Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

deding,  endi  o‘zum  shunda  bo‘lsam-da,  hushum  Lizag‘a;  to

Lizani  kelturmasang,  mani  gapurturolmaysan.  Ammo  gab

kelturganinga. Davlat zo‘r!

D a v l a t .  G‘am yema, muddaong Liza bo‘lsa, shul zamon

yoninga ko‘rarsan, kelmasami? Boshini olarman.

N o r .  Boybacha — barishnag‘a ta’bingiz bormi?

Ò o s h m u r o d . Mayli, odam yuboringlar, bazm qizisun.

Òangriqul.Gab, gab ila vaqtni o‘tkazarsizlar. Buyuraturgan

bo‘lsanglar — buyuringlar. Ertaroq kelsun, kayf qilayluk.

(Davlat  qo‘ng‘iroq  chalar.  Artun  armani  mayxonachi

kirar).


A r t u n .  Nima deysan?

D a v l a t . Lizaga birovni buyur, kelsun!

A r t u n .  Bunda?

D a v l a t . Ha, munda kelturmasdan, mozorg‘ami keturarding?

A r t u n . Izvinit qilasan, surushdum-da.

D a v l a t . Bo‘l, bo‘l. Birovni yubor.

A r t u n .   Box,  na  vor  qilarsan!  Liza  bana  demishki,  o‘n

besh manotsiz bana kishi go‘ndurma! Ha, o‘n besh manat-da va

faytun  puli-da  vergilin,  Nikolayi  go‘ndurayim.  Liza  o‘lmasa,

boshqasin go‘tursen, kayfingni chek.

Davlat. Avval kelturub, so‘ngra pulni olsang, bo‘lmasmi?


15

A r t u n .  Davlat zo‘r! Ban sana demishki, Liza perut oqcha

olmayincha kelmas, bana na! San o‘zung bilarsanki, ugovar qizi

banimki degil?

(Mastlar bir-birlarig‘a hayron qararlar, kissalarig‘a qo‘l soladurlar).

Ò a n g r i q u l .   Ortun! Bir oz to‘xta, pul berarmiz.

A r t u n .  Bosh ustina hoziram. (Chiqar. Jo‘ralarni kayflari

uchub, sukut etarlar).

D a v l a t . Suz, ichaylik. (Nor suzib, quyar).

Ò a n g r i q u l .   Pulni  peshagi  talab  qilgani  ishni  belini

sindurdi.

D a v l a t .  Ish aksig‘a olsa, shunday bo‘lur. Pullaring bormi?

Hammalaring chiqaring. (Hammasi chiqarar, Davlat sanar. Besh

so‘mga yetmas).

Davlat. Buminan hech nima bo‘lmas, bir ilojini tobmoq kerak.

N o r   (tamasxo‘r ila).  Oy, boybacha! Bizlar-ku kambag‘al,

sizg‘a nima! Kisangizdan pul chiqmaydur. Ana, boybachani shakli.

(Qo‘li ila ko‘rsatar).

D a v l a t .  Parvo qilma, Nor! Man bir nimarsa o‘ylardim.

Agar boybacha ko‘nsa.

Ò a n g r i q u l .   Nima ekan? Nima?

D a v l a t . Òo‘xta, nima ekanligini bilarsan. Avval boybachani

salomatlikiga ichayluk.

(Òangriqul suzar, icharlar boybachani salomatlikig‘a). Boy-

bacha! Bu kechadek chahorshanba savri oyda yilda bir bo‘lar yo

yo‘q,  bir  kecha  ming  kecha  bo‘lmas,  agar  qabul  qilsangiz,

Òangriqulni sizg‘a qo‘sharman. Birga borib, otangizni sanduqini

ko‘rsatursiz. Boshqa ishni Òangriqul bajaradur.

Ò o s h m u r o d .  Òangriqul aka, borarsizmi?

Òangriqul. Ulfatlar buyursa, u dunyoga borarman. U-ku

sizni havlingiz.

D a v l a t . San nima dersan, Nor?

N o r .  Men ham ko‘bni biri, bor desang, borarman.

D a v l a t .  Yo‘q, ikkovi bas, ko‘rganlar badgumon bo‘lmasun.

Bukunni ertasi bor.


16

N o r .  Boybacha! Otangiz sanduqining joyini bilarsizmi?

Ò o s h m u r o d .  Otamni yotaturgan uyinda.

D a v l a t .  Yotaturgan uyini necha eshiki bor?

Ò o s h m u r o d . Uch.

D a v l a t .  Qaysi eshikdan kirarsizlar?

Ò o s h m u r o d . Eshikni  biri  onamni  uyindan  ochilur;  man

kirib havli tarafdagi eshikni ocharman, so‘ngra Òangriqul akam

kirar.

D a v l a t . Borakalla! Ilgari ham o‘g‘urluq qilg‘ang‘a o‘xshaysiz.



Nor, to‘ldur, ichayluk. (Nor to‘ldurar, icharlar. Òangriqul va

Òoshmurodg‘a qarab). Endi boraturgansizlar?

Ò a n g r i q u l .   Albatta, bormay nima bo‘lubdur. (Davlat

taponchasini boybachag‘a berar. Nor etik soqidan pichoqni olib,

Òangriqulg‘a berar. Alar ehtiyot qilib turarlar).

D a v l a t  (ikkisig‘a qarab): Yo‘l bo‘lsun, botirlar?

Ò a n g r i q u l .  Olgani.

(Davlat,  Òangriqulni  bir  chetg‘a  olib,  ishorat  va  xufiya

ma’lumot va amr berar).

N o r . Omin ollo.

H a m m a s i . Ollo akbar.

(Davlat fotiha berar).

(Òangriqul va Òoshmurod chiqar. Davlat va Nor ichar va o‘qur).

(Parda enar)

UCHINCHI PARDA

Odat bo‘yicha Boy yotar karavot ustig‘a uyquda; uyni bir

tarafig‘a sanduq. Òoshmurod bir eshikdan ohistalik ila kirar, bu

taraf — u tarafg‘a qarab, boshqa bir eshikni ochar va bir chetg‘a

turar.

Òangriqul kirar, qo‘lig‘a kalid va temur asbob, beliga pichoq;



sanduq  tarafig‘a  borib,  kalid  solar.  Sanduq  ochilmas,

Òoshmurodg‘a  qaraydur.  Ishorat  ila  maslahat  so‘raydur.

Òoshmurod sanduqni temur asbob ila sindurmoqg‘a amr berar.


17

Òangriqul temur asbob ila sanduqni sindurar. Sanduqni ovozi

ila Boy uyg‘onur.

B o y   (cho‘p-cho‘p  turar,  kaltakni  olib).  —  Voy-voy!!!

(Òangriqulga qarab yugurar).

(Òoshmurod kaltakni kelib ushlar).

(Òangriqul pichoq ila boyni qo‘ltug‘iga urar).

B o y  (taraqlab yiqilar):  Voy, jonim! (Jon uzar. Òiðirlar,

xirillar).

(Òangriqul sanduqdan tanga xaltasini ko‘tarar. Pichoq va

temir asbobni o‘ziga berkitar. Òashqaridan bir necha odam tovushi

eshitilur).

O d a m l a r .   Nima gab, birov dod dedi.

(Bir  necha  erkak  ila  boy  xotuni  kirarlar.  Òangriqul  ila

Òoshmurodni ko‘rarlar).

Ò a n g r i q u l .   Òoshmurod, ot!

(Òoshmurod  havog‘a  tapponcha  otar,  qocharlar  va  hozir

kishilarga saloh ko‘rsatib).

B o y b u c h a . Voy, zolim dastidan, bu qanday kun edi, voy,

dod-ey! (Chapak chalar... Boy ustig‘a o‘zini tashlar, yuzu sochini

yular). Hey, juvonmarg Òoshmurod! qon qus, koshki chechakga

ketayding. Hay, padarkush Òoshmurod. Voy, dod-e-y!

D o m l a  (kirar). — Onajon! Sizg‘a sabrdan boshqa chora

yo‘q. Bu badbaxtlik va musibatg‘a sabab jaholat va nodonlikdur.

Beilmlik  va  tarbiyasizlikdur.  Uyingizni  nodonlik  buzdi.  Sizni

beilmlik  xonavayron  qildi.  O‘g‘lungizni  beilmlik  Sibirg‘a,

joningizdan aziz farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umriy

ajratadur. Bolangizni otasi tarbiya etmadi, o‘qutmadi. Oxiri baloga

uchradi,  yomon  rafiqlar  yo‘ldan  chiqardilarki,  qurboni  jaholat

bo‘ldingiz.

B o y b u c h a  (to‘lg‘anib): — Ey, voy, voy, bolam. Voy,

boyim, oh voy-y-y-y.

D o m l a .  Boyingiz-da maslahatg‘a quloq solmadi. Va oxiri

ushbu yamon hodisa paydo bo‘ldi. Endi sizg‘a achchig‘ sabrdan

boshqa iloj yo‘qdur, onajon! Ollo sizga sabr bersun!

2 – Adabiyot, III



18

B o y b u c h a  (kamoli betoqatlik ilan oh vovaylo etar): —

Dod, voy, bolam. Voy, boyim. Ikkisidan ham ayrildim. Erimni

mozorg‘a, bolamni Sibirg‘a yuborarlar. Voy, voy, voy-y-y.

(Parda enar)

Behbudiy maqolalaridan

IKKI EMAS, ÒO‘RÒ ÒIL LOZIM

Biz  turkistoniylarg‘a  turkiy,  forsiy,  arabiy  va  rusiy  bilmoq

lozimdur, Òurkiy, ya’ni o‘zbekini sababi shulki, Òurkiston xalqining

aksari o‘zbakiy so‘ylashur. Forsiy bo‘lsa, madrasa va udabo tilidur.

Bukung‘acha Òurkistonni har tarafindagi eski va yangi maktab-

larinda forsiy nazm va nasr kitoblari ta’lim berilib kelgandur.

Barcha madrasalarda shar’iy va diniy kitoblar arabiy ta’lim

berilsa ham, mudarrislarni taqriru

1

 tarjimalari forschadur. Bu oida,



ya’ni dars kitobi — arabiy, muallim — turkiy, taqriru tarjimani

forsiyligi xila ajibdur.

Òurkistonda qadimdan  beri bu uch til  joriydur. Chunonchi,

eski yorlilardan ma’lum bo‘lurki, Òurkistonda eski amir va xonlarni

amri farmoyish va muborak nomalari doimo turkiy, yana ayni

zamonda  dorulazou  adabiyot  tahrirlari  forsiy  yozilar  ekan.  Bu

oidalar zotan yaxshidur. Ammo bora-bora yoinki kela-kela usuli

ta’lim  va  kitobatg‘a  ehmol

2

  paydo  bo‘lub,  hozir  bir  darajag‘a



kelibdurki, ahli savod yoinki ahli ilmni yuzdan to‘qson to‘qquzi

bu uch tilda mukammal tahriri adabiyg‘a molik yo‘qdur. Ya’ni,

usuli ta’lim va tadrisni isloh etmak kerak. O‘tayluk.

Òurkistonning Samarqand va Farg‘ona viloyatlarinda forscha

so‘ylayturgan  bir  necha  shahar  va  qishloqlar  bordur.  Buxoro

hukumatining tili forsiydur. Fors shoiru udabosi asarlari qiyo-

matg‘acha lazzati ketmayturgan xazinai ma’naviydurki, mundan

foydalanmoq uchun ovrupoyilar milyardlar sarf etarlar.

1

 Òaqrir – bayon.



2

 Ehmol – qiyinchilik, mashaqqat.



19

Bizg‘a saodatdurki, turkiy va forsiyni tahsilsiz bilurmiz. Har

turkni forsiy va har forsni turkiy bilmog‘i lozimdur.

Forsiy bilgan kishi Firdavsiy, Bedil, Sa’diy, «Masnaviy»

1

dan


qanday  lazzat  olsa,  turkiy  bilganlar  Fuzuliy,  Navoiy,  Boqiy

2

,



Somiy

3

,  Abdulhaq  Homid



4

,  Akrambek

5

,  Sanoyi



6

,  Nobiy


7

,

Nojiy



8

lardan, yana Òolsto‘y, Jul Vern va ulamoi zamoniy asarini

turkiy tarjimasidan lazzat shunday oladur.

Farang va rus donishmandlarining asarlaridan foydalanmoq

turkiy yo rusiy va farangiy bilmak ila mumkin bo‘lur, na uchunki

bugun usmonli, Kafkaz va Qazon turklari zamona ulamosi asarini

turkiyg‘a  tarjima  qilib,  ko‘paytirgandurlar,  ya’ni  turkiy  bilgan

kishi zamonni bilur. Òurk tilig‘a har bir yangi va naf’lik kitoblar

barcha tilda tarjima bo‘lgandur. Arab madaniyati yunoniy Suqrot,

Buqrot, Falotunlardan foydalanganidek, zamoni hozira madaniyati

Òolsto‘y, Jul Vern, Kepler, Kopernik, Nyutonlardan foydalanur.

Maqsaddan uzoq tushdik.

Bizg‘a lozimki, o‘z naf’imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat

maktablarinda o‘quylik.

Davlat mansablarig‘a kirayluk. Vatanimizg‘a va o‘z dinimizg‘a

xidmat etayluk.

Musulmon bo‘lub turib taraqqiy qilayluk. Bu zamon tijorat

ishi, sanoat va mamlakat ishlari, hatto, dini islom va millatg‘a

xidmat ilmsiz bo‘lmaydur. Masalan, bugungi «podsholik duma»g‘a

o‘z din va millatimiz naf’ig‘a so‘zlamoq bizlar uchun mumkin

1

 «Masnaviy» — Jaloliddin Rumiyning mashhur asari.



2

 Mahmud Abdul Boqiy  (1526—1600) — usmonli shoir, «Sumbul

qasidasi» muallifi.

3

 Somiy (1850—1904 — «Qomusul a’lom» asari muallifi.



4

 Abdulhaq Homid (1852—1937) — mashhur turk shoiri.

5

 Akrambek — Rijoizoda Akram  (1847—1914) — «g‘arbchi»  jadidchi



shoir.

6

 Sanoyi (Ibrohim  Shinosiy bo‘lsa kerak)  (1826—1874) mashhur turk



masalnavis shoiri.

7

 Nobiy  (Yusuf Nobiy)  (1640—1712) — usmonli shoirlardan.



8

 Muallim Nojiy (1850— 1893)— «sharqchi» shoir.



20

bo‘lur. Ammo anda borib so‘ylaguvchi kishi bizg‘a yo‘q. Anda

borib naf’i bir o‘n sana o‘qumoq kerak, zamondan, qonundan

xabardor bo‘lmoq kerakdur.

Xulosa, bugun bizlarga to‘rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar

kerak, ya’ni arabiy, rusiy, turkiy va forsiy.

Arabiy til din uchun na daraja lozim bo‘lsa, rusiy ham tiriklik

va dunyo uchun lozimdur.

Hadisi sharifdan ma’lum bo‘ladurki, janobi payg‘ambar o‘z

sahobalaridan  Zayd  bin  Sobit(g‘a)  yahudiy  xatini  o‘qub-

o‘rganmoqg‘a  buyurgan  ekanlar.  Va  ul  janob  Umar  hazrat

nubuvvat panohi ila yahudiy xatini o‘rganib, hazrat payg‘ambarg‘a

yahudiylardan  kelaturgon  xatlarni  o‘qub  berar  ekanlar  (Sahihi

Buxoriy, juz 4, sahifa 156).

Holbuki, ul zoti bobarokot payg‘ambarimiz quvvati hokima

egasi edilar. Yahudiylar mahkum va tobe’ edi. Al-on Rusiya

hokim,  bizlar  anga  tobe’  va  o‘z  tirikligimiz  uchun  alar  xatini

bilmoq zarur va hadisi sharif dalolatincha durustligig‘a joyi inkor

bo‘lmasa kerakdur.

«Oyna» jurnali, 1913- yil, 1- son, 12–14- betlar.

ÒEYOÒR NADUR?

Òeyotr nimadur? Javobig‘a teyotr ibratnamodur, teyotr va’z-

xonadur,  teyotr  ta’zir  adabidir.  Òeyotr  oyinadurki,  umumiy

hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko‘zliklar ko‘rub,

kar-quloqsizlar eshitib, asarlanur. Xulosa: teyotr va’z va tanbih

etguvchi hamda zararlik odat, urf va taomilni, qabih va zararini

ayonan ko‘rsatguvchidur. Hech kimni rioya qilmasdan to‘g‘ri

so‘ylaguvchi va ochiq haqiqatni bildurguvchidir. «Qul-al-haqqa

va lav kona (va) maroan» mazharidur. Ayni zamonda yana

tamoshogoh  va  yoinki  ko‘ngul  ochguvchi  milliy  va  adabiy

jam’iyatlarni boisidur.

Òaraqqiy qilgan millatlar teyotrxonalarni ulug‘lar uchun maktabi

adab va ibrat ataydurlar. Òaraqqiy qilmoqni eng birinchi sabab


21

va boislaridan biri teyotrlardur deyurlar. Òeyotrlarning yaxshi va

yamon odatlarni sarrof

1

 va munaqqidi derlar.



Umumiy odatlarni naf’i va zararidan paydo bo‘laturgon natija-

larni teyotrxonada aynan ko‘rsaturlarki, har kim mundan ta’sirlanib,

yamon odatlarni tark etib, yaxshilikni ziyoda ishlamoqg‘a sabab

bo‘lur.  Har  zamonni  bir  usuli  ehtisobi

2

  bordur.  Bu  zamonda



teyotrxonalar ham yamon va zararlik odatlarni ehtisob va tanqid

qilib yamonligini, qabihini xaloyiqg‘a ko‘rsatib va’z va nasihat

etguvchi bir joydur. Òeyotrxona sahnalarinda qo‘yulaturgon asarlar

fojea, ya’ni qayg‘ulik, mazhaka, ya’ni kulgu, drama, ya’ni hango-

malik bir voqea va hodisani tasvir etib, xaloyiqg‘a ko‘rsatilur. Ul

voqeadagi yamonlik va yaxshilikni paydo bo‘lgani va sababini

har kim ko‘rub, anglab, ibrat olur va yamonlikdan qochib, yaxshi-

likg‘a  harakat  qilmoqg‘a,  teyotrda  ko‘rsatilgon  voqealar  sabab

bo‘lur.

Hikoyat va yoinki nasihat kitoblarinda ba’zi bir hodisani bayon



qilingandurki, o‘qub, asarlanib, lazzat olinadur. Ammo teyotrg‘a

maxsus bir hodisa va yo voqea va hikoyatni fe’lan qilib ko‘rsatila-

durki, muning ta’siri eshitkandan ziyodadur.

(Shunidan kay bud monandi diydan — eshitmoq qachon

ko‘rmoq kabidur.) Yana teyotrda savodsiz odam ko‘zi ila ko‘rub,

ko‘zsiz odam eshitib, kar mushohada etib, ibrat va lazzat olar.

Xulosa: teyotr bir nav’ maktab hukmindadur. Òaraqqiy qilgan

xalqlar o‘rtasinda teyotr u qadar taraqqiy etkandurki, har kun bir

yangi  asar  tasnif

3

  bo‘lub,  sahnada  qo‘yulur.  Asarni  yozgan



muharrirg‘a ming so‘m va o‘n ming so‘mlab hadya berib, asarini

mushaxxis

4

lar sotib olib, sahnada qo‘yub foida qiladurlar. Ba’zi



bir teyotr asarlari eski bo‘lmay va xaloyiqni ko‘nglig‘a urmay, bir

shaharda yigirma, o‘ttiz, hatto, yuzinchi daf’a qo‘yulganlari bor-

dur. Òeatrg‘a qo‘yulgon asarni ortuqcha va yo oz yerlarini va

1

 Sarrof – pul almashtiruvchi.



2

 Ehtisob – hisob-kitob, tahlil.

3

 Òasnif – bunyodga kelmoq.



4

 Mushaxxis – ijrochi, aktyor.



22

yetishmaganlarini maishati milliyadan xorij nuqtalarini muharrirlar,

jaridalar ila tanqid etadurlar. Xaloyiqg‘a ma’qul bo‘lub va yo

bo‘lmag‘ani ila teyotr muharririni xursand va yo g‘amlik bo‘lur.

Muharrirni asari yaxshi chiqsa, har kim oni tabrik etar va shuhrati

ziyoda bo‘lur. Va bul boshqa muharrirlarni harakatg‘a kelishib,

yaxshi asarlar yozmoqlarig‘a bois bo‘lur. Òeyotr uchun muharrirni

ne qadar chuqur o‘ylaguvchi zarif va nazokatligi lozim bo‘lsa,

mushaxxis (hodisani ko‘rsatguchi)larni ham tavono va muqallid

va  har  nimarsani  o‘zidek  qilib  ko‘rsatguchi,  nuktadon  bo‘lishi

lozim bo‘lib, bul alohida bir san’atdurki, ovrupolilar munga ham

alohida maktab ijod qilgandurlar.

So‘zni qisqasi, teyotr xonalari masxarabozxona bo‘lmay, balki

ibratxonadur. Va anda mushaxxis bo‘laturgonlar «o‘yunchi va

masxaraboz» bo‘lmay, balki mushaxxis va muallimi axloqdurlar.

Òaraqqiy  qilgan  xaloyiq  orasinda  mushaxxislar  ham  kibor  va

muhtaram sinflar qatorindadur. Xususan, o‘z kissasi naf’ig‘a mu-

shaxxislik qilmay, balki maktab va o‘z millati naf’ig‘a mushaxxislik

qilganlarni qadri du bolo

1

 ziyodadur.



Bizni Òurkiston va Buxoroda milliy teyotrdan asar yo‘q edi.

Muharriri  ojiz  «Padarkush»ni  yozdiki,  o‘tgan  fevral  oyinda

Samarqand, Xo‘jand, Buxoro va Òoshkand va Kattaqo‘rg‘on

shaharlarinda millat naf’i uchun ko‘ngullilar sahnada qo‘yub, to‘rt-

besh ming so‘mni to‘rt-besh kechada jamlab, maktablar foidasig‘a

berdilar. Mana endi muhtaram Samarqandiy ko‘ngulli mushaxxislar

g‘ayrat qilib, yana «Padarkush»ni Samarqandda yettinchi moyda

sahnag‘a qo‘yub, hosilini maktablarg‘a sarf uchun berdilar.

Muhtaram hamshaharlarimizdan rijo etarmizki, kelib ko‘rgonlari

gunah bo‘lgon joyini ko‘rsatsalar. Inchunun, asarni tanqid etib,

buzuq yerini matbuot ila bayon etsalar, toki boisi isloh bo‘linsa.

Ammo bu kung‘acha muhtaram ahli qalam «Padarkush»ni buzuq

yerini ko‘rsatmay, balki «kuldurguchi va ham yig‘latguchi nosih

va nofe’ asardur» holinda tabrik va taqrizlar ila yozdilarki, biz

1

 Bolo – yuqori.



23

alarg‘a tashakkur aytarmiz. Asarimizni qabihini yozgon kishig‘a

ziyodaroq tashakkur etmoqg‘a madyunmiz, chunki bois islohdur.

«Mutakallimro  toayb  nagirand  —  suxanash  isloh  napazirad»

(«So‘z so‘ylaguvchini ayb etmaguncha, so‘zi tuzalmaydur»). Ba’zi

bir ahli vatanning teyotr asari yozmoqg‘a mashg‘ulliklari eshitilurki,

asarlarig‘a  chahorchashm  ila  muntazirmiz.  Yozilgan  asarlarni

ko‘ngulli dastalari sotib olib bostursalar, foida ham qiladurlar.

Chunki bir kishig‘a ham asar yozib, ham bosturub va hamda

sahnada qo‘ydurmoq mushkuldur. Dastalar sotib ola bersalar,

asar-da ko‘payur. Òurkistonda oyinda bir asar tahrir bo‘linsa-da,

ko‘blik qilmaydur.

«Oyna» jurnali, 1914- yil, 29- son, 550–553- betlar.


24

ABDULLA  AVLONIY

(1878–1934)

O‘zbek  dramaturgiyasi  va  teatrining,  yangicha  maorifi  va

matbuotining  asoschilaridan.  «Hijron»  taxallusi  bilan  she’rlar

bitgan, bir qator  yangicha  darsliklar  yozgan. Noshir, tarjimon,

elchi, muallim. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak

ma’rifat va ezgu amallarga chorlovchi g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan.

«Adabiyot yoxud milliy she’rlar» birinchi juzidan

 

BIZ, MILLAÒ



Na xo‘rliq, na qasolat?—Doimo afgor biz, millat,

Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz?—Xor, biz, millat.

Jaholat qaziyasi do‘ndurdi istiqboli rif’atdan,

Ma’oz-illoki, na iqror, na inkor—biz, millat.

Òutub selobi g‘aflat mavji g‘amg‘a tashladi, hayhot,

Jahon Jayhunlarig‘a to‘’mai tayyor—biz, millat.

Òamaddunfeshalikdan o‘zgalar ruhi mujassamdur,

Hayota qobil ermas, surati devor – biz, millat.

Hama ilm-u hunar asbobini olmaqni istarsa,

Chafon, chalma, riyo sotmoqg‘a xo‘b tujjor—biz, millat.

Òafakkur soyasida o‘zgalar shahdu shakar ersa,

Òururmiz baqrayib har go‘shada bekor—biz, millat.

Mayu minosini tark aylasa ag‘yor, bizlar, oh,

Ichib jomi jaholatdan, hamisha zor—biz, millat.

Hama kasbu kamolot etsa hosil ilm-fan birla,

Shifirguchi, yamoqchi, xayrchi—ko‘b xor—biz, millat.



25

Òaqozoyi zamon, har jins kiysa jismig‘a loyiq,

Qilib qof-xaltadan ko‘lmak-chopon—beor—biz, millat.

O‘zi bilmas, sani dushman, sani johil bilur,

Hijron, hayotu ruh kerakmas—jismidan bezor—biz, millat.

MAKÒAB HAQINDA

Biling, o‘g‘lonlarim, sizlarni g‘amdan qutqarur maktab,

Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab,

Maishat bobida ranju alamdan qutqarur maktab,

Hayotu ruha dushman jahli samdan qutqarur maktab,

Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab.

Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab.

Òaraddud birla doim dur oling daryoi maktabdan,

Òering jon rastasig‘a xo‘b zabarjadhoyi maktabdan,

Òopar maqdudini har kim qidirsa loyi maktabdan,

Umidim shul, jo‘juqlar, uzmasanglar poyi maktabdan—

Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab.



26

Jahonda barcha ne’matdan laziz ilm o‘lmasa, nedir,

Hunar bog‘ida tubi qad aziz ilm o‘lmasa, nedir,

Nasimi mushki totori tamiz ilm o‘lmasa, nedir,

Gulob, tarbiyati jahli mariz ilm o‘lmasa, nedir.

Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab.

Hama xursandlikni ma’danidur ilm, ey o‘g‘lon,

Hama fazlu karamni manbaidur ilm, ey o‘g‘lon,

Hama xo‘blarni xo‘bin maskanidir ilm, ey o‘g‘lon,

Hama islom elini masnadidur

1

 ilm, ey o‘g‘lon,



Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi

2

 g‘ilmonni berur maktab.



Òakabburlar qatorida havog‘a bo‘lmasang mag‘rur,

Dutoru tanburu changu navog‘a bo‘lmasang mag‘rur,

Òaraddud vaqtida bazmu kazog‘a bo‘lmasang mag‘rur,

Bo‘lib hajrida Hijron mahliqog‘a bo‘lmasang mag‘rur,

Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab.

«Maktab gulistoni» milliy she’rlari beshinchi juzidan

HIJRON SO‘ZI

Òug‘ub o‘sdim bu Vatanda,

Vatanim misli yo‘q jahonda!

Òufrog‘lari o‘sumlikdur,

Manzarasi ko‘rumlikdur.

Bir tarafda tog‘lari bor,

Mevasi mo‘l bog‘lari bor.

Òog‘laridan konlar chiqar,

Yerlaridan donlar chiqar.

1

 Masnad – suyanchiq.



2

 Firdavs – bog‘, jannat bog‘i.



27

Suvlaridur tamlu-totli,

Mevasi qandu nobotli

1

.



Bog‘laridur shirin-sharbat,

Anjir, uzum, anor, nashvat.

Daraxtlari o‘sar firosh,

Falak uzra ko‘tarub bosh.

Havosi o‘ta yoqimlik,

Cho‘llari bor toshlik, qumlik.

Òoshkand emas, toshqand erur,

Kesaklari gulqand erur.

Ishlaganga xazinadir,

Dangasaga harinadur.

Kecha-kunduz faryod etub,

Ishlovchini yotur kutub.

O‘tar kunlar, o‘tar zamon,

Ey, Vatanim, bo‘lma hijron!

Men ketsam-da, sen bo‘l omon!

Omon — Vatan, Vatan — omon!

«Birinchi muallim» kitobidan

 

ÒO‘G‘RILIK



Bir kampirning uyinda bir tup balx tuti bor edi. Nihoyatda

to‘g‘ri o‘sgan edi. Bechora kampirning shul tutdan boshqa hech


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling