Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ussiyar»ida nazokatli takalluflar kopligini esladi-yu, ozini ongaysiz sezib, oqishdan toxtadi va ayvonga chiqdi. Osmonda sakkiz kunlik oy suzib yurar, uning nuri qarsidagi kolning ortasida oydin yolka hosil qilgan edi. Kolning narigi chetidan tog etagigacha kelgan bu nur yolkasida tolqinlar jimir- jimiri gavhar jilvasiga oxshab kozni qamashtirardi. Lekin Xondamir shu nur oyinida ham Bobur tasvirlagan voqealarni korar, ularning tasirini xayolidan uzoqlashtirolmas edi. Sertakalluf, serbezak uslub Xondamirdan juda kop kuch, vaqt, mehnat talab qilar edi. Bunday uslubda asar yozish qanchalik qiyin bolsa, uni oqib tushunish ham shunchalik qiyin edi. Bobur ikki tomonni ham bu qiyinchilikdan qutqarishga intilsa nimasi yomon? Ogliga yozgan xatida «senga ham tashvish oz bolar, oqiguvchiga ham» deganda u haqli emasmi? Unda Xondamirning yuksak shoirona uslubga oid etiqodlari puchga chiqadimi? Yoq, bu mumkin emas!
Xondamir qaytib ichkariga kirdi-yu, ozining haqligiga dalil qidirib, ochiq qolyozmaning davomini oqishga tushdi. 1 Muglaq tushunib bolmaydigan. 400 Hali hech bir muarrix qalamga olmagan garoyib voqealar bu qadar kop! Xondamir kitobning mazmuni yangi va maroqli ekaniga tan bermay iloji qolmadi. Bobur ozini-ozi ochiqchasiga muhokama qilgan, oz xatolarini roy-rost yozgan joylari ham Xondamirga juda iliq tuyuldi. Oxirgi boblarida yana ajib bir xat uchradi. Bobur Agradan Kobulga yuborgan bu maktub Mohim begimga atab yozilganini Xondamir sezdi. Boburning zaharlanish tafsilotlari shu yerda bitilgan edi: «Dasturxon ustida ikki-uch marta konglum barham urib, qusayozdim. Oxir kordumkim bolmas, kondum... Obxonaga borib qalin qusdim. Hargiz oshdin song qusmas edim, balki ichganda ham qusmas edim. Konglimga shubha kechdi. ...Jon mundoq aziz nima emish, muncha bilmas edim, ul misra borkim: «Kim olar holatga yetsa, Ul bilur jon qadrini». Òangri taoloning inoyati bor ekandir, manga yangi boshdan jon bagishladi». Bobur oz hayoti haqida bu qadar ochiqchasiga yozgani Xondamirni hayron qoldirdi. Keyingi bobda yana bir tafsilot uning etiborini tortdi. Ichkilikni bundan uch yil oldin tashlagan Bobir uni haligacha qaytib ogziga olmas edi. Buning oson bolmaganini Xondamir quyidagi satrlardan bildi: «Bu otgan ikki yilda chogir majlisining orzu va ishtiyoqi behad va goyat edi, andoqki, chogir ishtiyoqidan borlar 1 yiglamoq sarhadiga yetar edim». Oz istagiga qarshi kurashib, yiglash darajasiga borganini ochiq yozish tojdorlar orasida misli korilmagan bir sohibdillik ekaniga Xondamir ich-ichidan tan berdi. Ochiqchasiga aytgan mana shunaqa oddiy tafsilotlar tufayli Bobur unga ozi kabi bir inson farzandi bolib tuyuldi. Ammo boshqa tojdorlar tarixiy 1 Borlar «bazi paytlar» manosida. 401 kitoblarda oddiy odamlarga oxshab korinishdan qanchalik chochiydilar! Ular el-yurtdan mumkin qadar balandda bolishni, oddiy insondan kora xudoga yaqinroq turishni qanchalik yaxshi koradilar! Shuning uchun ham Xondamirdek muarrixlar podsholar haqida oddiy odamlar tushunmaydigan balandparvoz, sertakalluf tilda kitob yozishga majbur boladilar. Bobur ozi podshoh bolgach, bunday takalluflarni kim uchun yozadi? Hamma tomonidan qabul qilingan davr uslubining qonunlarini buzib chiqib, oz hayoti haqida shunday erkinlik va rostgoylik bilan asar yozishi hech kimga qaram emasligi tufayli emasmikin? Bu fikr Xondamirni Boburning uslubidagi ozgachalik bilan goyo yarashtirdi. Shundan keyin Boburga xos oddiylikning teran bir sheriy nafosati ham borligini, bu nafosat odamni sehrlab olishini sezdi. Òun yarmidan oshganda esa asarda tasvirlangan voqealarga qiziqib; uslubini butunlay esdan ham chiqardi. Òongga yaqin ozgina uxlab, song yana oqishni davom ettirdi- yu, qolyozmaning oxiriga yetmaguncha undan ajralolmadi. ···
Bobur Sekriga uchinchi kun ertalab qaytib keldi kunduzi havo juda issiq bolgani uchun yolni tun salqinida bosib otgan edi. U Xondamirni yana bogda uchratdi, ikkovi piyoda osha buloq boyiga keldilar. Bobur yol yurib charchagan, uyqusiz otgan yana bir tun yuzini juda solitib qoygan bolsa ham u ozini xushhol tutib: Mavlono, mensiz dilgir bolmadingizmi? dedi. Hazratim, men tun-u kun sizdan ayrilmay suhbatingizda boldim, siz yozgan asar sahifalarida unutilmas damlarni boshdan kechirdim. Hali oxirga yetmagandirsiz? Kecha peshinda oxirgi sahifasini yopganimcha hamon uning tasiri bilan yashamoqdamen. Meni ayamang, mavlono, rostini ayting. 26 Adabiyot, III
402 Rostini aytsam, siz meni chil-chil sindirdingiz! Xondamir bu gapni shunday jiddiy turib, ichki bir dard bilan aytdiki, Bobir taajjublanib toxtadi: Nechuk sindirmishmen, mavlono? Uslubingizdagi nafis bir soddalik qarshisida mening yuksak shoirona uslubim ortiqcha bir takallufdek tuyuldi. E, takallufmi? Ammo mening ahvolim ozingizga malum. Jumlalarni takalluf bilan bezashga fursatim yoq edi. Asli gozal bolgan yuzga ortiqcha zeb-ziynat ne hojat? Hazratim, siz adabiyotimizda hali hech kim qilmagan ulug bir ishni qilmishsiz. Muborak bolsin! Minnatdormen, mavlono. Biroq hali men bu ishning yoqolgan sahifalarini tiklamogim kerak. Òiklashingizga aminmen. Oxiri yana boshqa nek ishlaringiz yozilgusidir. Biroq shu turishda ham men bu ulkan asaringizni turkiy tilda aytilgan yangi bir sozdek qabul qildim. Men aminmenki, avlodlarimiz sizning bu shoh asaringizni Alisher Navoiyning «Xamsa»si kabi ezozlagaylar. Chunki shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug sheriy asar «Xamsa» bolsa, shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug nasriy asar, menimcha, «Boburnoma» bolgusidir. Mavlono, garchi mubolaga qilgan bolsangiz ham dil sozlaringiz uchun tashakkur. Men bu asarni nihoyasiga yetkazish uchun bugun yana Sekriga qaytib keldim. Agar nuqsonlari bolsa ochiq ayting. Faqir bazi sahifalardagi sanalar-u nomlarda noaniqliklar uchratdim. Xususan, Hirotga Husayn Boyqaro saroyiga oid boblar xiyol tahrirtalab. Mana shu nuqtalarda menga sizning komagingiz darkor. Bajonidil, hazratim. Neki noaniqlik bolsa, barchasini alohida qogozga yozib qoydim. Asaringiz bilan birga bermoqchimen. Shu payt tepadan otayotgan qushlar keskin hushtak chalganga oxshab noxush ovoz chiqargani eshitildi. Bobur osmonga qarab,
403 qoramtir-qizgish kalxatlar galasi qanot qoqmay uchib borayotganini kordi. Song ularni Xondamirga korsatib: Bu yirtqichlar janglardan song olaksa yeb mazaxorak bolmishlar, dedi. Rano Sango bilan bolgan jangdan song mana shu kol atroflarida, bogning ornida olib yotgan odamlar, otlar, tuyalar, fillar behisob edi. Kalxatlar qon hidini sezib, uzoqlardan gala-gala uchib kelganlari yodimda bor... Bu xotira Boburda noxush tuygular qozgaganini sezgan Xondamir: Nachora, hazratim, dedi. Hanuzgacha hech bir ulug davlat jang-u jadalsiz barpo bolgan emasdir. Sozingiz chin-u, ammo... Songgi yillarning voqealarini qogozga tushirganimda, barcha qurbonlar, tokilgan barcha qonlar koz ongimda shunday toliq gavdalandiki, uyqularim ochib ketdi... Bajur qorgonida uch ming kishining qilichdan otkazil- gani... Paniðatda bir necha yuz asirning tofangdan otib oldirilgani... Bizning odamlar ham kallaminoralar qopargani... Hammasini umr kitobingizda roy-rost bitmishsiz. Chunki avlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farishta deb oylamasinlar. Qilgan gunohlarimiz ozimizga nechogliq ogir tushganidan ogoh bolsinlar. Boburning ruhida dam-badam sezilib qolayotgan ichki bir dardfaqat xastalik yoki charchoqlikdan emasligini Xondamir endi sezdi. Bobur ijodiy ishga berilgan sari uning qalbidagi shoh bilan shoirning murosa qilishi qiyinlashib ketardi. Xondamir beixtiyor Hirotni va Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi murakkab munosabatlarni esladi. Bu ikki zot yoshlikdan bir-birlarini yaxshi korar edilar, ammo podshohning shafqatsiz ishlari shoirning nafis tuygulariga shu darajada zid kelar ediki, Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan bir shaharga, hatto bir mamlakatga sigishmay qoladigan va 1 Botil qalbaki yoldan borish, adashish. 404 Xurosonni tashlab chiqib ketishga astoydil intiladigan paytlari bolardi. Hatto bir shaharga va bir mamlakatga sigmaydigan katta shoir bilan podshoh Boburning qalbida birga yashashga majbur ekanini va bu uni qanchalik qiyin ahvollarga solishini Xondamir hozir yaqindan korganday boldi. Uning yodiga Boburning: Yuz hayfki, zoye otadir umri aziz, Afsuski, botir boradir umri sharif! degan satrlari tushdi. «Shoir bu satrlarni podshohlik tashvishlaridan toyib ketgan paytda yozgan bolsa kerak!» degan oy konglidan kechdi. Bobur buloq boyiga chonqayib otirib, kaftini muzday tiniq suvga toldirib oldi-da, uni simirib, xiyol tafti bosilganday boldi. Xondamir gapni yoqimliroq mavzuga burgisi keldi: Hazratim, Hirotda uchrashganimizda siz oz hayotingizni... kochki bosgan buloqqa oxshatgan edingiz. Yodingizdami? Yodimda bor. Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnaxrda kochki bosgan buloq balki shu yerga kelib qayta koz ochgandir? Aql bovar qilmaydir. Orada shuncha uzoq masofalar bor. Lekin chinakam zor istedodlarolmas buloqlarga oxshar ekanlar. Ularning kozini on joyda bekitsalar, on birinchi joydan yana yorib chiqar ekanlar! Lutf qildingiz, mavlono. Hozir ijodiy ish meni xuddi shu toza buloqdek oziga tortadir. Janglarning qonli sellari, saltanatning toshqin daryoday betinim talotumlari jonimga tegdi. Òoj-u taxt bevafoligini kopdan beri sezib yuribmen. Menga vafo qilsa faqat yozgan asarlarim vafo qilmogi mumkin. Vatanimga ozim qaytolmasam ham asarlarim qaytmogi mumkin. Endigi orzuim men tugilgan yurtimga qilolmagan farzandlik xizmatini asarlarim qilsa... Andijon-u Samarqandni, meni ostirib shoir qilgan olkalarni qanchalik soginganimni bilsangiz edi, mavlono! Bobur kopdan beri uyqusiz yurganidanmi yoki soginch hissining zoridanmi, kozlari beixtiyor yoshga toldi. 405 Men ham Hirotni behad soginib yuribmen, hazratim. Lekin... ozingiz aytgan edingizki, Hind ham endi biz uchun Vatan. Yozgan asarlaringiz Hindning shavkatiga ham shavkat qoshgusidir. Hindda barpo qilgan ulug davlatingiz esa sizni voyaga yetkazgan Movarounnahrga ham shuhrat keltirgusidir. Zora shunday bolsa! dedi Bobur. U Xondamir bilan kechgacha dardlashib yurdi-yu, konglini boshatib, ozini ancha yengil sezdi. Biroq kechasi yana uyqusi qochib tong otguncha mijja qoqmadi. 406 ERKIN VOHIDOV (1936) Hozirgi zamon ozbek sheriyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi sheriyati, dostonlari, dramatik asarlari, I. V. Gyote, S. Yesenin, R. Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari sheriyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi. OZBEGIM (Qasida)
Òarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, ozbegim, Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Òiyonshon, ozbegim. Soylasin Afrosiyob-u Soylasin Orxun xati, Kohna tarix shodasida Bitta marjon, ozbegim. Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan, Asli nasli balki Ozluq, Balki Òarxon, ozbegim. Otdilar shorlik boshingdan Oynatib shamshirlarin 407 Necha qoon, necha sulton, Necha ming xon, ozbegim. Òoglaring tegrangda goyo Bogma ajdar boldi-yu, Ikki daryo ikki chashming, Chashmi giryon 1 , ozbegim. Qaysari Rum nayzasidan Bagrida dog uzra dog, Chingiz-u Botu tigiga Koksi qalqon, ozbegim. Yogdi tort yondin asrlar Boshingga tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, ozbegim. Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen Muqanna, sarbador sen, Erksevar qon, ozbegim. Sen na zardusht, sen na buddiy, Senga na otash, sanam, Odamiylik dini birla Òoza imon, ozbegim. Marifatning shulasiga Òalpinib zulmat aro, Kozlaringdan oqdi tunlar Kavkabiston 2 , ozbegim. 1 Chashmi giryon yiglovchi (giryon), koz (chashm). 2 Kavkabiston tiniq, yulduzlari charaqlab turgan osmon. 408 Òuzdi-yu Mirzo Ulugbek Koragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk Qoydi narvon ozbegim. Mir Alisher narasiga Aks-sado berdi jahon, Sheriyat mulkida boldi Shoh-u sulton ozbegim. Ilm-u sherda shoh-u sulton, Lek taqdiriga qul, Oz elida chekdi gurbat, Zor-u nolon ozbegim. Mirza Bobur sen, figoning Soldi olam uzra ot, Shoh Mashrab qoni senda Urdi tugyon, ozbegim. Sheriyatning gulshanida Soldi mahzun 1 Nodira, Siym tanni yuvdi koz yosh, Komdi armon, ozbegim. Yigladi furqatda 2 Furqat Ham muqimlikda 3 Muqiym, Nolishingdan Hind-u Afgon Qildi afgon 4 , ozbegim. Òarixing bitmakka, xalqim, Mingta Firdavsiy kerak, 1 Mahzun gamgin, qayguli. 2 Furqat ayriliq. 3 Muqimlik birjoyda turuvchilik, yashovchilik.. 4 Afgon gamdan nola qiluvchi, faryod etuvchi. 409 Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, ozbegim. Ortda qoldi kohna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Òopdi darmon, ozbegim. Boldi osmoning charogon Òole xurshidi bilan, Boldi asriy tiyra 1 shoming
Shulaafshon, ozbegim. Men Vatanni bog deb aytsam, Sensan unda bitta gul. Men Vatanni koz deb aytsam, Bitta mujgon ozbegim. Faxr etarman, ona xalqim, Kokragimni tog qilib, Kokragida tog kotargan Òanti dehqon ozbegim. Ozbegim deb keng jahonga Ne uchun madh etmayin! Ozligim bilmoqqa davrim Berdi imkon, ozbegim. Men buyuk yurt oglidurman, Men bashar farzandiman, Lekin avval senga bolsam Sodiq oglon, ozbegim. Menga Pushkin bir jahon-u Menga Bayron bir jahon, 1 Òiyra qorongu. 410 Lek Navoiydek bobom bor, Koksim osmon, ozbegim. Qayga bormay, boshda doppim, Goz yurarman gerdayib, Olam uzra nomi ketgan Ozbekiston, ozbegim. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati, Erkin oglingman, qabul et, Ozbegim, jon ozbegim. INSON
(Qasida) Sobitu sayyorada Inson ozing, inson ozing. Mulki olam ichra bir Xoqon ozing, sulton ozing. Sobit oz mavosida, Sayyor fazo dunyosida, Koinot sahrosida Karvon ozing, sarbon ozing. Shams
1 dil taftingdadur, Sayyoralar kaftingdadur, Keng jahon zabtingdadur, Bogbon ozing, mezbon ozing. Bu yorug dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur, 1 Shams quyosh, oftob. 411 Senga mehmonxonadur, Mehmon ozing, mezbon ozing. Bunda oq birla qaro, Zulmat, ziyo, shoh-u gado, Jang qilurlar doimo, Ul yon ozing, bul yon ozing. Sen balo, ham mubtalo, Xayr ila kin, rost-u riyo, Fitnagar olam aro Fatton 1
Goh adolat bogida, Piri adovat gohida, Oz diling dargohida Shayton ozing, gilmon ozing. Xormisan yo gulmisan, Òojdormisan yo qulmisan, Chugzmisan 2 , bulbulmisan Nodon ozing, xushxon ozing. Bu hayot ormon ekan, Jon borki, qasdi jon ekan, Bunda qatl oson ekan, Sirtlon ozing, jayron ozing. Bu hayot ummon 3 ekan,
Ummon abad gardon 4 ekan, Qatradek sarson ekan, Sarson ozing, gardon ozing. 1 Fatgon fitna qiluvchi. 2 Chuqz boyqush, boyogli. 3 Ummon okean, dengiz. 4 Gardon aylanadigan. 412 Mashali fikrat sening, Ham changali vahshat sening, Gayratu gaflat sening, Javlon ozing, uryon ozing. Qildingu oyda xirom, Ham yerda qon tokding harom, Ushbu holingdan mudom Xandon ozing, giryon ozing. Minding ilm narvoniga, Chiqding funun 1 osmoniga, Bu jahon ayvoniga Arkon
2 ozing, vayron ozing. Zarrani ijod etib, Dahshat balo bunyod etib, Oqibatni yod etib Hayron ozing, hayron ozing. Bogi arz obod erur Sendin agar imdod erur, Yoqsa u barbod erur, Òofon ozing, togon ozing. Sen hilol, yulduz, salib, Òavrot, Zaburdin yuksalib Boymisan yoki garib, Komron ozing, yakson ozing. Kim farangi, kim habash, Irq, qon talash, imon talash, Shulmi insondek yashash, Armon ozing, afgon ozing. 1 Funun fanlar. 2 Arkon ustunlar, tayanchlar. 413 Mamlakatga mamlakat, Millatga millat bolsa qasd, Qilguchi song oqibat Armon ozing, afgon ozing. Onaizoring zamin, Òanho yogu boring zamin, Xasta bemoring zamin, Oglon ozing, darmon ozing. Bagrida yotquchi sen, Nematlarin totquchi sen, Òig bolib botquchi sen, Paykon ozing, qalqon ozing. Marsga top otquchi sen, Zuhroni uygotquchi sen, Uyquda qotquchi sen, Uygon ozing, uygon ozing. Kelding olamga, demak, Yetmas uni sormak, yemak, Yerni etmoging kerak Boston ozing, rizvon 1 ozing. Sozga ham poyon bolur, Yozsam yana devon bolur, Rustami doston bolur, Doston ozing, devon ozing. Bolmasin subhing qaro, Bor bol mudom borliq aro, Ozni etgil doimo Inson ozing, inson ozing. 1 Rizvon jannat. 414 Ey, sen Erkin, sen bukun Yozding dilingdan bir tugun, Sen kim-u ne dahri dun, Biyron ozing, nodon ozing. YAXSHIDIR ACHCHIQ HAQIQAÒ Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolgon yomon, Ul shirin yolgonga mendek Aldanib qolgon yomon. Umrimiz aldoq jahonda Aldanib otgay, valek Songgi qiynalgon yomondir, Songgi qiynalgon yomon. Aytgali achchiq azobing Bolsa dildosh yaxshidir, Soz demay otli alamni Joningga solgon yomon. Jonga solgon ham na sozdir Elga soylab men kabi Shoiri devonai ishq Nomini olgon yomon. OZBEK NAVOIYNI OQIMAY QOYSA... Ozbek Navoiyni oqimay qoysa, Oltin boshning kalla bolgani shudir. Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, Qora sochning malla bolgani shudir. Ozbek Navoiyni oqimay qoysa, Dod demoqqa palla bolgani shudir.
415 Marifatdan ayru oynasa, kulsa, Aza chogi yalla bolgani shudir. Ozbek Navoiyni oqimay qoysa, Aldangani, alla bolgani shudir. Yulgich aziz bolib, bilgich xor bolsa, Paytavaning salla bolgani shudir. El komil bolmasa, yurt emas ulug, Beqadr mahalla bolgani shudir. Qalb tola nur xalqning rizqi ham tolug, Ombor tola galla bolgani shudir. Ozbek ozligini anglasa bekam, Uning «Barakalla» bolgani shudir. Olamga Navoiy nasliman degan Ovozi baralla bolgani shudir. 19712000 OLMAS EDI BALKI ODAMZOD
Olmas edi balki odamzod, Bolar edi dunyoga ustun. Aqli bolsa jahlidan ziyod, Sabri bolsa nafsidan ustun. Ajal deya ataluvchi choh Ichra zinhor tushmasdi odam, Bolsa edi ozgina ogoh, Oylabgina qoysaydi qadam. Ish oldirmas, ishkal oldirar, Jon zavoli yuz yoshmas, koz yosh, Inson nega dunyodan ketar Quvlab unga otmasalar tosh?! 416 Òahqir zahr-u xanjar ila teng, Òuhmat ortiq oqdan va dordan. Inson olmas biri birining Olishiga bermasa yordam. Inson olmas oldirmasa gam, Makon qilmas qaro turbatni. Korsa agar tirigida ham Olganida topgan hurmatni. Olam tola fitna, adovat, Mangu qolib netar odamzod? Bir kun charchab, izlab farogat Òinch dunyoga ketar odamzod. NEGA YAPON YUZ YIL YASHAR... Nega yapon yuz yil yashar-u Ozbek buncha yoshga bormaydi? Chunki yapon bizdek qorongu Sahar turib oshga bormaydi. Motamida u obro uchun Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling