Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

bo‘lsa, dasturxonchilik qilishni yaxshi ko‘rurlar. Muazzinlarimiz

azonni yaxshilab adoyi maxraj qilub aytishni o‘rganmay, bir joyda

to‘y  bo‘lub  qolsa,  «Falonchinikiga  oshga-ho!»  deb  qiroat  ila

qichqirishni yaxshi ko‘rurlar. Do‘kondorlarimiz ishlarini tartib-la

solmay, zamonag‘a muvofiq ish yuritmay, Mallaxon zamonidan

qolg‘on eski do‘kon, eski tos, eski tartiblarini yaxshi ko‘rurlar.

Onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushub-talashub

qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar. Otalarimiz bolalarig‘a

o‘qutmak va ta’lim bermak o‘rnig‘a: «O‘g‘lum, emdi kattakon

yigit  bo‘lding,  shuncha  o‘quganing  yetar,  pul  top!»,  deb

«tashishka» — hammollik qildirishni yaxshi ko‘rurlar. Kosiblarimiz


51

bir-biridan mollarini arzon sotaman deb tezgina yirtiladurg‘on,

tikishlar  undan  urub,  mundan  chiqg‘on,  suvni  yetti  chaqirim

yerdan  chaqiradurg‘on  mahsi  va  etiklar  tikub,  sotishni  yaxshi

ko‘rurlar. Zargarlarimiz yigirma tiyinlik kumush, o‘n tiyinlik tillo

orasig‘a mum va saqichlar joylab, ismini qiz hayron, zebigardon

qo‘yub, besh-o‘n so‘mga sotishni yaxshi ko‘rurlar. Òabiblarimiz

dolchin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha attorni qutisida

yo‘q narsalardan murakkab doru va ma’junlar yasab, bechora

nodon  xalqni  pulini  olishni  yaxshi  ko‘rurlar.  Mashshoq  va

hofizlarimiz to‘y va bazmlarga bir mardakni(ng) ismini bachcha

qo‘yub, o‘zlari ila barobar olib yurub, «milliy adabiyot» o‘rnig‘a

«Xonim yalola, begim yalola» deb bachchaga tashlayotgan pullarni

bo‘lub olishni yaxshi ko‘rurlar. Savodxonlarimiz jarida va jurnallar.

Tarix  va  ro‘monlar  o‘rnig‘a  Daqyonus  zamonidan  qolg‘on,

xurofotlar ila to‘lg‘on «Andog‘ urdilarki, gard-gard bo‘lub ketdi»,

deb loflar yozilg‘on kitoblarni og‘izlarini ko‘furturub o‘qumoqni

yaxshi ko‘rurlar. Yigitlarimiz milliy majlis va suhbatlar o‘rnig‘a

to‘kma  va  samavarlarda,  rasta  va  do‘konlarda  o‘lturub,

«Falonchining o‘g‘li xo‘b yaxshi bola bo‘lubdur, kecha falonchining

mehmonxonasig‘a  qamab,  qiyqirtirub  bazm  qilduk.  Emdi

fistonchining o‘g‘lini(ng) ham bir bazm qilsak, dunyodan armonsiz

ketar eduk» deb, islomiyatdan uzog‘ insoniyat nomiga yarashmagan

ishlarni qilmoq va so‘zlashmoqni yaxshi ko‘rurlar. Yoshlarimiz

ilm  va  ma’rifatli  bo‘lishni,  hunar,  san’at  o‘rgonishni  o‘rnig‘a,

o‘zlariga zeb berub tor shim ila kalta kamzul, qotirma yoqalarga

bino qo‘yishni yaxshi ko‘rurlar. Ishchilarimiz ilm va hunardan

mahrumligi sababli boshqa millatlar ilm-u ma’rifatlari soyasida

kuniga 4—5 so‘m ishlab turgan bu zamonda kuniga uch tangag‘a

mardikorlikni, oyig‘a o‘n besh so‘mg‘a qorovullikni, yigirma so‘mg‘a

fanar yoqishni, o‘n so‘mg‘a ko‘nka yo‘lini tozalashni va shularga

o‘xshash eng past va og‘ir xizmatlarni yaxshi ko‘rurlar. Bolalarimiz

otalarimizning  ilm  qadrin  bilmagan,  ilm  uchun  pulni  ko‘zlari

qiymaganlik sababli o‘qumoq va o‘rganmoq o‘rniga: «Oh pul,

jonim pul», deb «tashishka» — hammollikni yaxshi ko‘rurlar.


52

Muharrirlarimiz  ko‘b-ko‘b  oqcha  olib,  oz-oz  yozishni  yaxshi

ko‘rurlar. Mushtariylarimiz foydali maqolalar o‘rnig‘a xabarlarni

yaxshi  ko‘rurlar.  Dumalarimiz  majlisga  kelib,  ustulga  suyolub

farog‘at qilib turg‘on vaqtlarida, bir tarafdan qattiqroq tovush

chiqsa, cho‘chib uyg‘onishni yaxshi ko‘rurlar. Shoirlarimiz milliy

she’r  va  adabiyot  yozishni  o‘rnig‘a  muvashshahmi  yoki

«qoshingdan, ko‘zingdan», deb, javonlarni maqtab fasod axloqg‘a

sabab  bo‘ladurg‘on  she’rlar  yozishni  yaxshi  ko‘rurlar.  Ammo

men  bo‘lsam,  hozirgi  zamonda  indamasdan  turishni  yaxshi

ko‘rurman.

SANOYE NAFISA

Inson  bolalari  eng  eski  zamonlarda  yirtqich  hayvonlardan

o‘zlarini saqlamoq uchun tog‘ teshuklarida, g‘or (mog‘ora)larda

yashagan vaqtlarida tinch yotmaganlar, jim turmaganlar.

Sekin-sekin tog‘ teshuklaridan boshlarini chiqarib, tabiatning

yasagan  va  o‘sdirgan,  vujudga  chiqargan  jonliq  va  jonsiz

narsalarini sinchiklab tekshirib qaray boshlaganlar. Ko‘ngillariga

yoqishgan,  ko‘zlariga  yaxshi  ko‘rungan  hayvon  va  boshqa

narsalarning rasm, haykallarin (gavdalarin — A. A.) qanday

qiyinchiliqlar bilan bo‘lsa-da, toshlarga, toshlardan va temirlardan

cho‘kichlar yasab, suratlarini, rasmlarini o‘yganlar. Kelgusi uchun

yodgor qoldirganlar.

Masalan, ikki kiyik bir-biri bilan suzishib turganligi yoxud

bir  tog‘  takasining  semirub  ko‘grab  yurganligi  yoki  bir  tog‘

buqasining baqirib, hayqirub, dumini xoda qilub, ozod va sarsin

yurganligi yoki yirtqich hayvonlarning boshqa hayvonlarga qilib

turgan  zo‘rliq  va  yirtqichliqlarin  ko‘rganlar-da,  mutaassir

1

bo‘lganlar.



Mana bu dillaridagi ta’sir va hissiyotni to‘xtata olmaganlar va

shu  hissiyot  to‘lqunini  o‘zlaridan  so‘ng  qoladirgan  bolalariga

anglatmoq niyati bilan ming mashaqqatlar bilan toshlarga o‘yib

1

 Muaassir – ta’sirlangan.



53

qoldirg‘onlar. Mana bu gavda (haykallar — A.A.)lar bizlarga

ishlangan (yodgor — A.A.) eskartmalardir.

Bargi daraxton sabz dar nazari hushyor,

Har varaqash tabiati ro‘zgor

1

 —



Mana bu dunyo yuzida inson bolalarining sanoye nafisaga

qo‘ygan birinchi odim (qadam —A. A.)lari hisoblanadir.

Olar shuning bilan to‘xtab qoldilarmi?

– Yo‘q!


Yana shul tekshirish, sinchiklashdirishlarinda davom qildilar.

Hayvonlarni tekshiruvdan so‘ng qushlarni surishdirishga o‘tdilar.

Bahor mavsumlarida chechaklarning hajrida mast bo‘lib sayragan

qushlarning yoqimli tovush (sado — A. A.)lari hushlariga o‘tirdi-

da,  onlar  ham  ixtiyorsiz  ravishda  shu  qushlarga  tovushlarin

o‘xshatmoq, go‘yo qush kabi sayramoqchi bo‘ldilar.

 «Sayra bulbul, sayra chinorni shoxi sinsun,

Yor ayrilaman dedi ayrilib ko‘ngli tinsun» —

deyub ular ham nag‘ma ashula qila boshladilar. Mana bu

davrni sanoye nafisaning adabiyot davri deyilur. Lekin avvalgi

san’atlariga qaraganda so‘nggi san’atlari avvalgidan muhimroq

va  yaxshiroq  bo‘lib,  mutaassir  bo‘lmoq  har  kimga  nasib

bo‘lmas edi.

Uzoq yerlarda yashovchi o‘rtoqlari kelub ko‘rmoqlari lozim

kelardi. Ammo bul ikkinchi ishlab chiqargan san’atlarin shundog‘

qulayligi  bor  edikim,  tildan-tilga,  og‘izdan-og‘izga,  eldan-elga

ko‘chub yurardi.

Shundog‘ qilib shodlik kunlarin shodlik qo‘shiqlari bilan tasvir

qilsalar, g‘amlik kunlarin qayg‘uliq ashulalari bilan izhor qilar edilar:

«Bulbulim uchdi qo‘lumdan qayda mehmondir bukun,

 Bulbulimni yo‘qotib, ko‘nglim parishondir bukun».

1

 Ro‘zgor – daraxtlarning har bir yashil bargi, shoir nazarida bu turfa



olamning varaqlaridir.

54

Go‘zallaridan,  mahbubalaridan,  borlaridan  ajralganliklarin

boshqa o‘rtoqlariga ham ma’lum qilar edilar. Bora-bora shunga

ham qanoat qilmadilar.

Daraxtlarning shoxlariga ilinib qolg‘on hayvonlarning ichaklarin

havoning  ta’siri  bilan  qurib,  shamolning  ta’siri  bilan  «ting‘ir-

ting‘ir» qilgan tovushi (sadosi — A.A.) ko‘ngullariga o‘turdi,

hush keldi.

O‘zlarining ashula va qo‘shiqlariga jo‘r-jo‘ravoz qilmoq uchun

hayvon  ichaklaridan  «tor»  yasab,  musiqiy  asboblarin  yuzaga

chiqardilar. Bu san’atlari avvalgilariga qaraganda eng nafis, eng

muhim,  eng  ruhlik  bir  san’at  bo‘lib  chiqdi.  Lekin  onlar  bu

san’atlarni tekshiruv va qayg‘iruv orqasida chiqordilar-da, bizlarga

yodgor o‘laroq qoldirib, o‘zlari ko‘zdan nihon o‘ldilar.



55

AVAZ O‘TAR

(1884– 1919)

U  o‘zining  xalqchillik,  ma’rifatparvarlik  g‘oyalari  bilan

sug‘orilgan jo‘shqin ijodi bilan o‘zbek xalqining sevikli shoirlaridan

biri  darajasiga  ko‘tarildi.  O‘zbek  mumtoz  she’riyati  tarixida

Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi yetuk zamondoshlari qatoridan

o‘rin oldi.

G‘azallar

Fidoiy xalqim o‘lsun tanda jonim,

Bo‘eib qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun,

Budur maqsudi qalbi notavonim.

Mani solsa fano yo‘liga davron,

Yurur ustimdin avlodi zamonim.

Umidim: yashasin maktab bolasi,

Alar har biri bir she’ri jayonim.

Na yaxshi o‘ylakim, ma’qul-u manzur,

Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.

···


Topar erkan qachon, yorab, hayoti jovidon millat?

Topib ilm-u hunar birla maorifdan nishon millat?



56

Vatanparvar fidoyi firqalar to bo‘lmayin paydo,

Na mumkin topmog‘i o‘lgan tanig‘a toza jon millat?

Fido millat yo‘lig‘a mol-u jon etmak kerak, har kim –

Bo‘lay desa, agar avlodi mashhuri jahon millat.

Ochib har bir saridan maktabing unvonin aylab cho‘x,

Taraqqiy aylamasmi o‘qubon behadd-u son millat?

Bu yanglig‘ olam ahlidin keyin qolmay yurish ayla,

Avaz bo‘lg‘ay uyonib komkor-u komron millat.

···


Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,

O‘qusin yoshlarimiz, ko‘nglini shod etgusi maktab.

Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,

Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab.

Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridir farzand,

Alarning umrini, albatta, obod etgusi maktab.

Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy –

Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.

Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz etsa,

Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.

Bu ne navmidlikdur?! Maktab ochsak, oqibat bizni,

Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab.

Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,

Baloi jahlu nodonlikni barbod etgusi maktab.

···

Ey ko‘ngul, ishq ichra kirding jon kerakmasmu sanga?



Kofiri chashmin ko‘rub, imon kerakmasmu sanga?

57

Yor ruxsorig‘a boqmassan magarkim, zohido,

Oftob ila mahi tobon kerakmasmu sanga?

G‘ayri ko‘yining tamannosin qilursan, ey rafiq,

Eyki ayg‘il, jannati rizvon kerakmasmu sanga?

O‘zga dilbar la’lini o‘pmakni gar istar esang,

Degil, ey dil, ul labi xandon kerakmasmu sanga?

Ey ko‘z, etgung orzu g‘ayri sumanbar orazin,

Emdi ul oraz mahi raxshon kerakmasmu sanga?

Soqiyo, man xastag‘a may bermayin dog‘ aylading,

Yoki miskini hazin mehmon kerakmasmu sanga?

Ey Avaz, nazm aylading asru sharaf afshon suxan,

Yodgori daftari devon kerakmasmu sanga?

···


Ko‘nglum agar g‘ayri sori mayl-u taqozo aylasa,

Kuysun g‘am o‘tig‘a, o‘zin g‘ayrig‘a shaydo aylasa.

Lol o‘lsun-o‘q nutqim agar ikki jahon ichra o‘zin,

Ey sho‘x, sandin o‘zganing vasfida go‘yo aylasa.

G‘ayri parivash sorig‘a rag‘bat qilib, ey mahliqo,

Ko‘z xira bo‘lsun gar yuzing ko‘rmay tabarro aylasa.

Bir umr ko‘nglim o‘rtonib, armonda bo‘lsun, ey pari,

Moyil bo‘lib kavnayn aro g‘ayrig‘a parvo aylasa.

Benur o‘lub chiqsun ko‘zum hijroning ichra, ey go‘zal,

Gar o‘zga bir oromijon husnin tamosho aylasa.

Kom-u murodin topmasun ikki jahonda har kishi,

Gar g‘ayrining ishqi bila o‘zini rasvo aylasa.



58

Topg‘ay edim hazzu farah behadd-u son, man sorig‘a –

Ul dilbari barno, Avaz, bir noma insho aylasa.

···


Jonimg‘a o‘t tushsun, agar g‘ayrig‘a parvo aylasa,

Ko‘z dog‘i chiqsun o‘zganing husnin tamosho aylasa.

Ofatni pomoli bo‘lub qolsun boshim hajring aro,

Ey dilrabo, tarki g‘ami oshubu savdo aylasa.

Dilkim, hamisha hajr aro oshufta bo‘lsun, ey pari,

Gar o‘zga bir mahvash sori maylu taqozo aylasa.

Ko‘nglumga ta’sir etmagay, ahbob xayli, zarraye,

G‘ayri pariðaykar agar ming ishva barpo aylasa.

Ushshoq xayli borho bo‘lsun garonjonu hazin,

Gar o‘zni onlar o‘zganing ishqida shaydo aylasa.

Ul sho‘xvash mahliqo, topg‘oy, dedim, umri abad,

Shirin tilini so‘rdurub bir bo‘sa ato aylasa.

Mahzun Avazkim bordurur ul mohni ishqig‘a asir,

Tong yo‘qki, ul doim o‘zin xalq ichra rasvo aylasa.

···

Bo‘lma, ey kimsa, hamisha bu sifat mag‘ruri ganj,



Kim, ne yonglig‘ ayladi Qorunni kofar zo‘ri ganj?!

Qalbi vayronalarni ganji jud ila obod qil,

Lutfi haqdin istasang bo‘lg‘oy sango ma’muri ganj.

Istagil darvishlardin fayzi ma’ni istasang,

Kim xarobi ko‘hnalarda bo‘lg‘usi mahsuri ganj.

Hirs ila ganj asramoq qilma havas af’i sifat,

Zahr etib komingni, jismingni qilur ranjuri ganj.


59

Ey, hush ul odamki, bordur jud-u ehson qilg‘uchi,

Desa bo‘lg‘usi oni dorayn aro masruri ganj.

Har kishini qismati bo‘lsa qanoat maxzani,

Vah, ne yonglig‘ bo‘lg‘usi olam aro manzuri ganj.

Ey Avaz, jam’i zar etmakdin hazar qil, tonglakim –

To sarosar bo‘lmasun go‘ringda mor-u mo‘ri ganj.

···


Ey do‘stlar, dahr ahlig‘a hamrohu hamdam bo‘lmangiz,

Hamroh-u hamdam demayin, bal oshno ham bo‘lmangiz.

Hoshoki, dono ersangiz onlarg‘a topib ixtilot,

Bir kun parishon o‘lg‘osiz, masrur-u xurram bo‘lmangiz.

Ahli jahonkim bordurur mehr-u muhabbatdin yiroq,

Onlar firebin yeb yana rasvoi olam bo‘lmangiz.

Mehr-u vafo aylab hamul nooshnolar xaylig‘a,

Chekmak hamisha qismati olom ila g‘am bo‘lmangiz.

Yakdillik aylab bu sifat xayli bani odam bila,

Bori baliyatni chekib ham qomati xam bo‘lmangiz.

O‘zni jahonning dilbaru dildorig‘a aylab asir,

Ham rohati kam bo‘lmangiz, ham chashmi purnam bo‘lmangiz.

Tokim, Avaz, asroringiz g‘ayrig‘a ifsho bo‘lmasun,

Kelsa qo‘lingizdin birov rozig‘a mahram bo‘lmangiz.

···

Husn ichra ul nigor parilar yagonasi,



Man ishqi ichra bo‘lmisham olam fasonasi.

Baytulhazanda bu mani mahzun-u xastani,

Ko‘z yoshi birla dard-u g‘am – ob-u donasi.


60

Man ne sifat malul base oshufta bo‘lmayin,

Bo‘lmish gireh-gireh oni zulfini shonasi.

Topgum nechuk murod bila vasl bazmini,

Nav’i tog‘aful ersa go‘zallar bahonasi.

Fikr aylasam haqiqat aro, ey rafiqlar,

Murg‘i dilimni asru buyuk oshyonasi.

To tushgali ul oyni, mann zor, ko‘yiga,

Har soridin boshimg‘a kelur toziyonasi.

Garchi, Avaz, raqib elin obod kulbasi,

Bo‘lmish xarob ishq elini lek xonasi.

···


Birodarlar, jahonning yo‘q vafosi,

Vafosi demayin, balkim baqosi.

Yeturmas hech kima bu charx rohat,

Fuzun har dam bo‘lub zulm-u jafosi.

Bo‘lur kim kelsa bu yolg‘onchi ichra,

G‘amu dard-u baloning oshnosi.

Chiqar ko‘k sori ofat kasratidin,

Xaloyiqning fig‘on ila navosi.

Duo aylangki, shoyad aylagay rahm,

Bu holig‘a yer-u ko‘kning xudosi.

Har odam bo‘lsa oshiq ojiz aylar,

Raqib ahlini ta’n ila izosi.

Avaz, ul oyg‘a yetmay o‘lg‘adurman,

Yo‘q ermish ishq dardining davosi.



61

BO‘LUBDUR

Dil ishqinga mubtalo bo‘lubdur,

Ham rasmi vafo ongo bo‘lubdur,

Oini jafo sango bo‘lubdur,

Ko‘zing ne balo qaro bo‘lubdur,

Kim jong‘a qaro balo bo‘lubdur.

Kelsa qilay ul sanam liqodin,

Ko‘nglin uzub ahli bevafodin,

Ishqi aro zor-u mubtalodin,

Begona bo‘lubdur oshnodin,

Begonag‘a oshno bo‘lubdur.

Bo‘lsa, ne tong, ahli dahr qurbon,

Kim lab ango misli g‘uncha xandon,

Oraz dog‘i hamchu mohi tobon,

Ishq ichra oning fidosi yuz jon,

Har jonki ongo fido bo‘lubdur.

  Hijron aro cheksa ko‘b jafoni,

Demayki jafo, tuman baloni,

Fosh aylabon oyni vafoni,

Baqo topar ulki bo‘ldi foni,

Rahravga fano baqo bo‘lubdur.

Dildo‘z base rivoyati ishq,

Jonso‘z, Avaz, hikoyati ishq,

Bu nav’ durur nihoyati ishq,

To tuzdi Navoiy oyati ishq,

Ishq ahli ango navo bo‘lubdur.

MUSAMMAN


Har odamning talab yo‘lida gar ixlosi komildur,

Gumonsiz jumlai maqsud birla komi hosildur.

Aning sha’nida go‘yo oyati tasdiq nozildur,


62

Ramuzi ishqkim rohi haqiqat sori shomildur,

Ki ulvi manzilatlar zumrai ushshoqa doxildur,

Bihamdillah, bu sirdin bulxavaslar xayli g‘ofildur,

Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur,

Sadoqat fayzini bilgan kishi donovu oqildur.

Ko‘rub ag‘yoridin ta’nu izo, ey oshiqi sodiq,

Jafoyi yorg‘a borsan rizo, ey oshiqi sodiq,

Yo‘lida aylabon joning fido, ey oshiqi sodiq,

Qilib yoring‘a mehr ila vafo, ey oshiqi sodiq,

Agarchi san chekarsan ming jafo, ey oshiqi sodiq,

Valekin olami tahqiq aro, ey oshiqi sodiq,

Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur,

Sadoqat fayzini bilgan kishi donov-u oqildur.

Binoyi obro‘sig‘a dog‘i me’mor sidq o‘lmish,

Davomat hofizi nomus birla or sidq o‘lmish,

Bori ozodalarg‘a borho atvor sidq o‘lmish,

Hama fe’l ichra nodir, ey naku kirdor, sidq o‘lmish,

Bo‘lur nokom ul bebokkim inkori sidq o‘lmish,

Murod shohidining vaslig‘a sidiq ahli vosildur,

Sadoqat fayzini bilgan kishi donov-u oqildur.

Erur bir fe’lkim tasdiq, ani intiboh etgil,

Ani bilmakni jahdin doimo beishtiboh etgil,

Baloyi nogahondur kizbkim andin panoh etgil,

O‘lar holatda ham deb rost so‘z holing taboh etgil,

Demasmankim debon yolg‘onni nomingni siyoh etgil,

Najote har balodin istasang sidqing guvoh etgil,

Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur,

Sadoqat fayzini bilgan kishi donov-u oqildur.

Qilib nafsingni sarkash ersa rom ohista-ohista,

Musodiq rasmicha ko‘rguz qiyom ohista-ohista,


63

Haqiqat rohida aylab xirom ohista-ohista.

Muroding manzilida qil maqom ohista-ohista.

Topib koming bo‘lursan shodkom ohista-ohista,

Avaz, tuz emdikim sidqi nizom ohista-ohista,

Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur,

Sadoqat fayzini bilgan kishi donov-u oqildur.


64

 MUHAMMAD SHARIF SO‘FIZODA

(1869 – 1938)

O‘z  davrining  shijoatkor  xalqparvari,  ma’rifatparvari.  Ona

yurtidan tashqari  Arabiston, Hindiston, Òurkiya mamlakatlari va

Òiflis,  Bokuda  ilm-u  dunyoqarashini  dunyoqarashini  boyitgan.

Istambul  universitetida  tahsil  olgan.  Ma’lum  vaqt  Hindistonda

o‘qituvchilik qilgan. O‘zbekcha, forscha, ozarcha tillarda ijod etgan.

So‘fizoda she’riyatidan

O‘QING, ONALAR

Muncha yomon sho‘rladi peshonalar,

Qizlarimiz joriyai xonalar.

Siz edingiz jonlara jononalar,

Qadringizi bilmadi debonalar.

Qumri bilan bulbul-u bedonalar,

Yaxshi o‘qur, siz ham o‘qing, onalar.

Bir qarangiz, yerda ko‘kargan giyoh,

Sizga qilur har biri etib nigoh.

Lola kulib, tag‘in kular oymu moh,

Umr aziz, joro turib etdi oh.

Qumri bilan bulbul-u bedonalar,

Yaxshi o‘qur, siz ham o‘qing, onalar.



65

Millati islomiyaning bonusi,

O‘zbek elining qorako‘z ohusi.

Kar qilur bir kun jahl og‘usi,

Ilm-u amal ushbu kasal dorusi.

Qumri bilan bulbul-u bedonalar,

Yaxshi o‘qur, siz ham o‘qing, onalar.

Dod o‘shal olami ruhonidan,

Qildi maishat fuqaro qonidan.

Hurmi edi dini aziz jonidan,

Millat uchun kechmadi o‘z qonidan.

Qumri bilan bulbul-u bedonalar,

Yaxshi o‘qur, siz ham o‘qing, onalar.

GAZEÒA  ÒO‘G‘RISINDA

Yashnatib dil g‘unchasin, fasli bahor aylar gazet,

Suv berib ko‘ngul bog‘ini, sabzavor aylar gazet.

Sharqdan Mag‘ribgacha bo‘lg‘on havodisni yozib,

Ne go‘zal marg‘ub xabarlar oshkor aylar gazet.

Ko‘b o‘qur bo‘lsang, bo‘lursen el aro chun nuktadon,

So‘zlaganda so‘zlaringni beg‘ubor aylar gazet.

Gohi-gohi kelmayin qolsa o‘zining do‘stlarin,

Shavqida termultirib ko‘p intizor aylar gazet.

Chiqsa bir xursandlik sahifasida darj o‘lub,

Fikri zavq-la qalbni beixtiyor aylar gazet.

E nehushkim, xalqimiz suymakda kun-kundan seni,

Bir vaqt zarlarni boshingdan nisor aylar gazet.

5 – Adabiyot, III


66

Noumid bo‘lma, chiqar bir kun haqiqiy do‘stlaring,

Yordam aylab, mushtariyni beshumor aylar gazet.

Yo‘qsul el ahvolidan gar sen yozib bersang xabar,

Darj etib bu yo‘lga jalbi e’tibor aylar gazet.

Gar qorayg‘on dil, to‘nuk ruhlarga berdikchi ziyo,

Bo‘lgani jon doimo boshqa tumor aylar gazet.

 

CHUSÒ BOYONLARINING BIR GAPXONADA



BIR-BIRLARIGA  MAQÒANISHGANLARI

Muallimni quvib, maktabni yopgan chustilar, bizlar,

Berib pora, pristavlarni topgan chustilar, bizlar.

Shaharga qo‘ymadik poyezdni, kelsun, xalq, kun ko‘rsin,

Ajab mo‘minsifat, eski musulmon chustilar, bizlar.

Uzun to‘n, malla salla, kavsh-maxsilik, ochiq ko‘krak,

Muloyim sodavash, ya’ni nomozxon chustilar, bizlar.

Maorif arz qilmang, jumlamiz birdak to‘kulchibiz,

Muridu-muxlisu mullau eshon chustilar, bizlar.

Buxoro shahriga eshon yubordik, O‘shga bir mirshab,

Hama ishkim kalon-u korchallon chustilar, bizlar.

Xususan maslahatda Hoji Mahmud sog‘ bo‘lsinkim,

U erning soyasida mahv har on chustilar, bizlar.

Sotib hovli, haramni, nechamiz baytul haram ketdik,

Hamisha o‘tgan ishlardan pushaymon chustilar, bizlar.

Zakok xechga(?)* yo‘q angorimiz vaqtincha qo‘yganmiz,

Riyoli ishga rog‘ib, kirli vijdon chustilar, bizlar.

O‘qub, ilm-u adabni o‘rganib avlodimiz netsun,

Falonsiz, ilmsiz, savdoga chaqqon chustilar, bizlar.


67

Duo qilsin dedik, qizlarni sotdik oqsoqollarga,

Valekin qilg‘uchi olamni vayron chustilar, bizlar.

Ko‘ring insofni, pulsiz kambag‘al, qirq yoshida bo‘ydoq,

Dag‘i bir chorasiz, har yerda sarson chustilar, bizlar.

Kalova sotsa, teng yarmin olurmiz beva zanlardan,

Xudoni erka abdi, har biri xon chustilar, bizlar.

Qatig‘ bozoriga dallol tayin ayladi sarkor,

Bu mazmun ilakim ochlarga bojmon chustilar, bizlar.

Qalandarxonamiz bor, takyamiz bor, boshqamiz ham bor,

Faqat olamda bir muhtoji kappon chustilar, bizlar.

Xudoyo shukr, sonsiz mardikor bozorimiz obod,

Chopiq chopmoq, o‘roq o‘rmoqqa polvon chustilar, bizlar.

Mabodo to‘y qilsak, ro‘zada iftor qildirsak,


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling