Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

Òoshkent – 2010

O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA

MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI

 O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

ADABIYOT


(Majmua)

Akademik litseylarning uchinchi bosqich

o‘quvchilari uchun

Ikkinchi nashri



2

 © Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007-y.

 © Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-y.

ISBN 978-9943-05-095-2

– 2010

0301080000–66



360/04/–2010

A

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik



birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi

Kengash nashrga tavsiya etgan

Òuzuvchilar:

Boqijon Òo‘xliyev — filologiya fanlari doktori, professor,

Tohir Shermurodov — filologiya fanlari nomzodi,

Shoira Isayeva — filologiya fanlari nomzodi

Òaqrizchilar:

Abdug‘ofur Rasulov — filologiya fanlari doktori, professor,

Eshmuhammad Qodirov — filologiya fanlari nomzodi

Ushbu  «Adabiyot»  majmuasi  akademik  litseylarning  uchinchi

bosqich o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek adabiyotining

XX  asr  boshlaridan  hozirgi  kunga  qadar  bo‘lgan  davri  namunalarini

o‘z ichiga oladi. Majmuada  o‘quv dasturi qamrovidagi ijodkoplarning

asarlaridan  va muhim  badiiy  parchalardan tashqari mustaqil  o‘qish

uchun qator nasriy, she’riy namunalar berilgan.

BBK 83.3(5Y)

A 29


3

AZIZ  O‘QUVCHILAR!

O‘zbek xalqining naqadar boy adabiy merosga ega ekanligini

ko‘p bor his etgansiz. Adabiyotni davrlashtirib o‘rganishning ham

nechog‘lik shartli va nisbiy ekanligini, hatto muayyan bir asrda

bitilgan eng yaxshi badiiy namunalarni saralab, yagona mukammal

kitobga sig‘dirib bo‘lmasligini ham yaxshi bilasiz.

Sizga havola qilinayotgan majmua XX asr boshlaridan hozirgi

istiqlol yillarigacha bo‘lgan o‘zbek so‘z san’atining qator namoyan-

dalari ijodlari namunalaridan tuzilgan. Majmuaning maqsadi yaqin

kechmishdagi va bugungi adabiyotimizdagi yutuqlar bilan imkon

qadar tanishuvimizga, o‘zimizda doimiy, izchil mutolaa ko‘nikmasini

tarbiyalashga,  xalqning  ilg‘or  tafakkur  tarzini,  tuyg‘ularining

beg‘uborlik, jozibadorlik darajasini idrok-mushohada etmog‘imizga

qaratilgan.

Ma’naviy yetuklik va dunyoqarash komilligining muhim bir

omili, shubhasiz, barkamol, betakror adabiy ijod asarlaridir. Ular

yashashning  ma’no-mohiyati,  ezgulik  va  adolatning  afzalliklari,

ilmu  ma’rifat,  mehr-muhabbatdan  ma’rifiy  saboqlar  beribgina

qolmay, ma’lum davrlardagi xalqimiz hayotining o‘ziga xos tarixiy

manzaralari ifodasi orqali ibratli g‘oyalarga ham bizni hamnafas

etadi.


Majmua qamrovidagi davrda Behbudiy, Avloniy, Avaz O‘tar,

So‘fizoda, Fitrat, Hamza, Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, Shayxzoda,

Asqad Muxtor, Zulfiya, Odil Yoqubov, Erkin Vohidov, Abdulla

Oriðov singari o‘nlab benazir iste’dod egalari ijodlari bor.

Adiblarning har biriga qisqa, umumlashgan ta’riflar berilib,

keng kitobxonlar ommasiga manzur asarlaridan namunalar keltirildi.



4

Òamoyillari, salohiyat ko‘lami yanada rang-barang bo‘lganligi,

bizga  aynan  zamondoshligi  tufayli  kitobxonlikka  muhabbatni

uyg‘otguvchi birlamchi vosita sifatida qaralib, hozirgi zamon o‘zbek

nasri  va  she’riyatining  namunalariga  ham  o‘zga  adabiyot

majmualaridan farqli ravishda, kengroq o‘rin ajratildi.

Majmua dastur asosidagi adabiyot darslari mobaynida adabiy

namunalarning bevosita o‘zi bilan, ulardan olingan muhim parchalar

bilan tanishuvga ko‘maklashadi, o‘rganilayotgan yoki kuzatilayotgan

davrga mansub ijodlarning boshqa asarlarini ham mustaqil topib,

to‘liq, chuqur mutolaa qilishga chorlaydi.

Badiiy adabiyotni chinakamiga yaxshi bilish hamisha darslarda

o‘rganilgan  ijodlar  bilan,  kuzatilgan  davr  boshqa  adiblarining

asarlari bilan qo‘shimcha tanishib borishni, izchil mustaqil mutolaani

talab qiladi. Shuni  nazarda tutilgan holda obzor saboqlari orqali

ma’lumotlar  berilib,  o‘quvchilarning  bevosita  o‘zlari  tanishib

boruvini talab etuvchi mustaqil mutolaa namunalari sifatida hozirgi

o‘zbek nasri va she’riyatidan imkon qadar namunalar berishga

harakat qilindi.

Hurmatli  adabiyotsevar  o‘quvchilari.  Adabiyot  majmuasi

ma’lum ma’noda so‘z san’ati gulshaniga chorlovchi yo‘riqnoma

hamdir. Dastur bo‘yicha jamlangan badiiy adabiyot namunalari

va  ulardan  berilgan  parchalardan  tashqari  avvalgi  o‘quv

bosqichlarida u yoki bu darajada o‘rganganingiz yana qancha

nasriy,  she’riy,  dramatik  ijodlar  ko‘lami  mavjudligini,  albatta,

yaxshi idrok etgansiz.

Shu ma’noda mustaqillikka tutashgan davr va istiqlol yillari

o‘zbek adabiyotining Mirzakalon Ismoiliy, Mirmuhsin, Hamid

G‘ulom, Shukrullo, O‘ktam Usmonov, Maqsud Qoriyev, Jamol

Kamol,  Barot  Boyqobilov,  Uchqun  Nazarov,  Xudoyberdi

Òo‘xtaboyev, Omon Muxtor, Muhammad Ali, Murod Mansur,

Mashrab Boboyev, Sharof Boshbekov, Abduqahhor Ibrohimov,

Hojiakbar Shayxov, Oydin Hojiyeva, Anvar Obidjon, Asqar

Mahkam, Hamza Imomberdiyev, Abbos Said, Asad Dilmurod,

Norto‘xta Qilich, Abduvali Qutbiddin, Salim Ashur kabi qator


5

adiblari ijodlarining eng muvaffaqiyatli asarlari bilan ham mustaqil

tanishib borishingiz tavsiya etiladi.

Ishonamizki, Siz – mustaqil vatan yoshlari, axloqiy komillik,

yuksak bilimdonlik sari intilar ekansiz, yetuklikka eltuvchi muhim

omillardan biri bo‘lgan badiiy adabiyotga doimo oshufta bo‘lasiz.

Jahon adabiyotining eng sara asarlarini, milliy so‘z san’atimizning

yorqin namunalarini muntazam mutolaa qilib borasiz. Oliy o‘quv

yurtlariga muvaffaqiyatli kirish xususidagi orzularingiz ham Sizdan

ana  shunday  ko‘lamdor, serfoyda mehnatni kutadi. Ba’zi oddiy

kitobxonlar singari Siz adabiy asarlarga shunchaki qiziquvchanlik

bilan emas, uning nazariy qonun-qoidalarini biluvchi, ijod mahsulini

baholay oluvchi, ibratlarini tadbiq etuvchi, izlanuvchanlikda ajralib

turuvchi  o‘quvchilar sifatida murojaat qilasiz.

Adabiyotimizning  jahon  so‘z  san’ati  olamidagi  mavqei  va

salohiyatini chuqur o‘rganish yo‘lida shu zayl keng miqyosli faoliyat

yuritsangiz, Sizda faxr-iftixor tuyg‘usining munosib ulg‘ayishiga,

dunyoqarashingiz barkamol bo‘lishiga, nafis adabiyot qonuniyat-

larini teran idroklashingizga shubha qolmaydi. Cho‘lpon Sizning

yoshingizda bo‘lgan vaqtidayoq yozganidek:

«Hech  to‘xtamasdan  harakat  qilib  turgan  vujudimizga,

tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil

qaro  kirlar  ila  xiralangan  ruhimiz  uchun  shul  qadar  adabiyot

kerakdir. Adabiyot yashasa, millat yashar: adabiyoti gullamagan

va  adabiyotining  taraqqiysiga  cholishmagan  va  adiblar  yetish-

tirmagan millat oxiri bir kun hissiyotidan, o‘ydan fikran mahrum

qolib,  sekin-sekin  inqiroz  bo‘lur.  Buni  inkor  qilib  bo‘lmas»

(«Adabiyot nadur?» maqolasidan).

Òuzuvchilar  majmuani  yanada  mukammallashtirib  borish,

xususan, uni boyitish, davom ettirish, adabiy-ijtimoiy muhitimizda

o‘ziga xos ahamiyat kasb etayotgan asarlarni saralab to‘ldirish

yo‘lida Sizning fikr-mulohazalaringizga muntazirdirlar.



6

MAHMUDXO’JA BEHBUDIY

(1875–1919)

XX asr o‘zbek adabiyoti, matbuoti, madaniyatining atoqli

namoyandasi. Milliy dramaturgiya va sahna san’atining shakllanishi,

yangicha ilg‘or hamda serko‘lam publisistikaning vujudga kelishi

uning nomi bilan bog‘liq. Behbudiy davrning eng ilg‘or harakati-

jadidchilikning Turkistondagi asoschisi va rahnamosidir. O‘zbek

hayoti, milliy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan adibning asarlari,

eskirmas o‘git-g‘oyalari doimo qadrlidir.

PADARKUSH YOXUD O‘QIMAGAN

BOLANING HOLI

Turkiston maishatidan olingan ibratnamo 3 parda 4 manzara

milliy birinchi fojia.

ASHXOS – KERAK ODAMLAR

B o y — 50 yashar.

Ò o sh m u r o d — boyning o‘g‘li, o‘n besh yo 17 yashar.

D o m l a — yangi fikrlik bir mullo, 30–40 yashar.

Z i yo l i — (Ovrupo libosig‘a) o‘ruscha o‘qugan, millatchi

musulmon.

X a y r u l l a — boyning mirzo va mahrami, 18–20 yashar.

Ò a n g r i q u l — boyning qotili.

D a v l a t — bo‘z bola.

N o r — bo‘z bola.

L i z a — rus xotuni, qabiha shaklinda.


7

A r t u n — armani mayxonachi.

P r i s t u f — ikki politsayskiy, 2 qarovul, 3 nafar erkak,

boyning hamsoyasi.

B o y b u ch a — boyning xotuni, 35–40 yashar.

KERAK  NIMARSALAR

Bir la’li

1

 sharob



2

, non, dasturxon.

Choynak, piyola, chilim.

Mehmonxonaga keraklik gilam, ko‘rpa-yostuq.

Boyning yotoq asbobi va karavot.

Bir kaltak, 1 qo‘l kishani, 1 qanab, 1 hushtak, 1 shiqishqa.

Bir o‘n shisha suv va kvas.

Besh-olti istaqon

3

.

Bir sanduq.



Bir hamyon, ichig‘a pulg‘a o‘xshash nimarsa.

Bir katta pichoq.

Bir tapponcha.

Sanduqni ochaturgan temir asbob.

Mukammal pristuf libosi, 2 politsayskiy mukammal libosi, 2

qorovul kaltagi.

BIRINCHI PARDA

Boy mehmonxonada o‘lturar Xayrulla ila.

D o m l a  (kirar).  Assalom alaykum.

B o y .  Vaalaykum  assalom,  marhamat  qilsunlar.  (Òurib

muloqot qilib, domlaga joy ko‘rsatib, o‘lturar.)

D o m l a . Boy davlatini, Ollo taolo, mundan ham ziyoda

qilgin. (Fotiha qilar.)

B o y . Nafas muborak, inshoollo duolari qabuldur.

Lahli – idish, bu yerda qadah ma’nosida.



2

 Sharob – may.

3

 Istaqon – stakan.



8

D o m l a .  Bale

1

, juma oqshomi duoni qabul vaqtidur.



B o y .  Xush keldilar, taqsir!

D o m l a .  Salomat, salomat. (Qo‘lini ko‘ksiga qilib.)

B o y .  Xayrulla! Choy va la’li keltur.

X a y r u l l a .  Xo‘p. (Choy va la’li kelturar. Xayrulla choy

suzar, alar tanovul aylar. Òoshmurod kirar, salomsiz, beadabona.)

Ò o s h m u r o d . Ota! Òomoshaga borarman, pul bering.

B o y . O‘g‘lum, kim ila borarsan?

Ò o s h m u r o d . Òursun akam ila.

B o y  (kisasidan pul berib). — Albatta, vaqtlik kelinglar va

yomon joylarg‘a bormanglar!

Ò o s h m u r o d .  Xayr, xayr, xay ko‘b gapurarsizda. (Chiqib

ketar. Domla boy va Òoshmurodga badbinona boqib, boshini

sollar.)

B o y .  So‘zlashib o‘lturung, taqsir!

D o m l a .  Xo‘b-xo‘b, boybachcha katta bo‘lubtur. Xudo

umr  bersun,  usuli  jadida  maktabig‘ami  o‘quydur  yoinki  eski

maktabg‘a?

B o y .  Ikkisig‘a ham o‘qumaydur.

D o m l a . O‘z havlingizda o‘qutaturgansiz?

B o y . Yo‘q, yo‘q. Man o‘g‘lumni o‘qutmoqg‘a o‘ylaganim yo‘q.

D o m l a . Ajoyib, sababi nadurki, o‘qutmaysiz? Vaholanki,

o‘qumoq  qarz  va  ham  ilm  sababi  izzati  dunyo  va  sharofati

oxiratdur.

B o y .  Mani xayolimg‘a dunyoni sabab izzati boylik. Oxiratg‘a

bo‘lsa, xudoni qilgan taqdiri bo‘lur. Chunonchi, biz ko‘rarmizki,

odamlar boyni mulladan ziyoda izzat qiladurlar. Xususan, mana,

banklar ko‘paydi, katta boylar chilon

2

 bo‘lur, har kim chilonlarni



izzat, hatto ishi tushaturganlar chilon molini qiymat olur. Azbaski,

chilon iltifotg‘a olmag‘on odamlarg‘a banklar pul bermaydurki,

so‘ngra muomaladorlar sinib, mayda-mayda bo‘lur, bildingizmi?

1

 Bale – ha, barakalla singari tasdiq ma’nosini bildiradigan so‘z.



2

 Chilon – ruscha «chlen» so‘zining buzilgani, a’zo ma’nosida.



9

D o m l a .   Bu  so‘zlaringiz  hozirgi  zamong‘a  ma’qul,  lekin

chilon va boylarni izzatlari vaqtincha va xalqni ko‘zi ochilgunchadur.

Holbuki, alarni ishi tushganlar izzat qilar. Mullani bo‘lsa, barcha

xalq izzat qilar, ya’ni mulloni ilmini izzat qilinadur.

B o y .   Bizni  ham  boyligimizni  izzat  qilinadur.  Hatto

musulmonlar nari tursun, o‘rus va armanilar-da izzat qilur.

D o m l a .  Izzatni nari qo‘yduk. Agarda o‘g‘lingizni o‘qut-

sangiz, daftaringizni yozar, namozisini va musulmonchiligini yaxshi

bilar va ham sizg‘a savob bo‘lur.

B o y .  Mirzolik oson, mana Xayrullag‘a oyinda yetti so‘m

berarman, kunduzlari mirzolik va oqshomlari mehmonxona ishini

qilar va hatto kelguncha xodimi qilar, kitob ham o‘qub berar.

D o m l a .   Shariat  ilmi  va  zaruriyot  dinni  bilmoq  uchun

boyvachchani o‘qutmak, albatta, sizga lozimdur.

B o y .   Shariat ilmini o‘qutmak ne lozim, chunki ani mufti

yo  imom  va  muazzin  qilmoqchi  emasman.  Azbaski,  davlatim

anga yetar.

D o m l a .  Zaruriyoti diniyaga na dersiz?

B o y .  Man o‘zum besh vaqt namozni keraklik duolari ila

bilarman. O‘zum o‘rgaturman.

D o m l a .  Xat va savodg‘a na dersiz? Holbuki, savodi yo‘q

odam hech nimaga yaramaydur.

B o y .  Bu fikringiz g‘alat

1

, chunki mani savodim yo‘q, bovujud



2

shul shahrimizni katta boylaridandurman va har ishni bilarman.

D o m l a . Siz  ilgari  zamonda  bir  nav’i

3

  ila  boy  bo‘lubsiz,



ammo endi boy bo‘lmak uchun ilm kerak. Ko‘rarmizki, yigirma-

o‘ttiz yildan beri barcha savdo ishlari armani, yahudiy va boshqa

ajnabiylar qo‘lig‘a o‘tdi. Muni sababi bizlarni o‘qumog‘onimizdur.

O‘qumagan boybachchalarni ko‘rarmizki, ota molini barbod

etar va oxiri xoru zor bo‘lur. Binobarin, o‘g‘lungizni o‘qutmakni

sizg‘a taklif qilarman.

1

 G‘alat – sahv, xato, yanglish.



2

 Bovujud – shunday qilib, shunday bo‘la turib.

3

 Bir nav’i – bir narsa qilib.



10

B o y .   Hoy, domla! Siz manga tahqiqchimi? O‘g‘ul maniki,

davlat  maniki,  sizg‘a  nima!  O‘quganni  biri  –  siz,  yemoqg‘a

noningiz yo‘q. Bu holingiz ila manga nasihat qilarsiz. Xayrulla,

mehmonxonani qulfla, uyqum keldi.

(Xayrulla la’li va asboblarni jam’lab, muntazir turar).

D o m l a  (odamlarga qarab).  O‘qumak va mullo bo‘lmak

uchun pul kerak. Badavlatlarimizni holi bul. Bas, bu ketish ila,

navzambilloh,  dunyo  va  oxiratg‘a  rasvo  bo‘lurmiz.  O‘qumak

barcha musulmong‘a, erkak va yo xotun bo‘lsun, farz endi. U

qanda qoldi! Oh, voy bizni holimizg‘a. (Boyga qarab.) Boy!

Man sizg‘a amri ma’ruf

1

 etdim va manga shariat bo‘yuncha



lozim bo‘lgan ishni bo‘ynumdan soqit qildim. Inshoollo, mo‘ylab

chiqarib, alifni tayoq demayturg‘on o‘g‘lungiz holini ko‘ramiz.

Va ham o‘qutmaganingiz uchun gunohkor bo‘lursiz. (Domla

nos chekar).

B o y .  Hoy, domla! Manga nasihatchi kerak yo‘q. Bezor

qildingiz, (odamlarga qarab) ishimdan, uyqumdan bu odam

meni  qolduradir.  Xayrulla!  Mehmonxonani  qulfla!  (Domla

arazlab chiqib ketar, boyni dumog‘i kuyub o‘lturar). (Ziyoli

musulmon kirar, palto va asosini mixga qo‘yar. Boy ola-ola

qarar, xohlamas).

Z i y o l i .   Assalom alaykum.

Boy (karaxt ila). Vaalaykum assalom, Xayrulla! Kursi keltur.

Bu kishi yerg‘a o‘ltura olmaydur.

(Kelturar. Ziyoli o‘lturub papiros chekar).

Z i y o l i .  Janob boy, sizni kayfsiz ko‘rarman. Mumkinmi

sababini bilsam?

B o y .  Bir mullo mehmon kelib edi, o‘g‘lungni o‘qutmaysan,

deb juda jonimni oldi. Quvgandek qilib zo‘rg‘a qutuldim, faqat

mushlashmadug.

Z i y o l i .  Oh-ho, qiziq va intersniy hodisa emish. (Odam-

larga qarab). Bu shaharda boylarg‘a amri ma’ruf qilaturgan mullo

1

 Amri ma’ruf – yaxshilikka undash.



11

bor  ekan,  xudoga  shukur.  Ul  janob  haqqoniy  domlani  topib,

ziyorat qilmak kerak, boy afandi! Sizg‘a malol kelmasun, ushbu

to‘g‘rimdan men ham sizg‘a qachonlar bir necha so‘z aytmoqchi

edim. Va ammo soati ushbu daqiqag‘a mavquekan, endi sizdan

iltimos qilamanki, birinchi daqiqa manga quloq bersangizki, ilm

naf’i to‘g‘risinda so‘zlayin.

B o y  (ola-ola qarab). Endi bildim, siz ham o‘g‘lungni o‘qut,

deb mani qisar ekansiz. (Odamlarga qarab). Bukun chab qo‘lim

ila turganman. O‘ylamagan ishlar oldimdan chiqar. Mazmuni:

qordan qutulub, yog‘murga uchraymiz. Xayrulla! Chilim keltur!

(Òarafayn sukut. Chilim kelar. Boy chekar, yo‘talar).

B o y .  Xayrulla!

X a y r u l l a . Labbay, taqsir!

B o y . Joyimni tashla, uyqum keldi. (Hamyoza

1

 tortar.) Ertag‘a



ishlar ko‘b, vaqtlik yotmaq kerak. (Yana hamyoza).

X a y r u l l a . Xo‘sh, taqsir.

Z i y o l i   (jiddiyat ila).  Boy afandi! Men sizg‘a dedimki,

millatg‘a  keraklik  ilmlar  to‘g‘risinda  so‘zlamoqchiman,  ammo  siz

mani so‘zumni eshitmoqg‘a xohlamaydurganga o‘xshaysiz! Ikkinchi

daf’a aytarmanki, quloq bering va bu so‘zlar sizni va millatni naf’idur.

B o y .  So‘zingizni  jabr  va  zo‘r  ila  eshitturarsizmi?  Va  yo

mani azob bermoqg‘ami keldingiz?

Z i y o l i . Yo‘q, men asli boshqa ish uchun kelib edim va

lekin ilm bahsini ustidan chiqib qoldim, ushbu sababli muddaoni

tabdil qilib, ilm to‘g‘risidan sizg‘a bayon qilmaqni qasd etdim,

shoyadki, jonobingizdek boylar millat bolalarini o‘qutmoqiga sa’iy

qilsalar.

B o y  (xalqqa qarab). Koshki domla hikoyatini aytmasa edi.

Xo‘b, modomiki, qo‘ymaysiz, ertaroq so‘ylab tamom qiling, uyqim

kelgan. (Hamyoza). Odamlar bolasini o‘qut, deydur-o.

Z i y o l i . Hozir yangi va boshqa bir zamonadur. Bu zamong‘a

ilm va hunarsiz xalqni boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo‘lidan

1

 Hamyoza – xomuza.



12

ketgandek, axloq va obro‘vi ham qo‘ldan chiqar, hatto dini ham

zaif bo‘lur. Buning uchun biz, musulmonlarni o‘qumoqg‘a sa’iy

qilmoqimiz lozimdur. Vaholonki, dini sharifimiz har nav’ naf’lik

ilm o‘qumoqni beshikdan mozorg‘acha bizlarg‘a farz qilgandur.

Bu hukm — hukmi shariatdur. Biz, musulmonlarg‘a, alalxusus,

bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy; digari

olimi zamoniy; olimi diniy: imom, xatib, mudarris, muallim, qozi,

mufti  bo‘lub,  xaloyiqni  diniy  va  axloqiy  va  ruhoniy  ishlarini

boshqarar, bu sinfg‘a kiraturgan talabalar avvalo Òurkistonda va

Buxoroda ilmi diniy va adabiy va bir oz ruscha o‘qub, so‘ngra

Makka,  Madina,  Misr  yo  Istambulda  borib,  ulumi  diniyyani

xatm qilsalar kerak. Òoki komil mulla bo‘lsunlar. (Boy mudraydur).

Ongladingizmi, boy?

B o y  (boshini ko‘tarib). Ha, ha, ayta bering. Qulog‘im sizg‘a.

Z i y o l i .   Olimi zamoniy bo‘lmaq uchun bolalarni, avvalo,

musulmoniy xat va savodini chiqarib, zaruriyoti diniyya va o‘z

milllatimiz  tilini  biladurgandan  so‘ngra  hukumatimizni  nizomiy

maktablarinda  bermoq  kerakdur:  ya’ni  gimnaziya  va  shahar

maktablarini o‘qub tamom qilganlaridan so‘ng Peterburk, Maskav

dorilfununlarig‘a yuborib, do‘qturlik, zakunchilik, injirnerlik, sudya-

lik, ilmi tijorat, ilmi ziroat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik

va boshqa ilmlarni o‘qutmak lozimdur. Rusiya vatanina va davlatina

bilfe’l sherik bo‘lmaq kerakdur. Va davlat va mansablarig‘a kirmaq

lozim. Òoki maishat va ehtiyoji zamoniyamiz to‘g‘risinda vatan

va millat islomg‘a xizmat qilsin. Va podshohlik mansablarig‘a

kirib, musulmonlarg‘a naf’ yetkurilsa va ham davlati Rusiyag‘a

sherik bo‘linsa, hattoki shul tariqa o‘qugan musulmon bolalarini

Farangizston, Amrika va Istambul dorilfununlarig‘a tajriba uchun

yibormaq kerakdur. Hazrati payg‘ambarimiz: ilm Xitoyg‘a ham

bo‘lsa talab qilingiz, demadiblarmu? (Boy uyquda). Bul ishlar

bo‘lmasa, magar pul ila va sizdek katta boylarni himmati ila,

chunonchi, Kafkaz, Urunburk

1

 va Qozon musulmonlarini boy va



1

 Kafkaz, Urunburk – Kavkaz, Orenburg.



13

ahli xayriyoti ilm yo‘liga ko‘b pullar sarf etarlar va kambag‘al

bolalarini  o‘qutdurarlar.  (Boyga  qarab).  Albatta,  so‘zlarimg‘a

tushungansiz, janob boy! Boy! Bobo boy!

B o y   (mudraydur; bosh ko‘tarib, esnab): — Ha, ha.

Z i y o l i .   Aloho,  biz  Òurkiston  xalqiga  bir  yamon  odat

borki,  bir  kishi  ruscha  o‘qub,  podshohlik  ishiga  kirib,  rasmiy

fo‘rma kiysa, oni ayb qiladurlar. Yo bir musulmon bolasi nizomiy

maktab fo‘rmasida yursa, masxara qiladurlar. Agar izvoshchik va

yo qaro mehnatkash bo‘lub, ovrupoyilarni eski libosini kiysa va

yo javonbacha bo‘lub, o‘yunchilar libosini kiysa, hech kim bir

nima demaydurki, bul kamoli nodonlik va dunyodan xabarsizlikdur.

Shunday emasmu, amaki boy?!

B o y  (o‘ltirgan yeridan bir tarafga og‘ib yotib): Hur-hur-

huro-huro...

Z i y o l i .   Iloho, xudoyo! Ummati islomiyag‘a, xususan biz,

turkistonlilarg‘a rahming kelsun. (Ro‘ymoli ila ko‘z yoshini artib,

chiqib ketar).

(Parda enar)

IKKINCHI PARDA

Pivaxona manzarasi: boybacha ila uch nafar o‘lturarlar.

Ò a n g r i q u l .   —  Bu  oqshom  bilmayman,  nima  uchun

ichkilik  mani  tishlamaydur.  Namozdigardan  beri  bir  dyujina

shishani bo‘shatdim. Da’yusni pivasi qulog‘imni qizitmadi. Òo‘ldur,

ichayluk!

(Nor qadahlarni to‘ldurar).

H a m m a s i .  Òoshmurodboybachani salomatligig‘a, ura! Ura!

Ura! (Icharlar).

D a v l a t . Jo‘ralar! Mayni ichtim, endi yodimg‘a Lizaxon

tushdi. Oh, Lizajon!

H a m m a s i .  Oh, Lizajon, voy, Lizajon, qaydasan!

N o r . Zolim falak firoqig‘a kuydirdi mani. Billoki, kelmasa

bo‘miydi.


14

D a v l a t . Bu dardu bedod ila hech nima bo‘lmas. Xo‘jayinni

chaqirarmiz. Otam o‘ldi bazm qilarmiz.

N o r . Qo‘lingni  ber,  ey  nomard,  tobting  (qo‘lini  siqar),

bo‘ldi.

Davlat. Oy, to‘tabrut, Òangriqul! Daming chiqmaydur.



Shuncha odam so‘zini o‘g‘urlab o‘lturarsan. Erga navbat —

sherga  navbat.  Gab  berib  o‘ltur  yo  bu  odamlarni  pisand

qilmaysanmi? Bizlarni ham yonimizga besh tangalik aqchamiz

bor.  Jo‘ra!  Bu  mastlik  —  rostlikdur.  Quvog‘ingni  ochib

o‘ltur.

Ò a n g r i q u l . Jo‘ralar! Sizlardan yashiraturgan so‘zimiz yo‘q.



Òo‘g‘risini  desam,  mayni  ichtim,  qulog‘im  qizigan;  san  Liza


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling