Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Qorquv kalxatlari tegib sindirgan Yodim siniqlari ostda chokindi. Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray, Qalqdi, yuragim, chida, ber bardosh. Qaragin titroqda hammasi jonli, Qara, hammasining yuzi qontalash...
303 Bu onam tangrining baxtli onida Ayri ixlos bilan yaratgani chin. Qarogida mehr shamlari yoniq Gullagan orikday orasta otin. Kun toyib, shulalar kochgach ufqqa, Sayroqi qushlarning tinganda bazmi, Onam dilimizni chorlab qoshiqqa, Nim-nim sochar edi mumtozlar nazmin. Sofi Olloyormi, devona Mashrab Bayozlarin opib qolga olardi. Yumushmi, oyinmi barini tashlab, Sehrli olamga kirib borardik. Rang-u ohanglarni jonga quyganda, Shulaga tolardi butun koinot. Ozimni sehrga asir tuyganda, Yurakda yozardi qoshiq ot qanot. Yangamga esh bolib tikdim palagim, Qogozdan sir tutgan satrimni tepchib, Gullardi palakda shirin tilagim Kozimdan yoshlikning nurlarin ichib. Hovlimiz ziynati jambil, rayhonday, Otam tabiricha edim boychechak. Hali biz sezmagan qora qish aro Nahot, jonlanmoqda ishq otlig chechak... Va hademay sezdik bu qahramonni, Òigday tillarida yalay boshladi. Qadami yetganda har xonadonning Quvonchi bujmayib, soliy boshladi... ... Aka, kozingizda otash bor edi, Aka, joningizda quyosh bor edi,
304 Sultonlikka loyiq kelbat, layoqat, Sardorniki yanglig bardosh bor edi. Sizni-da qora tun oldilarmikin, Qolingizga kishan soldilarmikin, Yukinish, yalinchmas gururni korib, Vahshiy gazablarda yondilarmikin?! Aka, jonim akam jondoshim akam, Oltmish yil izimga qaytib yiglayin, Bogzimda tosh bolgan yoqlovlarimni «Oh»larim eritar aytib yiglayin. Singilni «mehrdan bino» deydilar, Koz yoshga yetdimi mehrimning kuchi! Gunohsiz, jonimning qotillariga Oq qilib otdimmi nafratim, ochim? ... Buncha chidam qaydan polat, olovdan, Metindan yaralgan jonmidi otam... Otash ogushidan topib bizga non, Gamga ham chidamli bolarkan odam. Onam qollarida mushtday tugunchak, Òosh shaharni kezar avaxta izlab, Avaxta nechadir, zor ona necha, Nechalar yashardi zamonni «siz»lab. Keksa kozlarida moldir va moldir Qotgan koz yoshlarga boqardim hayron. Bu sokin jussani kemirar ne sir, Ne bois muttasil dillari vayron... Kuni boyi kezib, bukchayib, tolib, Keksa bagrin yerga berib yotardi. Biz nochor bir-biriga ezilib boqib, Sukut dengiziga ogir botardik.
305 Onam, «suv boshidan loyqa» derdingiz, Bilmasdik bu gapda haqiqat zuhur, Muhtasham binoda sirli, yashirin Asl yigitlarga qazilardi gor. Qolganda azoblar iskanjasida, Ota, bir kormadik kozingizda yosh. Yashab umidlarning pok sajdasida, Hatto yovingizga otmadingiz tosh. Va faqat dedingiz: «Soldim xudoga», Bu qirgin doyasi xudosizlar-ku. ... Sabr, qanoatdan yaralgan elim, Soqir ham oziga soqmoq izlar-ku! Norgul ogillaring qirildi qushday Sibirning nur tushmas ormonlarida. Sen esa yasharding misoli tushda Òurtinib gofillik tumanlarida. Menmi? Men shu qadar yosh edim hali. Yoshlik gam begona biri-biriga. Qutulmoqqa anduh botqoqlaridan Osildim muhabbat shodliklariga. Menmi? Men ishq otlig bir jahon aro Sher tinglab, sher tizib sherlarda qoldim... Behishtiy jaranglar jonimga oro Ozimning baxtimda ozim yoqoldim. Baxt qasrimga kirib meni topdi dard, Urush, yozda yoqqan qor kabi olim. Ottizga yetmayoq sochim qor yalab, Koz yoshim soyiga tokildi gulim. Onam, donolikda yagona onam, Isyon kotarishdan bermabsiz saboq, 20 Adabiyot, III 306 Ustimga ketma-ket tog qulagan dam Qoldim yashin urgan polopon siyoq. Boldi, bas! Jangdan song horgin sarkarda Òirik askarlarin tizganday qator Men tirik hislarim bir joyga yigdim Va kuchli yashashga ayladim qaror. Yurtni boron bolib kezdim bosh-oyoq, Qabristonlar aro quyunday yurdim, Eng kichik giyoh ham nazdimda uygoq, Faqat el-elatni sukutda kordim. Òushlarimda topib akam jasadin, Otamning yoniga qazitdim qabr. Ozim yonganimda ruhlar yondi deb Xokiga suv sepib, tiladim sabr. Òaqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq, Òaqdir peshonaga yoziq deyishdi. Yoziqni devorga urdim-u biroq Men sindim, qonimdan gishtlari pishdi. Alam. Yomon alam kozing kor bolsa, Lekin soqir dillik undan-da dahshat. Xalq ganjin yulmoqqa chozilgan qolga Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. «Yangi hayot» debmiz osha kunlarni, Betalab, benolish yashabmiz kop yil. Bir oylab kormabmiz bu yurt hokimin Labi kulib, nechun rang-royi zahil?! Òoji yoq podshoday sezdimi ozin, Shula yoyilmadi bukik dilida? Qolida zarra yoq ixtiyor, izn, Bildimi yitardi gurur elida?!
307 «Vatanparvar» debmiz oz-ozimizni, Dengizlar quribdi, chiribdi baliq, «Insonsan, boshingni kotar», demabdi, Kongling qolganmidi bizlardan, xoliq? Ozing berganding-ku, poklik, halollik, Iymon-u ishonchlar butun, beillat, Qilolmas edi-ku shayton dallollik, Ilm-u hikmatlarga yor edi millat. ... Ey gumbazigardun, qoldimmi gofil, Ishonch, etiqodlar chiqdi puchlarga?! Suyanib najotlar kutgandik, nahot, Bizga choh qazigan qora kuchlarga?! Kim bilsin, savob deb urinishlar ham, Zamona soziga oyinmi bari. Deydilar: yaratgan eng ulug hakam, Hech qachon adashmas tarozulari. Qay biri vazminroq savobmi gunoh, Yashadim-ku riyo, haromdan nari. Kuyganman. Bosh-oyoq kuyuk jismimning Nimasin yoqardi dozax otlari... Bu dunyoda korgan azob, koz yoshlar Savob posangisin xiyol bosarmi? Gumrohlik pallasin toldirsa toshlar, Eng baland doriga meni osarmi? Yoshim ketib-ketib, torday tarangman, Kapalak sharpasi tegsa, uzilur Chiday-chiday yupqa tortgan parangman, Choyan bolsa ham dil qulfi buzilur. Lekin yashayapman, otam va onam Chayir arqoqlardan toqishgan chogi.
308 Aytilmagan alam, yozilmagan sher, Olinmagan qasos yurak titrogim. Boshim portlovchi dud toldirilgan xum, Portlashin kutardim soniya sari. Sabrlar tokildi naq kaftdagi qum Yuzim ruhlarida qonli izlari... Bilmayman, savobmi yo koni gunoh, Zinhor shakkoklikka yoymang tilagim. Jasadim daryoga tashlang, ruhim pok, Obi rahmatlarda sovisin tanim... ... Yalliglanib yotar keksa xotiram Ichida shu dardlar, tigli siniqlar... ... Holbuki, nur ichra dala-yu daram, Holbuki, bogimda bulbul chah-chahlar... Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding! Kelar yollaringda pinhona toldim. Mening ota-onam, jon Vatanimda, Elim taqdirida abadiy qolding... Kelding-ey, Istiqlol, istiqbol bolib, Qalbimga nasiming bilan yol solding. Sen shu hur nazmga ixtiyor berib, Men ogir bulutdek bir yogib oldim... Hurriyat, kelding-ey, al-omon kelding, Seni qalbim, kozim, sozlarim quchar. Vaqt yetsa shu xalqda qolar daftarim, Vaqt yetsa, bu yoqda qolar dardlarim... Ruhim u yoqlarga qush bolib uchar... 1995
309 SHUHRAT
(19181995) Ozbek adabiyotining taniqli namoyondalaridan biri shoir, nosir va dramaturg Shuhrat (Gulom Alimov) oz ijodini 1935 yilda sher yozish bilan boshlagan. Uning «Shinelli yillar» rom- ani ijodkorga katta obro keltirgan. Shuhratning «Oltin zang- lamas», «Jannat qidirganlar» kabi yirik asarlari mustaqillik davri ozbek adabiyotida ham ozining munosib orniga ega boldi. Ozbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat «Besh kunlik kuyov», «Qosha qaringlar» komediyalari orqali teatr san'ati rivojiga ham munosib ulush qoshgan. OLÒIN ZANGLAMAS (Romandan bob) ISHONCHGA KIRGAN ÒUHMAÒCHILAR Songsiz shirin orzular ogushida ekan, nazoratchi eshikni zarb bilan ochib: «Kiyin! Yur!» deganida quvonchdan ichida: «Ana, uyga ketdim», deb apil-tapil kiyingan Sodiq, sal otmay ozini yana Chuxanov kabinetida kordi. Òergovchi oz orniga otirib, stol tortmasidan oq qogoz olib, kozdan kechirdi. Keyin boshini kotarib, Sodiqqa qaradi: Demak, iqror bolmoqchi emassiz? Foydasi bolsa davom ettiravering, ozingizga qiyin. Sodiq churq etmadi. Òergovchi oz joyiga borib otirdi. Òelefon qilib bir kishini orniga vaqtincha kirib turishga taklif etdi. Sal
310 otmay u odam eshikda korindi. Yangi kirgan leytenant Sodiqning salomiga alik olib, Chuxanovning orniga otirdi. U tunov kuni ham bir-ikki kirib-chiqib ketgan edi. Shunda kimdir uni Pushkaryov, deb chaqirganda, familiyasini bilib olgan edi. U muloyim kirib, Chuxanov bilan qol olib korishadi-da, Sodiqqa yumshoq nazar tashlab qoyadi, salomiga bosh chayqab alik oladi.
Pushkaryov hozir ham Sodiqqa qarab bir-ikki ogiz juftladi- yu, gapirmadi. Yana qolidagi kitobini varaqladi, qiziq suratga kozi tushdi shekilli, miyigida kulib qoydi. Keyin yumshoqlik bilan uning ahvolini soradi, konglini kotargan boldi. Sodiq Pushkaryovning bu mehribonligidan kurortga bepul putyovka olgan kishidek quvondi va ayni vaqtda xorligi kelib ketdi. Insonning konglini olish, uni mamnun qilish uchun axir kop narsa kerak emas-da! Pushkaryov buni tushundi, ornidan turib kelib, yupatish ohangida gapirdi: Xafa bolmang, keragi yoq. U yana nimalardir deb yupatmoqchiga oxshardi-yu, lekin jurat etolmagani korinib turardi. Sodiqning fahmicha, Pushkaryov bu yerda roy berayotgan bazi nohaqliklarni oz kozi bilan korib turibdi, ichidan kuyadi, ammo biror ish qilishga, bir ish qilish emas, hatto aytishga ham ojiz! Yuragingiz kasal emasmi? dedi bir ozdan keyin. Yoq, bosh qimirlatib javob qildi Sodiq. Unda hech narsa qilmaydi, otib ketadi, sal toliqibsiz. Sodiqning kozi shu kichik suhbatdan keyin charaqlab ochildi. Koziga shu leytenant dunyoda eng mehribon kishi bolib korindi. Boshini kotarib, Pushkaryovga qaradi. Nazarida juda ozgachadek bolib tuyulgan bu yoshgina yigit oq-sariqdan kelgan, kozlari kom-kok, qoshlari sezilar-sezilmas kulrang, burnining uchi birov chertib qoygandek tomtoq, engagi uchli, labi chogdek qizil ekan. Bunaqa oddiy rus kishilarni u kop korgan. Ulardan qanchadan-qancha ortoqlari bor edi.
311 U Pushkaryovning koziga termilib qoldi. Bu kozlar unga hayot va istiqbol vada etardi, bu kozlar umid va ishonch baxsh etardi. Bu kozlarda odamiylik va haqiqat yonardi. Siz ham shu yerda ishlaysizmi? dedi jurat qilib Sodiq. Ha, dedi Pushkaryov va kozini kitobdan olib kulimsiradi. Bu tabassum Sodiqda yana jasorat tugdirdi. Siz ham tergovchimisiz? Bunisi sir, dedi u yana kulib, lekin saldan keyin qoshib qoydi: Sizcha kimman? Bilmasam. Men ham tergovchiman, albatta. Sodiqning fikri ravshanlanib oylay ketdi: Chuxanov ham tergovchi, bu ham tergovchi. Ikkalasi ikki dunyo. Biridan kishining kongli suv ichadi, ikkinchisidan ensang tosh qotadi. Pushkaryovga oxshaganlar bolgani holda nega Chuxanovlar bunaqa ish tutadi ekan? Sodiqning Pushkaryovga rahmi keldi. Unga ishlash juda qiyin bolsa kerak. Axir uning mana hozir Sodiqqa qilayotgan rahmdilligini Chuxanovga oxshaganlardan birontasi korib qolsa, indamay turmaydi-da! Pushkaryov kitobni bir chetga surib qoyib, Chuxanov tez- tez kozdan kechirib turadigan papkani ochdi. Har qogozni oqiganda yuzi ozgarib turdi. Bu Sodiqning delosi. U anchagina qalin, kepak rangidagi muqovasi uringan. Sodiq uning oz delosi ekanini birinchi marta korganda ishonmagan, shuncha material qayoqdan yigiladi deb oylagan, Chuxanov muqovasini korsatib, uning familiyasini oqib berishga majbur bolgan edi. Baribir, hali ham uning ichidagi materialning hammasi oziga taalluqli ekaniga ishonmaydi. Pushkaryov deloni oqiyverib zerikdi shekilli, xorsinib undan boshini kotardi. Ornidan turdi. Ogir qadamlar bilan Sodiq otirgan burchakka keldi. Rostingizni ayting, sovetlardan norozi bolgan yillaringiz bolganmi? Hech jinoyatga qol urganmisiz?
312 Mutlaqo! Xayolimga ham kelmagan. Buning uchun asos ham yoq: badavlat xonadondan chiqmaganmanki, otamning shoro hukumati tufayli qoldan ketgan mol-mulkini eslab, xumori tutsa; chet elda bolganim yoqki, uning usti yaltiroqligiga uchsam, oshanday hayotni orzu qilsam; birorta mafkurasi buzuq odamda oqiganim yoqki, u meni yoldan urgan bolsa! Sodiqning astoydil kuyib-pishib gapirishi Pushkaryovning diqqatini tortdi. U tushundiki, qarshisida uyqudan qolib, holdan tolib otirgan kishi hayotga befarq qaraydiganlardan emas, bundaylar komil ishonch bilan yashaydi, ikki yuzlamalikni bilmaydi. Pushkaryov ana shu xulosasini yana bir tasdiqlab aniqlab olmoqchi bolgandek, Sodiqni boshdan-oyoq kozdan kechirdi, horgin koziga boqdi, yuzlaridan nimalardir izladi. Keyin yana oz joyiga otib, deloni kordi. Yelkasini qisib qoydi. Qiziq, juda qiziq... Shundan keyin oraga uzoq jimlik chokdi. Ancha hushyor tortgan Sodiq fikran bir necha marta uyiga borib keldi, sevgan maktabini aylandi, darsga kirdi, ovga chiqdi. Shirin orzular ogushida mast bolib otirar ekan, Chuxanov kirib keldi. Qolida bir varaq qogoz. Pushkaryov chiqib ketdi. Chuxanov stuliga otirib, Sodiqni oldiga chaqirdi. Mana buni oqib qol qoying. Sodiq Chuxanov uzatgan qogozni oqidi-yu, ustidan sovuq suv quyilgandek hushyor tortdi. Qogoz uning partiya biletini shahar partiya komitetiga topshirilgani haqida edi. Ochdimmi? deya oldi ozini bu dahshatli xabardan arang onglab Sodiq. Bolmasam-chi! Sodiq shundan keyin qanday qilib joyiga kelib otirganini, qogozga qanday qol qoyganini, qachon uni kameraga olib tushganlarini eslay olmaydi. Partbileti haqidagi tort enlik qogoz koz oldidan ketmay qoldi... Sodiq oz olimiga ozi aza ochgandek, hongrab yiglab yubordi, bu uning umrida balki birinchi marta hongrab yiglashi edi.
313 Bir necha kun otgach, uni yana tergovchi chaqirdi. Sodiq kirib borganda Chuxanovning xonasida Mirsalim otirgandi. Sodiqni korishi bilan sal bezovtalandi, lekin tezda ozini onglab, yutinib oldi. «Bu nima qilib yuribdi?» Sodiqning miyasiga kelgan ilk fikr shu boldi. Xayolida bunga javob topguncha, nechundir, yuragi orqasiga tortib ketdi. Mirsalim qandaydir soxta ishshayish bilan ornidan qozgalib, salomlashgan boldi. Sodiq otirar-otirmas tergovchi soz tashladi: Òanish bolsanglar kerak? Ha, birga ishlardik, dedi Sodiq boshgina. Mirsalim boshi bilan tasdiqladi. Òanish ham gapmi, sirdoshlar-ku. Qancha-qancha shishalarni birga boshatishgan, gapga aralashdi Chuxanovning yonida otirgan qorachadan kelgan, yuzlariga husnbuzar toshib ketgan novcha yosh yigit. Sodiq bu yigitni biladi. Familiyasi Saydullayev. Buni ilk bor eshitganda nahotki familiyasining notogri ekanini bilmasa, asli Sadullayev-ku, deb konglidan otkazgan edi. Uning talaffuzidan Samarqand shevasi yaqqol sezilib turardi. U bazan-bazan kirib Chuxanovga komaklashadi. Hatto bir kuni Sodiq bilan yolgiz qolib: «Boyningizga oling qoying-da, ozingizni qiynab nima qilasiz, siz kuch bergan tonka endi kokarmaydi», degan edi. Shu-shu yigitni yomon korib qolgandi. Chuxanov «barvaqt luqma tashlading!» degandek Saydul- layevga qarab, avvalgi yumshoq tovush bilan yana soradi: Bir-biringizga shaxsiy adovatlaring yoqmi? Boshlab Mirsalim javob berdi: Yoq.
Xizmatdagi bazi bir toqnashuvlarni hisobga olmasak, albatta, yoq. Sodiq shunday deyishga dedi-ku, ammo ichidan sovuq yel otgandek boldi. Yuragi qandaydir kongilsizlikni sezayotgandek hapriqib ketdi.
314 Xizmatda bunaqa gaplar boladi, adovatga kirmaydi! chort kesdi Chuxanov. Ana shundan keyin Sodiq yetti uxlab, tushiga kirmagan gaplar boshlandi. Mirsalim guvohlikka kelgan ekan. U shunaqa ayblarni Sodiqqa taqadiki, uncha-muncha odamning tiligacha muzlab ketadi. Sodiq oz tugilgan qishlogida bir necha maslakdosh kishilari bilan sovetlarga qarshi ishlar qilgan emish. Maqsadi yoshlarni yoldan urish bolgan emish. Shu niyatda maorif sohasiga kochgan, qamalgan Boltaqul uning ong qoli ekan. Oz faoliyatini kengaytirish maqsadida markazga kochib kelgan, Mirsalimni verbovka qilishga uringan, u yon bosmaganidan keyin turli yollar bilan qisa boshlaganmish. Yolgon! Òuhmat! bardosh berolmadi Sodiq. Baqirmang! Qol ostingizdagilarga baqiradigan direktorlik vaqtingiz otib ketgan. Men bu gaplarni oz ogzingizdan eshitganman. Mirsalimning bu surbetligidan Sodiq yana tutaqib ketdi: Òuhmatchi! Galamis! Bohton qilgani uyalmaysizmi! Uni Saydullayev qayirib tashladi. Sovet kishisini haqorat qilmang, grajdanin Qochqorov. Sodiq tergovchilarning tanbehiga parvo qilmay, igvogarning oziga tashlandi: Sening-ku tilyoglama, ichidan pishganligingni bilardim, lekin yuragi qora, iflos, igvogarligingdan bexabar ekanman. Mayli, gapir, ogzingga siqqancha gapir, vijdonsiz! Chuxanov ishning buzilib ketishidan qorqdimi, nima uchundir, ogirlik bilan oraga tushdi: Qochqorov! Yengillik qilmang! Haqiqat doim shunaqa achchiq va zalvorli boladi. Shularning barchasini shu vaqtgacha ozingiz tartibi bilan aytib berishingiz mumkin edi. Birovning ogzidan eshitish va fosh bolish, albatta, ogir! Nachora! Mirsalim xizmatlari evaziga mukofot olayotgan odamdek bemalol otirardi. Lekin qandaydir bezovtalik yuziga sharpa solib
315 turardi. U Sodiqning yuziga boqolmas edi: yo bardoshi yetmaydi, yo tuhmatining sezilib qolishidan chochirdi. Sodiq esa, aksincha, uning qarashini ovlar, kozini uchratib, ichiga nazar tashlamoqchi bolib, payt poylardi. Oxiri bunga muyassar boldi, uning kozini uchratdi: Mirsalim bir necha lahzaga bardosh beroldi, xolos! Sodiq uning bu behayolarcha boqishidan galamislik, igvo, tuhmatchilik qon-qoniga singib ketgan, qotillikdan qaytmaydi, kishilar boshiga qora kun solishdan zavqlanadi bu odam, degan ishonchga keldi: «Eh, attang, nega avval bilmagan ekanman» deb okinib qoydi. Sodiq qanchalik qattiq turib ozini himoya qilmasin, Mirsalim shunchalik bezbetlik bilan unga tuhmat toshlarini yogdirar edi. Sodiq bu yerda haqligini isbot qilishga qurbi yetmasligini bildi. Ishi sudga oshsa, osha yerda uzil-kesil galaba qozonishga umid boglab, oziga dalda berib turganda, yana boshqa biri paydo boldi. Bu bir vaqtlar darsga ichib kelgani uchun Sodiqdan dakki yegan oqituvchi Shukurov edi. U Mirsalimga oxshash surbetlarcha gerdayib otirmagan, shartta-shartta gapirmagan bolsa ham, Mirsalimning aytganlarini bazan toldirdi, bazan tasdiqladi. Sodiqni maktabdagi halol oqituvchilarni quvgin qilish, taqib ostiga olish, talabalar orasida diniy targibot olib borish (qaldirgochni Makkayi-mukarramadan kelgan degan, taloq haqida odobsiz latifa aytib berganmish), maishiy jihatdan buzilib, yosh xotinga uylanish, ochilgan xotin-qizlarni tahqirlashda aybladi. «Hukumat xotin-qizlarni erkaklar bilan teng qilaman, deb bekor urinadi, yigirmata xotinning aqli bir tovuqnikicha yoq. Bir ayolning giybati qirqta eshakka yuk boladi», degan emish. Qachon? Qayerda? soradi ajablanib Sodiq. Maktabda, koridorda. Mavjuda Abdurahmonova nomzodi deputatlikka korsatilganda. Sodiq Shukurovning bu tuhmatidan yoqa ushladi: yo tavba! saldan keyin ozini tutib oldi, Shukurov, sizning tuhmatchiligingizga emas, it yeganini qusadiku, lekin qolingizga
316 tarbiyalash uchun ishonib topshirilgan bolalarga jonim achiyapti. Essiz bolalar! Essiz tarbiya! Siz ozingizning gamingizni yeyavering, uni choqiladi Saydullayev. Uning kokragidagi Osoaviaxim nishoni qiyshayib, ong kozi ostidagi qora xoli yiltillab ketdi. Mening vijdonim pok. Itning tili tekkani bilan daryoning suvi harom bolmaydi. Yolgonning oyogi qisqa, uzoqqa borolmaydi, bir kuni misi chiqadi. Lekin sizlarning bunday galamislar gapiga ishonganinglarga hayronman. Xalq dushmani Boltaqul sizning maslakdoshingiz ekanini unutmang! chort boldi Chuxanov. U dushman emas! U sizdan kora aqlli ekan: ozini qiynagani yoq, hammasini aytib berdi, dedi Chuxanov. «Nahot shu gaplar togri bolsa! Boltaqul dushman, ozi iqror! Yoq, mumkin emas!» dedi ichida Sodiq va yana ajablandi. Sodiq gangigancha kamerasiga kirib keldi. U mudhish tushdan uygonolmagan odamga oxshardi. 317 ASQAD MUXÒOR (19202004) Roman, qissa, hikoyalari va sheriyati ozining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan oquvchini rom etadi. «Opa Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling