi chaqiriq yetkizilgan va katta xurjunning ikki kozi tolib qaytgan edi. ···
Mehmonlarga qolidan kelgancha yaxshi dasturxon solib, qoni- qoshni qizlar va kelinchaklarni chaqirtirib, allaqaylardan tori uzilgan dutorlarni topdirib kelgan va ularni xursand qilmoq uchun tirishib- tirmashgan Enaxon oz konglida yana xijolat tortishdan qutulmadi. Qadrli mehmonlarini yana allaqanday ziyofatlar, mehmongarchiliklar, takalluflarga komib tashlamoqchi bolardi. Uncha narsa bolmaganda Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling